Connect with us

Jamiyat

Bugun O‘zbekistonda kuchli shamol va yomg‘ir kuzatiladi

Published

on


O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, ba’zida 20-22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.
 
Toshkent shahrida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-27° bo‘ladi.
 
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarda vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayadi. Harorat 15-20° bo‘ladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Andijonda qo‘lbola tarzda dori vositalari ishlab chiqarayotgan yashirin sex fosh etildi

Published

on


Andijon shahrida 4 ta yuridik shaxs “oziq-ovqat mahsulotlari uchun kimyoviy qo‘shimchalar” ishlab chiqarish niqobi ostida dori vositalari tayyorlab kelgan. Qo‘lbola usulda tayyorlangan mahsulotlar orasida hatto bolalar uchun mo‘ljallangan siroplar ham bor. Yashirin sexdan 100 turdagi 503 209 dona sifati kafolatlanmagan tayyor dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Foto: Bojxona qo‘mitasi

Andijonda sifati kafolatlanmagan dori vositalari ishlab chiqarayotgan yana bir yashirin sex fosh etildi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Andijon shahridagi bir manzilda faoliyati tashkil etilgan 4 ta yuridik shaxs “oziq-ovqat mahsulotlari uchun kimyoviy qo‘shimchalar” ishlab chiqarish niqobi ostida sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalarni tayyorlab kelgan.

Yashirin laboratoriyada bugungi kunda aholi orasida keng tarqalgan “Vitamix”, “Gegsi”, “Ferrumfer”, “Winds Baby”, “Lyuvit”, “Yodovit”, “Gepporooz”, “Bifidolin”, “Yodoplyus” kabi 100 turdagi mahsulotlar tayyorlangan. Ular orasida bolalar uchun mo‘ljallangan siroplar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, bo‘g‘im va teri kasalliklari hamda qon ko‘paytirish uchun preparatlar, turli shamchalar hamda maxsus choylar ham bo‘lgan.

Tashqi ko‘rinishi bejirim va ishonchli tarzda qadoqlangan ushbu mahsulotlarning tayyorlanishi va saqlanishi mutlaqo antisanitariya holatida amalga oshirilgan.

Tezkor tadbir davomida yashirin sexdan 13 dona dori va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uskunalari, 6 dona muhr, mahsulotlarga yaroqlilik muddatini qadoqlovchi qurilmalar, 214 ming dona yozuvsiz bo‘sh shisha idishlar, 78 ming dona bo‘sh kapsulalar, 100 turdagi 503 209 dona sifati kafolatlanmagan tayyor dori vositalari, 105 kg nomsiz kukunlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 5 mlrd so‘mni tashkil etadi.

Avvalroq Andijondagi yashirin dori sexlaridan 10 mlrd so‘mlik qalbaki dorilar musodara qilingandi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Piyodaning yo‘lini to‘sgan haydovchi guvohnomasidan ayrildi

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videodan kadrlar

Chirchiq shahrida haydovchi Cobalt’ni piyodalar yo‘lagidan haydagani yetmaganidek, yo‘lakda ketayotgan ona va bolaning yo‘lini to‘sgan.

Toshkent viloyati YHXBga ko‘ra, haydovchiga nisbatan “yo‘l bezoriligi” moddasi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Chirchiq shahar sudining qarori bilan, haydovchi transport vositasini boshqarish huquqidan 1 yil muddatga mahrum etildi va 10 BHM (4 mln 120 ming so‘m) jarimaga tortildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonliklar AQShda 10 oygacha qishloq xo‘jaligida ishlashi mumkin

Published

on


O‘zbekiston fuqarolari AQShning H-2A dasturi orqali 10 oygacha qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash imkoniyatiga ega bo‘lishi mumkin. Bu yo‘nalishda AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida hamkorlik kengaytirilmoqda.

Bu haqda Amerikaning USA Farm Labor kompaniyasi asoschisi va bosh direktori Manuel Fik birinchi Toshkent xalqaro migratsiya forumi doirasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, kompaniya O‘zbekiston hukumati bilan hamkorlikda o‘zbekistonliklarni AQShdagi qishloq xo‘jaligi ishlariga jalb qilish imkoniyatlarini kengaytirish ustida ish olib bormoqda.

