Connect with us

Sport

O‘zbekiston U-20 terma jamoasining Osiyo Kubogi saralash bosqichidagi raqiblari ma’lum bo‘ldi

Published

on


2027 yilgi U-20 Osiyo Kubogi saralash bosqichiga qur’a tashlandi.

Qur’a natijalariga ko‘ra, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi «B» guruhidan joy oldi. Jamoliddin Rahmatullayev boshchiligidagi yosh futbolchilar saralash bahslarida Suriya, Hindiston va Bangladesh terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston U-20 terma jamoasi ishtirokidagi saralash uchrashuvlari 2026 yilning 25 avgustidan 6 sentyabriga qadar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Sport

«Real» sovrinsiz mavsumda dunyoning eng qimmat klubi deb topildi

Published

on


Ispaniyaning «Real» futbol klubi ketma-ket beshinchi marta Forbes jurnali tomonidan dunyoning eng qimmat klubi deb topildi.

Foto: Gustavo Valiente/Xinhua/Getty Images

Madrid klubining qiymati 9,5 milliard dollarga baholanmoqda, bu o‘tgan yilga nisbatan (6,75 milliard dollar) 41 foizga ko‘pdir.

Kuchli uchlikka «Barselona» ($7,5 mlrd) va «Manchester Yunayted» ($7,2 mlrd) ham kirdi. Eng qimmat klublar o‘ntaligida quyidagilar bor: «Liverpul» ($6,2 mlrd), «Pari Sen-Jyermen» ($5,8 mlrd), «Bavariya» ($5,7 mlrd), «Manchester Siti» ($5,5 mlrd), «Arsenal» ($5,4 mlrd), «Chelsi» ($4,2 mlrd) va «Tottenhem» ($3 mlrd).

Forbes reytingiga jami 30 ta klub kiritilgan bo‘lib, ularning umumiy qiymati 87 milliard dollarga yetgan. Bitta klubning o‘rtacha qiymati 2,9 milliard dollarni tashkil etdi, bu 2025 yilga (2,4 milliard dollar) nisbatan 21 foizga ko‘pdir.

Ro‘yxatdagi eng ko‘p vakil Angliya Premer-Ligasidan (APL) – 11 ta klub, undan keyin Shimoliy Amerikaning MLS ligasidan 7 ta klub va Italiya A Seriyasidan 4 ta klub.

O‘tgan mavsumda «Real» so‘nggi besh yil ichida birinchi marta sovrinsiz qoldi. Madridliklar Ispaniya chempionatida «Barselona»dan keyin ikkinchi o‘rinni egalladi, shuningdek, 1/8 final bosqichida «Albasete»ga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lib, Ispaniya Kubogidagi kurashni yakunladi. «Real» mamlakat Superkubogida «Barselona»ga yutqazdi (2:3).

Shuningdek, klub ketma-ket ikkinchi yil Chempionlar Ligasi yarimfinaliga chiqolmadi. Jamoa 1/4 final bosqichida Myunxenning «Bavariya» klubiga yutqazdi.



Source link

Continue Reading

Sport

Mundial chiptalari nega rekord darajada qimmatlashib ketdi?

Published

on


Foto: Jonathan Ernst/Reuters

FIFAning yangi biznes modeli muxlislarni ranjityapti. Inflatsiyani hisobga olgan taqdirda ham, AQSh, Kanada va Meksikada o‘tadigan bu galgi jahon chempionati chiptalari narxi 2022 yil Qatardagi turnirdan ikki baravar, 1994 yil AQShdagi musobaqaga nisbatan esa qariyb to‘rt baravar qimmatroq. The Economist’ning yozishicha, o‘zgargan narx siyosati katta tavakkalga asoslangan. Chiptalar hali to‘liq sotilib bo‘lingani yo‘q va mezbon shaharlardagi mehmonxonalar to‘lmagan. Yuqori narxlar savdo pasayishi oqibatida yuzaga kelgan zararni qoplasa ham, FIFAning ko‘proq daromad keltiradigan boshqa manbalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin.

Xalqaro futbol federatsiyasi prezidenti Janni Infantino FIFAni “dunyoga baxt ulashuvchi tashkilot” deya ta’riflaydi. Ammo, bu yil Shimoliy Amerikada o‘tadigan Jahon chempionatida bu “baxt” qimmatga tushishi mumkin, deb yozadi The Economist.

Mundial guruh bosqichi o‘yinlari uchun eng arzon chiptalar narxi o‘rtacha 200 dollarni, final uchrashuvi chiptalari esa kamida 2030 dollarni tashkil etadi. Bu esa 2026 yildagi chempionatni tarixdagi eng qimmat madaniy tadbirga aylantirishi mumkin.

