Iqtisodiyot
Mart oyida qaysi hududlarda iste’molchilar eng ko‘p keshbek olgan?
2026-yil mart oyida O‘zbekistonda iste’molchilarga 216,8 mln chek uchun 168 mlrd so‘mdan ortiq keshbek to‘langan. Bu Soliq qo‘mitasi ma’lumotlarida qayd etilgan.
Umuman olganda, 2026-yilning yanvar–mart oylarida 611,7 mln chek rasmiylashtirilib, ular bo‘yicha 447,3 mlrd so‘m keshbek qaytarilgan. Mart oyining o‘zida esa 6,1 mln nafardan ortiq foydalanuvchi ushbu tizimdan foydalangan.
Qayd etilishicha, mart oyida eng katta keshbek Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri keldi — 49,7 mlrd so‘m. Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona (22,9 mlrd so‘m), Andijon (20,2 mlrd so‘m) va Toshkent viloyati (17,1 mlrd so‘m) qayd etildi.
Shuningdek, Samarqand viloyatida 9,3 mlrd so‘m keshbek qaytarilgan. Qoraqalpog‘istonda bu ko‘rsatkich 8,5 mlrd, Xorazmda 8,9 mlrd so‘mni tashkil etdi.
Navoiyda 3,5 mlrd, Jizzaxda 2,4 mlrd, Sirdaryoda 2,2 mlrd so‘m keshbek to‘langan. Qashqadaryoda 6,0 mlrd, Buxoroda 5,5 mlrd, Surxondaryoda 4,3 mlrd so‘m qaytarilgan. Namanganda 6,9 mlrd so‘mlik keshbek qayd etilgan.
Iqtisodiyot
To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi tashkil etiladi
«To‘lovga qobiliyatsizlik institutini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Adliya vazirligi huzurida To‘lovga qobiliyatsizlik ishlari agentligi (Agentlik) hamda uning hududiy bo‘limlari tashkil etiladi.
Agentlik to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida yagona davlat siyosatini yuritishga mas’ul bo‘lgan maxsus vakolatli davlat organi etib belgilandi.
Agentlikning to‘lovga qobiliyatsizlik sohasidagi asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
– to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat siyosatini amalga oshirish, shu jumladan, ushbu sohani nazorat qilish va tartibga solish;
– to‘lovga qobiliyatsizlik sohasida davlat organlari va tashkilotlari faoliyatini muvofiqlashtirish;
– to‘lovga qobiliyatsizlik jarayonlarini to‘liq raqamlashtirish, ortiqcha byurokratik tartib-taomillarni soddalashtirish.
O‘zbekiston sud boshqaruvchilari assotsiatsiyasi negizida barcha sud boshqaruvchilari a’zoligiga asoslangan O‘zbekiston Sud boshqaruvchilari palatasi tashkil etiladi.
Palata o‘zining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida tuziladigan hududiy tuzilmalari bilan birgalikda sud boshqaruvchilarini birlashtiruvchi yagona o‘zini o‘zi boshqarish tizimini tashkil etadi.
Iqtisodiyot
68 ta qonunchilik hujjati JST va xalqaro me’yorlariga uyg‘unlashtirildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lishi borasida 2025-yilda amalga oshirilgan ishlar va ushbu jarayonni jadallashtirish bo‘yicha 2026-yildagi vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
O‘tgan yilda O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lish jarayoni doirasida ko‘p va ikki tomonlama muzokaralarda salmoqli natijalarga erishildi.
Xususan, O‘zbekistonning JSTga a’zo bo‘lishi bo‘yicha ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi o‘tkazildi. Ularda 200 dan ortiq savollarga javoblar, 30 dan ziyod tashqi savdoga oid hujjatlar JST a’zolariga taqdim etildi.
Shu bilan birga, ikki tomonlama muzokaralar doirasida 40 dan ortiq muzokaralar raundi olib borildi. 2025-yilning o‘zida 11 ta davlat bilan muzokaralar yakunlanib, bunday davlatlarning umumiy soni 33 taga yetdi.
