Iqtisodiyot
Aholi va biznesning inflatsiya kutilmalari pasaydi: asosiy xavotir
Tadbirkorlarning ham, aholining ham kommunal xizmatlarning qimmatlashishi, shuningdek, yoqilg‘i va energiya narxlarining oshishidan xavotirlari ko‘paygan. Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (11,7 foiz) hamda Qashqadaryo (11,4 foiz) va Surxondaryo viloyatlarida (11,4 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9,6 foiz) va Samarqand viloyatida (9,8 foiz) qayd etilgan.
Aprel oyidagi Markaziy bank so‘rovnomasi natijalariga ko‘ra, aholi inflatsiya kutilmalari martga nisbatan 0,4 foiz bandga pastlab, 10,6 foiz atrofida shakllandi. Biznes kutilmalari esa 10,3 foizni tashkil etib, oylik nisbatda 0,4 foiz bandga qisqardi.
Respondentlar inflyatsion fonni shakllantirayotgan asosiy omillar qatorida quyidagilarni ko‘rsatgan:
kommunal xizmatlarning qimmatlashishi (51 foiz);
yonilg‘i va energiya resurslari narxlari oshishi (44 foiz);
asosiy oziq-ovqatlarning qimmatlashishi (28 foiz).
So‘rovnomada qatnashganlar orasida eng yuqori inflyatsion kutilma pensionerlarda (12,6 foiz) kuzatilgan. Eng past kutilmani talabalar (9 foiz) belgilagan. Tadbirkorlik sub’yektlari orasida eng pessimistik kutilma madaniyat (12 foiz) sohasiga, eng optimistik kutilma esa tashish xizmatlari (9 foiz) sohasiga to‘g‘ri kelgan.
Hududlar kesimida aholi inflyatsion kutilmalarining eng yuqori ko‘rsatkichi Toshkent shahri (11,7 foiz) hamda Qashqadaryo (11,4 foiz) va Surxondaryo viloyatlarida (11,4 foiz) kuzatilgan bo‘lsa, eng past ko‘rsatkich Qoraqalpog‘iston Respublikasi (9,6 foiz) va Samarqand viloyatida (9,8 foiz) qayd etilgan. O‘z navbatida tadbirkorlarning kutilmalari Toshkent shahrida (11,4 foiz) baland, Qoraqalpog‘iston Respublikasida (9,2 foiz) esa eng past bo‘lgan.
Daromadlari 30 mln so‘mdan yuqori bo‘lgan aholining inflyatsion kutilmalari respublika bo‘yicha eng yuqori darajada shakllangan – 16,5 foiz. Jizzax, Qashqadaryo va Toshkent viloyatlarida 17 foiz va undan yuqori inflatsiya kutayotganlar ulushi 19 foiz bo‘lgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonga Qozog‘iston nefti yetkazib berilishi mumkin
Qozog‘iston O‘zbekistonga neft va neft mahsulotlari eksport qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Qozog‘iston energetika vaziri Yerlan Akkenjyenov ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Ostona Rossiya nefti va gazini O‘zbekistonga tranzit qilishdan tashqari, qo‘shni mamlakatga o‘zining xom nefti hamda neft mahsulotlarini yetkazib berishga ham tayyor.
Masala Ostona shahrida bo‘lib o‘tayotgan RES 2026 mintaqaviy ekologik sammiti doirasida muhokama qilingan. Shuningdek, tomonlar neft-kimyo sanoati va neftni qayta ishlash quvvatlarini modernizatsiya qilish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni ham ko‘rib chiqmoqda.
Ma’lum qilinishicha, O‘zbekistonda energiya resurslariga bo‘lgan talab oshib bormoqda. Davlat bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning birinchi choragida neft va neft mahsulotlari importi 42,2 foizga o‘sib, 449,1 million dollarga yetgan.
Shu davrda benzin importi ikki barobardan ko‘proq oshib, 428,2 million litrni tashkil etgan. Dizel yoqilg‘isi importi esa 38 foizga o‘sib, 125,5 ming tonnaga yetgan.
Avvalroq Rossiya bosh vaziri Mixail Mishustin Moskva va Toshkent neft hamda gaz yetkazib berish hajmini yanada oshirish bo‘yicha kelishuvga erishganini ma’lum qilgan edi.
Iqtisodiyot
Tadbirkorlar kredit olishida yangi tizim yo‘lga qo‘yiladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev kichik va o‘rta biznesni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda moliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, kichik va o‘rta biznesning iqtisodiyotdagi ulushini oshirish, ular uchun moliyaviy resurslardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish Yangi O‘zbekiston islohotlarining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.
