Siyosat
Mirziyoyev O‘zbekistonning YeOII bilan ko‘ptomonlama hamkorligi qanday rivojlanayotgani haqida to‘xtaldi
Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 27-iyun kuni Minsk shahrida bo‘lib o‘tgan Yevroosiyo iqtisodiy kengashining yig‘ilishida ishtirok etib, nutq so‘zladi.
O‘zbekiston yetakchisi nutq avvalida samimiy qabul Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenkoga minnatdorlik bildirdi.
Shuningdek, jahon iqtisodiyotida vujudga kelayotgan murakkab vaziyatga baho berib, proteksionizm va sanksiyalar siyosatining kuchayishi, savdo-logistika zanjirlarining buzilishi va xorijiy sheriklarning investitsiyaviy faolligi qisqarib borishi oqibatlarining salbiy ta’siri O‘zbekistonda ham his qilinayotganini ta’kidladi.
«Bizning tabiiy va an’anaviy sheriklarimiz bo‘lgan Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada kengaytirish va chuqurlashtirish tashqi iqtisodiy siyosatimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini ta’kidlab o‘tmoqchiman.
Fursatdan foydalanib, joriy yil boshidan buyon O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan «Innoprom. Markaziy Osiyo» xalqaro sanoat ko‘rgazmasi va to‘rtinchi Toshkent investitsiya forumini qo‘llab-quvvatlagani va ularning ishida delegatsiyalaringiz faol ishtirok etgani uchun barcha hamkasblarimga minnatdorlik izhor etaman.
Ushbu tadbirlar yakunida muhim kelishuvlarga erishildi, kooperatsiya bo‘yicha yangi yo‘nalishlar va istiqbolli loyihalar belgilandi. Biz mamlakatlarimizning yanada ko‘proq yetakchi kompaniyalari va moliyaviy guruhlarini jalb etgan holda, ushbu hamkorlik maydonchalarini kengaytirishni rejalashtirmoqdamiz», – dedi Mirziyoyev.
O‘zbekiston yetakchisi yig‘ilganlarga mamlakatning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi bilan ko‘ptomonlama hamkorligi qanday rivojlanayotgani haqida ham qisqacha ma’lumot berib o‘tdi.
«Kuzatuvchi davlat maqomidagi to‘rt yillik hamkorlik davrida O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan tashqi savdo aylanmasi 80 foizga o‘sdi va o‘tgan yil yakuni bo‘yicha 18 milliard dollarni tashkil etdi. Shuni mamnuniyat bilan ta’kidlamoqchimanki, savdo operatsiyalari nomenklaturasi, avvalambor, sanoat mahsulotlarini yetkazib berish hisobidan kengaymoqda. Qo‘shma korxonalar va loyihalar soni uch barobar o‘sdi.
Joriy yilning mart oyida Qo‘shma ishchi guruhining to‘rtinchi majlisi muvaffaqiyatli o‘tkazilib, uning yakunida texnik to‘siqlarni bosqichma-bosqich bartaraf etish, sanoat kooperatsiyasini chuqurlashtirish va ishbilarmonlik tashabbuslarini rag‘batlantirish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Biz 40 ta aniq chora-tadbirni qamrab olgan, uch yilga mo‘ljallangan yangi rejani amalga oshirishga kirishdik.
O‘zbekiston, shuningdek, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqining muhim tashabbuslarida, jumladan, «Yevroosiyo agro ekspress», elektron savdoni rivojlantirish, yuklarni tashishni raqamlashtirish va iqlim masalalari kabi loyiha va dasturlarda faol ishtirok etmoqda.
Aprel oyida barcha tartib-taomillarni yakuniga yetkazdik va Yevroosiyo taraqqiyot bankini ta’sis etish haqidagi bitimga qo‘shildik. Bank bilan hamkorlikda infratuzilmani modernizatsiya qilish, metallurgiya, to‘qimachilik, kimyo sohalari va boshqa strategik tarmoqlarda istiqbolli loyihalar portfeli ishlab chiqilmoqda», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Shuningdek, YeOII bilan sheriklikni yanada rivojlantirishning muhim yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tildi.