JST a’zolari tomonidan O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq jadal islohotlar amalga oshirilayotgani ijobiy e’tirof etilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda 68 ta qonunchilik hujjati JST va xalqaro me’yorlariga uyg‘unlashtirildi.
Jumladan, JST qoidalariga uyg‘unlashtirish doirasida intellektual mulkni ro‘yxatga olish jarayonlari soddalashtirilib, ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi, eksport cheklovlari bekor qilindi va shaffof mexanizmga ega eksport bojlari joriy etildi, ayrim mahsulotlar uchun minimal eksport narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilingani ta’kidlandi.
Shuningdek, savdodagi texnik to‘siqlarni qisqartirish, sanitariya va fitosanitariya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning byurokratik tartibi o‘rniga sertifikatlashtirish joriy etildi, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi ustidan nazorat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga o‘tkazildi va 14 ta oziq-ovqat texnik reglamenti bekor qilindi, 747 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha majburiy sertifikatlashtirish talablari tugatildi va ro‘yxat 27 foizga qisqartirildi.
Taqdimotda oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi va savdoni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi yangi qonunlarni qabul qilish, sanitariya, veterinariya va karantin sohasiga xavfni tahlil qilish, kuzatuvchanlik hamda ilmiy asoslanganlik tartibotlarini joriy etish holati ko‘rib chiqildi.
Davlatimiz rahbari joriy yilda O‘zbekistonning JSTga to‘laqonli a’zoligini rasmiylashtirish bo‘yicha kompleks ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilikni JST qoidalari va xalqaro savdo standartlariga to‘liq muvofiqlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish, JSTga a’zo bo‘lish bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni yakunlash hamda a’zolikni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilab olindi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston tashqi savdosi 1-chorakda 18 mlrd dollarga yetdi
2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekiston tashqi savdo aylanmasi 18 milliard AQSh dollariga yetdi. Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2,7 foizga oshgan.
Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, umumiy o‘sishga qaramay, tashqi savdo tarkibida jiddiy nomutanosiblik saqlanib qolmoqda. Xususan, eksport hajmi 5,8 milliard dollarga teng bo‘lib, 29,3 foizga kamaygan. Import esa aksincha, 12,2 milliard dollarga yetib, 30,8 foizga oshgan.
2026-yilning birinchi choragida O‘zbekiston 170 dan ortiq mamlakat bilan savdo aloqalarini amalga oshirdi. Tashqi savdoda asosiy ulush quyidagi davlatlarga to‘g‘ri keldi:
Xitoy — 25,6 foiz
Rossiya — 18,2 foiz
Qozog‘iston — 7,2 foiz
Turkiya — 3,6 foiz
Afg‘oniston — 2,8 foiz
Tashqi savdo aylanmasi hajmi bo‘yicha eng yirik hamkorlar ro‘yxatida Xitoy (4,6 mlrd dollar) va Rossiya (3,3 mlrd dollar) yetakchilik qilmoqda. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston, Turkiya va Afg‘oniston qayd etilgan.
Shuningdek, Fransiya, Koreya Respublikasi, BAA, Turkmaniston va Germaniya ham O‘zbekistonning muhim savdo sheriklari qatoriga kiradi.
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va funt-sterling sezilarli qimmatlab ketmoqda
Markaziy bank 2026-yil 7-maydan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,07 so‘mga oshib, 12 074,28 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 147,17 so‘mga oshdi va 14 218,67 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 452,41 so‘m bo‘ldi (+151,62).
Rossiya rubli 160,86 so‘m etib belgilandi (+1,24).
