Connect with us

Jamiyat

Aeroportda tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs ushlandi

Published

on


Farg‘ona aeroportida tanasiga 250 gramm quyma oltinni yashirib olib o‘tayotgan shaxs to‘xtatildi.

Foto: Farg‘ona bojxona boshqarmasi

Viloyat bojxona boshqarmasi xabar berishicha, Farg‘ona aeroportida fuqaro tanasida 250 gramm quyma oltinni olib chiqib ketayotganida to‘xtatib qolindi. 

Aeroportda xorijga uchib ketayotgan fuqaroning xatti-harakatlari bojxona xodimlarida shubha uyg‘otgan. Shu bois fuqaro Body Scaner nazorat texnik vositasi yordamida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Natijada fuqaro tana a’zosiga yashirilgan umumiy qiymati 358 mln so‘mlik, og‘irligi 250 grammga teng bo‘lgan 3 dona quyma oltin bo‘laklari borligi aniqlandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Dunyoning eng boy ayoli pullarini qanday tarqatmoqda?

Published

on


2019-yilda Jeff Bezos bilan ajrashish jarayoni yakunlangach, Makkenzi Skott qo‘lida 38 milliard dollarlik Amazon aksiyalari bilan dunyoning eng boy ayollaridan biriga aylandi. O‘shanda ko‘pchilik uchta an’anaviy ssenariydan birini kutgandi: yo u dabdabali hayotga sho‘ng‘iydi, yo shaxsiy media imperiyasini quradi, yoki binolarga o‘z ismini yozib qo‘yadigan ulkan xayriya jamg‘armasiga asos soladi.

Biroq Skott bu yo‘llarning birortasini tanlamadi. U xayriya dunyosining barcha yozilmagan qoidalarini parchalab tashladi.

«Pulni tugaguncha baham ko‘raman»

Skott o‘z boyligini shunchalik tez tarqata boshladiki, hatto ekspertlar ham hayratda qoldi. U Uorren Baffet va Bill Geyts tomonidan asos solingan «Giving Pledge» tashabbusiga qo‘shilib, hayoti davomida boyligining kamida yarmini xayriya qilishga va’da berdi. «Mening nomutanosib miqdorda pulim bor va men uni yo‘q bo‘lib ketguncha baham ko‘raman», — deb yozgan edi u o‘z ochiq xatida.  

An’anaviy jamg‘armalardan farqli o‘laroq, uning strategiyasi byurokratiya va nazoratni yo‘q qilishdir. U hisobot berishni talab qilmaydi, shartlar qo‘ymaydi va matbuot xabarlarida uning ismi ko‘rinmaydi. Pullar ehtiyojmandlarga yashirincha keladi va ko‘pincha ma’lum tashkilotlar tarixidagi eng katta xayriyaga aylanadi.

Raqobatbardosh arizalar, grant qo‘mitalari va KPIlar o‘rniga u professional tadqiqotchilarga va zaif guruhlar, ta’lim tashabbuslari, irqiy, gender tengsizligi bilan ishlaydigan tashkilotlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkazmalarga tayanadi va u o‘z blogida kimga, nima uchun pul bergani haqida oddiy ro‘yxat e’lon qiladi.

Skottning kichik jamoasi detektivlar kabi ishlaydi: ular zo‘rg‘a kun ko‘rayotgan, ammo jamiyat uchun muhim ishlarni qilayotgan tashkilotlarni qidirib topishadi. Ular orasida bankrotlik yoqasidagi oziq-ovqat banklari, eski uskunalar bilan ishlayotgan qishloq kasalxonalari, qamoqdan chiqqanlarga yordam beruvchi kichik ijtimoiy loyihalar bor.

Bu tashkilotlar kutilmaganda elektron pochta orqali xat olishadi: «Biz sizning ishingizga ishonamiz va yordam bermoqchimiz». So‘ng hech qanday shartlarsiz millionlab dollarlik mablag‘ kelib tushadi.