Unga kщra, o‘zaro savdo aylanmasini kengaytirish uchun qulay sharoitlarni shakllantirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston mamlakatlar o‘rtasidagi erkin savdo hududi faoliyatini ta’minlash bilan bog‘liq barcha kelishuvlarni to‘liq hajmda bajarmoqda.
Savdo operatsiyalari tartib-taomillarini soddalashtirish va texnik tartibga solish tizimlarini yaqinlashtirishga qaratilgan O‘zbekiston tomonining qator takliflari ekspertlar tomonidan o‘rganib chiqilishini tezlashtirish zarur.
«Biz, shuningdek, savdoni qo‘llab-quvvatlashda texnik tartibga solishning raqamli tizimlari va Ittifoqning raqamli transport yo‘laklari ekotizimi, Yevroosiyo qayta sug‘urtalash kompaniyasi kabi vosita va mexanizmlarga qo‘shilishdan manfaatdormiz. Bu bizning biznesimiz uchun sharoitni sezilarli darajada yengillashtiradi, mamlakatlarimizning tovar bozorlariga o‘zaro kirishida qulay imkoniyatlarni ta’minlaydi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt jadal rivojlanib borayotganini hisobga olib, raqamlashtirish sohasida ko‘ptomonlama hamkorlik qilish istiqbolga ega, deb hisoblaymiz.
Elektron savdo, mahsulotlarning raqamli markirovkasi, yangi avlod logistika platformalarini yaratish, aniq tarmoqlarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha yo‘nalishlarni qamrab olgan alohida dastur qabul qilishni taklif etamiz.
Shuningdek, O‘zbekiston o‘tkazish punktlarining yagona integrallashgan axborot tizimida ishtirok etish imkoniga ega ekanini ham ta’kidlamoqchiman. Bu, eng avvalo, chegaralardan o‘tishni tezlashtirish, monitoring samaradorligi va barcha jarayonlar shaffofligini ta’minlash imkonini beradi.
Texnik jihatdan biz bunday loyihalarda faol ishtirok etishga tayyormiz.
Kooperatsiya aloqalarini rivojlantirishni rag‘batlantirish uchun kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ishga tushirilgan dasturlar, jumladan, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi Ishbilarmonlik kengashi bilan qo‘shma chora-tadbirlar doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishni taklif etamiz.
Sanoat sohasidagi loyihalarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmi hamda sanoat kooperatsiyasi va texnologiyalar transferi bo‘yicha Yevroosiyo tarmog‘i platformasi imkoniyalaridan foydalanishdan manfaatdormiz.
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash sohasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarning hamkorligi uchun imkoniyatlarni kengaytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqishda sa’y-harakatlarni birlashtirish muhimdir. Bu o‘rinda so‘z, avvalo, O‘zbekistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi mamlakatlari bilan agrokooperatsiya dasturini qabul qilish haqidagi tashabbusimizni amalga oshirish haqida bormoqda. Ushbu dastur ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari harakatlanishi tartiblarini soddalashtirish, «yashil» yo‘laklarning samarali faoliyati va ularni kengaytirishni nazarda tutadi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi hamkorlarimiz bilan birgalikda mehnat resurslari tartib-taomillarini soddalashtirish va safarbar etilishini oshirish bo‘yicha faol ish olib boryapmiz. Shu munosabat bilan mehnat bozorida talab katta bo‘lgan sohalarda professional standartlar va malaka talablarini yaqinlashtirish masalalari bo‘yicha ekspertlar maslahatlashuvlarini o‘tkazishni taklif etamiz.
Agar hamkasblarimiz qo‘llab-quvvatlashsa, biz Tashkilot doirasida joriy etilgan «Chegara bilmaydigan ish» integratsiyalashgan platformasiga ham qo‘shilamiz», – dedi O‘zbekiston yetakchisi.
Shavkat Mirziyoyev so‘zini yakunlar ekan, mamlakat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi doirasida amaliy hamkorlikni kengaytirishga sodiq ekanligini yana bir bor tasdiqladi.
