Sport
Özbekiston U-17 jahon çempionati pley-offida Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi
Özbekiston U-17 terma jamoasi Qatarda ötayotgan jahon çempionatida pley-off bosqiçiga yöl oldi. Sergey Çigodayev şogirdlari guruhda uçinçi örinni egallagan bölsa-da, eng yaxşi uçinçi örin sohiblari orasida sakkizinçi natijani qayd etib, musobaqani davom ettiriş imkoniyatiga ega böldi. Endi yoş futbolçilarni 1/16 finalda Ispaniya terma jamoasiga qarşi muhim bahs kutmoqda.
Özbekiston qanday qilib pley-offga çiqdi?
Özbekistonlik futbolçilar Ye guruhida Italiya, Kot-d’Ivuar va Yamayka terma jamoalari bilan kuç sinaşdi. Jamoa musobaqani Kot-d’Ivuarga qarşi 1:2 hisobidagi mağlubiyat bilan boşladi. Ikkinçi uçraşuvda esa Yamayka ustidan 6:2 hisobida yirik ğalabaga erişdi. Guruh bosqiçining sönggi bahsida Italiyaga 1:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Şu tariqa, Özbekiston uç oçko bilan guruhda uçinçi örinni egalladi. Jamoaning töplar nisbati 8:7 ni taşkil etdi.
Jahon çempionati reglamentiga köra, 12 ta guruh ğoliblari va ikkinçi örin sohiblaridan taşqari, eng yaxşi natija körsatgan sakkizta uçinçi örin egasi ham keyingi bosqiçga yöl oladi. Özbekiston aynan şu mezon asosida pley-offga çiqdi.
1/16 finalda özbekistonlik futbolçilarni Ispaniya terma jamoasi kutib turibdi. Ispaniyalik yoş futbolçilar guruh bosqiçida uçala uçraşuvda ham ğalaba qozondi. Jamoa Xitoyni 5:0, Marokaşni 2:0 hisobida mağlub etdi. Fiji terma jamoasi darvozasiga esa javobsiz sakkizta töp kiritdi. Şu tariqa, ispaniyaliklar uçta öyinda 22 ta gol urib, öz darvozasidan birorta ham töp ötkazib yubormadi.
Bu körsatkiçlar Ispaniyaning hujumdagi salohiyatini namoyon etadi. Biroq futbolda guruh bosqiçidagi natijalar keyingi bahsning taqdirini oldindan belgilamaydi. Özbekiston yoşlari uçun bu öyin öz imkoniyatlarini yana bir bor körsatiş uçun muhim maydon böladi. Qiziği şundaki, ikki jamoa 2023 yilgi U-17 jahon çempionatida ham özaro töqnaş kelgan. Öşanda uçraşuv 2:2 hisobida durang bilan yakunlangan edi.
Jahon çempionatining 1/16 final uçraşuvlari 30-noyabr va 1-dekabr kunlariga belgilangan. Özbekiston — Ispaniya bahsining aniq sanasi va boşlaniş vaqti FIFA tomonidan alohida eʼlon qilinişi kutilmoqda.
Eslatib ötamiz, Qatar mezbonlik qilayotgan U-17 jahon çempionati 19-noyabrda boşlangan bölib, final uçraşuvi 13-dekabr kuni ötkaziladi.
Özbekiston terma jamoasining keyingi bosqiçdagi iştiroki yoş futbolçilar uçun nafaqat musobaqani davom ettiriş, balki jahon futbolidagi kuçli raqiblar bilan tajriba töplaş imkoniyati hamdir.
Sport
Özbekiston ösmirlari Italiyaga qarşi öyinda mağlubiyatga uçradi
Özbekiston U17 terma jamoasi Ye guruhining 3-tur öyinida Italiyaga qarşi maydonga tuşdi va 1:3 hisobida mağlub böldi.
Bu natijadan söng, boş murabbiy Sergey Çigodayev şogirdlari 3 oçko jamğarib (töplar nisbati 8:7), Ye guruhida Italiya (9 oçko) va Kot-d’Ivuardan (6 oçko) keyin uçinçi böldi.
Endi Özbekiston U17 terma jamoasi qolgan guruhlardagi öyinlarning yakunlanişini kutişiga töğri keladi. Reglamentga köra, uçinçi örinni egallagan 12 ta jamoadan eng yaxşi natijaga ega 8 tasi 1/16 finalga çiqadi.
Özbekiston U17 – Italiya U17 1:3
Gollar: Suhrob Sadirjonov (75) – Tommazo Kasagrande (7), Federiko Kroçi (31 pen), Tomas Koriliano (45+2).
Sport
Şavkat Mirziyoyev Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidentini qabul qildi: tafsilotlar
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev 19-noyabr kuni ösmirlar örtasida dzyudo böyiça jahon çempionati munosabati bilan mamlakatimizda bölib turgan Xalqaro dzyudo federatsiyasi prezidenti Marius Vizerni qabul qildi.
Uçraşuvda uşbu nufuzli federatsiya bilan milliy dzyudo maktabini rivojlantiriş va yoş sportçilarni tayyorlaş borasida hamkorlikni yanada kengaytiriş masalalari körib çiqildi.