Bu saxovatning natijasi esa hayratlanarli: Detroytdagi bolalar kasalxonasi psixologlar shtatini ikki barobar oshirishga muvaffaq bo‘ldi, tub amerikaliklar ta’lim muassasalari o‘z tarixidagi eng katta mablag‘ni qabul qilib oldi, oilaviy zo‘ravonlik qurbonlari uchun boshpanalar pandemiya davrida o‘z imkoniyatlarini kengaytirdi.

Bir yil ichida u qariyb 500 ta tashkilotga 6 milliard dollarga yaqin mablag‘ o‘tkazdi. Ammo paradoks shundaki, u pulni qanchalik tez tarqatmasin, Amazon aksiyalarining narxi oshib borishi natijasida uning sof boyligi o‘sishda davom etdi. Bu xuddi ummonni chelak bilan bo‘shatishga urinishdek edi.  

Forbes ma’lumotlariga ko‘ra, o‘nlab milliardlab dollarlik xayriyalarga qaramay, Makkenzi Skott dunyodagi eng boy odamlardan biri bo‘lib qolmoqda. U jamg‘armani boshqarmaydi yoki jamoat tadbirlarini o‘tkazmaydi, lekin u zamonaviy xayriya qanday ishlashi mumkinligi haqidagi tushunchani o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi. Boshqa milliarderlar raketalar uchirib, koinotni zabt etish yoki o‘zlariga haykallar tiklash bilan band bo‘lgan bir paytda, Makkenzi Skott boylikni  namoyish qilmasdan tarqatish mumkinligini isbotladi. Uning yondashuvi shunchaki xayriya emas, balki insoniyatga bo‘lgan yuksak ishonch namunasidir. Skottning saxovati tufayli minglab odamlarning hayoti yaxshilanmoqda va ularning aksariyati bu baxt ortida kim turganini ham bilishmaydi. Zero, haqiqiy saxovat shovqin-suronni yoqtirmaydi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qozog‘istonda 5 nafar o‘zbekistonlikning ish haqi va pasportlari qaytarildi

Published

on


Qozog‘istonning Ostona shahrida mehnat qilib kelgan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosining ish beruvchi tomonidan olib qo‘yilgan pasportlari qaytarilib, uch oylik ish haqlari to‘liq undirib berildi.

Ostona shahri Foto: akorda.kz

Ma’lum qilinishicha, 12 mart kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavha ortidan Qozog‘istonning Ostona shahrida joylashgan “Karima” restoranida ishlagan 5 nafar O‘zbekiston fuqarosining murojaati yuzasidan tezkor choralar ko‘rilgan.

Unga ko‘ra, ish beruvchi tomonidan fuqarolarning pasportlari olib qo‘yilgani va ularga uch oylik ish haqi to‘lanmagani aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekistonning Ostona shahridagi elchixonasi tomonidan restoran rahbariyati bilan aloqa o‘rnatilib, fuqarolarning hujjatlarini qaytarish va ish haqlarini to‘liq to‘lash bo‘yicha qat’iy talablar qo‘yilgan.

Shuningdek, Qozog‘istonning vakolatli organlari tomonidan ham holat nazoratga olinib, ish beruvchiga nisbatan ma’muriy choralar ko‘rilgan.

Ko‘rilgan choralar natijasida 14 mart kuni fuqarolarning pasportlari to‘liq qaytarildi hamda ularga tegishli bo‘lgan jami 5 ming 290 AQSh dollari miqdoridagi ish haqi undirib berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosi vafot etdi

Published

on


Janubiy Koreyada O‘zbekiston fuqarosining vafoti yuzasidan tekshiruv va ekspertiza ishlari olib borilmoqda. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur holatda qotillik alomatlari aniqlanmagan.

O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasi vakillari ushbu mamlakatda vafot etgan vatandoshimiz holati bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan turli ma’lumotlarga munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, K.N.ning vafoti munosabati bilan Janubiy Koreya milliy politsiya agentligining mas’ul xodimlari bilan doimiy muloqot olib borilmoqda.

