Jamiyat
Xitoy tomoni Toshkentda drenaj tizimini yaxshilashga ko‘maklashadi
Xitoyning Sian shahrida bo‘lib o‘tgan III O‘zbekiston–Xitoy hududlararo forumi doirasida Toshkent shahri uchun umumiy qiymati 3,5 milliard dollardan ortiq investitsiya va eksport kelishuvlariga erishildi.
Toshkent shahar hokimligi ma’lumotiga ko‘ra, yirik loyihalar orasida drenaj kollektorlari, irrigatsiya va yomg‘ir suvlarini chetlashtirish tizimini rivojlantirishga qaratilgan 400 million dollarlik tashabbus ham bor.
Shuningdek, forum yakunida BRT, yo‘l o‘tkazgichlari va yo‘l infratuzilmasini rivojlantirish uchun 1 mlrd dollar, transport va ijtimoiy infratuzilma loyihalari uchun 1 mlrd dollar, renovatsiya hududlarida zamonaviy turar joy majmualari qurish uchun 500 mln dollar hamda «24/7» formatdagi zamonaviy ko‘chalar barpo etish uchun 100 mln dollarlik kelishuvlar imzolandi.
Bundan tashqari, «Yangi Avlod» maxsus sanoat zonasida yuqori texnologiyali ishlab chiqarishlarni rivojlantirish bo‘yicha 130 million dollarlik investitsiya bitimlari tuzildi.
Ma’lum qilinishicha, loyihalar EPC+F modeli asosida, davlat budjeti mablag‘lari va davlat kafolatlarini jalb qilmagan holda amalga oshirilishi rejalashtirilmoqda.
Hokimlikka ko‘ra, mazkur tashabbuslar Toshkent infratuzilmasini modernizatsiya qilish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shahar muhitini yanada qulay hamda xavfsiz qilishga xizmat qiladi.
Jamiyat
O‘zbekiston va Qozog‘iston hamkorlik bo‘yicha «yo‘l xaritasi»ni imzoladi
Ostonaga amaliy tashrif doirasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qozog‘iston Respublikasi Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev huzurida Investitsiya va savdo sohalarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish bo‘yicha amaliy harakatlar rejasini imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi.
«Yo‘l xaritasi»da avtomobilsozlik, energetika, kimyo sanoati, metallurgiya, farmatsevtika, logistika, qurilish materiallari, uy-joy qurilishi, qishloq xo‘jaligi kabi tarmoqlarda qo‘shma loyihalarni amalga oshirish nazarda tutilgan.
Hujjat joriy yil aprel-may oylarida ikki davlat rahbarlarining Buxoro va Turkiston shaharlarida bo‘lib o‘tgan uchrashuvlarida erishilgan kelishuvlarni amalga oshirishga qaratilgan.
Jamiyat
Bugun O‘zbekistonda 35 darajagacha issiq bo‘lishi mumkin
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, shimolda ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 30-35° bo‘ladi.
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 32-34° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 20-25° bo‘ladi.
Jamiyat
Internet-narkodo‘kon “omborchisi” qo‘lga tushdi
DXX va Bojxona organlari xodimlari hamkorlikda internet-narkodo‘kon “omborchisi”ni qo‘lga oldi.
Toshkent viloyatining Zangiota tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda oldindan kuzatuvga olingan, 1994-yilda Qoraqalpog‘iston Respublikasida tug‘ilgan fuqaro ushlanib, undan xorijdan yuborilgan suv nasosi qurilmasi tegishli tartibda olib qo‘yildi. Ushbu qurilma xolislar ishtirokida tekshirilganda, uning ichiga 968 gr «Alfa PVP» sintetik giyohvandlik vositasi yashirilganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek, mazkur fuqaro ijarada yashovchi Toshkent shahridagi Yangihayot tumanidagi xonadondan ham narkotik moddalarni o‘lchash va qadoqlashda foydalaniladigan 2 ta elektron tarozi, “zip” paketlar hamda skotchlar olindi. Aniqlanishicha, u internet-narkodo‘konda “omborchi” vazifasida ishlagan.
Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jizzaxda hokimlik mansabdori 500 dollar bilan ushlandi
Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida qonunbuzilish holatlari aniqlandi.
