Iqtisodiyot
Markaziy Osiyoda o‘zaro savdo aylanmasi 8,1 mlrd dollarga yetdi
2026-yil yanvar–iyul oylarida Markaziy Osiyo mamlakatlarining o‘zaro savdosi 25,4 foizga oshib, 8,1 mlrd dollarga yetdi. Mintaqaning barcha davlatlari boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga yetkazib berish hajmini oshirgan.
Qozog‘istonning mintaqa davlatlariga eksporti 26,8 foizga o‘sib, 4,5 mlrd dollarni tashkil etdi. O‘zbekiston eksporti 34,5 foizga oshib, 2 mlrd dollarga yetdi.
Qirg‘izistonning mintaqa mamlakatlariga yetkazib berishi 18,3 foizga oshib, 523 mln dollarga, Turkmanistonniki 10,4 foizga oshib, 844 mln dollarga yetdi. Tojikiston eksporti esa 6,2 foizga ko‘payib, 209 mln dollarni tashkil qildi.
Markaziy Osiyo ichidagi eksportning 55,9 foizi Qozog‘iston, 24,7 foizi O‘zbekiston hissasiga to‘g‘ri kelgan. Turkmaniston ulushi 10,4 foiz, Qirg‘izistonniki 6,4 foiz, Tojikistonniki 2,6 foiz bo‘lgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston birgalikda mintaqa ichki yetkazib berish hajmining 80,6 foizini ta’minlagan. O‘zaro eksport o‘sishining qariyb 90 foizi ham ushbu ikki mamlakat hissasiga to‘g‘ri kelgan.
Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo 3,3 mlrd dollarni tashkil etib, mintaqa ichidagi eng yirik savdo yo‘nalishi bo‘lib qolgan. Qozog‘istonning Qirg‘iziston va Tojikiston, O‘zbekistonning esa Qirg‘iziston, Tojikiston va Turkmaniston bilan savdosi ham salmoqli bo‘lgan.
Qozog‘istonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan tovar ayirboshlashi 5,9 mlrd dollarga yetdi. Eksport 4,5 mlrd, import 1,4 mlrd dollar bo‘lgan. Mintaqa Qozog‘iston tashqi savdosining 6,7 foizini, eksportning 8,9 foizini va importning 3,7 foizini tashkil etgan. O‘zbekiston Qozog‘istonning mintaqadagi asosiy hamkori bo‘lib, uning ulushi 55 foizni tashkil qilgan.
O‘zbekistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi 5,4 mlrd dollarga yetdi. Eksport 2 mlrd, import 3,4 mlrd dollarni tashkil etgan. Mintaqa mamlakatlari O‘zbekiston tashqi savdosining 10,9 foiziga to‘g‘ri kelgan. Qozog‘iston ulushi 61 foiz, Turkmaniston 15 foiz, Qirg‘iziston 14 foiz va Tojikiston 11 foiz bo‘lgan.
Qirg‘izistonning Markaziy Osiyo bilan savdosi 2 mlrd dollarga yetdi. Import 1,5 mlrd, eksport 523 mln dollar bo‘lgan. Tojikistonning mintaqa mamlakatlari bilan tovar ayirboshlashi 1,4 mlrd dollarni tashkil etib, import 1,2 mlrd, eksport 209 mln dollarga yetgan. Turkmanistonning mintaqaga eksporti esa 844 mln dollar bo‘lib, 10 foizga oshgan.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda korxonalar uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilish taklif etilmoqda
Iqtisodiyot va moliya vazirligi korxonalar uchun ijtimoiy soliq bo‘yicha imtiyozlarni bekor qilishni taklif etdi.
Ta’kidlanishicha, ayrim korxonalarda ijtimoiy soliq stavkasining 12 foizdan 1 foizgacha yoki 0 foizgacha pasaytirilishi pensiya sug‘urtasini moliyalashtirishda tenglik masalasini yuzaga keltirmoqda.
2025 yilda 65 mingta korxonaga jami 3,2 trln so‘mlik ijtimoiy soliq imtiyozlari berilgan. Bunda korxonalarning xarajatlari kamaygan bo‘lsa-da, ushbu korxonalarda ishlovchi xodimlarning kelgusidagi pensiya majburiyatlari saqlanib qoladi.
