Connect with us

Jamiyat

Uy qurilishiga ulush kiritgan shaxslarning mablag‘larini himoya qilish bo‘yicha qonun loyihasi tayyorlandi

Published

on


Qayd etilishicha, qurilish bozorida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan quruvchilar ko‘payib, muammoli qurilish obektlari ortib bormoqda. Shu bilan birga, ulush kiritish asosida ko‘p kvartirali uylarni qurish sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinmagan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Tadbirkorlik, raqobatni rivojlantirish va sanoat masalalari qo‘mitasi tomonidan “Ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obektlarini ulush kiritish asosida qurish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi dastlabki tarzda ko‘rib chiqildi.

Qayd etilishicha, statistik ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekistonda keyingi yillarda qurilish hajmi 17,5 baravarga ko‘paygan. Biroq ayrim hollarda quruvchi (developerlar) tomonidan qurilish-montaj ishlarini amalga oshirish grafigiga rioya qilinmayapti. Ulushli shartnomalar esa fuqarolarning manfaatlarini yetarlicha inobatga olmasdan tuzilmoqda. Qurilish obektlari, uy-joylar belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilmayapti.

Qurilish bozorida yetarlicha tajribaga ega bo‘lmagan quruvchilar ko‘payib, muammoli qurilish obektlari ortib bormoqda. Shu bilan birga, ulush kiritish asosida ko‘p kvartirali uylarni qurish sohasidagi munosabatlar alohida qonun bilan tartibga solinmagan. Bu kabi holatlar natijasida ko‘plab fuqarolar uy-joy sotib olish jarayonida muammolarga duch kelmoqda.

Qonun loyihasi bilan ko‘p kvartirali uylar va boshqa ko‘chmas mulk obektlarining qurilishiga jismoniy va yuridik shaxslarning pul mablag‘larini jalb qilishga oid munosabatlarni qonun darajasida belgilash nazarda tutilmoqda.

Loyihada belgilangan normalar orqali qurilishga ulush kiritishning amaldagi mexanizmi tubdan takomillashtirilib, ulushdorlarning huquq va qonuniy manfaatlari, ularning mablag‘larini kafolatli himoya qilish nazarda tutilmoqda.

Ayni paytda qonun loyihasi mutaxassislar ishtirokida muhokama qilinib, Qonunchilik palatasi majlisi kun tartibiga kiritish uchun tayyorlanmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Sertifikatga ega qariyb 13 ming nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilindi

Published

on


2025 yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan.

2026/2027-o‘quv yili uchun jami 677 907 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi, deb xabar berdi Bilim va malakalarni baholash agentligi. Shundan 451 744 nafarini (66,6 %) joriy yil bitiruvchilari, 226 163 nafari (33,4 foiz)ni ta’lim muassasalarini avvalgi yillarda tamomlagan fuqarolar tashkil etgan.

Abituriyentlarning 365 196 nafari (53,9 foiz)ni ayollar, 312 711 nafari (46,1 foiz)ni esa erkaklar tashkil etadi. Qayd etilishicha, test sinovlarida 664 609 nafar abituriyent ishtirok etadi.

Ro‘yxatdan o‘tishda abituriyentlar tomonidan yuklangan xalqaro sertifikatlar tekshirilib, ularning 24 526 tasi tasdiqlangan. Umumta’lim fanlari bo‘yicha 193 186 nafar, chet tillari bo‘yicha esa 125 354 nafar milliy yoki xalqaro sertifikatga ega abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan.

Joriy yilda barcha fanlardan milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan 12 997 nafar abituriyent test sinovlaridan ozod qilinib, bevosita tanlov bosqichiga o‘tkazilgan. 2025 yilda bunday imkoniyatdan 678 nafar abituriyent foydalangan edi.

Test sinovlari 10 kun davomida o‘tkaziladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Giyohvandlik vositalarini olib kirish va olib chiqish uchun sertifikat berish tartibi tasdiqlandi

Published

on


Sertifikatdan faqat bir marta foydalaniladi va uning amal qilish muddati bir yilni tashkil qiladi.