Toşkent jahonning nufuzli dzyudo markazlaridan biriga aylanib borayotgani taʼkidlandi. Sönggi uç yilda mamlakatimizda 4 ming nafardan ziyod sportçi iştirokida 10 ta xalqaro musobaqa ötkazildi. Joriy yilgi ösmirlar örtasidagi jahon çempionati esa ilk bor Özbekistonda taşkil etilmoqda.
Marius Vizer yurtimizda sportni rivojlantiriş va yoşlarni sportga keng jalb etiş böyiça amalga oşirilayotgan islohotlarni yuqori baholadi.
Özbekistonda yirik xalqaro musobaqalarni ötkaziş, milliy terma jamoani Los-Anjelesda bölib ötadigan Olimpiya öyinlariga tayyorlaş, mamlakatimizda yaratilgan zamonaviy sport infratuzilmasi negizida sportçilar, murabbiylar va hakamlarni tayyorlaş hamda sport tibbiyoti sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Dzyudo böyiça ösmirlar örtasidagi jahon çempionati 19-22-noyabr kunlari Toşkent şahridagi Olimpiya şaharçasida bölib ötadi. Unda 78 mamlakatdan 600 nafarga yaqin yoş sportçi bellaşmoqda. Musobaqalarga xorijiy mamlakatlarning yuqori darajadagi delegatsiyalari ham kelgan.
Sport
Anzur Ismoilov futbolçilik faoliyatini yakunladi
Anzur Ismoilov 41 yoşida professional futbolçilik faoliyatini yakunladi. Uning katta futbol bilan xayrlaşuv marosimi Özbekiston Superligasining 28-turidan örin olgan «Lokomotiv» — «Paxtakor» (3:1) uçraşuvida taşkil etildi.
Uning professional faoliyatidagi klublari (himoyaçi ampluasida):
«Dinamo» Samarqand (2001-2002)
«Traktor» (2002–2003)
«Paxtakor» (2003–2009)
«Bunyodkor» (2010–2011)
«Çangçun Yatay» (Xitoy, 2011–2018)
«Lokomotiv» Toşkent (2018–2020)
«Paxtakor» (2020–2022)
OKMK (2022–2024)
«Lokomotiv» Toşkent (2024-yildan hozirgaça)
Anzur Ismoilov Özbekiston milliy jamoasi tarkibida 105 ta bahsda maydonga tuşgan.
Sport
Özbekiston Jahon yelkanli sport federatsiyasiga tölaqonli aʼzo böldi
Xitoyning Sindao şahrida Jahon yelkanli sport federatsiyasi (World Sailing) Boş assambleyasi bölib ötdi. Unda bir qator milliy federatsiyalarni taşkilotga tölaqonli aʼzo sifatida qabul qiliş masalasi körib çiqildi.
Ovoz beriş natijalariga köra, Özbekiston yelkanli sport federatsiyasi 95,08 foiz ovoz bilan World Sailing taşkilotining tölaqonli aʼzosi böldi.
Uşbu maqom milliy federatsiyaga xalqaro taşkilotning sportni rivojlantiriş dasturlaridan foydalaniş, mutaxassislar malakasini oşiriş va xalqaro hamkorlikni kengaytiriş uçun yangi imkoniyatlar yaratadi.
Eng muhimi, endilikda özbekistonlik yelkanli sport ustalari Olimpiya öyinlariga saralaş musobaqalarida iştirok etiş huquqiga ega böladi.
Mazkur qaror Özbekistonda yelkanli sportni rivojlantiriş va sportçilarning xalqaro maydondagi iştirokini kengaytirişda muhim qadam hisoblanadi.
Sport
O‘zbekiston Rossiyaga qarshi o‘yinda g‘alabani qo‘ldan chiqardi
Toshkentda O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yini bo‘lib o‘tdi.
Unda vakillarimiz ikkita to‘p farqi bilan g‘alaba qozonayotib, imkoniyatni boy berdilar.
O‘yinda O‘zbekiston 4-daqiqadayoq hisobni ochdi. 46-daqiqada Behruz Karimov farqni ikkitaga oshirdi. Biroq rossiyaliklar 10 daqiqa ichida 3 ta gol urishga erishib, g‘alabani ilib ketdilar.
Gollar: 1:0 – 4, Viktor Melyoxin (avtogol); 2:0 – 46, Behruz Karimov (Dostonbek Hamdamov); 2:1 – 70, Nikolay Komlichenko (Kirill Danilov); 2:2 – 75, Nikolay Komlichenko; 2:3 – 79, Aleksey Miranchuk (Danil Krugovoy)
-
Jamiyat4 days ago
Senatda yoşlarning ekologik jarayonlardagi iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi
-
Siyosat5 days ago
bugungi islohotlarga hamohang dastur yaratiş yölida
-
Iqtisodiyot5 days ago
Oktyabrda tezkor tölovlar orqali 158,4 trln sömlik operatsiyalar amalga oşirildi
-
Jamiyat2 days ago
Jahon banki Özbekistonga 800 mln dollar ajratişni maʼqulladi
-
Iqtisodiyot3 days ago
Gulnora Karimovaning musodara qilingan 252,5 mln dollari Özbekistonga qaytariladi
-
Jamiyat2 days ago
Prezident maktubi — yoş avlodga mehr va maʼrifat saboği
-
Sport2 days ago
Özbekiston ösmirlari Italiyaga qarşi öyinda mağlubiyatga uçradi
-
Siyosat3 days ago
Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga özbekona ayvonlar uçun minnatdorlik bildirdi