So‘nggi yillarda bu borada qator dasturlar amalga oshirilib, tadbirkorlarga kredit, kompensatsiya, kafillik va boshqa moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirildi. Shu bilan birga, kichik va o‘rta biznesning moliyaviy xizmatlardan foydalanishida hali ham ayrim to‘siqlar saqlanib qolayotgani qayd etildi.
Bugungi kunda kichik va o‘rta biznesga ajratilgan kreditlar portfeli 218 trillion so‘mni tashkil etmoqda. Bu yalpi ichki mahsulotga nisbatan 12 foizga teng. Shu bilan birga, onlayn tarzda ajratilayotgan ta’minotsiz mikrokreditlar ulushi kam. Ta’minotsiz onlayn mikrokredit ajratish jarayoni o‘rtacha 7 kungacha vaqt olmoqda. Tadbirkor kredit olish uchun bir nechta bank takliflarini bir joyda ko‘rish, solishtirish va o‘ziga maqbul shartlarni tanlash imkoniyatiga ega emas.
Shu munosabat bilan taqdimotda raqamli moliyaviy platformani ishga tushirish taklif qilindi. U orqali tadbirkor kredit olish uchun ariza beradi, bir nechta banklardan tijorat takliflarini oladi, ularni taqqoslab, o‘ziga qulayini tanlaydi.
Platforma “Elektron hukumat” tizimining raqamli ma’lumotlar bazalari bilan integratsiya qilinadi. Kichik va o‘rta biznes subyektlariga oid ma’lumotlar avtomatik ravishda olinib, banklarga taqdim etiladi. Bu kredit berish jarayonida hujjat yig‘ish, ortiqcha vaqt sarflash va inson omilini kamaytirishga xizmat qiladi.
2026 yil 1 dekabrdan boshlab platforma doirasida sun’iy intellekt texnologiyalari elementlaridan foydalangan holda muqobil skoring modeli joriy etiladi.
An’anaviy skoring asosan kredit tarixiga tayansa, muqobil skoring biznes faolligi, kommunal to‘lovlar, aylanmalar, soliq va boshqa raqamli ma’lumotlarni ham hisobga oladi. Bu kredit tarixi mavjud bo‘lmagan tadbirkorlarni ham baholash, ularga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirishga yo‘l ochadi.
Shuningdek, kelgusida sun’iy intellekt asosida tadbirkorning kredit tarixini yaxshilash, kelgusidagi xatarlarni baholash va biznesni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalarni shakllantirish imkoniyati yaratiladi.
Tijorat banklari tomonidan “AI maslahatchisi” dasturini ishga tushirish ham nazarda tutilmoqda. Mazkur dastur mahallalar ixtisoslashuvi va o‘sish nuqtalarini hisobga olgan holda biznes g‘oyalarni ishlab chiqish, ularni moliyalashtirish imkoniyatlarini aniqlashga ko‘maklashadi.
Kichik biznesni uzluksiz qo‘llab-quvvatlash dasturi doirasida ham qo‘shimcha yengilliklar belgilanmoqda. Avval dastur doirasida mikrokreditdan foydalangan va ijobiy kredit tarixiga ega tadbirkorlar uchun mikrokreditning garovsiz qismi 100 million so‘mdan 200 million so‘mgacha oshiriladi.
Qolaversa, kredit yoki lizing miqdoridan qat’i nazar, uning 5 milliard so‘mgacha bo‘lgan qismi uchun foiz xarajatlari kompensatsiya qilinadi.
Har yili o‘z faoliyatini kengaytirgan va yuqori natija ko‘rsatgan 100 ta tadbirkorlik subyektiga raqamlashtirish, xalqaro standartlar va “yashil” texnologiyalarni joriy etish bilan bog‘liq xarajatlar uchun 300 million so‘mgacha grant ajratish taklif etildi.
Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni ma’qullab, kredit tarixiga ega bo‘lmagan kichik va o‘rta biznes subyektlariga moliyaviy xizmatlardan foydalanish imkoniyatini kengaytirish, platforma xavfsizligi va ma’lumotlarning himoyalanganligini ta’minlash yuzasidan mutasaddilarga topshiriqlar berdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonliklar go‘sht va sut narxlari oshishini ko‘proq sezishyapti
Daromadlari 2 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 10,5 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 14,7 foizga oshdi deb hisoblayapti. Sezilgan inflatsiya Qashqadaryo viloyatida eng yuqori – 12,9 foizni tashkil etgan.
