Dunyodan
Aleksey Navalniy qurbaqa zaharidan vafot etgani aytilmoqda
Britaniya, Shvetsiya, Fransiya, Germaniya va Niderlandiya qo‘shma bayonot berib, rossiyalik dissident Aleksey Navalniy epibatidin zaharlanishidan vafot etgani haqida xabar berdi.
“Hukumatimiz janob Aleksey Navalniydan olingan namunalar tahlili asosida shunday xulosaga keldi. Bu tahlillar Janubiy Amerika daraxt qurbaqasining zahari bo‘lgan epibatidin borligini aniq tasdiqladi”.
Rossiya rasmiy bayonotida aytilishicha, Navalniy tabiiy sabablar tufayli vafot etgan. Biroq, epibatidinning toksikligi va tavsiflangan alomatlarni hisobga olgan holda, uning o’limiga zaharlanish sabab bo’lgan. “Janob Navalniy qamoqxonada vafot etdi, demak, Rossiyada unga bu zaharni yuborish uchun vosita, asos va imkoniyat bor edi”, deyiladi Buyuk Britaniya hukumati saytida chop etilgan hujjatda.
Uning xulosasiga ko‘ra, bu ma’lumotlar “Rossiyani Kimyoviy qurollar bo‘yicha konventsiyani, bunda esa Biologik va toksik qurollar to‘g‘risidagi konventsiyani bir necha bor buzganliklari uchun javobgarlikka tortish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi”.