Iqtisodiyot
Prezident O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lish jarayonini jadallashtirishni buyurdi
Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga (JST) a’zo bo‘lishi borasida 2025 yilda amalga oshirilgan ishlar va ushbu jarayonni jadallashtirish bo‘yicha 2026 yildagi vazifalarga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
6 may kuni o‘tkazilgan yig‘ilishda qayd qilinishicha, o‘tgan yilda O‘zbekistonning JST a’zosi bo‘lish jarayoni doirasida ko‘p va ikki tomonlama muzokaralarda salmoqli natijalarga erishilgan. Xususan, ishchi guruhning ikkita yig‘ilishi o‘tkazildi. Ularda 200 dan ortiq savollarga javoblar, 30 dan ziyod tashqi savdoga oid hujjatlar JST a’zolariga taqdim etildi.
Shu bilan birga, ikki tomonlama muzokaralar doirasida 40 dan ortiq muzokaralar raundi olib borildi. 11 ta davlat bilan muzokara yakunlanib, bunday davlatlarning umumiy soni 33 taga yetdi.
JST a’zolari tomonidan O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish bilan bog‘liq jadal islohotlar amalga oshirilayotgani ijobiy e’tirof etilmoqda. Xususan, o‘tgan yilda 68 ta qonunchilik hujjati JST va xalqaro me’yorlariga uyg‘unlashtirildi.
Jumladan, JST qoidalariga uyg‘unlashtirish doirasida intellektual mulkni ro‘yxatga olish jarayonlari soddalashtirilib, ushbu sohadagi huquqbuzarliklar uchun javobgarlik choralari kuchaytirildi, eksport cheklovlari bekor qilindi va shaffof mexanizmga ega eksport bojlari joriy etildi, ayrim mahsulotlar uchun minimal eksport narxlarini belgilash amaliyoti bekor qilingani ta’kidlandi.
Shuningdek, savdodagi texnik to‘siqlarni qisqartirish, sanitariya va fitosanitariya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida xavf darajasi yuqori bo‘lgan mahsulotlarni majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazishning byurokratik tartibi o‘rniga sertifikatlashtirish joriy etildi, oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi ustidan nazorat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga o‘tkazildi va 14 ta oziq-ovqat texnik reglamenti bekor qilindi, 747 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha majburiy sertifikatlashtirish talablari tugatildi va ro‘yxat 27 foizga qisqartirildi.
Taqdimotda oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi va savdoni himoya qilish choralari to‘g‘risidagi yangi qonunlarni qabul qilish, sanitariya, veterinariya va karantin sohasiga xavfni tahlil qilish, kuzatuvchanlik hamda ilmiy asoslanganlik tartibotlarini joriy etish holati ko‘rib chiqildi.
Davlat rahbari joriy yilda O‘zbekistonning JST to‘laqonli a’zoligini rasmiylashtirish bo‘yicha kompleks ishlarni sifatli amalga oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi qonunchilikni JST qoidalari va xalqaro savdo standartlariga to‘liq muvofiqlashtirish ishlarini tizimli davom ettirish, JST a’zosi bo‘lish bo‘yicha ikki va ko‘p tomonlama muzokaralarni yakunlash hamda a’zolikni rasmiylashtirish bo‘yicha zarur chora-tadbirlar belgilandi.
-
Jamiyat5 days ago
O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi bilan tutashgan chegarasida «Tinchlik parki» tashkil etilishi mumkin
-
Dunyodan4 days ago
Sudya Terranovaning o’ldirilishi
-
Dunyodan3 days ago
Hormuz boʻgʻozida qolib ketgan xorijlik kema chiqarib yuboriladi
-
Iqtisodiyot5 days agoO‘zbekiston tashqi qarzi 2025 yilda 18 mlrd dollarga oshdi. Bu rekord ko‘rsatkich
-
Iqtisodiyot3 days ago
qaysi modellar ko‘p ishlab chiqarilmoqda?
-
Siyosat5 days agoO‘zbekistonda Ikkinchi jahon urushida o‘zbek askarlarini qutqargan britaniyalik er-xotin vafotidan so‘ng sharaflanadi
-
Sport5 days ago
Floyd Meyvezer Amerika pasportidan ayrilishi mumkin
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlar toʻxtatilishini eʼlon qildi…
