Connect with us

Jamiyat

Toshkentda bolalar muntazam qiynab kelingan bog‘cha litsenziyasi bekor qilindi

Published

on


Sud Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirdi. Ushbu oilaviy korxonaga qarashli Rayyan Kids bog‘chasida tarbiyachi bolalarni turli xil usullarda, hatto og‘ziga latta tiqib qiynagani aniqlangandi. Tarbiyachining bu harakatlari kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Uchtepa tumanidagi Rayyan Kids bog‘chasiga berilgan litsenziya bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining javobgar “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilishga oid huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilgan. 

Muhokama yakunida sudning hal qiluv qarori bilan oilaviy korxonaga nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga  oshirish uchun 2025 yil 13 avgustda berilgan litsenziya bekor qilingan. Raislik qiluvchi tomonidan sud hujjati mazmuni hamda unga nisbatan shikoyat qilish tartibi va muddatlari tushuntirilgan.

Shuningdek, Kun.uz’ning aniqlashicha, Rayyan Kids bog‘chasi tarbiyachisi G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. JIB Uchtepa tuman sudining 2026 yil 3 iyuldagi ajrimi bilan unga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Avvalroq ushbu bog‘cha tarbiyachisi bolalarni turli xil usullarda qiynab kelgani aniqlangandi. U hatto yig‘layotgan bola og‘ziga latta tiqib, uni qiynagan. Kun.uz’ga intervyu bergan ota-onalar bog‘chada hatto bolalarga igna sanchib qiynashganini aytgandi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Ish haqi kechikkanda ish beruvchining kompensatsiya to‘lash tartibi belgilanadi

Published

on


Qonunchilik palatasida ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lash muddati buzilgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilgan qonun loyihasi qabul qilindi.

Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Qonunchilik palatasi deputatlari mehnat munosabatlarini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasini ikkinchi o‘qishda qabul qildi.

Ta’kidlanishicha, hujjat mehnat munosabatlarini rasmiylashtirishni soddalashtirish, ortiqcha byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda xodimlarning huquqlarini ishonchli himoya qilishga qaratilgan.

Qonunchilik palatasi xabariga ko‘ra, loyihada ish beruvchi tomonidan ish haqi to‘lash muddati buzilgan taqdirda, har bir kechiktirilgan kun uchun pulli kompensatsiya to‘lash tartibi aniqlashtirilmoqda. Ammo xabarda bu qanday bo‘lishi haqida ma’lumot berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston qonunchiligida ish haqini kechiktirgani uchun avtomatik hisoblanadigan yagona kunlik penya me’yori belgilanmagan. Kompensatsiya masalasi Mehnat kodeksi, jamoa shartnomasi, mehnat shartnomasi yoki boshqa lokal hujjatlarga qarab hal qilinadi.

Qayd etilishicha, ishga qabul qilishda talab etiladigan hujjatlar ro‘yxati ham qisqartirilmoqda. Ya’ni, taklif etilayotgan tartibga ko‘ra, fuqaroni ishga qabul qilishda asosan uning shaxsiy identifikatsiya raqami talab etiladi. Harbiy xizmatga majburlar va chaqiriluvchilar esa harbiy guvohnoma yoxud harbiy hisobda turganlik haqidagi guvohnoma taqdim etadi.

Shu bilan birga, mehnat munosabatlarini raqamlashtirishga e’tibor qaratilmoqda. Endi elektron raqamli imzo yoki biometrik identifikatsiya (Face-ID) orqali tasdiqlangan hujjatlar yuridik jihatdan qo‘lda imzolangan hujjatlar bilan tenglashtiriladi.

Qonun loyihasida mehnat jarayonida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga doir normalar ham o‘z aksini topgan. Jumladan, bunday holatlarni taqiqlash, ularning oldini olish va jabrlangan xodimlarni himoya qilish choralari belgilanmoqda.

Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

Qonun kuchga kirishi uchun Senat tomonidan ma’qullanishi, prezident tomonidan imzolanishi lozim.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BMT Farg‘ona vodiysini zilzila xavfi yuqori hududlar qatoriga kiritdi

Published

on


Ta’kidlanishicha, so‘nggi yirik zilzilalardan olinadigan asosiy saboq shundan iboratki, navbatdagi falokat yuz berguniga qadar unga tayyor turish zarur.

O‘zbekistonning ayrim tumanlari Janubiy Kavkaz mamlakatlari bilan bir qatorda juda yuqori seysmik xavfli hududlarga kiradi. Bu haqda BMT tomonidan e’lon qilingan maqolada aytiladi.

