Iqtisodiyot
Keyingi haftada ham dollar pasayadi
Keyingi haftada ham dollar pasayadi
Source link
Iqtisodiyot
O‘zbekistonga ikki oyda 900 mingdan ortiq telefon import qilindi
O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar–fevral oylarida 13 ta xorijiy davlatdan jami 909 951 dona qurilma olib kirilgan, deya xabar berdi Milliy statistika qo‘mitasi.
Qayd etilishicha, ushbu importning umumiy qiymati 175,4 million AQSh dollarini tashkil etgan. Import hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan 357,4 ming donaga yoki 64,7 foizga oshgan.
Jumladan, import tarkibida asosiy ulushni Xitoy egallamoqda. Ushbu davlatdan 704 353 dona mobil telefon olib kirilgan. Shuningdek, Vetnamdan 183 996 dona, Hindistondan 12 572 dona qurilma import qilingan.
Koreya Respublikasi 4 924 dona, Qirg‘iz Respublikasi 1 923 dona, Indoneziya esa 1 582 dona telefon yetkazib bergan. Qolgan 601 dona qurilma boshqa davlatlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
Iqtisodiyot
Zargarlarga QQSning 80 foizi qaytariladi
Hukumat qaroriga muvofiq, zargarlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’yektlariga budjetga to‘langan qo‘shilgan qiymat solig‘ining bir qismini qaytarish tartibi belgilandi.
Ma’lum qilinishicha, zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish va (yoki) ularni chakana sotish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga 2026 yil 1 yanvardan boshlab to‘langan QQSning 80 foizi respublika budjetidan qaytariladi.
Ushbu vaqtinchalik tartib 2028 yil 1 yanvarga qadar amal qiladi.
Qayd etilishicha, tadbirkorlar soliq hisobotini taqdim etgandan so‘ng, ammo 3 oydan kechiktirmasdan QQSning bir qismini qaytarish uchun murojaat qilishi mumkin. Murojaatlar avtomatlashtirilgan dastur orqali ko‘rib chiqiladi.
QQSni qaytarish quyidagi shartlar bajarilganda amalga oshiriladi: soliq o‘z vaqtida to‘liq to‘langan bo‘lishi, tushumning kamida 80 foizi zargarlik mahsulotlaridan shakllangan bo‘lishi hamda hisob-faktura va cheklarda tegishli identifikatsiya kodlari aks ettirilgan bo‘lishi lozim.
Shuningdek, zargarlik buyumlarini ishlab chiqaruvchilar uchun soliq bazasi mahsulot narxi va uning tarkibidagi qimmatbaho metallar hamda toshlar qiymati o‘rtasidagi ijobiy farq asosida aniqlanadi.
Iqtisodiyot
10-apreldan dollar kursi pastlaydi
Markaziy bank 2026-yil 10-apreldan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 30,3 so‘mga tushib, 12 198,28 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 41,49 so‘mga tushdi va 14 241,49 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 350,57 so‘m bo‘ldi (-66,30).
Rossiya rubli 156,57 so‘m etib belgilandi (+0,61).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda elektron tijoratning chakana savdodagi ulushi past — Prezident
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektron tijoratni rivojlantirish va bond omborlar faoliyatini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
So‘nggi sakkiz yilda mamlakatimizda elektron tijorat hajmi 20 barobar o‘sib, 1,3 milliard dollarga yetdi. Raqamli platformalar soni 120 tadan ziyodni tashkil etmoqda. O‘zini o‘zi band qilish tartibining kengaytirilgani, litsenziyalash va soliqqa tortishning soddalashtirilgani hisobiga sohada 750 mingta yuqori daromadli ish o‘rni yaratilgan, budjetga esa har yili 200 milliard so‘m qo‘shimcha soliq tushumlari ta’minlanmoqda.
Shu bilan birga, mazkur yo‘nalishda hali ishga solinmagan imkoniyatlar ko‘pligi ta’kidlandi. Xususan, O‘zbekistonda elektron tijoratning chakana savdodagi ulushi 4-4,6 foizni tashkil etib, jahondagi o‘rtacha 22 foizlik ko‘rsatkichdan 5 barobar kam ekani ko‘rsatib o‘tildi. Mamlakatimizda ushbu ulushni 9-11 foizga yetkazish uchun yetarli salohiyat mavjud.
Taqdimotda elektron tijorat infratuzilmasini rivojlantirishda import tovarlarini bojxona to‘lovlari va soliqlarini kechiktirilgan tartibda to‘lash sharti bilan bojxona nazorati ostida saqlashga mo‘ljallangan maxsus ombor – bond omborlar tashkil etish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.
Ta’kidlanganidek, tovar uchun boj to‘lovlarini uni sotish paytida amalga oshirish tizimini joriy etish orqali kamida 500 million dollar investitsiya jalb qilish uchun sharoit yaratish mumkin. Bunday amaliyot Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Birlashgan Arab Amirliklari, Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi mamlakatlarda keng qo‘llanilayotgani qayd etildi.
Bugungi kunda O‘zbekistonda omborlarning umumiy maydoni 634 ming kvadrat metrni tashkil qilib, shundan 72 foizi Toshkent shahri va viloyati hissasiga to‘g‘ri keladi. Mavjud omborlarning atigi 34 foizi zamonaviy “A” toifasiga mansub. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, mamlakatimizda barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash uchun keyingi besh yilda 2,5 million kvadrat metr zamonaviy omborlar talab etiladi.
