Connect with us

Siyosat

AQSh bilan strategik hamkorlik yangi bosqichga ko‘tariladi

Published

on


Vashington shahriga amaliy tashrifning ishbilarmonlik dasturi yakunida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQShning yetakchi kompaniyalari, investitsiya fondlari va moliya institutlari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbirda AQSh savdo vaziri Xovard Latnik, Prezidentning maxsus yordamchisi Rikki Gil, Prezidentning maxsus vakili Paolo Zampolli, qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Stiven Vaden, shuningdek, Amerika – O‘zbekiston savdo palatasi rahbarlari, “Traxys”, “FLSmidth”, “McKinsey”, “Meta”, “Google”, “Amazon”, “Boeing”, “Air Products”, “Axiom Space”, “Cove Capital”, “Freeport-McMoRan”, “Orion CMC”, “Cargill Cotton”, “John Deere”, “Honeywell”, “Valmont Industries”, “Flowserve Corporation” kabi yirik korporatsiya va kompaniyalarning yuqori darajadagi menejerlari ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida O‘zbekiston yetakchisi so‘nggi 8 yil ichida AQSh bilan tovar ayirboshlash hajmi 4 barobar oshgani, mamlakatimizda AQShning 300 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotganini ta’kidladi.

Prezidentimiz hamkorlikning bugungi darajasi birgalikdagi ishlarga keng istiqbol ochadigan yangi bosqichning boshlanishi ekanini alohida ta’kidladi. AQSh Prezidenti Donald Tramp bilan bo‘lajak uchrashuvda iqtisodiy hamkorlikning aniq yo‘nalishlari va yangi qo‘shma tashabbuslar muhokama qilinishi qayd etildi.

Davlatimiz rahbari o‘z nutqida ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikning ustuvor yo‘nalishlarini ko‘rsatib o‘tdi.

2030 yilga borib O‘zbekistonda 18-20 gigavattlik qayta tiklanuvchi quvvatlarga ega yangi energetika tizimi yaratiladi, elektr energiyasining yarmidan ko‘pi quyosh va shamol energiyasi hisobidan ishlab chiqariladi.

Shu ma’noda, O‘zbekiston va AQSh uran, mis, volfram, molibden va grafit qazib olish hamda chuqur qayta ishlashni rivojlantiradi. Ishonchli yetkazib berish zanjirlarini yaratish va AQShning ilg‘or qayta ishlash texnologiyalarini joriy etish rejalashtirilgan.

Bundan tashqari, avtomobil va temir yo‘llar, terminallar va aeroportlarni modernizatsiya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli dastur amalga oshirilmoqda. 2030 yilgacha transport infratuzilmasini rivojlantirishga 12 milliard dollardan ziyod mablag‘ yo‘naltirish rejalashtirilgan.

AQShning “Google”, “Meta”, “NVIDIA” kompaniyalari bilan raqamli hamkorlik kengaymoqda. Apple Pay va Google Pay to‘lov tizimlarini joriy etish, Raqamli akademiya va startap-xablar tarmog‘ini yaratish shular jumlasidan.

Bunday loyihalarni ilgari surish va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash uchun DFC korporatsiyasi hamda AQSh Eksimbanki jalb qilinishi aytildi.

Yakunda O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev AQSh kompaniyalarining investitsiya tashabbuslarini shaxsan qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirib, O‘zbekiston xorijiy investorlar uchun ishonchli hamkor va muvaffaqiyat kafolati bo‘lib qolishini ta’kidladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Siyosat

O‘zbekiston AQSh tovarlari uchun tariflarni pasaytiradi

Published

on


O‘zbekiston va AQSh o‘zaro savdo va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitimni tuzish bo‘yicha muzokaralarni jadallashtirishga kelishib oldi. Bu haqda Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili, elchi Jeymison Grir bilan Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuv yakunlari bo‘yicha ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, tomonlar so‘nggi bir yilda ikki tomonlama munosabatlarda salmoqli natijalarga erishgan va kelishuv yaqin vaqt ichida imzolanishi kutilmoqda. Saida Mirziyoyeva bu jarayon ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishini qayd etdi.

AQSh Savdo vakili idorasi ma’lumotiga ko‘ra, uchrashuvda iqtisodiy va investitsiyaviy aloqalarni mustahkamlash, savdoda o‘zaro manfaatdorlik, muvozanat va barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan savdo majburiyatlarining dastlabki to‘plami bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvga muvofiq, O‘zbekiston AQShning sanoat mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi tovarlarining keng ro‘yxati uchun bojxona tariflarini bekor qilish yoki pasaytirish majburiyatini oldi.

AQSh esa o‘z navbatida, Amerika qonunchiligi doirasida va bu o‘rinli deb topilgan hollarda O‘zbekistondan import qilinadigan sanoat hamda qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga nisbatan tarif choralarini ijobiy ko‘rib chiqish niyatini bildirdi.

Shuningdek, tomonlar sarmoyaviy hamkorlikni yanada rivojlantirish, ikki tomonlama investitsiyalarni rag‘batlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish hamda o‘zaro savdo va investitsiyalar to‘g‘risidagi bitim bo‘yicha muzokaralarni tezlashtirishga kelishib oldi.

AQSh Savdo vakili idorasiga ko‘ra, ushbu kelishuvlar prezidentlar Donald Tramp va Shavkat Mirziyoyevning 2025-yildagi uchrashuvlari davomida erishilgan kelishuvlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Idoraning eslatishicha, ikki davlat avvalroq umumiy qiymati 32 milliard dollarlik tijorat bitimlari, jumladan, «Boeing» bilan 8,5 milliard dollarlik shartnoma, shuningdek, muhim minerallar, tog‘-kon sanoati, energetika, moliya va axborot texnologiyalari sohalarida investitsiyalar bo‘yicha kelishuvlarni e’lon qilgan.