Qayd etilishicha, zilzilalar barcha tabiiy ofatlar ichida eng ko‘p o‘limga sabab bo‘lib qolmoqda. 2000 yildan 2023 yilgacha tabiiy ofatlar bilan bog‘liq barcha o‘limlarning yarmidan ko‘pi aynan zilzilalar hissasiga to‘g‘ri keldi. Yevropa mintaqasida millionlab odamlar kuchli yer silkinishlariga bardosh bera olmaydigan binolarda yashaydi va tibbiy yordam oladi.

Maqolada ta’kidlanishi, ayniqsa, Turkiyaning Istanbul shahri katta xavotir uyg‘otmoqda. Aholisi 15 milliondan ortiq bo‘lgan bu shahar dunyodagi eng faol yoriqlaridan biri – Shimoliy Anadolu yorig‘i yaqinida joylashgan. 2025 yilda e’lon qilingan tadqiqotga ko‘ra, Marmar dengizi ostida taxminan yetti magnitudali zilzila keltirib chiqarishga qodir yoriq qismi o‘tgan. Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, yaqin o‘n yilliklarda Istanbul hududida bunday hodisaning yuz berish ehtimoli 40-60 foizni tashkil etadi.

Biroq xavfli hudud faqat Turkiya bilangina cheklanib qolmaydi. Yevropa mintaqasida dunyoning ikkita eng yirik seysmik belbog‘i joylashgan. Qirg‘iziston va Tojikistonning deyarli butun hududi, shuningdek, Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistonning ayrim tumanlari Janubiy Kavkaz mamlakatlari bilan bir qatorda juda yuqori seysmik xavfli zonalarga kiradi. Ayniqsa, bir vaqtning o‘zida uch davlat – Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston hududida joylashgan va qariyb 11 million kishi istiqomat qiladigan Farg‘ona vodiysi «o‘ta zaif» hisoblanadi.

2023 yili Turkiya va Suriyadagi vayronkor zilzilalar tajribasi falokatdan keyin shifoxonalarning o‘z faoliyatini davom ettirishi naqadar muhim ekanini ko‘rsatdi. Agar tabiiy ofat zarbasidan keyingi ilk daqiqalardayoq tibbiyot muassasalari ishdan chiqsa, minglab jabrlanganlar hayotiy zarur yordamsiz qolishi mumkin, deb hisoblamoqda BMT.

JSST ekspertlari tayyorgarlik ko‘rish oqibatlarni bartaraf etishdan ko‘ra ancha arzon tushishini ta’kidlamoqda. BMT hisob-kitoblariga ko‘ra, seysmik mustahkamlik talablarini hisobga olgan holda yangi shifoxona qurish loyiha qiymatini to‘rt foizdan kamroqqa oshiradi, mavjud binolarni modernizatsiya qilish esa ularning qiymatining taxminan bir foiziga tushishi mumkin. Bu esa zilziladan keyin ularning faoliyatini davom ettirish imkoniyatini sezilarli darajada oshiradi.

Mutaxassislar tibbiy infratuzilmani mustahkamlash bilan birga, shoshilinch tibbiy yordam brigadalarini doimiy shay holatda saqlashni, muntazam o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazishni, xalqaro hamkorlikni takomillashtirishni hamda aholining eng zaif qatlamlari – keksalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar va majburiy ko‘chirilganlarni himoya qilishga alohida e’tibor qaratishni tavsiya etadi.

Ta’kidlanishicha, so‘nggi yirik zilzilalardan olinadigan asosiy saboq shundan iboratki, navbatdagi falokat yuz berguniga qadar unga tayyor turish zarur.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonliklar 5 oyda tibbiyotga 9 trln so‘m sarfladi

Published

on


2026-yil yanvar–may oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi 9,1 trln so‘mni tashkil qildi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 14,7 foizga o‘sgan.

Qayd etilishicha, sog‘liqni saqlash xizmatlari tarkibida eng katta ulush boshqa turdagi tibbiy xizmatlarga to‘g‘ri kelgan. Ular umumiy xizmatlar hajmining 63,2 foizini tashkil etgan. Shuningdek, shifoxona muassasalari xizmatlari 20 foiz, tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlari esa 16,8 foizni tashkil qildi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etildi. Poytaxtda besh oy davomida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi 4,2 trln so‘mga yetgan.

Toshkent viloyati 862,1 mlrd so‘m bilan ikkinchi, Samarqand viloyati 694,1 mlrd so‘m bilan uchinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 593 mlrd so‘m, Andijon viloyati — 428,9 mlrd so‘m va Namangan viloyati — 415 mlrd so‘m qayd etildi.