Hukumat qarori bilan “Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni olib kirish, olib chiqish uchun sertifikat berish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, sertifikatdan faqat 1 marta foydalaniladi va uning amal qilish muddati 1 yilni tashkil qiladi.

Giyohvandlik vositalarini olib kirish, olib chiqishga ruxsat berish uchun sertifikat olish talablari va shartlariga quyidagilar kiradi:

ariza beruvchida giyohvandlik vositalari muomalasi bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyaning mavjudligi;

giyohvandlik vositalarini olib kirish va olib chiqishda qonunchilikka majburiy rioya qilinishi;

sertifikatni olish uchun taqdim etiladigan ma’lumotlarning ishonchliligini ta’minlash va boshqalar.

Arizani ko‘rib chiqish va sertifikatni rasmiylashtirish uchun BHMning 8 baravari miqdorida yig‘im undiriladi.

Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi arizani qabul qilingan kundan boshlab 30 ish kunidan ortiq bo‘lmagan muddatda ko‘rib chiqib, sertifikat beradi yoki sertifikat berishni rad etadi.

 

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qamchiq dovonida “Lasetti” yonib ketdi

Published

on


Avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilning elektr tizimida qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lgan.

Bugun, 11 iyul kuni soat 17:50 da «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasiga dovondan o‘tgan A-373 avtomobil yo‘lining «Toshkent–Vodiy» yo‘nalishida harakatlangan «Lasetti» rusumli yengil avtomobilda yong‘in bo‘layotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir to‘siqqa urilgan. To‘qnashuv oqibatida avtomobilning elektr tizimida qisqa tutashuv yuzaga kelib, yong‘in sodir bo‘lgan. Avtomobilda yolg‘iz bo‘lgan haydovchi darhol transport vositasidan tushib, xavfsiz joyga chiqqan.

Xabarga asosan «Qamchiq» maxsus qutqaruv boshqarmasining qutqaruv ekipajlari tezkorlik bilan yetib borib, yong‘inni to‘liq bartaraf etishgan.

Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Piskentda dalahovlida giyohvandlik o‘simliklarini yetishtirayotgan shaxs fosh bo‘ldi

Published

on


U uyining yuqori qavati va tom qismida tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirib kelgan.

Toshkent viloyati Piskent tumanidagi Bog‘dorchilik-uzumchilik shirkati hududida mavjud dalahovlilar, hududiy profilaktika inspektori va tezkor xodimlar tomonidan nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadonlardan birida yashovchi fuqaro S.T. uyining yuqori qavati va tom qismida tarkibida giyohvandlik vositasi bo‘lgan o‘simliklarni yetishtirib kelayotganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan tuman IIB tomonidan unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Dori narxini sun’iy oshirgan yuzlab dorixonalar aniqlandi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi 2026 yilning ikkinchi choragida dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini oshirib qo‘llagan yuzlab dorixonalarni aniqladi. Tekshiruvlar natijasida 237 ta dorixona 1,9 milliard so‘m miqdorida asossiz daromad olgani ma’lum bo‘ldi.

Raqobat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, dori vositalariga belgilangan cheklangan savdo ustamalarini buzish holatlari Soliq organlari tomonidan aniqlanib, ular haqidagi ma’lumotlar qo‘mitaning Fair Tech yagona axborot tizimiga yuborilmoqda.

2026 yilning ikkinchi choragi davomida mazkur tizim orqali kelib tushgan xabarlar asosida o‘tkazilgan o‘rganishlar natijasida 237 ta dorixonada, jumladan 33 ta ulgurji va 204 ta chakana dorixonada, jami 148 810 ta holatda qonunbuzarlik aniqlangan.

Tekshiruvlar davomida ushbu dorixonalar tomonidan 1,9 milliard so‘m miqdorida asossiz daromad olingani belgilangan.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, qonunbuzarliklar bo‘yicha iste’molchilar foydasiga qayta hisob-kitoblar amalga oshirilib, ularning buzilgan huquqlarini tiklash choralari ko‘rilgan.

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi dori vositalari narxlariga oid qonunchilik talablarini buzgan dorixonalarga nisbatan choralar ko‘rish davom ettirilishini, ularning ro‘yxati esa ochiq tarzda e’lon qilib borilishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.