Dunyodan
Aktyor Jeyms Handi qotillik qurboniga aylandi
Amerikalik aktyor Jeyms Xendini AQShda pichoqlab o‘ldirdi. Uning do‘stining o‘g‘li qotillikda gumonlanib hibsga olingan.
“Jumanji” va “Top Gun: Maverick” filmlaridagi rollari bilan tanilgan 81 yoshli amerikalik aktyor Jeyms Xendi Los-Anjelesdagi uyida o’ldirilgan.
Aktyor chorshanba kuni Kaliforniyaning Tarzana shahridagi uyining old hovlisida hushsiz holatda topilgan. Tergovchilar uning ko‘kragida bir nechta pichoq jarohatlari borligini aytishdi.
Los-Anjeles politsiyasi Xendining do‘stining o‘g‘li, 44 yoshli Maykl Gledxill hibsga olinganini ma’lum qildi. U qotillikda ayblanmoqda.
Jeyms Handi Nyu-York shahrida tug’ilgan va oltmish yillik faoliyati davomida o’nlab filmlar va teleseriallarda, ko’pincha ikkinchi darajali rollarda yoki kamolarda suratga tushgan.