Sport

Anchelotti yetakchi, Kannavaro kuchli beshlikda. JCh-2026’ning eng ko‘p maosh oluvchi murabbiylari

Published

on


Braziliya terma jamoasi ustozi Karlo Anchelotti 2026 yilgi Jahon chempionatida ishlaydigan eng qimmat murabbiy. Italiyalik mutaxassisning yillik daromadi 10 mln yevroga teng. Kuchli uchlikdan Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman (7 mln yevro) hamda AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino (6 mln yevro) ham joy olgan. Umumiy reytingda O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro beshinchi o‘ringa joylashtirilgan. 

Foto: carloancelotti.it / Getty Images / AFP

Finance Football nashri O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni 2026 yilgi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan murabbiylar orasida eng yuqori maosh oluvchilar qatoriga kiritdi. 

Reytingni Braziliya terma jamoasi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti boshqarib turibdi. Italiyalik murabbiyning yillik daromadi 10 million yevroga teng. Ikkinchi o‘rinni Germaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Yulian Nagelsman egallagan bo‘lib, uning maoshi yiliga 7 million yevroni tashkil etadi. AQSh terma jamoasini boshqarayotgan Maurisio Pochettino esa 6 million yevro bilan uchinchi o‘rinda qayd etilgan. Angliya terma jamoasi bosh murabbiyi Tomas Tuxel yiliga 5,8 million yevro ishlab topadi. 

Finance Football  O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaroni beshinchi o‘ringa joylashtirgan. Italiyalik mutaxassisning daromadi 4 million yevro ekanligi qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesniki bilan teng.

Kannavaro yillik daromad bo‘yicha bir qator kuchli terma jamoalarning nomdor murabbiylarini ham ortda qoldirgan. Xususan, Dide Desham (Fransiya, 3,8 mln yevro), Ronald Kuman (Niderlandiya, 3 mln yevro), Marselo Biyelsa (Urugvay, 3 mln yevro), Xulen Lopetegi (Qatar, 2,4 mln yevro), Lionel Skaloni (Argentina, 2,3 mlm yevro), Luis de la Fuente (Ispaniya, 2 mln yevro) kabi murabbiylar italiyalik mutaxassisdan kamroq maosh olishadi.

O‘FA va Kannavaroning izohi

Fabio Kannavaroning maoshi haqidagi xabarlar 2025 yilning oktabr oyida ham shov-shuvlarga sabab bo‘lgandi. O‘sha paytda «Sport-Ekspress» nashri o‘z manbalariga tayanib italiyalik mutaxassisning daromadi murabbiylar shtabi xarajatlari bilan qo‘shib hisoblaganda 4 million yevro atrofida bo‘lishi mumkinligi haqida yozgandi. Shundan so‘ng vaziyatga O‘FA vitse-prezidenti Ravshan Ermatov quyidagicha izoh bergandi.  

«Hozir matbuotda maosh haqida ko‘p gap-so‘zlar paydo bo‘ldi: kimdir 4 million, kimdir boshqa summalarni yozmoqda. Aslida bu yarmining yarmi ham emas. Agar O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasida shunday moliyaviy imkoniyatlar bo‘lganida, biz umuman boshqacha yo‘l tutgan bo‘lardik. Ammo biz real resurslarimizdan kelib chiqib, eng maqbul variantni tanladik», — degandi u.

Fabio Kannavaroning o‘zi ham 4 million yevrolik maosh haqidagi gaplarni keskin rad etgan. Mutaxassis O‘zbekistonga kelishini Jahon chempionatiga murabbiy sifatida borish imkoniyati paydo bo‘lgani bilan bog‘langan.

Kannavaroning faoliyati

Kannavaro avval Xitoyning «Guanchjou Evergrand», Saudiya Arabistonining «Al-Nasr», Italiyaning «Benevento» va «Udineze», shuningdek, 2025 yilning aprel oyidan boshlab  uch oy Zagrebning «Dinamo» jamoasiga ustozlik qilgan. Murabbiy sifatida u 2019 yilda «Guanchjou Evergrand» bilan Xitoy chempionatida g‘alaba qozonganini hisobga olmaganda, hali sezilarli yutuqlarga erisha olmagan.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version