Odatda jahon chempionati o‘yinlari uchun chiptalar bozor ko‘tara oladigan narxdan ancha arzon sotib kelingan. Turnir tarixi davomida talab har doim taklifdan yuqori bo‘lib keladi. Shunday bo‘lsa-da, ko‘proq pul ishlash o‘rniga, FIFA narxlarni oddiy muxlislar sotib oladigan darajada ushlab kelgan va chiptalarni lotereya ko‘rinishida tarqatgan. Tashkilot moliyaviy barqarorligi  uchun chipta tushumidan ko‘ra, translatsiya va homiylik huquqlari ancha muhimroq ahamiyat kasb etadi.

Bu yil esa vaziyat boshqacha. Ilk bor FIFA chiptalar savdosini mahalliy tashkilotchilarga topshirish o‘rniga, bevosita o‘z nazoratiga oldi. Tashkilot “dinamik narxlash” tizimini joriy qildi, ya’ni talab oshgani sari chiptalar narxi ham ko‘tariladi. Shuningdek,  rasmiy qayta sotuv platformasi ishga tushirildi va u yerda xaridor ham, sotuvchi ham amalga oshirilgan savdo uchun 15 foizlik komissiya to‘laydi.

Inflatsiyani hisobga olgan taqdirda ham, AQSh, Kanada va Meksikada o‘tayotgan bu galgi Jahon chempionati chiptalari narxi 2022 yil Qatardagi turnirdan ikki baravar, 1994 yilgi AQSh turniriga nisbatan esa qariyb to‘rt baravar qimmatroq.

Final o‘yini uchun ayrim chiptalar qayta sotuv bozorida hatto 2 million dollargacha qimmatlashgan. Besh karra jahon chempioni — Braziliya terma jamoasi muxlislari o‘z futbolchilarining guruh bosqichidagi uchta o‘yinini tomosha qilish uchun qayta sotuv bozorida taxminan 3 800 dollar sarflashiga to‘g‘ri keladi — bu barcha mamlakatlar ichida eng yuqori ko‘rsatkich. Hatto Jahon chempionatida ilk bor qatnashayotgan Kabo-Verde muxlislari ham qariyb 1000 dollar to‘lashi kerak. Taqqoslash uchun, bu yilgi Yevropa Chempionlar ligasi finalining kattalar uchun eng arzon chiptasi 200 dollardan taklif etildi.  

The Economist’ning qayt etishicha, FIFAning yangi narx siyosati katta tavakkalga o‘xshab ko‘rinyapti. Birinchidan, chiptalar hali to‘liq sotib bo‘lingani yo‘q va mezbon shaharlardagi mehmonxonalar to‘lmagan. Ayrim o‘yinlar uchun qayta sotuvdagi narxlar keyinchalik pasayishi mumkin. Ammo chiptalar arzonlashguncha, ko‘plab muxlislar safarga borish umididan voz kechish ehtimoli bor. Energetika inqirozi sabab aviachiptalar narxi keskin oshib boryapti.

Yuqori narxlar savdo pasayishi oqibatida yuzaga kelgan zararni qoplasa ham, bu FIFAning yanada daromadliroq manbalariga salbiy ta’sir qilishi mumkin. To‘la stadionlar teleekranda o‘yinlarni jozibador qiladigan shovqin va ajoyib atmosferani yaratadi. Xalqaro futbol federatsiyasi o‘tgan yil klublar o‘rtasidagi jahon chempionati vaqtida ham noqulay holatga tushgandi: tomoshabin kam kelgan o‘yinlarda muxlislar televizion kameralar tomon ko‘chirilgani haqida xabarlar tarqalgandi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, boyroq muxlislar sokinroq bo‘lishadi va stadionda hissiyotlarini kamroq namoyon qiladi. Masalan, 2022 yilgi amerikancha futbol ligasi muhiti “korporativ kechki ovqat”ga o‘xshatilgandi.

To‘g‘ri, boylar tobora ko‘proq pullarini qimmatbaho buyumlarga emas, balki “hayotda bir marta bo‘ladigan” jarayonlar uchun sarflashni afzal ko‘ra boshlashgan. Bu FIFA uchun yaxshi yangilikdek tuyuladi. Muammo shundaki, aynan shu boy muxlislarning o‘zi ular izlayotgan o‘sha noyob jarayonning jozibasini kamaytirib yuborishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Sport

Ronaldu yana cho‘qqida

Published

on


Forbes jurnali sayyoradagi eng ko‘p maosh oluvchi sportchilar reytingini e’lon qildi.

