Connect with us

Jamiyat

Buxoro amirining yozgi saroyida restavratsiya

Published

on


Buxoroga temiryo‘llar orqali kirib kelar ekan, shundoq sharif o‘lkaga qadam bosishi bilan sayyohlarni Kogondagi oq saroy qarshi oladi. Bir qarashda yevropacha usulda ko‘zga tashlangan oq saroy aslida, milliy uslubdagi viqori bilan ham muhtashamlik kasb etib turadi.

Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, uzoq yillar ilgari qadimiy va navqiron Buxoroni o‘rab turgan Qizilqum sahrolari juda xam bepoyon bo‘lgan. Jayronlar keng sahro bo‘ylab erkin kezib yurishgan. Biroq, hududning tarixiy qarama-qarshiliklar ta’sirida o‘risiyalashuvi binolar uslubiga ham «hukmi»ni o‘tkazgan.  Buxoro amirligiga qarashli hududlardan ilk temir yo‘li o‘tkazilgan. 1888 yil 26 fevralda Buxoroga birinchi poyezd kirib kelgan.

Toshkent davlat Pedagogika universiteti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Shavkat Bobojonovning so‘ziga ko‘ra, temir yo‘lning kirib kelishi, avvalo, kiborlar toifasi uchun katta xursandchiliklarga sabab bo‘lgan. Buxoro amiri Sayyid Bahodir Abdulahadxon 1885-1910 yillar mobaynida Peterburg, Moskva va Qrim shaharlariga o‘z oilasi, amaldorlari bilan ko‘p bor sayr-sayohat qilgan. Amir Yalta, Kislovodsk, Pyatigorsk, Jeleznovodsk kabi kurort shaharlarning eng bahavo yerlarida o‘z qarorgohlarini tiklay boshlagan.

«1894 yilda Amir Abdulahadxon o‘z hududida chetdan keladigan mehmonlarni munosib kutib olish maqsadida qarorgoh qurdirishga ahd qilgan. Rusiya shaharlarida sayohatlarda bo‘lgan Buxoro amiri u yerlardagi rus aslzodalarining hashamatli hayotiga havas qilib, Buxoroda ham yevropacha uslubidagi bino tiklashga farmon bergan. Ammo, milliylik bilan uyg‘un bo‘lishini ham o‘zining qattiq nazoratiga olgan. Bunga Buxoroning ko‘zga ko‘ringan diniy ulamolari qat’iy qarshilik ko‘rsatishgan bo‘lishsa-da, Abdulahadxon o‘z to‘xtamini qo‘ygan»,-deydi Shavkat Bobojonov.

Shundan so‘ng saroy Buxorodan 12 km sharqiy qismda  «Yangi Buxoro» hududi misolida qad rostlay boshlagan va keyinchalik Kogon, deb atalgan.

Tarixiy manbaalarga ko‘ra, saroy qurilishini Amir Abdulahadxon o‘z davrining mohir me’mori Leontiy Nikolayevich Benuaga ishonib topshirgan. Ikki qavatli maxsus ayvonlar bilan bilan qad rostlay boshlagan saroy, keyinchalik  milliy hamda arab usullari bilan ham uyg‘unlashtirilgan. Buxorolik va russiyalik mohir ustalar qo‘li bilan barpo qilingan. Qurilish ishlarida mohir muhandis Dubrovin boshchilik qilgan. Betakror ustunlaru katta gumbazlar va minoralar saroyni yanada ulug‘vor hamda mahobatli ko‘rsata boshlagan. Golland pechlari o‘rnatilgan.  Saroy bo‘ylab havo bemalol aylanishi uchun devorlar orasida yo‘lakchalar tiklangan. Yozgi qarorgoh sifatida tiklangan ushbu saroy 3 metr chuqurlikka ega yerto‘la qismi tuynugi ochilgan.

Saroyning yevropacha bezatilgan birinchi qavatidan ikkinchi qavatiga ko‘tarilayotganda, mehmonlar aylanma zinapoya orqali ayvon qismiga o‘tishgan va bunda arab alifbosida bitilgan Qur’on kitobidan oyatlarni ko‘rib, hayratlanishgan. Saroyning g‘arbiy eshigidan juda ham maftunkor milliy uslubdagi ko‘rinishlar  ustalarning jozibador mahoratini o‘zida aks ettirgan.

Keyinchalik ushbu saroydan Mang‘itlar sulolasining so‘nggi vakili, Abdulahadxonning o‘g‘li Amir Sayid Olimxon xam Buxoroga kelgan yuqori lavozimli mehmonlar uchun qarorgoh sifatida foydalangan.

Buxoro viloyati hokimi axborot xizmati rahbari Olim Jo‘rayevning «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, ushbu madaniy meros ob’yekti bugun ta’mirtalab ahvolga kelib qolgan.

