Connect with us

Jamiyat

“O‘rnimda boshqa odam bo‘lganda ham shu ishni qilardi”

Published

on


Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida yo‘l chetiga to‘xtagan Nexia haydovchisi Ahliddin Jumaboyev mashinasini o‘chirmay do‘konga kiradi. Old o‘rindiqda qoldirilgan 5 yashar o‘g‘il oyna ko‘targich tugmasini bexos bosib yuboradi. Natijada bolaning boshi qisilib qoladi. Do‘konga to‘xtagan YPX inspektori Azim Xalifayev voqea ustidan chiqib mashina oynasini sindirib bolani qutqarib qolgan. Kun.uz muxbiri voqea tafsilotini o‘rgandi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Bolakayning otasi Ahliddin Jumaboyev bo‘lgan voqeani so‘zlab berdi. Uning aytishicha, haydovchi o‘sha kuni 5 yashar o‘g‘li Asliddin Otaqo‘ziyev bilan dalaga ketayotgan bo‘lgan.

O‘g‘limni qaytib berdi…

 “24 iyun kuni soat 18:00 lar chamasi edi. O‘g‘lim bilan birga mashinada dalaga ketayotgan edik. Suv olay deb do‘konga to‘xtadim. Mashina yoniq holatda edi. Do‘konga kirganimda tugmani bexos bosvorganidan o‘g‘limning boshi oynaga qisilib qolgan ekan. Ichkarida e’tiborsiz qolibman. Rahmat YPX xodimiga, orqamizdan kelib to‘xtagan ekan. Oynani sindirib, o‘g‘ilchani qutqarib qoldi.


Ahliddin Jumaboyev o‘g‘li Asliddin Otaqo‘ziyev bilan

Hozirda o‘g‘limning holati yaxshi biroz ruhiyatiga ta’sir qilganini hisobga olmaganda. Uydagilar, ota-onalar bugun xabar topishdi. Ular ham shok holatida hozir.

Xodim oynani sindirganda qo‘llariga ham shikast yetgan. O‘g‘limning hayotini saqlab qolgan YPX xodimiga rahmat aytaman.

Ota-onalardan iltimos qilib qolamanki, avvalo bolalar oldi o‘rindiqda o‘tirishmasin. Farzandlariga e’tiborli bo‘lishsin. Endi farzandimni nazoratsiz qoldirmayman. Bo‘lgan voqea ibrat bo‘ldi. Hayotimda birinchi marta bu holatga duch kelyapman, katta maktab bo‘ldi”, deydi bolakayning otasi Ahliddin Jumaboyev.

Ko‘zimga hech narsa ko‘rinmadi…

“24 iyun kuni A-373 yo‘lida xizmatda edim. Xizmat davomida chamasi soat 18:00 larda ob-havo issiqligi sababli do‘konga suv olgani to‘xtagandim.


Azimjon Xalifayev, YPX inspektori

Ne ko‘z bilan ko‘rayki, yosh bola mashina oynasiga qisilib qolgan ekan. Bolakay tipirchilayotgandi. Uni ko‘rib, o‘zimning bolam ko‘z oldimdan o‘tdi. Yelkamdagi ratsiyaning orqasi bilan bir-ikki marta urib oynani ochishga harakat qildim, ochib bo‘lmadi. Keyin jon holatda bir-ikki tortdim, oyna sinib ketdi. Bola o‘ziga keldi, keyin dadasi yugurib chiqdi. Bolani ko‘tarib, shisha parchalari oyog‘iga botmasin deb, chekkaga oldik, suv berib, o‘ziga keltirdik.

Mening o‘rnimda har qanday fuqaro bo‘lganda ham, bolaga yordam qilgan bo‘lardi. Haydovchilarga aytadigan gapim, yosh bolani transport vositasida yolg‘iz qoldirishmasin. Maxsus o‘rindiqlarsiz aslo transport vositasining oldi o‘rindig‘iga o‘tkazmaslik va transport vositasini qarovsiz qoldirmaslikni iltimos qilaman.

O‘sha paytda oynani tortganimda oyna parchalari qo‘llarimga kirgan ekan. Qonadi, ozroq jarohat bor. Lekin u payt ko‘zimga hech narsa ko‘rinmadi. Bir bolaning hayotini saqlab qolganim uchun xursand bo‘ldim. Jarohatlar esa hech narsa emas. Avvalambor xalqqa, vatanga qasamyod qilganmiz. Qasamyodimizga sodiq bo‘lib, qo‘limizdan kelgancha xizmat qilamiz”, deydi YPX inspektori Azimjon Xalifayev.

