Connect with us

Jamiyat

OTM bitiruvchilaridan «diplom himoyasi»gi kirishda bandligini ko‘rsatishga oid talab yo‘q – vazirlik

Published

on


Ijtimoiy tarmoqlarda davlat oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilaridan diplom himoyasidan oldin turli hujjatlar — jumladan, o‘zini o‘zi band qilgani to‘g‘risida ma’lumot, rasmiy ish joyidan ma’lumotnoma yoki uch tomonlama shartnoma talab qilinayotgani haqidagi murojaatlar tarqaldi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur holat yuzasidan munosabatini e’lon qildi.

Qayd etilishicha, amaldagi tartibda bitiruvchilardan bitiruv malakaviy ishiga kiritish yoki diplom berish jarayonida ish bilan bandligiga oid har qanday qo‘shimcha hujjatlarni  talab qilish belgilanmagan. Bitiruv malakaviy ishi himoyasiga qo‘yish faqatgina o‘quv jarayoni bilan bog‘liq talablar asosida amalga oshiriladi.

Shu bilan birga, bitiruvchilar bandligini tahlil qilish va ularning mehnat bozoriga chiqish jarayonini kuzatib borish maqsadida Soliq qo‘mitasi, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Adliya vazirligi hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligining axborot tizimlari o‘zaro integratsiya qilingan holda monitoring ishlari amalga oshirilmoqda. Mazkur jarayonlar raqamli platformalar orqali avtomatik tarzda olib boriladi va talabalardan qo‘shimcha tasdiqlovchi hujjatlarni majburiy tarzda talab qilishni nazarda tutmaydi.

«Vazirlik tomonidan barcha oliy ta’lim tashkilotlariga bitiruvchilar bilan ishlashda qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, ularga nisbatan ortiqcha byurokratik talablar qo‘ymaslik hamda har qanday ma’lumotlarni yig‘ishda ixtiyoriylik tamoyiliga amal qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berilgan», – deyiladi rasmiy munosabatda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Meningit bilan bog‘liq vaziyat barqaror, ammo ehtiyot choralari muhim – Sanepidqo‘mita

Published

on


So‘nggi kunlarda aholi orasida meningokokk infeksiyasi (meningit) bilan bog‘liq holatlar yuzasidan murojaatlar ko‘paygani kuzatilmoqda. Shu munosabat bilan Sanitariya-epidemiologik qo‘mita vaziyat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Qayd etilishicha, meningokokk infeksiyasi dunyoning ko‘plab mamlakatlarida bo‘lgani kabi O‘zbekistonda ham mavsumiy xususiyatga ega. Kasallanish holatlari, odatda, kuz va bahor oylarida, ayniqsa fevral-mart davrida ko‘proq qayd etiladi.

Sanepidqo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, epidemiologik vaziyat ustidan doimiy nazorat o‘rnatilgan. Barqarorlikni ta’minlash maqsadida profilaktik va sanitariya tadbirlari keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda. Jumladan, bemorlar bilan muloqotda bo‘lgan shaxslar to‘liq emlash bilan qamrab olingan bo‘lib, ular orasida kasallanish holatlari qayd etilmagan. Tibbiy qarshi ko‘rsatmasi bo‘lgan shaxslar esa shifokorlar nazoratida kimyoviy profilaktika tadbirlari bilan ta’minlanmoqda.

Mutaxassislar kasallikning asosiy belgilariga e’tibor qaratish muhimligini ta’kidlamoqda. Ular orasida yuqori harorat, kuchli bosh og‘rig‘i, bo‘yin qotishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish, yorug‘likka sezgirlik, xolsizlik va ayrim hollarda tanada toshma paydo bo‘lishi bor. Bolalarda esa tinmay yig‘lash, ovqat yemaclik, ortiqcha uyquchanlik yoki bezovtalik kuzatilishi mumkin.

Shu kabi alomatlar kuzatilgan taqdirda, fuqarolarga oilaviy shifokorlik punktlari, poliklinikalar yoki yuqumli kasalliklar shifoxonalariga zudlik bilan murojaat qilish tavsiya etiladi.

Kasallikning oldini olish uchun shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya qilish, jamoat joylarida ehtiyot choralarini ko‘rish, ixtiyoriy emlanishdan o‘tish muhim. Shuningdek, haj va umra safariga chiqishdan oldin emlanish va safardan qaytgach ommaviy tadbirlarda ishtirokni vaqtincha cheklash tavsiya etiladi.