2026 yil aprel oyida O‘zbekiston aholisi sezgan yillik inflatsiya darajasi mart oyiga nisbatan o‘zgarishsiz qolib, 11,6 foizni tashkil etdi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
So‘rovnomada qariyb 3500 nafar respondent ishtirok etgan. Ular bergan javoblarga qaraganda, sezilgan inflatsiya Qashqadaryo viloyatida eng yuqori – 12,9 foizni, Surxondaryo viloyatida 12,4 foizni, Toshkent viloyatida 12,1 foizni tashkil etgan.
Farg‘onaliklar esa narx-navo oshishini hammadan ham kamroq sezishgan – 9,5 foiz. Qoraqalpog‘iston Respublikasida yashovchilar 10 foiz, Xorazm viloyati aholisi 10,1 foizlik inflatsiyani his etishgan.
Aprel oyida aholi tomonidan narxlarida yuqori o‘sish kuzatilgan asosiy tovar va xizmatlar quyidagilar: go‘sht va sut, benzin va yoqilg‘i, meva va sabzavotlar, elektr va tabiiy gaz, dorilar, shuningdek, qurilish mollari narxlari.
Daromadlari 2 mln so‘mdan 4 mln so‘mgacha bo‘lgan aholi qatlami eng kam – 10,5 foizlik inflatsiyani sezgan bo‘lsa, 30 mln so‘mdan ko‘proq daromad topuvchilar oxirgi 12 oyda narx-navo 14,7 foizdan ko‘proqqa oshdi deb hisoblayapti.
Iqtisodiyot
Dollar ko‘tarildi, rublda esa pasayish kuzatildi
Dollar ko‘tarildi, rublda esa pasayish kuzatildi
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekiston Qirg‘iziston ko‘mirining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda
2026 yil yanvar-mart oylarida Qirg‘iziston korxonalari O‘zbekistonga 277 ming tonnadan ortiq toshko‘mir, 124 ming tonnadan ortiq qo‘ng‘ir ko‘mir jo‘natgan.
Foto: Qirg‘iziston Energetika vazirligi
Qirg‘iziston import qilinadigan toshko‘mir xaridlarini 81,4 foizga qisqartirdi, biroq lignit eksportini 67,5 foizga oshirdi. O‘zbekiston mahalliy yoqilg‘ining asosiy xaridori bo‘lib qolmoqda, deyiladi Qirg‘iziston Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida.
2026 yil yanvar-mart oylarida Qirg‘iziston xorijga 1 milliard 241,4 million qirg‘iz so‘mi qiymatida 294 ming 48,6 tonna toshko‘mir yetkazib berdi. Jo‘natmalar hajmi 1,2 foizga kamaydi, biroq daromadlar 4,7 foizga oshdi. Asosiy importchi O‘zbekiston bo‘lib, Qirg‘iziston korxonalari 277 ming 377 tonna ko‘mir jo‘natgan.
Shu bilan birga, qo‘ng‘ir ko‘mir (lignit) eksporti 67,5 foizga o‘sib, 166 ming 440,3 tonnaga yetdi. Yetkazib berishning umumiy qiymati 799 million 388 ming qirg‘iz so‘mini tashkil etdi.
Milliy statistika qo‘mitasi asosiy xaridorlar orasida quyidagilarni ajratib ko‘rsatdi:
O‘zbekiston – 124 ming 110,7 tonna;
Tojikiston – 31 ming 703,5 tonna;
Xitoy – 10 ming 187,7 tonna.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda Qirg‘iziston chet el yoqilg‘isidan voz kechmoqda. Toshko‘mir importi 28 ming 908,9 tonnagacha kamaydi – bu 2025 yil darajasining atigi 18,6 foizini tashkil etdi. Xarid xarajatlari 94 million 435,4 ming qirg‘iz so‘migacha kamaydi. Qirg‘iziston deyarli barcha ko‘mirni Qozog‘istondan (28 ming 902,4 tonna) sotib olgan.
-
Siyosat5 days agoBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyodagi chegaralarni tinch yoʻl bilan tartibga solish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi
-
Mahalliy4 days ago
Yoshlar umrini sotgan jinoyatchilar qo‘lga olindi
-
Mahalliy2 days agoSizni maktabda aldashgan! So‘nggi qo‘ng‘iroq haqida siz bilmagan haqiqat
-
Dunyodan3 days agoPrezident Trampning Gʻazo boʻyicha 15 banddan iborat rejasi eʼlon qilindi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda har 100 ta uyga nechta kompyuter to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi
-
Siyosat5 days ago
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bosh kotibini qabul qildi
-
Jamiyat5 days ago
Kontent markazida «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Mahalliy3 days ago
Prezident davlat boshqaruvidagi eng yaxshi kadrlarni e’tirof etdi