Shuningdek, Buxoro viloyatida xizmatlar hajmi 353,9 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 335,9 mlrd so‘m, Qashqadaryo viloyatida 332,7 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Qolgan hududlar orasida Surxondaryo viloyatida 238,4 mlrd so‘m, Jizzax viloyatida 221,3 mlrd so‘m, Sirdaryo viloyatida 169,7 mlrd so‘m, Qoraqalpog‘iston Respublikasida 158,6 mlrd so‘m va Navoiy viloyatida 157,9 mlrd so‘mlik xizmatlar ko‘rsatilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

NKMK ishchisi gilam bo‘laklari yordamida 35 mln so‘mlik oltinni o‘g‘irlashga urindi

Published

on


Tegirmon mashinisti tarkibida oltin bo‘lgan bo‘tanani gilam bo‘laklariga to‘yintirish orqali zavod hududidan olib chiqishga harakat qilgan. Gilam bo‘laklaridan tarkibida 19 grammga yaqin oltin bo‘lgan ma’danli qum aniqlangan.

Navoiyda zavoddan oltin o‘g‘irlab chiqishga uringan NKMK ishchisi jinoiy jazoga tortildi. Kun.uz sud hujjati bilan tanishdi.

Sud hukmiga ko‘ra, 36 yoshli H.O. NKMK Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 2-sonli GMZ maydalash sexida tegirmon mashinisti vazifasida ishlagan. U 20 mart kuni tarkibida qimmatbaho metall bo‘lgan bo‘tanani 2 ta gilam bo‘lagiga to‘yintirish orqali olib chiqib ketishga uringan. Biroq uning bu harakati fosh bo‘lgan.

Gilam bo‘laklaridan tarkibida 35 mln so‘mlik 18,44 gramm oltin hamda 120 ming so‘mlik 4 gramm kumush bo‘lgan 4 kgdan ortiq ma’danli qum aniqlangan.

H.O. aybiga iqror bo‘lgan.

“20 mart kuni smena asosida ishga keldim va belgilangan tegirmonlar oldiga bordim. 29-sonli tegirmonning pastki quyilish quvurlari qopqoqlarini ochib, u yerga 2 dona gilam bo‘lagini qo‘ydim. Smena yakunida gilam bo‘laklarini olib, sellofan paketga soldim. Ularni olib ketayotgan vaqtimda qarshimdan zavod tartibot bo‘limi xodimlari chiqib qoldi. Ularni ko‘rishim bilan qo‘limdagi paketni yon tomonga tashladim. Xodimlar mening harakatlarimdan shubhalanib, paketni ochib ko‘rishdi. So‘ngra ichki ishlar organlari xodimlariga xabar berishdi”, degan u suddagi ko‘rsatmasida.

H.O. oilaviy va moddiy sharoiti og‘irligini, oilada yagona boquvchi ekanini aytib, suddan yengillik so‘ragan. 

JIB Tomdi tuman sudining hukmi bilan H.O. Jinoyat kodeksining 25,169-moddasi (o‘g‘rilik) 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etishda aybli deb topilgan. Unga BHMning 10 baravari (4 mln 120 ming so‘m) miqdorida jarima jazosi tayinlangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Barcha viloyat sudlarida advokatlar bilan hamkorlik uchun maxsus guruhlar ochildi

Published

on


Yangi tashkil etilgan Telegram guruhlari faqat advokatlar uchun mo‘ljallangan. Advokatlik litsenziyasiga ega bo‘lmaganlarga nisbatan guruhga a’zo bo‘lishda cheklov o‘rnatilgan.

Barcha viloyatlar sudlarida advokatlar bilan hamkorlik qilish uchun maxsus guruhlar faoliyati yo‘lga qo‘yildi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, bu orqali viloyat sudlarida murojaatlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish hamda sud ishlarini tashkil etish bilan bog‘liq muammo va tushunmovchiliklarning oldini olishni yo‘lga qo‘yish maqsad qilingan.

Yangi tashkil etilgan Telegram guruhlari faqat advokatlar uchun mo‘ljallangan. Advokatlik litsenziyasiga ega bo‘lmaganlarga nisbatan guruhga a’zo bo‘lishda cheklov o‘rnatilgan. 

Advokatlar quyidagi havolalar orqali Telegram guruhlariga a’zo bo‘lishlari mumkin:

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudlari

Andijon viloyati sudlari

Buxoro viloyati sudlari

Jizzax viloyati sudlari

Qashqadaryo viloyati sudlari

Navoiy viloyati sudlari

Namangan viloyati sudlari

Samarqand viloyati sudlari

Sirdaryo viloyati sudlari

Surxondaryo viloyati sudlari

Toshkent viloyati sudlari

Toshkent shahar sudlari

Farg‘ona viloyati sudlari

Xorazm viloyati sudlari

Shuningdek, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar sudlarining rasmiy Telegram kanallari ham faoliyat yuritmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.