«Hozirda Buxoro amirining Kogon shahridagi saroyi restavratsiya qilinmoqda. Jahon banki mablag‘lari hisobidan 2025-2026-yillar davomida bajarilishi rejalashtirilgan loyiha «Buxoro mintaqaviy restavratsiya markazi» davlat muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Amir Abdulahadxon davrida saroyning sharqiy va janubiy qismi hovlisida favvoralar ham bo‘lgan. Ammo, ushbu favvoralar hozirgi kungacha saqlanib qolinmagan. Moxi-Xossa saroyi singari ushbu saroy ham dvijok yordamida elektr energiyasi bilan ta’minlangan bo‘lsa-da, rstavratsiyaga muhtoj. Saroyning manzarasi, viqori, salobatiga ziyon keltirmaslik va uni yanada ko‘rkamlashtirish maqsadida tajribali usta-muhandislar restavratsiyaga jalb etilishgan»,-deydi Olim Jo‘rayev.

Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripov mazkur ob’yektda bo‘lib, ta’mirlash-tiklash ishlarini ko‘zdan kechirdi. Restavratsiya markazi mutasaxassislari bilan suhbatlashib, saroy restavratsiyasi, uning ta’mirlanishiga doir ishlarni muhokama qildi. Mavjud muammolar bilan qiziqdi. Ularni hal qilish yuzasidan mutasaddilarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.

«Bilamizki, 1920 yildan so‘ng ushbu binoda «Yosh buxoroliklar» tomonidan birinchi ayollar maktabi tashkil qilingan. 1946 yilda sobiq Temir yo‘llar vazirligining qaroriga asosan, «O‘zbekiston temir yo‘llari» davlat-hissadorlik temir yo‘l kompaniyasining Buxoro bo‘limi tashkil etilishi to‘g‘risida qaror qabul qilingan. 1947 yildan ushbu bo‘lim saroy binosida o‘z faoliyatini boshlagan. Ayni kunlarda Buxoro shaxridagi Temiryo‘lchilar saroyi sifatida ushbu binodan foydalanilmoqda. Temir yo‘l tarixiga oid juda ko‘plab kitoblar binoda tashkil etilgan kutubxonadan o‘rin olgan. Kutubxona uchun ajratilgan xonalarning devor va shift kismidagi bo‘rtma ganchkori bezaklari juda yaxshi xolatda saqlangan. Har bir ganj, har bir g‘isht – bir tarix. Uni boricha sayqallash, ortiqcha bezaklashlarga chalg‘imaslik, bu tarixiy ko‘rinishga ziyon yetkazib qo‘yishi mumkinligini har bir usta, har bir muhandis qalb-qalbidan his qilishi kerak. Talab ham, iltimos ham shu: saroyni boricha sayqallash, yangilash uchun bor mahoratni ishga solish: bu tarix oldidagi qarzimiz»,-dedi viloyat rahbari.

Ma’lumot o‘rnida: Sayyid Abdulahadxonning ushbu yozgi qarorgohining xaroba holga kelib qolgani 2020 yilda ijtimoiy tarmoqlarda muhokamaga sabab bo‘lgan.

 O‘shanda Madaniyat vazirligi ob’yektni 2021—2022 yillarda to‘liq restavratsiya qilish rejalashtirilganini, Buxoro amirlaridan biri Sayid Abdulahadxonning Navoiy viloyati Karmana tumanida joylashgan yozgi qarorgohi ham xaroba holga kelib qolgani, bu Navoiy viloyati Turizm va sport bosh boshqarmasi restavratsiya uchun budjetdan 3,1 milliard so‘m ajratilganini ma’lum qilgan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Ramazon hayiti namozini o‘qish vaqtlari e’lon qilindi

Published

on


O‘zbekiston musulmonlari idorasi tomonidan 2026 yil 20 mart – juma kuni Ramazon hayiti kuni etib belgilandi.

Shunga ko‘ra Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:50 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.

Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:

1. Andijon viloyati 06:40
2. Farg‘ona viloyati 06:40
3. Namangan viloyati 06:40
4. Toshkent shahar 06:50
5. Toshkent viloyati 06:50
6. Sirdaryo viloyati 06:55
7. Jizzax viloyati 07:00
8. Samarqand viloyati 07:00
9. Navoiy viloyati 07:05
10. Buxoro viloyati 07:05
11. Qashqadaryo viloyati 07:05
12. Surxondaryo viloyati 07:05
13. Xorazm viloyati 07:25
14. Qoraqalpog‘iston Res. 07:30



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Prezident qo‘shaloq bayram munosabati bilan 392 nafar mahkumni afv etdi

Published

on


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon hayitini nishonlash arafasida xalqimizga xos ezgulik, mehr-oqibat, bag‘rikenglik, kechirimli bo‘lish kabi olijanob fazilatlarni namoyon etgan holda hamda davlatimiz tomonidan olib borilayotgan insonparvarlik siyosatining amaliy tasdig‘i sifatida “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmonni imzoladi.

Farmonga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 109-moddasi 23-bandiga asosan jazo muddatini o‘tayotgan hamda qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan 392 nafar shaxs afv etildi.

Afv etilgan shaxslarning 223 nafari asosiy jazodan to‘liq ozod etildi, 82 nafari jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi, 34 nafarining ozodlikdan mahrum etish jazosi yengilroq jazo bilan almashtirildi.

