Dunyodan

AQSh Eron neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatdi

Published

on


AQSh Eron neftiga nisbatan sanksiyalarni vaqtincha yumshatganidan so‘ng, Osiyoning ko‘plab davlatlari, xususan, Hindiston yana Eron neftini sotib olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Vashington neft bozoridagi taqchillikni yumshatish uchun 30 kunlik sanksiyalardan istisno joriy qilgan.

Xabar qilinishicha, qaror faqat 19-aprelgacha dengizda saqlanayotgan Eron xomashyosini sotib olishga taalluqlidir. Bu qaror yangi eksportni emas, balki mavjud neft zaxiralarini bozorga chiqarishni nazarda tutganini bildiradi.

Hindiston neftni qayta ishlash zavodlari Eron xom neftini sotib olishga tayyorlanmoqda. Ular hukumat ko’rsatmalari va to’lov mexanizmlari bo’yicha aniqlik kutishmoqda va boshqa Osiyo davlatlari ham xarid qilish imkoniyatlarini o’rganmoqda.

Osiyo davlatlari neftning katta qismini Yaqin Sharqdan oladi, shuning uchun Hormuz boʻgʻozi atrofidagi vaziyat jiddiy taʼsir koʻrsatadi.

Mutaxassislarning ta’kidlashicha, hozirda Eronning 130 milliondan 170 million barrelgacha bo’lgan xom nefti dengizda saqlanadi va bu hozirgi ishlab chiqarishdagi yo’qotishlarning bir qismini qoplaydi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version