Dunyodan

Aliyev Rossiyani Ukrainadagi elchixonaga hujum qilishda aybladi

Published

on


Myunxen xavfsizlik konferensiyasida Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev Kiyevdagi Ozarbayjon elchixonasiga uyushtirilgan uchta hujumda Rossiyani aybladi.

Undan prezident Vladimir Putin bilan Rossiyaning Ukrainaga hujumi chog‘ida Ozarbayjon shirkatlarining energetika obyektlariga yetkazilgan zararni muhokama qilgan-qilmaganligi haqida so‘ralgan.

Aliyev shuningdek, Ozarbayjonning Kiyevdagi diplomatik vakolatxonasiga uch marta hujum qilinganini aytdi.

“Birinchi hujumdan keyin buni tasodif deb hisoblashimiz mumkin edi. Biz rossiyalik hamkasblarimizga barcha diplomatik ob’ektlarning aniq koordinatalarini, jumladan konsulliklar, madaniyat markazlari va elchixonalar manzillarini taqdim qildik. Ammo yana ikkita hujum bo’ldi. Shuning uchun bu diplomatik missiyaga ataylab qilingan hujum edi”, – dedi Aliyev.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Aliyevning bayonoti “haqiqatga to’g’ri kelmaydi” dedi.

Rossiya tashqi siyosat xizmati maʼlumotlariga koʻra, 2025-yil noyabrida Ozarbayjonning Moskvadagi elchisi Kiyevdagi diplomatik missiya binolari va hududiga yetkazilgan zarar uchun “samimiy taassuf” bildirdi. Rossiya bu holatni Ukraina havo hujumidan mudofaa tizimining “noto‘g‘ri ishlashi” deb baholadi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version