Shu munosabat bilan yangi ijtimoiy soliq imtiyozlarini berishni to‘xtatish, amaldagi imtiyozlarni esa 2030 yildan boshlab to‘liq bekor qilish taklif etilmoqda.
Biznesni qo‘llab-quvvatlashni esa ijtimoiy soliqdan ozod qilish orqali emas, balki davlat budjetidan ochiq va manzilli subsidiyalar ajratish orqali amalga oshirish mumkin.
Bu orqali bir xil, masalan, 6 mln so‘m ish haqi oladigan xodimlar qaysi korxonada ishlashidan qat’i nazar, ijtimoiy soliq to‘lash va pensiya huquqini moliyalashtirish bo‘yicha teng sharoitga ega bo‘lishi ko‘zda tutilmoqda.
Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi elektromobillarning qariyb 72 foizi Toshkentda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-iyul holatiga mamlakatda 122 ming 700 ta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan.
Elektromobillarning eng katta qismi Toshkent shahrida jamlangan — 88 496 ta. Bu berilgan hududiy ko‘rsatkichlar yig‘indisining qariyb 72 foiziga teng.
Toshkent viloyati 9 546 ta elektromobil bilan ikkinchi o‘rinda. Samarqand viloyatida 4 870 ta, Xorazm viloyatida 3 784 ta elektromobil qayd etilgan.
Qashqadaryo viloyatida 3 045 ta, Farg‘onada 2 442 ta, Navoiyda 2 227 ta elektromobil bor. Buxoroda 1 963 ta, Andijonda 1 607 ta qayd etilgan.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida 1 387 ta, Namanganda 1 237 ta, Sirdaryoda 993 ta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan.
Jizzax viloyatida ularning soni 701 ta, Surxondaryo viloyatida esa 429 tani tashkil qilgan.
Toshkent shahridagi elektromobillar soni qolgan hududlardagi jami ko‘rsatkichdan qariyb 2,6 baravar ko‘p. Poytaxtdan keyingi yuqori natija Toshkent viloyatiga tegishli bo‘lib, farq 78 950 tani tashkil etadi.
Iqtisodiyot
Bir necha kun davomida ko‘tarilgan dollar yana pasaydi
Bir necha kun davomida ko‘tarilgan dollar yana pasaydi
Source link
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘istondagi sanoatlashgan intensiv bog‘ni ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi “ADM Agro” korxonasining sanoatlashgan intensiv bog‘ida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy agrar tajribani ko‘zdan kechirdi.
Jahon tajribasida avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalar boshqa tarmoqlarni ham rivojlantirib, ko‘p tarmoqli faoliyat yuritishi keng tarqalgan.
Jizzax viloyatida avtomobil ishlab chiqarayotgan “ADM Group” kompaniyasi ham shu yondashuv asosida faoliyatini kengaytirmoqda. Orolbo‘yida intensiv bog‘dorchilikni rivojlantirish uning yangi yo‘nalishlaridan biri bo‘ldi.
Aytishlaricha, Orolbo‘yining og‘ir iqlimida, sho‘r tuprog‘ida bog‘dorchilik o‘zini oqlamaydi. 55 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilgan mazkur loyiha esa bu qarashlarni butkul o‘zgartirmoqda.
Bog‘ning umumiy maydoni 330 gektarni tashkil etadi. Eng muhimi, mahalliy aholi uchun 100 ta muqim ish o‘rni yaratildi. Ilgari doimiy daromad manbaiga ega bo‘lmagan qishloq aholisi endi o‘z hududida ishlab, oilasiga baraka kiritmoqda.
Hozirda 69 gektar maydonga AQShda seleksiya qilingan 250 ming tub qora olxo‘ri ko‘chati ekilgan. Bu nav sho‘r yerlarga juda chidamli hisoblanadi. U ekilganidan so‘ng atigi 2 yilda hosilga kiradi. Bir tup daraxt 50-60 kilogrammgacha hosil beradi. Mevaning yirikligi va danakning oson ajralishi qayta ishlash uchun juda qulay sanaladi.
