Connect with us

Jamiyat

“Xususiy kinostudiyalar tomonidan tayyorlanayotgan filmlarni biz nazorat qilmaymiz” – Kinematografiya agentligi

Published

on


Kinoning san’atdan sanoatga o‘tishi yaxshi tendensiya, lekin bu sifatning tushishi, ommaviy etikaning buzilishi hisobiga bo‘lmasligi kerak. Oxirgi yillarda mahalliy ijodkorlar tomonidan ishlanayotgan kino, film va novellalarning aksariyatida ssenariy sayoz, voqea hamda aktyorlar bir xil, ayrimlarida fahsh sahnalar mavjud, oila davrasida ko‘rib bo‘lmaydigan holatga kelib qolgan. Xo‘sh, kinobozor nega nazoratsiz? Jarayonning to‘g‘ri nazoratga solinishi uchun nima qilish kerak? Kun.uz muxbiri Kinematografiya agentligi matbuot kotibiga ayni shu kabi savollar bilan yuzlandi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Xususiy kinostudiyalar tomonidan tayyorlanib, ommaviy namoyish etilayotgan filmlar nazoratdan o‘tkaziladimi?

Sayfulla Rajabov, Kinematografiya agentligi matbuot kotibi:

– Xususiy telekanallar va kinostudiyalar tomonidan tayyorlanayotgan, ijtimoiy tarmoqlarda bevosita mahsulot sifatida joylanayotgan media kontentlarni agentlik nazorat qilmaydi.

Mahsulotlarning ijodiy darajasi, badiiy saviyasi, mentalitet va tomoshabinga mosligi borasida jiddiy e’tirozlar mavjud: oila davrasida ko‘rishga yaramaydigan sahnalar, saviyasiz syujyetlar tez-tez ko‘zga tashlanmoqda. Bu tanqidlarni inkor eta olmaymiz. Biroq xususiy studiyalar va xususiy telekanallar hamkorligida suratga olinayotgan serial, film va novellalarni nazorat qilish Kinematografiya agentligi vakolatiga kirmaydi, bunga huquqiy asos yo‘q. Ular xususiy studiya tomonidan tayyorlanadi, telekanal mablag‘ ajratadi va kanalning badiiy kengashi ko‘rib chiqqanidan keyin mahsulot efirga uzatiladi. Bu holatda sifat va saviyaga telekanal hamda kinostudiya rahbariyati mas’ul bo‘ladi.

Sanoatga aylanayotgan mahalliy kinobozorda taklif etilayotgan media mahsulotlarini Kinematografiya agentligi filtrdan o‘tkazmasa, buning nazoratini kim qiladi?

– Ayni kunlarda ijodiy jarayonlarga xalaqit qilmagan va ijodkorlarga zarar yetkazmagan holda nazorat qilish mexanizmlarini ishlab chiqish ustida ishlayapmiz. Bu borada takliflarni shakllantiryapmiz.

Agentlik faoliyati nimalardan iborat o‘zi?

– Kinematografiya agentligi asosan badiiy, hujjatli, animatsion filmlar va subsidiya mablag‘lariga telekanallar bilan hamkorlikda seriallar yaratadi. Shuningdek, davlat buyurtmasi asosida suratga olinayotgan film va seriallarni to‘liq nazorat ostiga oladi. Ishchi guruh, ekspertlar kengashi hamda badiiy kengash tomonidan ssenariylar bir necha bosqichda tahlil qilinadi, mos kelmaydigan jihatlar aniqlansa, kinoni ishlashga ruxsat berilmaydi. Faqat yuqori saviyadagi, bugungi kun talablari va tomoshabin didiga mos ssenariylar asosida suratga olish jarayonlarini tashkil etishga harakat qilyapmiz.

