Connect with us

Jamiyat

Toshkentdan voha viloyatlariga qo‘shimcha avtobus reyslari yo‘lga qo‘yildi

Published

on


Yo‘lovchilar soniga qarab qo‘shimcha reyslar soni yana oshirilishi mumkin.

Qurbon hayiti bayrami arafasida Toshkent avtovokzalidan qo‘shimcha avtobus reyslari tashkil etildi.

Xabar qilinishicha, Toshkentdan Sirdaryo orqali voha viloyatlariga qatnovchi doimiy 65 ta avtobus yo‘nalishiga yana 55 ta qo‘shimcha reys yo‘lga qo‘yildi.

Yo‘lovchilar soniga qarab qo‘shimcha reyslar soni yana oshirilishi mumkinligi aytilmoqda.

Shuningdek, bayram kunlarida xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yo‘llarida YPX xodimlarining kuchaytirilgan tartibdagi xizmati tashkil etiladi.

Qayd etilishicha, haydovchilar bilan yo‘lkira narxlarini sun’iy oshirmaslik, qatnov oldidan yetarli dam olish hamda yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilishlarini ta’minlash maqsadida profilaktik tadbirlar olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Qurbon hayiti 27 may chorshanba kuni nishonlanadi. Bayram munosabati bilan o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladilar.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Piskentda daryo o‘rtasida qolib ketgan fuqaro qutqarildi

Published

on


Ma’lum bo‘lishicha, daryoda suv sathi kutilmaganda ko‘tarilgan va suv oqimi yuqoriligi sababli fuqaro xavfsiz qirg‘oqqa chiqa olmagan.

Foto: Telegram / MCHSUzbek

23 may soat 10:20 da Toshkent viloyati Pskent tumani hududidan oqib o‘tgan Ohangaron daryosi o‘rtasidagi quruqlikda bir nafar fuqaro qolib ketganligi va yordam zarurligi to‘g‘risida Olmaliq shahar FVBga xabar kelib tushgan.

Ma’lum bo‘lishicha, daryoda suv sathi kutilmaganda ko‘tarilgan va suv oqimi yuqoriligi sababli fuqaro xavfsiz qirg‘oqqa chiqa olmagan.

Aytilgan manzilga zudlik bilan FVV qutqaruvchilari yetib borib, fuqaroni xavfsiz hududga olib chiqishgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qozog‘istondan olib kirilayotgan 1,3 mlrd so‘mlik dorilar fosh etildi

Published

on


Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari va Bojxona organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda mamlakatga noqonuniy olib kirilayotgan katta partiyadagi dori vositalari to‘xtatib qolindi.

Ma’lum qilinishicha, Qozog‘istondan Toshkent viloyati Qibray tumanidagi «S. Najimov» chegara bojxona posti orqali kirib kelgan yuk avtomashinasi tekshiruvdan o‘tkazilgan.

Farg‘ona viloyati Oltiariq tumanida yashovchi 1973-yilda tug‘ilgan fuqaro boshqaruvidagi transport vositasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirilgan 52 turdagi tibbiyot buyumlari va dori vositalari aniqlangan.

Tekshiruv davomida jami 95 ming 369 dona mahsulot noqonuniy tarzda olib kirilayotgani ma’lum bo‘ldi. Tezkor tadbir davomida noqonuniy yuklarni qabul qilib olayotgan vaqtda Toshkent tumanida yashovchi, 1986-yilda tug‘ilgan shaxs ham ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Tegishli baholash xulosasiga ko‘ra, ushbu dori vositalari va tibbiy buyumlarning umumiy qiymati 1 milliard 323 million so‘mni tashkil etgan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qashqadaryoda ko‘pqavatli bino qurilishi uchun yetkazib berilgan sifatsiz g‘ishtlar yo‘q qilindi

Published

on


Aniqlanishicha, sopol g‘isht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxona tomonidan ko‘pqavatli inshoot uchun me’yoriy hujjatlarga nomuvofiq bo‘lgan sopol g‘isht mahsulotlari yetkazib berilgan.

