Connect with us

Jamiyat

Buxoroda 2 yashar qizaloq onasiga qaytarildi: tafsilotlar

Published

on


Majburiy ijro byurosining Buxoro viloyati boshqarmasi axborot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, Buxoro shahrida oilaviy kelishmovchiliklar sababli turmush o‘rtog‘i R.Y.ning qarshiligiga uchragan J.X. ikki yashar qizchasini o‘zi bilan olib keta olmagan. So‘ngra u da’vo arizasi bilan murojaat qilgan.

Boshqarma axborot xizmati rahbari Ixtiyor Olimovga ko‘ra, joriy yilning o‘tgan davri mobaynida Byuro ish yurituvida bo‘lgan bolani olib berish yoki bola bilan uchrashtirishga oid 666 ta ijro hujjati bo‘yicha ijro harakatlari amalga oshirilgan. Ularning 250 tasi tamomlangan, 189 tasi amalda ijro etilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Buxoro shahrida yashovchi fuqaro J.X. oilaviy kelishmovchilik sababli turmush o‘rtog‘i R.Y.ning xonadonini tark etgan. Biroq, ayol har qancha urinishlariga qaramay, erining qattiq qarshiligiga uchrab, 2 yashar qiz farzandini o‘zi bilan birga olib keta olmagan. Shundan so‘ng ayol farzandini o‘z tarbiyasiga olish maqsadida fuqarolik ishlari bo‘yicha Buxoro tumanlararo sudiga murojaat qilgan. 

Sud ish holatlarini o‘rganib, da’voni qanoatlantirgan va 2 yashar qizaloqni onasi J.X. tarbiyaisga olib berish bo‘yicha ijroni ta’minlash choralarini ko‘rish haqida ajrim chiqargan. Mazkur ijro hujjati Byuroning Buxoro shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgach, zudlik bilan ijro harakatlari boshlangan.

Qarzdor ota sud hujjatlari bilan tanishtirilib, uni ixtiyoriy ravishda bajarishi zarurligi haqida ogohlantirilgan. Biroq, u sud hujjati talabini bajarishdan bosh tortib, farzandini bermasligini ma’lum qilgan.

Ijro harakatlari davomida qizaloq Buxoro shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasalaridan birida tarbiyalanayotgani aniqlangan. Muassasa mas’ullari va taraflar ishtirokida belgilangan tartibda ijro harakatlari amalga oshirilib, 2 yashar qizaloq sog‘-salomat holda onasi tarbiyasiga olib berilgan.

Mazkur holat yuzasidan ijro hujjatlarini bajarishda, avvalo, bolaning huquq va qonuniy manfaatlarini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

77 ta chiqindi poligonida saralash xizmati bo‘yicha tanlov e’lon qilindi

Published

on


Chiqindilarni boshqarish agentligi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi tomonidan chiqindilarni saralash xizmatini tashkil etish uchun 77 ta qattiq maishiy chiqindi poligoni davlat xaridlarining elektron platformasiga tanlov joylashtirilganini ma’lum qiladi.

​Hududlar kesimida lotlar quyidagicha taqsimlangan:

Buxoro viloyati – 8 ta;

Jizzax viloyati – 11 ta;

Qashqadaryo viloyati – 4 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 2 ta;

Navoiy viloyati – 7 ta;

Namangan viloyati – 6 ta;

Samarqand viloyati – 2 ta;

Surxondaryo viloyati – 6 ta;

Sirdaryo viloyati – 2 ta;

Farg‘ona viloyati – 6 ta;

Xorazm viloyati – 9 ta;

Andijon viloyati – 8 ta;

Toshkent viloyati – 6 ta.

​Mazkur tanlovlar orqali chiqindilarni saralash xizmatini yo‘lga qo‘yish, ikkilamchi xomashyodan samarali foydalanish va qayta ishlashga yo‘naltiriladigan chiqindilar hajmini oshirish ko‘zda tutilgan.

​Ma’lumot uchun: Davlatimiz rahbarining 2024-yil 4-yanvardagi 5-son hamda 2025-yil 24-martdagi 56-son farmonlarida chiqindilarni saralash va qayta ishlash jarayonlariga xorijiy hamda mahalliy investorlarni jalb etish, shuningdek, chiqindilarni saralash faoliyatini amalga oshiruvchi investorlarni belgilangan tartibda tanlab olish vazifalari belgilangan.

​Unga muvofiq agentlik huzuridagi Chiqindi poligonlarini boshqarish direksiyasi davlat muassasasining tegishli buyrug‘i bilan hududiy boshqarmalarga chiqindi poligonlarida chiqindilarni saralash ishlarini tashkil etish bo‘yicha chora-tadbirlar tasdiqlangan bo‘lib, jadal amalga oshirilmoqda.

​Ta’kidlash joizki, ayni chora-tadbirlar mamlakatimizda poligonlarda saralash tizimining joriy etilishi chiqindilarni boshqarish samaradorligini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish hamda atrof-muhitga salbiy ta’sirni kamaytirishga xizmat qiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yamanda nimalar bo‘lmoqda? Xusiylar jiddiy bayonot berdi

Published

on


Xusiylar harakati vakili Yahyo Sariyaning so‘zlariga ko‘ra, «Ansar Alloh» jangarilari Yamanning Taiz va Al-Hodayda viloyatlaridagi umumiy maydoni 5 400 kvadrat kilometr bo‘lgan oltita tumanni nazoratga oldi.