AQSh, shuningdek, O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish jarayonini qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor tasdiqlab, dastlabki kelishuvlar yaqin haftalarda rasman qayd etilishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Baxtiyor Saidov Eron TIV rahbari bilan gaplashdi: tafsilotlar

Published

on


TIV rahbari Baxtiyor Saidov Eron Islom Respublikasi tashqi ishlar vaziri Sayyid Abbos Aroqchi bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. 

Suhbat davomida Yaqin Sharqdagi ziddiyatni yakunlashga qaratilgan kelishuvlarni amalga oshirish jarayonining so‘nggi bosqichlari yuzasidan ma’lumot olingan hamda mintaqadagi mavjud vaziyat yuzasidan fikr almashildi. 

O‘zbekistonning mintaqadagi keskinlikni yumshatishga qaratilgan diplomatik sa’y-harakatlarni izchil qo‘llab-quvvatlashini yana bir bor ta’kidlab, muloqotni davom ettirish va erishilgan kelishuvlarni izchil amalga oshirish muhimligini qayd etildi. 

«Shuningdek, O‘zbekiston–Eron munosabatlarini yanada mustahkamlash masalalarini muhokama qilib, o‘zaro manfaatli yo‘nalishlar bo‘yicha yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldik», deya ta’kidlaydi Saidov. 



Source link

Continue Reading

Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Savdo vakili Jeymison Grini qabul qildi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni AQSh Savdo vakili Jeymison Greerni qabul qildi va ikki mamlakat o‘rtasidagi strategik sheriklikni chuqurlashtirish, iqtisodiy va savdo aloqalarini kengaytirishga alohida e’tibor qaratdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuv avvalida AQSH delegatsiyasi rahbari Shavkat Mirziyoyevga AQSh Prezidenti Donald Trampning samimiy salomi va tabriklarini yetkazdi.

Muhokamalarda asosiy e’tibor o‘zaro savdo va sarmoyalarning barqaror o‘sishiga qaratildi, har ikki tomon ham ishbilarmonlar o‘rtasidagi qoniqarli aloqalar ko‘payib borayotganini ta’kidladilar. Davlat rahbarlari Toshkent xalqaro investitsiya forumi doirasida yaqinda AQSH ishbilarmonlari bilan oʻtkazilgan davra suhbatlarining amaliy natijalarini koʻrib chiqdilar.

Muzokaralarda asosiy e’tibor O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lish jarayoniga qaratildi. Prezident Mirziyoyev va Amerika Qoʻshma Shtatlari Savdo vakili idorasi mamlakatning Jahon savdo tashkilotiga aʼzo boʻlishini ragʻbatlantirishda Qoʻshma Shtatlarning doimiy qoʻllab-quvvatlashi va hamkorligini muhokama qildi.

Shuningdek, tomonlar Amerika-O‘zbekiston biznes va sarmoyaviy kengash imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish muhimligini ta’kidladilar. Bu mexanizm endilikda Amerika kompaniyalari va Oʻzbekiston hamkorlari oʻrtasida yangi loyiha tashabbuslarini aniqlash, ishlab chiqish va ilgari surish uchun asosiy platforma boʻlib xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Britaniya sobiq bosh vazirini qabul qildi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 25-iyun kuni Buyuk Britaniyaning sobiq Bosh vaziri, Global o‘zgarishlar instituti raisi Toni Blerni qabul qildi.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni ekspertlik jihatidan qo‘llab-quvvatlash maqsadida Global o‘zgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Toni Bler Yangi O‘zbekistondagi izchil va keng ko‘lamli transformatsiya jarayonlariga yuksak baho berdi. Yaqinda bo‘lib o‘tgan Toshkent xalqaro investitsiya forumi yurtimiz investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash, ishbilarmonlik aloqalarini rivojlantirish va istiqbolli tashabbuslarni ilgari surish uchun samarali xalqaro maydon bo‘lgani e’tirof etildi.

Iqtisodiyotning muhim tarmoqlarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish, yetakchi xalqaro texnologik kompaniyalar va yirik strategik investorlarni jalb etish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini jadallashtirish, jumladan, ilg‘or innovatsion yechimlarni joriy qilish kelgusidagi hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlari sifatida belgilandi.



Source link

Continue Reading

Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan muloqot o‘tkazdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev 24-iyun kuni bo‘lib o‘tgan telefon orqali muloqotda O‘zbekiston – Qozog‘iston strategik sheriklik va ittifoqchilik munosabatlarini yanada mustahkamlash muhim ekanini ta’kidladilar.

Amaliy hamkorlik, eng avvalo, savdo, sanoat kooperatsiyasi, energetika, transport, ekologiya, qishloq va suv xo‘jaligi sohalarida yuqori sur’at bilan rivojlanayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

Barcha darajadagi faol almashinuvlar alohida e’tirof qilindi. Yetakchilar ikki mamlakat Prezidentlari Administratsiyalari o‘rtasida erishilgan kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish hamda sheriklik kun tartibini yangi loyiha va tashabbuslar bilan boyitishga xizmat qilayotgan yaqin hamkorlik yo‘lga qo‘yilganini olqishladilar.

O‘zbekiston va Qozog‘iston yetakchilari mintaqaviy siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan ham fikr almashib, bo‘lajak ikki va ko‘p tomonlama tadbirlar rejasini ko‘rib chiqdilar.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.