Ro‘yxatni “Al-Nasr”ning yulduz futbolchisi Krishtianu Ronaldu boshqarmoqda, uning bir yillik daromadi 300 million dollarga yetgan. “Inter Mayami” yetakchisi Lionel Messi esa ro‘yxatning uchinchi pog‘onasidan joy olgan.

Forbes talqiniga ko‘ra, dunyodagi eng ko‘p maosh oladigan TOP-10 sportchi:


Krishtianu Ronaldu – 300 million dollar;
Saul Alvares (boks) – 170 mln dollar;
Lionel Messi – 140 million dollar;
Lebron Jeyms (basketbol) – 137,8 mln dollar;
Shoheyi Otani (beysbol) – 127,6 mln dollar;
Stefan Karri (basketbol) – 124,7 million dollar;
Jon Ram (golf) – 107 mln dollar;
Karim Benzema – 104 mln dollar;
Kevin Dyurant (basketbol) – 103,8 million dollar;
Lyuis Xemilton – 100 mln dollar.

 



Source link

Continue Reading

Sport

Polshada eng ko‘p gol urgan jamoa quyi ligaga tushib ketdi

Published

on


Polsha chempionatida g‘alati holat qayd etildi — oliy liganing eng ko‘p gol kiritgan jamoasi quyi ligaga tushib ketdi.

Gdanskning «Lexiya» klubi bu mavsum chempionatda raqiblari darvozasiga 34 o‘yinda 62 ta gol yo‘lladi. Boshqa hech bir jamoa undan ko‘p gol kirita olmagan. Faqatgina chempion — Poznanning «Lex» klubi shuncha gol urgan, xolos.

Chempionat yakunida «Lexiya» 16-o‘rinni egallab, ikkinchi ligaga sho‘ng‘idi. Jamoa hech qanday jarimaga tortilgan yoki ochkolari tortib olingani yo‘q, shunchaki chempionatda eng ko‘p gol o‘tkazib yuborgan ikki jamoadan biri ham shu — «Lexiya» (65).



Source link

Continue Reading

Sport

Forbes dunyoning eng serdaromad sportchilari reytingini e’lon qildi

Published

on


Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida oltinchi marta, qatorasiga to‘rtinchi marta yilning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. 41 yoshli portugaliyalikning so‘nggi 12 oydagi daromadi 300 million dollarga baholangan. Kuchli uchlikdan meksikalik bokschi Kanelo Alvares hamda argentinalik futbolchi Lionel Messi ham joy olgan.

Amerikaning Forbes nashri yil davomida eng ko‘p daromad olgan sportchilar reytingini yangiladi. 

Saudiya Arabistonining «An-Nasr» klubi hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z faoliyatida oltinchi marta, qatorasiga to‘rtinchi marta yilning eng ko‘p daromad oluvchi sportchilari ro‘yxatida birinchi o‘rinni egalladi. 41 yoshli portugaliyalikning so‘nggi 12 oydagi daromadi 300 million dollarga baholanmoqda, shundan 235 million dollari klubdagi maoshi, qolgan 65 million dollar reklama kelishuvlari va maydondan tashqaridagi biznes evaziga qo‘lga kiritilgan.  

Ikkinchi o‘rinni meksikalik bokschi Kanelo Alvares (170 million dollar), uchinchi o‘rinni «Inter Mayami» (AQSh) klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi (140 million dollar) egallab turibdi. 

Eng ko‘p maosh oluvchi sportchilarning kuchli o‘nligi quyidagi ko‘rinishni olgan:


Krishtianu Ronaldu (futbol, Portugaliya) – 300 million dollar;



Kanelo Alvares (boks, Meksika) – 170 million dollar;



Lionel Messi (futbol, Argentina) – 140 million dollar;



Lebron Jyeyms (basketbol, AQSh) – 137,8 million dollar;



Syoxey Otani (beysbol, Yaponiya) – 127,6 million dollar;



Stefen Karri (basketbol, AQSh) – 124,7 million dollar;



Jon Ram (golf, Ispaniya) – 107 million dollar;



Karim Benzema (futbol, Fransiya) – 104 million dollar;



Kevin Dyurant (basketbol, AQSh) – 103,8 million dollar;



Lyuis Xemilton (formula-1, Buyuk Britaniya) – 100 million dollar.


Nashr hisob-kitoblariga ko‘ra, kuchli 50 talikdagi sportchilar bevosita sport faoliyatidan – maosh, bonus va mukofot pullaridan – qariyb 3 milliard dollar ishlab topgan. Yana 1,1 milliard dollar reklama shartnomalari, tijoriy loyihalar, ommaviy chiqishlar va sportdan tashqari boshqa daromad manbalari hissasiga to‘g‘ri keladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.