​«Ko‘p tomonlama harbiy operatsiya Saudiya Arabistoni qo‘shinlarini g‘anbiy qirg‘oqbo‘yi mintaqalaridan quvib chiqarish maqsadida olib borilmoqda», — dedi Yahyo Sariya Al-Marisax telekanalida.

​Yamanning g‘arbiy qirg‘og‘i Bab al-Mandab bo‘g‘oziga chiqish imkoniyati tufayli strategik ahamiyatga ega.

U Qizil dengizni Adan ko‘rfazi bilan bog‘laydi va Suvaysh kanalining janubiy darvozasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu Osiyodan Yevropaga tovarlarni tashish uchun eng qisqa dengiz yo‘li.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

OAV yangilangan o‘zbek alifbosida ishlashi majburiy qilinadi

Published

on


«Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun kuchga kirgach, ommaviy axborot vositalari yangilangan alifboda ish yuritishi majburiy qilinadi. Bu haqda Senatning 19-yalpi majlisida Vazirlar Mahkamasi Davlat tilini rivojlantirish departamenti rahbari Nodirjon Xolbo‘tayev ma’lum qildi.

Uning aytishicha, yangilangan alifbo rasmiy ish yuritish va davlat idoralarida ham yagona standart sifatida qo‘llanadi.

«Qonun kuchga kirgandan keyin barcha ommaviy axborot vositalari tasdiqlangan, takomillashtirilgan alifboda ish yuritishini qat’iy qilib qo‘yishni rejalashtiryapmiz», – dedi Xolbo‘tayev.

Shu bilan birga, fuqarolar shaxsiy yozishmalarda o‘zlari o‘rgangan alifbodan foydalanishda davom etishi mumkin. Majburiy talab asosan rasmiy ish yuritish va rasmiy OAVga taalluqli bo‘ladi.

Xolbo‘tayevning ta’kidlashicha, yangi alifboga o‘tish uchun texnologik sharoitlar ham yaratiladi. Jumladan, klaviaturalarga yangi harflarni joylashtirish, matnlarni amaldagi kirill va lotin yozuvidan yangilangan alifboga avtomatik o‘giruvchi dasturlarni keng joriy etish rejalashtirilgan.

Uning ma’lum qilishicha, alifboni takomillashtirish bo‘yicha so‘nggi 10 yilda 10 dan ortiq konferensiya va muhokamalar o‘tkazilgan, hozir qabul qilinayotgan variant esa beshinchi loyiha hisoblanadi.

Yangi variantni tayyorlashda raqamli texnologiyalarga moslik, qardosh xalqlar va Yevropa davlatlari alifbolari tajribasi inobatga olingan. Xolbo‘tayevga ko‘ra, yangilangan harflar jadidlar 100 yil avval qo‘llagan alifbo va 1993-yilda qabul qilingan lotin alifbosidagi shakllarga yaqin. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

2027-yildan 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi

Published

on


Senatning 19-yalpi majlisida «Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida»gi qonunga o‘zgartirish kiritish haqidagi qonun muhokama qilindi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Anvarjonovichning ma’lum qilishicha, qonun kuchga kirgach, 2027-yildan 1-sinf darsliklari yangi alifboda chop etiladi.

Qolgan sinflar darsliklari esa amaldagi yangilanish davriyligi asosida bosqichma-bosqich yangi alifboga o‘tkaziladi. Xususan, 2–4-sinf darsliklari har 3 yilda, 5–11-sinf darsliklari esa har 5 yilda yangilanadi.

Shu tariqa, vazirlik rejasiga ko‘ra, 2027-yildan 2031-yilga qadar barcha maktab darsliklari yangi alifboga to‘liq o‘tkaziladi.

Vazir o‘rinbosari bu jarayon uchun qo‘shimcha mablag‘ talab etilmasligini ta’kidladi. Chunki darsliklar belgilangan muddatlarda baribir rejali ravishda yangilanadi.

Shuningdek, yangi alifboga o‘tish munosabati bilan o‘qituvchilarni tayyorlash ishlari ham boshlangan. 24–28 avgust kunlari maktab ta’limi tizimida o‘quv-seminarlar tashkil etilgan.

Senat raisi Tanzila Narbayeva esa qonun kuchga kirishini kutib o‘tirmasdan, tayyorgarlik ishlarini hozirdan boshlash zarurligini ta’kidladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Asadjon Xodjayev Raqamli texnologiyalar vaziri o‘rinbosari etib tayinlandi

Published

on


Asadjan Xodjayev Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi rahbarining tegishli farmoyishi bilan Asadjon Azatbekovich Raqamli texnologiyalar vazirining Komplayens va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.

Asadjon Xodjayev (1970-yilda tug‘ilgan) — Toshkent elektrotexnika aloqasi instituti va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi (2001-yil) bitiruvchisi. Mutaxassisligi — elektroaloqa muhandisi, iqtisodiyot magistri.

1995−2001-yillarda aloqa vazirligi, Pochta va telekommunikatsiya markaziy apparatida ishlagan, 2001−2003-yillarda «O‘zbekiston pochtasi» Davlat aksionerlik kompaniyasi bosh direktorining birinchi o‘rinbosari, UZINFOCOM Kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish va joriy etish markazi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. 2019-yil noyabridan — 2020-yil iyuligacha Axborotlashtirish va telekommunikatsiyalar sohasida nazorat bo‘yicha davlat inspeksiyasi boshlig‘i, 2020-2025-yillarda AOKA rahbari sifatida ishlagan. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.