Shu munosabat bilan yurtimizda yirik xalqaro marketpleyslarning zamonaviy omborlar tarmog‘ini kengaytirish taklif etildi.
Raqamli platformalarni hamda bond omborlarni soliq va bojxona tizimlari bilan chuqur integratsiya qilish zarurligi ta’kidlandi. Taqdimotda 2026-2028 yillar davomida tajriba tariqasida “import – bond ombori – maxsus elektron savdo platformasi – iste’molchi” zanjiri asosida yangi mexanizmni joriy etish taklifi bildirildi.
Unga ko‘ra, tovarlar bond omboriga joylashtiriladi, maxsus elektron savdo platformasi orqali sotiladi, bojxonada deklaratsiyalash va boj to‘lovlari esa bevosita sotuv bosqichida amalga oshiriladi. Bunday platformalar va omborlar tegishli reyestrlarga kiritilib, Bojxona qo‘mitasida hisobga qo‘yiladi.
Shuningdek, bond omborlari mahalliy ishlab chiqaruvchilar uchun tashqi bozorlarga chiqishni yengillashtirishi, aylanma mablag‘larga tushadigan yukni kamaytirishi, logistika xarajatlarini pasaytirishi va eksport raqobatbardoshligini oshirishi ta’kidlandi.
Davlatimiz rahbari elektron tijoratni iqtisodiyotning muhim drayverlaridan biriga aylantirish, mazkur sohada zamonaviy infratuzilmani yaratish, raqamli platformalar faoliyati uchun qulay va shaffof muhit shakllantirish bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Iqtisodiyot
UZCARD yangi shiorini taqdim etdi va brend rivojlanishining navbatdagi bosqichini belgiladi
UZCARD milliy to‘lov tizimi allaqachon mamlakat kundalik hayotining ajralmas qismiga aylangan. Do‘kondagi xaridlardan tortib transport va onlayn-servislar uchun to‘lovlargacha – har kuni millionlab operatsiyalar uning infratuzilmasi orqali amalga oshiriladi.
Bugun kompaniya yangi shiorini taqdim etmoqda – «Qulay yashang». Ushbu shior UZCARD faoliyatining asosiy tamoyilini ifodalaydi: texnologiyalar sezilmas bo‘lishi va inson qulayligi uchun ishlashi kerakka.
Mazkur falsafa yillar davomida shakllantirilgan keng ko‘lamli infratuzilmaga tayanadi. Muomalada 24 millionta karta mavjud. Mamlakat bo‘ylab UZCARD kartalarini qabul qiluvchi 260 mingta POS-terminal va 18 mingdan ortiq bankomat faoliyat yuritmoqda.
To‘lovlar va o‘tkazmalar allaqachon kundalik hayotning tabiiy qismiga aylangan – ko‘pincha foydalanuvchilar bu jarayonni aynan qaysi tizim ta’minlayotgani haqida o‘ylab ham ko‘rmaydilar. Yangi shior ushbu rolni yanada tushunarli va ravshan ifodalaydi.
Yangilanish brendning vizual tizimiga ham taalluqlidir: logotip foydalanuvchilar uchun tanish bo‘lgan mashhurligini saqlab qolgan holda, yanada zamonaviy va moslashuvchan ko‘rinish kasb etmoqda. Yangilangan brend identikasi kompaniya kommunikatsiyasini yanada yaxlit qilishga xizmat qiladi.
Brend rivojlanishining yangi bosqichi, shuningdek, UZCARD faoliyati asosida yotuvchi qadriyatlarga tayangan holda davom etadi: ishonchlilik, texnologik rivojlanganlik, ommaboplik va mijozga yo‘naltirilganlik. Aynan shu qadriyatlar kompaniyaning to‘lov infratuzilmasi va servislarini rivojlantirishga bo‘lgan yondashuvini belgilaydi: tizim barqarorligini ta’minlash, zamonaviy yechimlarni joriy etish, raqamli to‘lovlarni keng auditoriya uchun qulay qilish va foydalanuvchilarning real kundalik ehtiyojlariga e’tiborni saqlab qolish. Shu tariqa, «Qulay yashang» shiori UZCARD rivojini qurayotgan yondashuvning aniq ifodasiga aylanadi.
UZCARD. Qulay yashang.
-
Jamiyat2 days agoNavoiyda xususiy bog‘cha tarbiyachisi bolalarni kaltakladi
-
Jamiyat4 days agoJizzaxda kuchli yomg‘irdan keyin sel kuzatildi
-
Dunyodan4 days ago
AQSh Eron urushida kamida 7 samolyotini yo’qotdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Qurilish bozorida asosiy ulush bino va inshootlar hissasiga to‘g‘ri keldi
-
Jamiyat5 days ago
O‘zbekistonga 2 oyda 11 mingdan ortiq xorijlik davolanish uchun keldi
-
Siyosat2 days agoSaida Mirziyoyevaning Vashingtonga tashrifi chogʻida AQSh Oʻzbekistonning JSTga kirishini qoʻllab-quvvatlashga vaʼda berdi
-
Dunyodan4 days ago
Prezident Tramp Eronni Hormuz muammosi “jiddiy oqibatlarga olib kelishi” haqida ogohlantirdi
-
Siyosat4 days agoOʻzbekistonda vaqtinchalik jamoat obʼyektlari xavfsizligini taʼminlash boʻyicha yangi qoidalar kuchga kirdi