Kinematografiya agentligi huzurida maxsus bo‘lim mavjud bo‘lib, aynan shu bo‘lim tomonidan davlat buyurtmasi asosida ishlangan filmlarning ommaviy namoyishiga ruxsat beriladi. Ruxsatnomaga ega bo‘lmagan film kinoteatrlarda yoki teleekranda namoyish qilinmaydi. Agar filmda ortiqcha sahnalar, mentalitetiga mos kelmaydigan g‘oya yoki epizodlar aniqlansa, bu holat ijodiy guruhga tushuntirilib, film qayta ishlanadi.

Agentlik shafeligida suratga olinayotgan filmlarda ssenariy originalligiga qay darajada ahamiyat beriladi. Masalan, so‘nggi premera qilingan kinolardan biri “Adolat” filmi voqealari Koreyada suratga olingan film syujyetlariga juda o‘xshash?

– Bu film Respublika prokuraturasi bilan hamkorlikda suratga olingan bo‘lib, prokuratura tizimidagi xodimlar faoliyatini yoritishga qaratilgan. Ayrim g‘oyaviy va sahnaviy syujyetlar boshqa xorijiy filmlarnikiga o‘xshashi mumkin, lekin bu plagiat emas. Kinematografiya olamida umumiy g‘oyalar, obrazlar yoki muhitlar o‘xshash bo‘lishi tabiiy hol. Ammo yuz foiz nusxa ko‘chirish – agentlik siyosatida mutlaqo yo‘l qo‘yilmaydigan hodisa: har bir ssenariyning original g‘oya asosida ishlab chiqilishi muhim.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

O‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi

Published

on


Qarshi shahrida huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari tomonidan taksi haydovchilarini aldash bilan shug‘ullangan firibgarlar fosh etildi. Ular o‘zlarini yo‘lovchi sifatida ko‘rsatib, turli bahonalar orqali haydovchilardan pul va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritgan.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, jinoyatchilar maxsus mobil ilovalar orqali taksi buyurtma qilgan. Manzilga yetib kelgan haydovchilardan esa “naqd pul yo‘qligi”ni bahona qilib, mablag‘ni karta orqali o‘tkazishni so‘ragan. Shu orqali ular haydovchilarning bank kartasi ma’lumotlari hamda SMS orqali keladigan tasdiq kodlarini qo‘lga kiritgan.

Operativ tadbirlar davomida mazkur jinoyatlarga aloqador bo‘lgan Farg‘ona shahrida yashovchi 22 yoshli shaxs aniqlanib, u qilgan jinoyatlarini tan olgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda mashhur kompaniyalar nomidan tarqatilayotgan soxta aksiyalar ham aniqlangani xabar qilingan edi. Bunday holatlarda fuqarolarga kvartira, vaucher yoki bepul internet trafigi va’da qilinib, aslida ularning shaxsiy va bank ma’lumotlarini qo‘lga kiritish maqsad qilingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Afg‘onistondan kartoshka ko‘rinishida olib o‘tilayotgan 72 kg gashish fosh qilindi

Published

on


Termiz tumanida yashovchi fuqaro boshqaruvidagi yuk mashina chegarada ko‘rikdan o‘tkazilgan. Uning yukxonasidagi kartoshkalar orasidan kartoshka ko‘rinishida yasalgan 72 kg gashish topilgan. Ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Surxondaryoda Afg‘onistondan Rossiyaga olib ketilayotgan katta miqdordagi narkotik modda fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Termiz tumanida yashovchi 25 yoshli haydovchi boshqaruvidagi MAN yuk mashinasi Afg‘onistondan “Termiz-avtomobil yo‘li” xalqaro o‘tkazish punktiga kirib kelgan vaqtda DXX Chegara qo‘shinlari va Bojxona idoralari xodimlari hamkorligida ko‘rikdan o‘tkazilgan. Jarayonda mashina yukxonasida kartoshka mahsulotlari borligi ma’lum bo‘lgan.