Ayni paytda respublika bo‘ylab barcha hududlarda vaksinatsiya markazlari faoliyat yuritmoqda va aholini meningokokk infeksiyasiga qarshi emlash uchun yetarli zaxiralar yaratilgan (ixtiyoriy emlash punktlari bilan ushbu havola orqali tanishish mumkin)

Mutaxassislar aholini ortiqcha xavotirga tushmaslikka, vaziyat barqarorligini inobatga olgan holda faqat ishonchli va rasmiy manbalarga tayanishga chaqirmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Eldor Adilov Sog‘liqni saqlash vaziri etib tayinlandi

Published

on


O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Eldor Erkinovich Adilov O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri lavozimiga tayinlandi.

Shu munosabat bilan u Prezident Administratsiyasi Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti sho‘ba mudiri lavozimidan ozod etildi. 

Bundan ilgariroq Eldor Adilov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi.

O‘zbekiston Prezidentining farmoni bilan Asilbek Anvarovich Xudayarov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan Sog‘liqni saqlash vaziri lavozimidan ozod etildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Toshkentda Equinox sodir etgan YTHda 15 ta avtomobil shikastlandi

Published

on


Bugun, 5 may kuni Mirzo Ulug‘bek tumani Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Equinox rusumli transport vositasining haydovchisi — 1953-yilda tug‘ilgan R.K. sog‘lig‘i yomonlashib qolganligi sababli boshqaruvni yo‘qotgan.

Oqibatda svetoforning qizil chirog‘ida to‘xtab turgan bir nechta avtomobilga urilib, to‘qnashuv sodir etgan. 

Hodisa oqibatida hech kim vafot etmagan. 15 ta transport vositalari texnik shikastlangan. 

Yo‘l-transport hodisasi natijasida Equinox avtomashina haydovchisi «Tos suyagi va chap yelka sinishi, bosh miya yopiq jarohati» alomatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan, deyiladi poytaxt IIBB xabarida. 

Shuningdek, boshqa transport vositalarining haydovchilari: 1968-yilda tug‘ilgan S.Y., 1971-yilda tug‘ilgan M.A., 1985-yilda tug‘ilgan S.Y.lar yengil tan jarohati olganligi sababli ularga shifokorlar tomonidan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Avstriya noqonuniy migrantlarni O‘zbekiston orqali deportatsiya qilmoqchi

Published

on


Avstriya va O‘zbekiston 7-may kuni deportatsiya tartiblarini soddalashtirish bo‘yicha shartnomani imzolaydilar, deb xabar berdi The European Conservative. 

Kelishuv ikki mamlakat o‘rtasida noqonuniy migratsiya, migrantlarni kontrabanda qilish va odam savdosiga qarshi kurashda hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan. Shuningdek, deportatsiya qilinganlarni o‘z mamlakatlariga deportatsiya qilish va tranzit qilish bo‘yicha qo‘shma sa’y-harakatlarni ham ko‘zda tutadi. 

«O‘zbekiston bilan mobillik shartnomasi orqali biz keyingi qadamni qo‘ymoqdamiz va qat’iy va adolatli boshpana siyosatining bir qismi sifatida deportatsiyalarni izchil amalga oshirish uchun sharoit yaratmoqdamiz», dedi Avstriya vaziri Gerxard Karner. 

The European Conservative nashrining xabar berishicha, kelishuv Vena shahriga afg‘onistonliklarni O‘zbekiston orqali o‘z vatanlariga qaytarish imkonini beradi. O‘tgan yili Avstriya Bashar Asad hukumati ag‘darilgandan so‘ng bir nechta afg‘on fuqarolarini, shuningdek, suriyaliklarni deportatsiya qildi. 

Toshkent va Vena shuningdek, chegara xavfsizligi va qalbaki hujjatlarga qarshi kurashda hamkorlikni kuchaytirishni rejalashtirmoqda. 

Yevropa Ittifoqi inson huquqlari faollari va BMT Qochqinlar agentligining ogohlantirishlariga qaramay, noqonuniy migrantlarni o‘z vatanlariga deportatsiya qilish sonini ko‘paytirishni rejalashtirmoqda. 

Avvalroq, Avstriya hukumati mamlakatdagi noqonuniy migrantlar sonini kamaytirish bo‘yicha bir qator choralarni ma’qullagan edi. Qabul qilingan tashabbuslar orasida oilalarni birlashtirishni to‘xtatib turish va chegara xavfsizligi mexanizmini ishlab chiqish bor edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

“Eng avvalo kuyov aybdor”: Sirdaryodagi mudhish qotillik haqida

Published

on


Sirdaryoning Shirin shaharchasida 29 yoshli ayol va uning 5 yashar qizi erkakning norasmiy xotini tomonidan pichoqlanish oqibatida vafot etdi. Marhumaning yaqinlari ayolning uzoq yillar davomida oilada ruhiy va jismoniy bosimga uchraganini bildirib, erkakka ham jazo talab qilishmoqda.