Janubiy Koreya tomonining bildirishicha, ayni vaqtda O‘zbekiston fuqarosining o‘limi yuzasidan mutasaddi soha vakillari tomonidan tekshiruv va ekspertiza ishlari davom ettirilmoqda. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, uning vafotida qotillik alomatlari mavjud emas.

Qayd etilishicha, Janubiy Koreya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan ushbu holatga to‘liq oydinlik kiritilganidan so‘ng qo‘shimcha axborot taqdim etiladi.

Shu bilan birga, tekshirilmagan, yolg‘on yoki vahima chiqaruvchi ma’lumotlarni tarqatish qonunchilikka muvofiq ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lishi eslatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

23 martdan Toshkent – Chorvoq avtobus qatnovi qayta tiklanadi

Published

on


2026 yil 23 martdan boshlab Toshkent shahridan Chorvoq yo‘nalishi bo‘yicha avtobus qatnovi qayta yo‘lga qo‘yiladi. Yangi yo‘nalish ichki turizmni rivojlantirish va aholiga qulay transport xizmatlarini ta’minlashga qaratilgan.

Foto: Toshshahartransxizmat

«Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi «Toshavtobustrans» MChJ tomonidan 1226-sonli «Mashinasozlar metrosi — Chorbog‘ (Humson qo‘rg‘oni)» avtobus yo‘nalishi faoliyati qayta tiklanadi.

Yo‘nalishga 47 o‘rindiqli, konditsionerlar bilan jihozlangan MAN RR3 rusumli zamonaviy turistik avtobuslar biriktiriladi. Yo‘lkira narxi 25 ming so‘m etib belgilangan.

Avtobuslar Mashinasozlar metrosi bekatidan har kuni soat 06:00 da harakatni boshlaydi. Qatnovlar har 1,5 soatda amalga oshirilib, safar vaqti taxminan 1 soat 30 daqiqani tashkil etadi. So‘nggi qatnov Chorvoq tomondan soat 20:30 da amalga oshirilib, soat 22:00 da Mashinasozlar metrosida yakunlanadi.

Yo‘nalish Mashinasozlar metrosi bekatidan boshlanib, Maxtumquli ko‘chasi, Yangi O‘zbekiston bog‘i, Hojikent mavzesi va Chinorkent orqali Xumson qo‘rg‘onigacha harakatlanadi.

Qayd etilishicha, yo‘lovchilar uchun naqd pul va bank kartalari orqali to‘lov qilish imkoniyati yaratilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda qo‘lga olindi

Published

on


Samarqand viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan qariyb 38 kilogramm narkotik moddalar aniqlanib, musodara qilindi.

Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari hamda Samarqand viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari hamkorligida giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish doirasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qo‘shni davlatdan olib kirilgan katta miqdordagi narkotik moddalar to‘xtatib qolindi.

Xususan, oldindan kuzatuvga olingan Urgut tumanida yashovchi 1989 va 1992 yillarda tug‘ilgan 3 nafar fuqaro aylanma yo‘llar orqali Tojikistonning Panjikent tumaniga borib, narkosavdogarlardan 14 kg 766 gramm “opiy” va 14 kg 958 gramm “gashish” moddalarini olib, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tgan holda O‘zbekiston hududiga kirib kelayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Shuningdek, yana bir holatda Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Samarqand shahrida o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida “Orzu” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan xususiy avtomashina garaji ko‘zdan kechirildi.

Tekshiruv natijasida maxsus tayyorlangan yashirin joy — marmar toshlar orasiga 9 kg 40 gramm opiy ekstraksiyasi yashirilgani aniqlandi.

Qayd etilishicha, bunday turdagi narkotik moddalar odatda xorijdan kontrabanda yo‘li bilan olib kiriladi.

Har ikki holat bo‘yicha Jinoyat kodeksining 246-moddasi 2-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchilarga nisbatan “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llangan. Garaj egasini qo‘lga olish bo‘yicha choralar ko‘rilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, ushbu turdagi jinoyatlar uchun qonunchilikda 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Fuqarolardan shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganda Davlat xavfsizlik xizmatiga 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilish so‘raldi. Murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.