Dunyodan
AQSh 24 soat ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq qiruvchi samolyotlarini yubordi
Qo’shma Shtatlar so’nggi 24 soat ichida Yaqin Sharqqa 50 dan ortiq F-35, F-22 va F-16 qiruvchi samolyotlarini jo’natdi. Bu haqda Axios kompaniyasi AQSh rasmiy manbalari va ommaga ochiq ma’lumotlarga asoslanib xabar berdi.
Avvalroq Forbes jurnali CVN 78 Jerald Ford aviatashuvchisi Karib dengizini tark etib, Yaqin Sharqqa yo‘l olgani haqidagi xabarlarni ham tasdiqlagan edi.
Ma’lumot o‘rnida: Ushbu harbiy joylashtirish AQSh va Eron o‘rtasida yadro dasturi bo‘yicha olib borilayotgan muzokaralar fonida amalga oshirilmoqda. USS Gerald Ford samolyot tashuvchi kemasi Fors ko’rfazidagi Abraham Linkoln tashuvchi guruhiga qo’shilishi kutilmoqda. Ikkala samolyot tashuvchi ham dunyodagi eng yirik harbiy kemalar qatoriga kiradi va missiyasi va konfiguratsiyasiga qarab 75 dan 90 tagacha samolyot, vertolyot va dronlarni olib yurishi mumkin.