“Bu hamkorlik AQShdagi ish beruvchilar uchun ishchi kuchi yetishmasligi muammosini hal qilish, shu bilan birga, o‘zbekistonliklarga xorijda mehnat qilib, daromad topish va turmush sharoitini yaxshilash imkonini beradi”, — dedi Manuel Fik.

Uning ta’kidlashicha, AQShda mehnat huquqlarini himoya qilish bo‘yicha kuchli tizim shakllangan. Mamlakatda ishchilar xavfsizligini ta’minlash, ekspluatatsiya va inson savdosining oldini olishga qaratilgan qonunlar amal qiladi.

Shu sababli, AQShga mavsumiy qishloq xo‘jaligi ishlariga boradigan o‘zbekistonliklar munosib mehnat sharoitlari va huquqiy kafolatlar bilan ta’minlanishi aytilmoqda.

Manuel Fikning so‘zlariga ko‘ra, amerikalik ish beruvchilar O‘zbekistondan keladigan yosh, mehnatkash va ingliz tilini biladigan malakali ishchilarga qiziqish bildirmoqda.

Uning fikricha, mazkur hamkorlik nafaqat iqtisodiy foyda keltiradi, balki ikki davlat o‘rtasida tajriba va kasbiy ko‘nikmalar almashinuvini ham kuchaytiradi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Koreyaga ishga yuborishni va’da qilganlar qo‘lga olindi

Published

on


Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Urganch shahri bo‘limi hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda fuqarolar G.Yu. va A.R. o‘zaro til biriktirib, Migratsiya agentligida yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro N.D.ni Koreyaga ishga joylashtirib berishni va’da qilgani aniqlangan.

Ular buning evaziga 2 400 AQSh dollari va 1,2 million so‘mni firibgarlik yo‘li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) hamda 28, 211-moddalari (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonliklar Italiya fermer xo‘jaliklarida ishlashi mumkin bo‘ladi

Published

on


Italiyada o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun qishloq xo‘jaligi sohasida ishlash imkoniyatlari yaratilmoqda. Maxsus o‘quv dasturlarini muvaffaqiyatli yakunlagan fuqarolar Italiya fermer xo‘jaliklarida mehnat faoliyatini olib borishi mumkin bo‘ladi.

Bu haqda Italiyaning Confagricoltura qishloq xo‘jaligi konfederatsiyasi vitse-prezidenti Luka Brondelli di Brondello birinchi Toshkent xalqaro migratsiya forumi doirasida ma’lum qildi.

Uning aytishicha, Italiya tomoni O‘zbekiston Qishloq xo‘jaligi vazirligi va Migratsiya agentligi bilan hamkorlikni tobora kengaytirmoqda.

“Hamkorlikda amalga oshirayotgan dasturimiz O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligi sohasi mutaxassislarini tayyorlashda muhim ahamiyatga ega. Ushbu kurslarni tugatgan ishtirokchilar Italiyadagi fermer xo‘jaliklarida ishlash imkoniga ega bo‘ladi”, — dedi Luka Brondello.

Uning ta’kidlashicha, Italiyada oziq-ovqat va vinochilik sohasi jadal rivojlanmoqda va mamlakatga malakali kadrlar kerak.

Shu munosabat bilan O‘zbekistonda yoshlarni yangi texnologiyalar va zamonaviy agrar yechimlar bo‘yicha o‘qitishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Loyiha doirasida ishtirokchilar italyan tilini o‘rganmoqda hamda kasbiy tayyorgarlikdan o‘tmoqda. Dastlab traktor boshqaruvi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanishi rejalashtirilgan.

Brondelloning so‘zlariga ko‘ra, zamonaviy traktorlar sun’iy yo‘ldosh tizimlari va raqamli texnologiyalar bilan ishlaydigan yuqori texnologik texnikalar hisoblanadi. Shu bois, bo‘lajak mutaxassislar O‘zbekistonning o‘zidayoq zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni egallamoqda.

U, shuningdek, Italiya bosh vaziri Jorja Melonining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida bu sohada muhim kelishuv imzolanganini ham qayd etdi.

Luka Brondello O‘zbekistonning ochiqlik siyosati va mehnat migratsiyasini tizimli tarzda rivojlantirayotganini yuqori baholab, bunday hamkorlik har ikki davlat uchun foydali ekanini ta’kidladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.