Jizzax viloyati Sh.Rashidov tumani hokimligi mansabdor xodimi xizmat mavqeidan foydalangan holda tadbirkorning ishonchiga kirib, unga tuman melioratsiya bo‘limi balansida bo‘lgan 45 sotix yer maydonini o‘zining yaqin aloqalari orqali olib berish hamda uning 2002-y.t. tanishini mahalliy MChJlardan biriga ishga kiritib qo‘yish evaziga 500 AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, hokimiyat vakili ushbu masalalarni hal qilib berish bahonasida avval ham 3,5 mln so‘m olib, shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.
Boshqa holatda esa respublikamizda faoliyat yurituvchi xususiy aksiyadorlik tijorat banklaridan birining Farg‘ona bank xizmatlari markazi rahbari o‘z xizmat mavqeidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kiradi.
Mansabdor shaxs bankning bosh ofisidagi tanishlari orqali unga 2,5 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratib berish evaziga kreditning 5 foizini, ya’ni 125 mln so‘m talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 10 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Farg‘onada bankir, Jizzaxda hokimlik mansabdori pora bilan ushlandi
DXX o‘tkazgan tezkor tadbirda Sharof Rashidov tumani hokimligi mansabdor xodimi tadbirkordan 500 dollar talab qilib, pul mablag‘ini olgan vaqtida qo‘lga olindi. Farg‘onadagi tadbirda esa bank xizmatlari markazi rahbari 10 ming dollar bilan ushlandi.
Foto: DXX axborot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Jizzax va Farg‘ona viloyatlarida qonunbuzilish holatlarini aniqladi.
DXX axborot xizmatiga ko‘ra, Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani hokimligi mansabdor xodimi xizmat mavqeyidan foydalangan holda tadbirkorning ishonchiga kirgan. Xususan, hokimlik xodimi tadbirkorga tuman melioratsiya bo‘limi balansida bo‘lgan 45 sotix yer maydonini o‘zining yaqin aloqalari orqali olib berish hamda uning 24 yoshli tanishini MChJga ishga kiritib qo‘yishni aytadi. Bularning evaziga tadbirkordan 500 dollar talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u so‘ralgan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Tergovga qadar tekshiruv davomida, hokimiyat vakili ushbu masalalarni hal qilib berish bahonasida avval ham 3,5 mln so‘m olib, shaxsiy ehtiyoji uchun sarflab yuborganligi aniqlandi.
Boshqa holatda esa O‘zbekistondagi tijorat banklaridan birining Farg‘ona bank xizmatlari markazi rahbari o‘z xizmat mavqeyidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kiradi.
Mansabdor shaxs bankning bosh ofisidagi tanishlari orqali unga 2,5 mlrd so‘m miqdorida kredit ajratib berish evaziga kreditning 5 foizini, ya’ni 125 mln so‘m talab qiladi.
DXX va prokuratura departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda bank mansabdori so‘ralgan pul mablag‘i hisobidan 10 ming dollar olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda har ikki holat yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Idora, fuqarolar shu kabi qonunbuzilish holatlariga duch kelganida, DXXning 1520 qisqa raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, xabar berishni so‘ragan. Xabar bergan shaxsning ma’lumotlari sir saqlanishi kafolatlanadi.
-
Iqtisodiyot3 days ago1 dollar ≠ 1 so‘m ≠ 1 rubl. Valutalar qiymati nega har xil?
-
Dunyodan5 days agoPokistonda mikroavtobusda 11 kishi halok bo’ldi
-
Siyosat5 days agoKlassik mustamlakachilik – nima uchun Rossiya MDH tarixi darsliklarini o’zgartirmoqchi
-
Jamiyat4 days agoToshkentda uy savdosi bilan bog‘liq mojaro tergov qilinmoqda
-
Jamiyat4 days agoKitobxon yoshlar uchun 50 ming dollarlik mukofot joriy etildi
-
Jamiyat4 days agoBugun O‘zbekiston bo‘ylab qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
-
Jamiyat5 days agoBuxoro shahar IIB sobiq tergovchisi qidiruvga berildi: Kalavaning uchi qayerda?
-
Mahalliy4 days ago
Oliy attestatsiya komissiyasi rahbari ishdan olindi