Shu bilan birga, O‘zbekistonning yuqorida ta’kidlab o‘tilgan ko‘ptomonlama dastur va loyihalarda ishtirok etishi iqtisodiy sheriklikni mustahkamlashga xizmat qilishini va bugungi sharoitda mamlakatlarning barqaror rivojlanishiga imkon berishini ta’kidlab o‘tdi.
Siyosat
Prezident 13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chora ko‘rishni topshirdi
Prezident 13 ta tuman hokimiga intizomiy jazo chora ko‘rishni topshirdi
Source link
Siyosat
Prezident eksport qilishda tadbirkorlarga yordam bermayotgan hokimlarni ogohlantirdi
Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev eksport ko‘rsatkichlari pasaygan hududlar faoliyatini keskin tanqid qildi.
Qayd etilishicha, so‘nggi olti oyda 908 ta tadbirkor 3 milliard 600 million dollarlik shartnomalar tuzgan. Biroq hamkor davlatlardagi vaziyat o‘zgargani sababli ular hali eksportni boshlay olmagan.
Shu bilan birga, ayrim hokimlar tadbirkorlarga amaliy yordam ko‘rsatish o‘rniga vaziyatni o‘z holicha qoldirgani ta’kidlandi. Bu esa eksport ko‘rsatkichlariga salbiy ta’sir ko‘rsatgan.
Birinchi chorak yakunlari bo‘yicha bir qator hududlarda eksport keskin kamaygan. Xususan, Norin, Kasbi, Sherobod, Yozyovon va Denov tumanlarida eksport hajmi ikki barobardan ziyodga qisqargan.
Shuningdek, Shahrisabz, Uchquduq, Parkent, Toshkent tumani, Jizzax, Navoiy, Namangan, Angren, Bekobod va Nurafshon shaharlarida eksport rejalari 70 foizga ham yetmagan.
Prezident mazkur hududlar rahbarlarini ogohlantirib, birinchi yarim yillikda o‘sish ta’minlanmasa, qat’iy xulosa qilinishi bildirildi.
Davlat rahbari hozirgi sharoitda eksportchilarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash muhimligini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar yangi bozor topish, aylanma mablag‘, sertifikatlash va logistika kabi muammolarni mustaqil hal qila olmayapti.
Shu bois, ushbu yo‘nalishda yagona va samarali tizim yaratish zarurligi qayd etildi. Mas’ullarga eksportni rivojlantirish bo‘yicha natijaga yo‘naltirilgan kompleks yondashuv ishlab chiqish va tegishli takliflar kiritish topshirildi.
Siyosat
O‘zbekiston Gvineya-Bisau bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatdi
Siyosat | 17:53
214
1 daqiqa o’qish
22 aprel kuni O‘zbekistonning BMTdagi doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov va Gvineya-Bisau doimiy vakili Samba Sane qo‘shma bayonotni imzoladi.
Foto: TIV
Tomonlar xalqaro tashkilotlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti va uning ixtisoslashgan muassasalari doirasidagi hamkorlikni kengaytirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.
Tomonlar ikki tomonlama hamkorlikning o‘zaro manfaatli yo‘nalishlarini aniqlash bo‘yicha sa’y-harakatlarni faollashtirishga kelishib oldilar.
Gvineya-Bisau O‘zbekiston bilan diplomatik munosabatlar o‘rnatgan 168-davlat bo‘ldi.
Siyosat
Prezident 13 ta hokimga intizomiy jazo ko‘rishni topshirdi
Kartoshkaga bo‘lgan talabni qoplash uchun bu yilga reja qilingan 180 ming gektardan 118 ming gektariga urug‘lik ekildi.
Lekin Qashqadaryoda bor-yo‘g‘i 41 foiz, Surxondaryoda 44 foiz maydonda kartoshka ekilgan. Mart oyining o‘zida kartoshka Surxondaryoda 12,4 foizga, Qashqadaryoda 9 foizga qimmatlashgani ko‘rsatib o‘tildi.