Yerdan unumli foydalanish va daromadni ko‘paytirish maqsadida daraxtlar orasiga hosildor pomidor navi ekildi. Ekin maydonining har bir gektaridan o‘rtacha 40-45 tonna hosil olish mumkin.
Bog‘da qo‘llanilgan zamonaviy texnologiyalar suv tanqisligi bilan bog‘liq muammoga samarali yechim berdi. Maydonda yopiq drenaj va tomchilatib sug‘orish tizimlari joriy qilingan. Oddiy sug‘orishda bir gektar yerga 12 ming litr suv ketadi. Yangi tizim orqali esa bu sarf bor-yo‘g‘i 5 ming litrni tashkil etmoqda. Natijada suv 60 foizgacha tejaladi.
Suv to‘g‘ridan-to‘g‘ri daraxt ildiziga boradi va behuda sarf bo‘lmaydi. Suv bilan birga berilgan mineral o‘g‘itlar 90 foizgacha o‘simlik tomonidan o‘zlashtiriladi. Namlikning bir maromda saqlanishi hosildorlikni yanada oshiradi. Tizim to‘liq avtomatlashtirilgani sababli yuzlab gektar maydonni birgina operator bemalol boshqara oladi.
Iqlimning injiqliklariga qaramay, shunday zamonaviy bog‘ yaratilgani tadbirkorlarimizning jasorati va yangicha fikrlayotganidan dalolat ekani qayd etildi.
Mevani shu yerning o‘zida quritish va qayta ishlash uskunalari o‘rnatilgani mahsulot qiymatini bir necha barobarga oshirayotgani ta’kidlandi.
Loyiha doirasida tayyor mahsulotlarni sotish bo‘yicha ham aniq reja mavjud. Eksport qilish yuzasidan Xitoy, Koreya va Rossiya davlatlari bilan manfaatli shartnomalar imzolab bo‘lingan.
Kegeylidagi mazkur muvaffaqiyatli tajriba butun Qoraqalpog‘iston bo‘ylab kengaytiriladi. Intensiv bog‘lar maydonini 10 ming gektarga yetkazib, 40 mingta doimiy va mavsumiy ish o‘rinlarini yaratish ko‘zda tutilgan.
Shu yerda davlatimiz rahbari fermerlar bilan muloqot qildi. Ular mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarni alohida qayd etib, Qoraqalpog‘iston taraqqiyotiga qaratilayotgan doimiy e’tibor uchun minnatdorlik bildirdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistondagi xorijiy korxonalarning har uchtasidan biri savdo sohasida
1-sentyabr holatiga O‘zbekistonda xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi 21 490 ta korxona faoliyat yuritgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ularning 7 637 tasi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi. Bu jami korxonalarning qariyb 35,5 foizini tashkil etadi.
Sanoat sohasida 4 177 ta, axborot va aloqa sohasida 1 840 ta korxona ishlamoqda. Qurilish sohasida esa 1 769 ta xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxona qayd etilgan.
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida 945 ta korxona faoliyat yuritmoqda. Tashish va saqlash sohasidagi korxonalar soni 665 tani tashkil etgan.
Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 541 ta xorijiy korxona ishlamoqda. Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish sohasida esa 247 ta korxona qayd etilgan. Qolgan 3 669 ta korxona boshqa iqtisodiy faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekistonliklar ijtimoiy tarmoqlarda kuniga qancha vaqt o‘tkazyapti?
-
Jamiyat4 days ago
Andijonda ilk bor “Yashil uyim” ekofestivali o‘tkaziladi
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekistonda valyutaga talab 44,3 mlrd dollarga yetdi
-
Sport4 days ago
Parashaxmatchilarimiz tarixiy natija bilan Toshkentda tantanali kutib olindi
-
Iqtisodiyot4 days ago
O‘zbekistondagi xorijiy korxonalarning har uchtasidan biri savdo sohasida
-
Jamiyat4 days ago
Savdo-sanoat palatasi mansabdori porani qaytarib berayotganda ushlandi
-
Jamiyat4 days ago
O‘zi uchar gilamlardan ekranlar qa’rigacha….
-
Mahalliy3 days ago
OTMlarda kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi
