Jamiyat
Bugun O‘zbekiston bo‘ylab yana yomg‘irli ob-havo kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 22-27° bo‘ladi.
Toshkentda kechga tomon yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 24-26° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.
Jamiyat
25 may kuni davlat tashkilot va idoralari xodimlarining xizmat avtomashinalaridan foydalanishi taqiqlanadi
Ertaga, 25 may kuni “Atmosfera havosi sifatini yaxshilashga qaratilgan “Toza havo” umumilliy loyihasini amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoniga muvofiq, respublikaning barcha hududlarida “Avtomobilsiz kun” aksiyasi o‘tkaziladi.
Farmon bilan, 2026 yilning 1 may kunidan boshlab har oyning 10 va 25-sanalarida “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyalari o‘tkazib borilishi belgilangan.
Hujjatga ko‘ra, davlat tashkilotlari va idoralari xodimlari tomonidan aksiya o‘tkaziladigan kunlarda xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi va ushbu sanalar ish kunlariga to‘g‘ri kelganda haydovchilarning ish haqi saqlab qolinadi.
Aksiyani yuqori saviyada tashkil etish va muvofiqlashtirish bo‘yicha Maxsus komissiyaning tegishli bayoni qabul qilindi. Unga muvofiq davlat fuqarolik xizmatchilari tomonidan “Avtomobilsiz kun” va “Avtomobilsiz hafta” aksiyasi doirasida xizmat avtotransport vositalaridan foydalanish mazkur xodimlar tomonidan odob-axloq (etika) qoidalarining buzilishiga tenglashtirildi. Belgilangan talablarga rioya etmaslik davlat organlari va tashkilotlari rahbarlariga ular rahbarlik qilayotgan tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan davlat fuqarolik xizmatchilarini intizomiy javobgarlikka tortish uchun asos bo‘ladi.
Ekoqo‘mita barcha davlat tashkilotlari xodimlari va fuqarolardan ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlash va unda faol ishtirok etish, atrof-muhit musaffoligini ta’minlash va yurtimizda sog‘lom ekologik muhitni shakllantirishga munosib hissa qo‘shishni so‘ramoqda.
Jamiyat
Soxtalashtirilgan anor ko‘chati, lavr yaprog‘i va sariyog‘…
Kecha bir qarindoshim ozorlanib, shunday dedi: bozordan bir talay ko‘chat opkeldim. Menga anor ko‘chati deb sotishdi. Hovlimning mo‘ljallangan qismiga, anorni usuliga ko‘ra ekib qo‘ydim. Anor deyilgan ko‘chat ko‘kargach, na’matak bo‘lib chiqdi. Na’matakligi uchun, joyini o‘zgartirdim, qurib qoldi.
Ham ko‘chatga kuydim, ham pulim ketdi. Yoshi bir joyga borgan otaxondan olgandim. Shu qariya sotuvchining nevaralarini tarbiyasi qanaqa ekan-a?
Mahalla do‘koniga chiqsam, bitta xaridor ayol, sotuvchiga hasrat qilib turgan turgan ekan: bozordan yarim kilo lavr bargi sotib oluvdim. Uyga kelib, paketni ochsam, orasiga boshqa daraxt barglari aralashtirib tashlangan. Noinsonflikni qarang, shu bargniyam “soxtalashtirib” pul ishlash yo‘lida endi bu…
Eshigim qo‘ng‘irog‘i chalindi. Ochdim, yosh juvon turibdi. Qo‘lida paketi bor, salom berdi. Ko‘p qavatli uyimizda ijarada turisharkan. “Qaynonam, qishloqning sariyog‘ini tayyorlab sotadi. Olmaysizmi, arzon beramiz”,— deydi.
Qishloq sariyog‘i tayyorlanishining miridan sirigacha yaxshi tushunadigan men, unga sotib ololmasligimni, aytdim.
“Olsangiz yaxshi bo‘lardi. Ijara pulini to‘lashimiz kerak-da”, — deb mung‘aydi.
Muzxonada garchi qishloq sariyog‘i bo‘lsa-da, “ijarasi uchun dengizdan tomchi ulushim bo‘la qolsin”, degan niyatda salmoqligina pulni sanab berdim.
Vaholanki, ishonmagan odamdan qo‘lbola mahsulotni hech qachon sotib olmasdim.
Ertasiga yog‘ni eritib qo‘ymoqchi bo‘ldim. Qani endi, sariyog‘ deyilgani sariyog‘ bo‘lsa. Na sariyog‘day hidlandi, na sariyog‘cha eridi. Erinmadim, yorug‘roq joyga opchiqib, tekshirdim.
Charvi yog‘ ekan. Charvi yog‘ini, “qishloq sariyog‘i” deb, meni aldashdi.
Men barchasini videotasvirga olib qo‘ydim. Notanish qo‘shni kelinni, u-bu joyda uchratib qolsam, faktsiz gapirmaslik uchun edi.
Uch-to‘rt kun o‘tib, uni bolasi bilan hovlida uchratdim. Va bo‘lgan holatni tasvirlar vositasida, xotirjamlik bilan tushuntirdim. Albatta, kelin qaynonasining xatosi uchun mulzam bo‘ldi. Yog‘ni qo‘liga tutqazdim. To‘lagan pulni so‘ramadim. Ammo unga baribir o‘z fikrimni aytdim: “To‘g‘ri, bu yer katta shahar. Bu yerlarda hatto qo‘shnilar bir birini tanimasligi mumkin. Lekin, farzand o‘stirayapsiz, bundan keyin, qaynonangizning cho‘ntagini emas, bolangiz va oilangizning kelajagini o‘ylang va boshqa soxta sariyog‘ sotmang”.