Kartoshkachilikka ixtisoslashgan Xo‘jaobod, Andijon, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Yangiqo‘rg‘on, Toshloq, Farg‘ona tumanlarida ham ishlar qoniqarsiz deb baholandi.
Sustkashlikka yo‘l qo‘ygan viloyat hokimlarining qishloq xo‘jaligi bo‘yicha o‘rinbosarlari va tuman hokimlarining mas’uliyati hamda javobgarligini oshirish topshirildi.
«Takror aytaman: mablag‘ bor, resurs bor. Go‘sht va kartoshkadan hech qanday masala bo‘lmasligi kerak», – dedi Prezidentimiz.
Yig‘ilishda sanoat va eksport masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Qamashi, Qarshi, Mirishkor, Arnasoy, Sharof Rashidov, Yangiobod, Navbahor, Kosonsoy, Qumqo‘rg‘on, Furqat, Shovot, Shayxontohur, Sergeli tumanlari sanoat rejasiga chiqa olmagani tanqid qilindi.
Ushbu 13 ta tuman hokimiga rejaga qancha yetmaganiga qarab, intizomiy jazo chorasini ko‘rish topshirildi.
Ichki bozorda mis taklifi ko‘paytirilgan bo‘lsa-da, qayta ishlash oyiga 6 ming tonnadan oshmayotgani ko‘rsatib o‘tildi. Oqibatda birinchi chorakda elektrotexnika sohasida sanoat o‘sishi prognozdagi 11,2 foiz o‘rniga 7,8 foizga, eksport rejasi bor-yo‘g‘i 57 foizga bajarildi.
Elektrotexnika eksporti uchun 100 million dollar resurs berib, aylanma mablag‘ga garovsiz kredit ajratish imkoniyati yaratildi. Lekin birorta bank ushbu shartlarda kredit ajratmaganiga e’tiroz bildirildi.
Mutasaddilarga ishlab chiqarishi, eksporti kamaygan har bir korxonaga borib, eksportini moliyalashtirish, investitsiya loyihasi bo‘yicha qanday masalasi bo‘lsa, joyida hal qilish topshirildi.
Umuman, ikkinchi chorak yakuni bilan sohada ishlab chiqarishni 25 trillion so‘mga, eksportni 1 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi.
O‘tgan yili yashirin iqtisodiyot bo‘yicha alohida farmon imzolanib, bu masalaga qattiq kirishildi.
Lekin birinchi chorakda kuzatilmaydigan iqtisodiyot Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, Surxondaryo, Xorazmda 40 foizdan, Andijon, Farg‘ona, Buxoroda 30 foizdan yuqori bo‘ldi.
Buxoro viloyatidagi holat tahlil qilinganda, o‘tgan yili faoliyatini go‘yoki to‘xtatgan 900 dan ziyod korxona yanvar-fevral oylarida 1 million 300 ming kilovatt-soat elektr, 480 ming kub metr gaz ishlatgani aniqlandi. Shuningdek, 12,5 mingta transport vositasida yuklar norasmiy tashilgani oqibatida 40 milliard so‘m soliq tushumi boy berilgan. Birinchi chorakning o‘zida uy-joy narxini kamaytirib ko‘rsatish oqibatida 1 trillion 800 milliard so‘mlik pul aylanmasi yashirilgan.
Viloyat prokurorlari, ichki ishlar va soliq boshqarmalariga xufiyona iqtisodiyot bilan kurashishda ishni qanday tashkil qilish bo‘yicha aniq metodologiya qilib berildi. Endi barcha hududlarda ishni shu tartibda tumanbay tashkil qilish topshirildi.
Siyosat
Prezident Mirziyoyev hokimlarni birinchi chorakda kutilganidan past ko‘rsatkichlar uchun tanbeh berdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev hududiy va sohaviy ishlarda jiddiy kamchiliklar mavjudligini aytib, bir necha tuman hokimlarini rasman ko‘rib chiqishga chaqirib, yana 13 nafarini intizomiy javobgarlikka tortishni buyurdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Direktiv birinchi chorak (1-chorak) natijalarini baholash va qolgan yil uchun ustuvor vazifalarni belgilash uchun o’tkazilgan videokonferentsiya davomida e’lon qilindi. Prezident koʻp hollarda mahalliy hokimliklar tadbirkorlar muammolarini hal eta olmay, mahalliy ahamiyatga molik masalalarning davlat darajasiga koʻtarilishiga yoʻl qoʻyayotganini taʼkidladi.