Qishloq xo‘jaligi mahsuloti sinchkovlik bilan tekshirilganda ularning orasiga kartoshka ko‘rinishida yasalgan 222 dona bo‘lakdan iborat 72 kg 300 gr gashish yashirilganligi aniqlangan. Narkotik modda protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, katta miqdordagi ushbu narkotik modda Rossiyaga olib ketilayotgan bo‘lgan.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Avvalroq Samarqandda 38 kilogrammga yaqin narkotik modda aniqlangandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ayrim ko‘chalarda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarish kiritiladi

Published

on


Elektr ta’minotini yaxshilash hamda iste’molchilarga sifatli elektr xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida 2026 yil 24 martdan 31 martga qadar Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi Mingbuloq va Shukur Burhonov ko‘chalarida yerosti kabel tarmoqlarini tortish ishlari olib boriladi.

Shu munosabat bilan mazkur hududda avtoulovlar harakatiga vaqtincha o‘zgarishlar kiritiladi. Xususan, Mingbuloq ko‘chasining Hamroyeva ko‘chasidan kirish qismida harakat vaqtincha cheklanadi. Avtoulovlar yo‘lning ikkinchi bo‘lagidan qarama-qarshi yo‘nalishda harakatlanadi. Shuningdek, Do‘rmon yo‘li ko‘chasidan Mingbuloq ko‘chasiga harakatlanish imkoniyati saqlab qolinadi.

Bundan tashqari, Mingbuloq ko‘chasidan Shukur Burhonov ko‘chasiga harakatlanish ham vaqtincha cheklanadi.

Mas’ullar haydovchilardan belgilangan tartib va tezlik me’yorlariga qat’iy amal qilgan holda harakatlanishni so‘ramoqda. Yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulayliklar uchun uzr so‘raldi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Shahrisabz tumanida qor ko‘chkisi kuzatildi

Published

on


Qashqadaryo viloyatining Shahrisabz tumani hududida joylashgan Hisor tog‘ tizmasida yirik qor ko‘chkisi qayd etildi. Hodisa 2026 yil 23 mart kuni taxminan soat 16:25 larda sodir bo‘lgan.

Ma’lum qilinishicha, qor ko‘chkisi dengiz sathidan 3000 metr balandlikda boshlanib, umumiy hajmi taxminan 700 ming kub metrni tashkil etgan. Ko‘chki aholi yashash hududidan taxminan 5 kilometr uzoqlikda yuz bergan.

Hodisa oqibatida hech qanday qurbonlar yoki jarohatlanganlar qayd etilmagan. Shuningdek, infratuzilma va aholi turar joylariga zarar yetmagan.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, bahor mavsumida tog‘li hududlarda qor ko‘chkilari xavfi saqlanib qoladi. Shu munosabat bilan fuqarolarga ehtiyotkorlik choralariga rioya qilish tavsiya etilmoqda.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qamchiqda ikki kun ichida ikkita yo‘l hodisasi kuzatildi

Published

on


Kuni kecha Qamchiq dovonida yuk avtomobili ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Oradan bir kun o‘tib esa shu hududda «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib ketdi. Har ikki holatda ham qutqaruvchilar haydovchilarga tezkor yordam ko‘rsatdi.

Ma’lum qilinishicha, kuni kecha taxminan soat 11:30 lar atrofida yuk avtomobili haydovchisi boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida transport vositasi yon tomonga ag‘darilib ketgan. Hodisa natijasida qurbonlar va jarohatlanganlar qayd etilmagan. Biroq avtomashinaga ortilgan yuklar yo‘lning qatnov qismiga sochilib ketgan.

Hodisa joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining «Qamchiq» maxsus qidiruv boshqarmasi qutqaruvchilari yetib kelib, haydovchiga yordam ko‘rsatgan va yo‘l-transport hodisasi oqibatlarini bartaraf etgan.

Bundan bir kun avval esa taxminan shu hududning o‘zida «Spark» rusumli avtomobil yo‘ldan chiqib, xandaqqa tushib ketgan. Ushbu holatda ham qutqaruv bo‘linmalari xodimlari tomonidan haydovchiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.