Marhuma Bekoboddan Sirdaryoga turmushga chiqqan va to‘rt farzandi bo‘lgan. Uning yaqinlariga ko‘ra, ayol turmush o‘rtog‘i bilan 9 yil birga yashagan davrida oilasi notinch bo‘lganini, qaynona va turmush o‘rtog‘i tomonidan muntazam xo‘rlanganini aytgan.

Singlimni xo‘rlashgan…

Malika Jumaboyeva, marhumaning opasi:

 “Oxirgi paytlar qattiq yig‘lardi, “yaxshi bo‘larmikan, chidolmayapman” derdi. U ayol bemalol uyiga borib yurgan, qarindoshlari buni bilgan, uni hurmat qilishgan – singlimni esa xo‘rlashgan. Shuncha farzandlarni tug‘ib katta qilsayam hurmat topmadi u. Qaynonasi namoz o‘qib o‘tirgandim deyapti, uch kishini pichoqlaguncha qanday bilmasligi mumkin? Uyida katta ovsinining bolasiyam bo‘lgan.

O‘sha kuni o‘sha qiz bilan ular kafeda o‘tirib ichishgan ekan, janjal bo‘lgan. O‘zi oldindan tahdid bo‘lgan singlimga “oilangni qachondir yo‘q qilaman” degan. Buni bizga aytmadi, keyin eshitdik”.

Pichoqlangan qizaloqlarning kattasi 5, kichigi 3 yoshda bo‘lgan. Ona va 5 yashar qiz voqea joyida vafot etgan. 3 yoshli qizaloq ayni paytda shifoxonaning jonlantirish bo‘limida.

Kuyovni otalik huquqidan mahrum qilish kerak

Mavluda Abdunazarova, marhumaning ammasi:

“Eng avvalo kuyovda ayb. Nima uchun u tashqarida yuribdi? Nima uchun unga jazo qo‘llanmayapti? Bolalarning qotili, eng avvalo shu o‘ldirgan ayol bo‘ladigan bo‘lsa, kuyov o‘shaning ishonchiga kirgan, va’dalarni berganki shu ayol shu darajagacha borgan? Darvozadanmas, orqa tarafdan kirib jiyanim uy ishlarini qilib o‘tirgan joyida uni urgan. Qizchalari dod solganda ularni majag‘lab tashlagan, ichaklarini chiqarib. Chaqaloq uyda uxlab yotgan, qaynonasi uyda namoz o‘qiyotgan edim dedi. Nahotki shu baqir-chaqirlarni eshitmagan? Hammasi bilar ekan, bordi-keldi qilar ekan.

Jiyanimni bu yerga olib kelib tashlab, hammasi bilan apoq-chapoq bo‘lib yurishgan. Shunaqa ekan, Maftunani javobini berib, o‘shanga uylantirib qo‘ymaydimi? 20 kunlik chaqaloq qoldi, shifoxonada 3 yashar bolaning ichagini 3 soat yuvib joyiga joylashtiribdi vrachlar. Agar bunga odilona chora ko‘rilmasa, bunaqalar ko‘payadi. Kuyovni otalik huquqidan mahrum qilish kerak. O‘z oilasini, xotinini, o‘z bolalarini o‘ldirgan otaning haqqi yo‘q bolalarga ota bo‘lishga”.

Ichim tugab bo‘ldi mening…

G‘ofur Jumaboyev, marhumaning otasi:

 “Qizimning dardi ichida ketdi. Oxirgi paytlar kelardi, dadamga aytmanglar der ekan. Kuyov kelib tashlab ketardi, ketishi cho‘zilib ketardi, hayron bo‘lib “uying tinchmi?” desam, o‘ziyam xijolat bo‘lardi. Men rangidan bilardim. Ota-onam o‘ylanmasin deb, qo‘ni-qo‘shni gapirmasin deb boshqacha o‘tirardi erini kutib. Dardini o‘qib turardim qizimni. Ichim tugab bo‘ldi mening.

Bir-ikki marta kuyovni alohida chaqirib o‘tirg‘izib aytganman, qiliqlarini bilardim. Lekin unga gapirsangiz sizni eshitmasdan, xayoli boshqa joyda o‘tirardi. Sababini bilmayman, biror narsa iste’mol qiladimi deb o‘ylardim”.

Oliy sud axborot xizmati holat yuzasidan qotillikda gumonlanayotgan ayol Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan qamoqqa olinganini ma’lum qildi. Ayni paytda ayol tergov hibsxonasida saqlanmoqda. 



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.