Nuraxshon (Toshkent viloyati), G‘uzor (Qashqadaryo), Narpay (Samarqand), Urganch (Xorazm) kabi bir qancha tumanlar rahbarlari qattiq nazorat ostiga olindi. Prezident Mirziyoyev o‘z vazifasini samarali bajara olmagan mansabdor shaxslarni zudlik bilan qayta ko‘rib chiqish, kerak bo‘lsa, almashtirish zarurligini aytdi.
Byurokratik muvaffaqiyatsizlikning aniq misollari ta’kidlandi.
Nuraxshonda ikki yildan buyon tadbirkorga mahalliy qog‘ozbozlik sabab qurilish ishlarini boshlashga to‘sqinlik qilinmoqda. G‘uzor, Narpay, Urganch, Yangiyur va Chinozda tadbirkorlik muhitini yaxshilashga davlat tomonidan ajratilgan mablag‘lar ajratilganiga qaramay, infratuzilma loyihalari to‘xtab qolmoqda.
Bundan tashqari, Qamasi, Qarshi, Milishkor, Alnasoy va Sharov Rashidov tumanlari hokimlari ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini bajarmaganliklari uchun intizomiy javobgarlikka tortilmoqda. Jazolar har bir tumanning kamchilik darajasiga qarab belgilanadi.
Yig‘ilishda sanoat va eksport ko‘rsatkichlari ham muhokama qilindi. Mahalliy mis yetkazib berish ortib borayotganiga qaramay, qayta ishlash oyiga 6000 tonnadan kam bo’lib qolmoqda. Natijada elektrotexnika tarmog‘ining o‘sish sur’ati atigi 7,8 foizni tashkil etib, prognoz qilingan 11,2 foizga kamaygan, eksport ko‘rsatkichi esa atigi 57 foizga bajarilgan.
Bahsning alohida nuqtasi elektrotexnika eksportini qo‘llab-quvvatlash uchun ajratilgan 100 million dollar edi. Ta’minlanmagan aylanma mablag’lar kreditlari uchun mablag’lar mavjudligiga qaramasdan, banklar ushbu sxema bo’yicha kreditlarni haligacha bermagan.
Nihoyat, Prezident mutasaddilarga moliyaviy muammolar va investitsiya masalalarini joyida hal qilish uchun muammoga duch kelgan kompaniyalar bilan bevosita hamkorlik qilishni buyurdi. Hukumat ikkinchi chorak yakuniga qadar sanoat ishlab chiqarishini 25 trillion uzranga, eksport hajmini esa 1 milliard dollarga yetkazish vazifasini qo‘ygan.
-
Jamiyat5 days ago
Самарқандда МЧЖ раҳбарларининг кирдикорлари ошкор бўлди: тафсилотлар
-
Dunyodan4 days agoEron Hurmuz boʻgʻozini bloklagani sababli muzokaralarni rad etmoqda
-
Siyosat3 days agoSaida Mirziyoyeva xalqaro forumda Prezident murojaatini o‘qib eshittirdi
-
Siyosat4 days ago“Oʻzbekneftgaz” va Xitoyning CNPC hamkori uglevodorodlarning oʻta chuqur zahiralarini oʻrganish boʻyicha
-
Siyosat4 days agoSamarqandda narkotiklarning transmilliy tahdidlariga qarshi kurash bo‘yicha xalqaro forum bo‘lib o‘tmoqda
-
Siyosat3 days agoHukumat mehnat muhojirlariga til oʻrgatish va malaka olish xarajatlari uchun kompensatsiya toʻlashi kerak
-
Siyosat3 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev JSST bosh direktorini qabul qildi
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp Eron rahbariyati bilan uchrashishga tayyorligini ma’lum qildi