Rost-da, aksariyat amaldorlar korrupsiyaga botib xalqning cho‘ntagini talasa, oddiy odamlar o‘zlari o‘ylab topayotgan soxtakorligi bilan xalqning jig‘ildonini yaralasa oqibati nima bo‘ladi?
Oqibat ham bir gap bo‘lar….
Ammo, haqdorlarning haqi chiqarib olinadiku, baribir…
Muhabbat Nazar facebook sahifasidan olindi
Jamiyat
Hokim yoshlarning muammolarini eshitdi: tafsilotlar
Tuman hokimi yoshlar muammolarini eshitdi. Kitobda «Yoshlar kuni» tadbirlari: navbatdagi muloqot «To‘pchoq» mahallasida o‘tkazildi. Bu haqda Xabar.uz muxbiri xabar bermoqda.
Davlat rahbari tashabbuslari bilan joriy etilgan «Yoshlar kuni» an’anasi doirasida Kitob tumanida yosh avlod vakillari bilan tizimli ishlash, ularning muammolarini o‘rganish va ijtimoiy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar davom ettirilmoqda.
Mazkur chora-tadbirlarning uzviy davomi sifatida tumandagi «To‘pchoq» mahalla fuqarolar yig‘inida yoshlar bilan yuzma-yuz muloqot tashkil etildi. Tadbirda Kitob tumani hokimi Rustam G‘ofurov, tuman prokurori Xurshid Bahromov huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlari, mahalla faollari hamda hudud yoshlari ishtirok etdi.
Uchrashuvda yoshlar siyosatiga oid quyidagi ustuvor masalalar muhokama markazida bo‘ldi:
Bandlikni ta’minlash: Yoshlarni doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish;
Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash: Imtiyozli kredit va subsidiyalar ajratish tartibi;
Kasb-hunarga yo‘naltirish: Zamonaviy kasblarni egallash uchun yaratilgan imkoniyatlar;
Bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish: Madaniy va sport tadbirlari qamrovini kengaytirish.
Uchrashuvda real muammolar ham ko‘tarildi. Ishga kirishda qiynalayotgan yoshlar so‘zga chiqdi, maktablardagi kamchiliklar bayon etildi. Xususan, maktablarda kompyuter sinflari va laboratoriya jihozlarini yangilash masalasi ko‘tarildi. Tuman hokimi muammoni o‘rganish va hal qilish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Muloqot davomida bildirilgan har bir murojaat va taklif mutasaddilar tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularning ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilot rahbarlariga aniq muddatli topshiriqlar berildi.
Ayrim masalalar joyida hal etilgan bo‘lsa, vaqt talab etadigan murojaatlar tuman hokimligi tomonidan nazoratga olindi.
Jamiyat
Bugun O‘zbekistonning aksariyat qismida yana yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 24-29° bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29° bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, ayrim joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi. Harorat 13-18° bo‘ladi.
Jamiyat
Toshkentda Tesla’ni yuqori tezlikda boshqargan haydovchiga chora ko‘rildi
Unga svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik va yo‘lda avariya holatini yuzaga keltirish bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Toshkent shahri markazida Tesla’ni o‘ta katta tezlikda boshqarib, soatiga 214 km tezlikkacha harakatlangan haydovchi topildi.
Poytaxt IIBB axborot multimedia markazi rasmiysi Qahramon Xudoyberganov tomonidan e’lon qilingan videoda haydovchiga tegishli tartibda chora ko‘rilgani ma’lum qilingan. Biroq videoda aynan qanday chora ko‘rilgani ochiqlanmagan.
«Tesla avtomashinasi egasiman. Katta tezlikda haydaganim ijtimoiy tarmoqlarga tarqalib ketibdi. Shu yuzasidan shahar qidiruv bo‘limiga chaqirishdi. Hozir mana qonuniy chora ko‘rishyapti. Hech kimga tavsiya bermayman bunaqa tez yurishni, sekin yuringlar, ehtiyot bo‘linglar. Qilgan ishimdan pushaymonman», degan haydovchining o‘zi.
Kun.uz haydovchiga qanday chora ko‘rilganini aniqlashtirish maqsadida respublika YHXX axborot xizmati rahbari Zoyir Yo‘ldoshov bilan bog‘landi.
Uning aytishicha, haydovchiga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 128-4 hamda 128-5-moddalari, ya’ni svetoforning qizil chirog‘iga bo‘ysunmaslik va yo‘lda avariya holatini yuzaga keltirish bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Qayd etish joiz, ushbu moddalarga ko‘ra, haydovchi BHMning uch baravaridan o‘n baravarigacha jarima bilan jazolanishi mumkin.
-
Siyosat3 days agoBirlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi Markaziy Osiyodagi chegaralarni tinch yoʻl bilan tartibga solish boʻyicha rezolyutsiyani qabul qildi
-
Iqtisodiyot4 days agoHayot Bank O‘zbekiston moliya sektorida o‘z o‘rnini mustahkamlashda davom etmoqda
-
Iqtisodiyot4 days agoKo‘chmas mulk bo‘yicha soliqni bozor narxi asosida hisoblash tartibi belgilandi
-
Siyosat3 days ago
Shavkat Mirziyoyev YeXHT bosh kotibini qabul qildi
-
Jamiyat3 days ago
Kontent markazida «Yurt qayg‘usida 365 kun» nomli kitob taqdimoti bo‘lib o‘tdi
-
Iqtisodiyot5 days agoKreativ iqtisodiyot uchun soliq imtiyozlari nazarda tutilgan qonun ma’qullandi
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekistonda IPO investorlari huquqini himoya qilish bo‘yicha qonun ishlab chiqilmoqda
-
Siyosat4 days agoO’zbekistonda banklardan oltin quymalarini qanday sotib olish mumkin