Qashqadaryo viloyati Kitob tumanida qurilish jarayonida foydalanilayotgan sifatsiz mahsulotlar aniqlanib, utilizatsiya qilindi.

Aniqlanishicha, sopol g‘isht ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «H.S» MChJ (nomi o‘zgartirilgan) tomonidan davlat buyurtmasi asosida barpo etilayotgan ko‘p qavatli inshoot uchun me’yoriy hujjatlarga nomuvofiq bo‘lgan sopol g‘isht mahsulotlari yetkazib berilgan.

Mazkur holat yuzasidan Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi tomonidan jamiyatga nomuvofiq mahsulotlarni muomaladan qaytarib olish hamda ularni utilizatsiya qilish bo‘yicha taqdimnoma kiritildi.

Sifatsiz mahsulotlar Kitob tumani chiqindi poligonida utilizatsiya qilindi.

Korxona kelgusida me’yoriy hujjatlar talablariga rioya etishi, aks holda qonunchilikda belgilangan tartibda qat’iy choralar ko‘rilishi yuzasidan ogohlantirildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida 2 million 200 ming 530 nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda xorijga chiqqan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan qariyb 83,7 ming nafarga ko‘paygan.

Hisobotga ko‘ra, o‘zbekistonliklar eng ko‘p safar qilgan davlatlar orasida Qirg‘iz Respublikasi birinchi o‘rinni egallagan. To‘rt oy davomida ushbu mamlakatga 899 ming 4 nafar fuqaro borgan.

Ikkinchi o‘rinda Tojikiston qayd etilgan bo‘lib, bu davlatga 388 ming 452 nafar safar qilgan. Qozog‘iston esa 354 ming 859 nafar bilan uchinchi o‘rindan joy olgan.

Statistikada Saudiya Arabistoniga safarlar soni ham yuqori ekani qayd etilgan. To‘rt oy ichida ushbu mamlakatga 138 ming 113 nafar o‘zbekistonlik borgan.

Rossiyaga 115 ming 94 nafar, Turkiyaga esa 70 ming 340 nafar fuqaro turistik maqsadlarda chiqqan.

Birlashgan Arab Amirliklari 31 ming 73 nafar bilan keyingi o‘rinni egallagan. Shuningdek, Xitoyga 23 ming 557 nafar, Tailandga 16 ming 291 nafar va Misrga 15 ming 823 nafar fuqaro safar qilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yomg‘irli ob-havo davom etadimi? Dam olish kunlari uchun ma’lumot

Published

on


Dam olish kunlari ham yomg‘irli ob-havo kuzatilishi mumkin. 

Bugun va dam olish kunlari O‘zbekiston boyicha beqaror ob-havo saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yogadi, ba’zi joylarda kuchli jala yomg‘ir yog‘adi. Momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Qoraqalpogiston Respublikasi va Xorazm viloyatida yog‘ingarchilik kutilmaydi, Buxoro va Navoiy viloyatlarida faqat ayrim joylarda biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi. 

Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, vaqti-vaqti bilan kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatiladi. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Ayrim joylarda do‘l yog‘ishi ehtimoli bor. 

Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, 13-18 m/s gacha kuchayadi, shimolda va cho‘l hududlarda va respublika janubida ba’zi joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Havo harorati 22-24-mayda kechalari 13-18 daraja, kunduz kunlari 22-27 daraja atrofida bo‘ladi. 

Toshkentda: bugun kunduzi vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Harorat 22-24 daraja bo‘ladi. 

Ertaga 23-may kuni asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi, faqat kechga tomon biroz qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Kunduzi harorat 25-27 darajagacha ko‘tariladi. 

24-may, yakshanba kuni vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Harorat kunduzi 22-24 daraja bo‘ladi. Harorat asosan kechalari 15-18 daraja bo‘ladi. Shamol g‘arbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, vaqti-vaqti bilan 10-12 m/s gacha kuchayadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.