Jamiyat
Toshkentda BYD yo‘lovchi avtobus bilan to‘qnashdi
BYD haydovchisi chorrahada svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan va yo‘lovchi avtobusga borib urilgan. Har ikki haydovchi shifoxonaga yuborilgan.
Toshkent shahrida yo‘lovchi avtobus va BYD mashinasi ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. “Toshshahartransxizmat” AJ axborot xizmati hodisa yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.
Ma’lum qilinishicha, YTH “Nukus” va “T.Shevchenko” ko‘chalari kesishgan chorrahada sodir bo‘lgan. Yutong avtobusi chorrahadan “T.Shevchenko” ko‘chasiga burilayotganda qarama-qarshi tarafdan harakatlanib kelgan BYD avtobus bilan to‘qnashgan.
Ta’kidlanishicha, BYD haydovchisi chorrahada svetoforning taqiqlovchi qizil chirog‘iga bo‘ysunmasdan harakatlangan.
Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, har ikki haydovchi tez-tibbiy yordam xodimlari hamrohligida shifoxonaga yuborilgan.
Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Avvalroq Toshkentda yo‘lovchi avtobus va Tracker to‘qnashgandi.
Jamiyat
Yuqori Chirchiqda quvurga tushib ketgan 5 yoshli bola qutqarib qolindi
Qarovsiz qolgan bola chuqurga o‘rnatilgan quvurga tushib ketgan. Qutqaruvchilar voqea joyiga yetib borib, bolaning hayotini saqlab qolishgan.
Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida FVV qutqaruvchilari 5 yoshli bolaning hayotini saqlab qoldi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2 iyun kuni tushda Toshkent viloyati FVB navbatchilik qismiga Saksonota mahallasidagi xonadonlardan birida yosh bola quvur ichiga tushib ketgani haqida xabar berilgan.
Qutqaruvchilar zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan. Ular maxsus asbob-uskunalar yordamida qisqa vaqt ichida bolani quvur ichidan olib chiqishgan hamda tibbiyot xodimlariga topshirishdi.
Shifokorlar bolaning ahvoli yaxshi ekanini bildirishgan.
Vazirlik ota-onalardan kichik yoshdagi farzandlarini qarovsiz qoldirmaslikni so‘ragan.
Avvalroq Namanganda hojatxonaga tushib ketgan bola qutqarilgandi.
Jamiyat
Suv fondi yerlarini ijaraga berishning yangi tartibi joriy etildi
Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy etishga qaratilgan prezident farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, suv fondi yerlarini ijaraga berish elektron auksionlar orqali amalga oshiriladi, suv obektlarini tozalash ishlariga esa tadbirkorlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar asosida jalb qilinadi.
Prezidentning “Suv xo‘jaligi sohasida bozor mexanizmlarini keng joriy qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni bilan suv fondi yerlaridan foydalanish va suv xo‘jaligi obektlarini saqlash sohasida bir qator yangi tartiblar belgilandi.
Hujjatga muvofiq, Suv xo‘jaligi vazirligi huzuridagi “Suv xo‘jaligida bozor mexanizmlarini joriy qilish” davlat muassasasi suv fondi yerlarini ijaraga berish bo‘yicha yagona buyurtmachi etib belgilandi.
Shuningdek, suv omborlari, kanallar, kollektorlar va boshqa suv obektlarini tuproq materiallaridan tozalash ishlariga tadbirkorlarni eng yaxshi takliflari asosida to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar orqali jalb qilishga ruxsat berildi.
Farmonga ko‘ra, suv omborlarining suvdan bo‘shagan va tuproq namligi saqlangan yerlari elektron onlayn-auksion savdolari orqali qisqa muddatli ijaraga berilib, ularda qishloq xo‘jaligi ekinlari yetishtirish imkoniyati yaratiladi.
Jamiyat
Germaniyada o‘zbekistonlik yoshlar uchun maxsus ta’lim dasturlari yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar va mutaxassislar uchun Germaniyada maxsus yozgi o‘quv kurslarini tashkil etish rejalashtirilmoqda. Bu masala Germaniyaning Frayburg shahrida o‘tkazilgan xalqaro uchrashuvda muhokama qilindi.
O‘zbekistonning Frankfurt-Mayn shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari, Shveytsariyaning Swiss Cham Asia tashkiloti hamda Singularity Academy instituti rahbariyati o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muloqotda ta’lim, ilm-fan va sarmoya sohalaridagi hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Uchrashuvda o‘zbekistonlik iqtidorli yoshlar va mutaxassislar uchun Germaniyada yoz mavsumida maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish, ularning xalqaro tajriba va bilimlarini oshirish imkoniyatlarini yaratish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar “O‘rta koridor” transport yo‘lagini ilmiy jihatdan o‘rganish, O‘zbekistonga sarmoya jalb qilish, sog‘liqni saqlash va “yashil” energetika sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yuzasidan fikr almashdi.
Muzokaralar yakunida erishilgan kelishuvlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha aniq mexanizmlarni ishlab chiqish va hamkorlikni davom ettirishga kelishib olindi.
Jamiyat
Navoiyda ko‘p qavatli uyda yong‘in chiqdi
Navoiy shahridagi ko‘p qavatli turar joy binosida sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida sakkizta xonadon zararlandi. Favqulodda vaziyatlar xizmati yong‘inni bir soatdan ortiq vaqt ichida bartaraf etdi.
Foto: Favqulodda vaziyatlar vazirligi
Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, 2 iyun kuni soat 04:19 da Navoiy shahrining Kimyogar mahallasida joylashgan ko‘p qavatli uyning tom qismi yonayotgani haqida xabar kelib tushgan.