Xodimning otasiga ming rahmat…

“Yo‘l bo‘yida do‘konimiz bor. Savdoda turgan paytda bir xaridor kirdi. Keyin esa tashqaridan to‘satdan bola baqirdi. YPX xodimi kelib derazani sindirdi va bolachani qutqarib oldi.


Munojat Omonova, do‘kon egasi

Xodimning qo‘llariga shisha siniq parchalari kirgan edi, keyin uni men davolatishga olib ketdim-da. Bolaning holati yomon edi. O‘ta qo‘rqib ketgandi u. Rangi oqarib ketgan. Nafasi chiqmay qolgandi. Unga darhol suv berdik, ichirdik, o‘tkazdirib, o‘zining holatiga keltirdik. Holat shu darajada tez sodir bo‘ldiki, hayratda qoldim. YPX xodimiga qoyil qoldim. Barakalla! Otasiga ming rahmat xodimning”, deydi do‘kon egasi Munojat Omonova.

Sarvar Ziyoyev,

Kun.uz

Operator va montajchi – Sardor Mamirov.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi

Published

on


Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan taksi haydovchilarini aldash bilan shug‘ullangan firibgarlar fosh etildi. Ular o‘zlarini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatib, turli bahonalar orqali haydovchilardan pul va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar maxsus mobil ilovalar orqali taksi buyurtma qilgan. Manzilga yetib kelgan haydovchilardan esa “naqd pul yo‘qligi”ni bahona qilib, mablag‘ni karta orqali o‘tkazishni so‘ragan. Shu orqali ular haydovchilarning bank kartasi ma’lumotlari hamda SMS orqali keladigan tasdiq kodlarini qo‘lga kiritgan.

Operativ tadbirlar davomida mazkur jinoyatlarga aloqador bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi 22 yoshli shaxs aniqlanib, u qilgan jinoyatlarini tan olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur kompaniyalar nomidan tarqatilayotgan soxta aksiyalar ham aniqlangani xabar qilingan edi. Bunday holatlarda fuqarolarga kvartira, vaucher yoki bepul internet trafigi va’da qilinib, aslida ularning shaxsiy va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish maqsad qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi

Published

on


Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashina chegarada ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning yukxonasidagi kartoshkalar orasidan kartoshka ko‘rinishida yasalgan 72 kg gashish topilgan. Ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Surxondaryoda Afg‘onistondan Rossiyaga olib ketilayotgan katta miqdordagi narkotik modda fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz tumanida yashovchi 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasi Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Jarayonda mashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti sinchkovlik bilan tekshirilganda ularning orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat 72 kg 300 gr gashish yashirilganligi aniqlangan. Narkotik modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta miqdordagi ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda aniqlangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi

Published

on


Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026 yil 24 martdan 31 martga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burhonov ko‘chalarida yerosti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan mazkur hududda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Xususan, Mingbuloq ko‘chasining Hamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish imkoniyati saqlab qolinadi.

Bundan tashqari, Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burhonov ko‘chasiga harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi.

Mas’ullar haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishni so‘ramoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shahrisabz tumanida qor ko‘chkisi kuzatildi

Published

on


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hududida joylashgan Hisor tog‘ tizmasida yirik qor ko‘chkisi qayd etildi. Hodisa 2026 yil 23 mart kuni taxminan soat 16:25 larda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, qor ko‘chkisi dengiz sathidan 3000 metr balandlikda boshlanib, umumiy hajmi taxminan 700 ming kub metrni tashkil etgan. Ko‘chki aholi yashash hududidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

Hodisa oqibatida hech qanday qurbonlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Shuningdek, infratuzilma va aholi turar joylariga zarar yetmagan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahor mavsumida tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qoladi. Shu munosabat bilan fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi

Published

on


Kuni kecha Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oradan bir kun o‘tib esa shu hududda «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi. Har ikki holatda ham qutqaruvchilar haydovchilarga tezkor yordam ko‘rsatdi.

Ma’lum qilinishicha, kuni kecha taxminan soat 11:30 lar atrofida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yon tomonga ag‘darilib ketgan. Hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan. Biroq avtomashinaga ortilgan yuklar yo‘lning qatnov qismiga sochilib ketgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, haydovchiga yordam ko‘rsatgan va yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etgan.

Bundan bir kun avval esa taxminan shu hududning o‘zida «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib, xandaqqa tushib ketgan. Ushbu holatda ham qutqaruv bo‘linmalari xodimlari tomonidan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.