Dunyodan Xabalar

Amerika fazoviy qurilmasi Oyga qo‘ndi

Published

on

Amerikaning Firefly Aerospace kompaniyasiga qarashli Blue Ghost fazoviy qurilmasi Oyga qo‘ndi. Bu haqda NASA xabar berdi.

Matbuot xizmati bergan ma’lumotga ko‘ra, Oyga qo‘nish bizning vaqt bilan 2 mart soat 13:34 da amalga oshgan. Oyning Yerga ko‘rinadigan tomonida, Inqirozlar dengizida (hududda iqlimiy sharoit o‘ta beqarorligi uchun shunday nomlangan — tahr.) joylashgan Latreyl tog‘i yaqinida ushbu modul ikki hafta tinmay ishlaydi.

Oyga qo‘nadigan ushbu modul 15-yanvar kuni SpaceX kompaniyasining Falcon 9 raketasi yordamida uchirilgan edi. Fazoviy modul bortida NASAga tegishli o‘nta tadqiqot uskunasi bo‘lib, ular Oy haqida ma’lumotlar to‘plab, kelajakdagi parvozlar uchun hozirlik ko‘rishda yordam beradi.

Falcon 9 raketasi, shuningdek, yaponlarning Oyga qo‘nuvchi HAKUTO-R Mission 2 (Resilience) modulini ham fazoga olib chiqqan, u aprel oyida sayyoramiz yo‘ldoshiga mini-roverni olib boradi.

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version