Hodisa joyiga yettita yong‘in-qutqaruv bo‘linmasi va ikkita avtonarvon jalb qilinib, qutqaruvchilar soat 04:23 da yetib borgan. Yong‘in soat 04:35 da qurshab olingan va soat 05:35 da to‘liq o‘chirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘qqiz qavatli uyning to‘qqizinchi qavatida joylashgan sakkizta xonadonning tom qismi, shiftlari va ichki hududi jami 300 kvadrat metr maydonda yongan.
Yong‘in oqibatida jabrlanganlar haqida ma’lumot kelib tushmagan. Ayni paytda yong‘inning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Jamiyat
sahnada opera navolari yangramoqda (foto)
Xabaringiz bor, ayni kunlarda Qoraqalpog‘istonning Bo‘zatov tumani butun mamlakatning eng iqtidorli yoshlari jam bo‘lgan, musiqa va san’at nafasi bilan yashayotgan qaynoq maskanga aylandi. Bu yil 370 ming yosh ichidan saralanib, finalga yetib kelgan 165 nafar eng sara iste’dod umumiy mukofot jamg‘armasi 2,5 milliard so‘m bo‘lgan «Yoshlar ovozi» tanlovida bellashmoqda.
Kechagina festivalning ilk bosqichida 40 nafarga yaqin yosh baxshilarning jonli ijrosi, do‘mbira chertib aytgan qo‘shiqlari davrani qizdirgan bo‘lsa, bugun Bo‘zatov osmoni butunlay o‘zgacha — nafis va mahobatli opera navolari bilan to‘ldi.
Sahnani opera yo‘nalishi bo‘yicha uchta yosh toifasida (10-15, 16-22, 23-30 yoshlar) bellashayotgan 40 dan ziyod iqtidorli o‘g‘il-qizlar egalladi. Mazkur yo‘nalishda g‘oliblik uchun kurashayotgan operachilar ham festivalning umumiy mukofot jamg‘armasidan munosib rag‘batlantirilishi san’at yo‘lidagi intilishlariga juda katta moddiy va ma’naviy dastakdir.
Keyingi paytlarda ushbu murakkab san’at turiga yoshlarning intilishi va mehri nechog‘lik kuchayganini ularning ijrosida, nigohlaridagi shijoatda yaqqol sezish mumkin. Bugungi dasturdan milliy musiqa an’analari va dramatik vokal ijroni o‘zida mujassam etgan o‘zbek opera san’atining durdonalari o‘rin oldi. Sahnada «Dilorom», «Gulsara», «Maysaraning ishi», «Zaynab va Omon» kabi klassik asarlardan ariyalar kuylandi.
Shuningdek, yosh ijrochilar jahon opera klassikasining eng murakkab namunalarini ham yuksak mahorat bilan ijro etdilar. Jumladan: J. Verdin, J. Puchchin, J. Bize kabi opera kompozitorlarinmng asarlaridan yangragan lirik va dramatik ariyalar Bo‘zatov kengliklarida aks-sado berdi.
O‘zbekiston xalq artisti, hakamlar hay’ati a’zosi Normo‘min Sultonov yosh ijrochilarga o‘z tavsiyalarini bildirib o‘tdi: «Repertuar tanlashda adashmaslik juda muhim. Yosh xususiyatlariga va ovoz imkoniyatlariga mos, birmuncha qulay asarlar tanlansa, ijro yanada tabiiy chiqadi va, albatta, baholar ham yuqori bo‘ladi».
Bu yilgi festival tom ma’noda shunchaki oddiy tanlov emas, balki haqiqiy tajriba va do‘stlik maydoniga aylandi. Ishtirokchilar baxshichilik yoki opera yo‘nalishida chiqish qilishidan qat’i nazar, ularning ovozi nafaqat hakamlar hay’ati, san’at ixlosmandlari va jurnalistlarni, balki shu yerda mehnat qilayotgan oddiy ishchi-xodimlarni, mezbonlarni ham birdek sehrlab qo‘ymoqda.
«Yoshlar ovozi» san’atga oshufta qalblarni yanada birlashtirishga, yurtimizda yangidan-yangi iste’dodlar zanjirini yaratishga xizmat qilmoqda. Festival 5-iyunga qadar davom etadi.
-
Iqtisodiyot4 days agoSaida Mirziyoyeva tadbirkorlarga berilgan yangi imtiyozlar haqida gapirdi
-
Dunyodan4 days ago
Vengriya parlamenti Viktor Orbanning “meros”idan voz kechdi.
-
Mahalliy4 days ago
Yangi O‘zbekistonda ijod ahlining qadri ulug‘landi!
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston prezidenti Ostona shahrida kutib olindi
-
Sport2 days agoParijda «PSJ» fanatlari tartibsizlik keltirib chiqardi – fotolar YeChLdagi g‘alabani nishonlash chog‘ida ko‘chalarda mashinalar yoqib yuborilgan, politsiyachilar bilan to‘qnashuvlar ro‘y bergan va yuzlab fanatlar qo‘lga olingan.
-
Dunyodan3 days agoKanadaliklar 41 mamlakatga zaharli moddalar yuborib, odamlarni o’ldirgan
-
Siyosat4 days agoPrezident Mirziyoyev O‘zbekiston va YeOII o‘rtasidagi hamkorlikning beshta asosiy ustuvor yo‘nalishini belgilab berdi
-
Iqtisodiyot2 days ago
import va eksport ulushi qancha?