Shuningdek, 53 nafar shaxslarga tayinlangan ozodlikdan mahrum etish jazosining muddatlari qisqartirildi.

Afv etilganlarning 3 nafarini chet el fuqarolari, 26 nafarini ayol, 14 nafarini 60 yoshdan oshgan erkaklar, 166 nafarini yoshlar hamda 24 nafarini taqiqlangan tashkilotlar faoliyatida qatnashgan shaxslar tashkil etadi.

Farmon ijrosi yuzasidan afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘riga qaytarish, ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha mas’ul vazirlik va idoralarga tegishli topshiriqlar berildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkent viloyati tog‘larida adashgan fuqaro qutqarib qolindi

Published

on


Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida joylashgan Chinorkent tog‘larida adashib qolgan fuqaroga qutqaruvchilar yordam ko‘rsatdi.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, voqea yuzasidan xabar Toshkent viloyati FVBBga «112» qisqa raqami orqali kelib tushgan. Unga ko‘ra, tog‘ hududida bir erkak adashib qolgani va qutqaruvchilar ko‘magi zarurligi bildirilgan.

Shundan so‘ng, zudlik bilan aytilgan manzilga Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasining qidiruv-qutqaruv guruhi yetib borgan.

Qutqaruvchilar tomonidan adashib qolgan fuqaro topilib, muvaffaqiyatli ravishda xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va yetakchi mutaxassis pora bilan ushlandi

Published

on


Korrupsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida DXX Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Qarshi shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida hokim yordamchisi lavozimida ishlovchi shaxs qo‘lga olindi.

Aniqlanishicha, u 1983 yilda tug‘ilgan fuqaroga 2019 yilda shahar hokimligi tomonidan ijara shartnomasi asosida berilgan davlat zaxirasidagi 35 sotix yer maydonini mansabdor tanishlari orqali xususiy mulk sifatida rasmiylashtirib berish evaziga 1000 AQSh dollari olgan vaqtida ushlangan.

Tergovga qadar tekshiruv davomida mazkur pul mablag‘i shahar hokimligining yetakchi mutaxassisiga berilishi kerakligi ma’lum bo‘lgan. Shundan so‘ng tezkor tadbir davom ettirilib, u ham ushbu mablag‘ni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

DXX fuqarolarni kundalik hayotda shunday qonunbuzilish holatlariga duch kelgan taqdirda, idoraning 1520 qisqa raqami orqali murojaat qilishga chaqirdi. Qayd etilishicha, murojaat qiluvchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

«Malika» bozori yaqinida harakatni qayta tashkil etish rejalashtirilmoqda

Published

on


«Malika» bozori yaqinidagi vaziyat muammo faqat bitta bekat joylashuvi bilan cheklanmasligini ko‘rsatmoqda. Ushbu hududda yuqori intensivlikdagi transport oqimi, jamoat transporti harakati, piyodalar qatnovi, to‘xtash joylari va bozorga kirish yo‘llari bir nuqtada kesishmoqda.

Foto: Yo‘l harakatini tashkil etish markazi

Shu munosabat bilan, harakatlanish sxemasini to‘liq qayta ko‘rib chiqmasdan amalga oshiriladigan har qanday qisman yechim, jumladan faqat bekatni ko‘chirish, kutilgan samarani bermasligi, aksincha vaziyatni yanada murakkablashtirishi mumkinligi ta’kidlanmoqda.

Ma’lum qilinishicha, Yo‘l harakatini tashkil etish markazi mutaxassislari mazkur hududda harakatni tashkil etishning bir nechta variantlari ustida ish olib bormoqda. Xususan, chorraha geometriyasi va yo‘laklarning o‘tkazuvchanlik qobiliyati tahlil qilinmoqda, svetofor boshqaruvi tizimi samaradorligi baholanmoqda, yo‘l qismidan amaldagi foydalanish holati, jumladan, to‘xtash joylari hisobga olinmoqda. Shuningdek, turli yechimlarning transport va piyodalar oqimiga ta’siri ham modellashtirilmoqda.

Kompleks yondashuv doirasida bekatlar joylashuvini o‘zgartirish ehtimoli, harakatlanish sxemasini tuzatish, svetoforlar ishini optimallashtirish hamda to‘xtash joylarini tartibga solish kabi choralar ko‘rib chiqilyapti.

Qayd etilishicha, asosiy maqsad haydovchilar, yo‘lovchilar va piyodalar uchun yangi ziddiyatlar keltirib chiqarmasdan harakatni yaxshilashdan iborat.

Ayni paytda mazkur hudud uchun chuqur tahlillarga asoslangan yechim variantlaridan biri tayyorlangan bo‘lib, u transport tugunidagi yuklamani kamaytirishga qaratilgan yondashuvni namoyon etadi. Shu bilan birga, qaror qabul qilishda aholi fikri muhim omil sifatida qaralayotgani, fuqarolardan konstruktiv taklif va mulohazalar kutilayotgani bildirildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.