Jamiyat

Toshkentda bolalar muntazam qiynab kelingan bog‘cha litsenziyasi bekor qilindi

Published

on


Sud Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilish to‘g‘risidagi arizasini qanoatlantirdi. Ushbu oilaviy korxonaga qarashli Rayyan Kids bog‘chasida tarbiyachi bolalarni turli xil usullarda, hatto og‘ziga latta tiqib qiynagani aniqlangandi. Tarbiyachining bu harakatlari kuzatuv kameralariga tushib qolgan.

Uchtepa tumanidagi Rayyan Kids bog‘chasiga berilgan litsenziya bekor qilindi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining javobgar “Rayyan Kids Land” oilaviy korxonasiga nisbatan litsenziyani bekor qilishga oid huquqiy ta’sir chorasini qo‘llash to‘g‘risidagi arizasi ko‘rib chiqilgan. 

Muhokama yakunida sudning hal qiluv qarori bilan oilaviy korxonaga nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyatini amalga  oshirish uchun 2025 yil 13 avgustda berilgan litsenziya bekor qilingan. Raislik qiluvchi tomonidan sud hujjati mazmuni hamda unga nisbatan shikoyat qilish tartibi va muddatlari tushuntirilgan.

Shuningdek, Kun.uz’ning aniqlashicha, Rayyan Kids bog‘chasi tarbiyachisi G.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 110-moddasi (qiynash) 2-qismi “a, v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. JIB Uchtepa tuman sudining 2026 yil 3 iyuldagi ajrimi bilan unga uy qamog‘i tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan.

Avvalroq ushbu bog‘cha tarbiyachisi bolalarni turli xil usullarda qiynab kelgani aniqlangandi. U hatto yig‘layotgan bola og‘ziga latta tiqib, uni qiynagan. Kun.uz’ga intervyu bergan ota-onalar bog‘chada hatto bolalarga igna sanchib qiynashganini aytgandi.



Source link

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Trending

Exit mobile version