Connect with us

Iqtisodiyot

Xitoy qanday qilib kollektiv G‘arbni o‘ziga qaram qilib qo‘ydi?

Published

on


So‘nggi yillarda bir tendensiya yaqqol ko‘zga tashlanadi: Xitoy elektromobillar, quyosh panellari, shamol turbinalari va akkumulyatorlar ishlab chiqarish bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylandi. Uzoq yillardan beri “dunyo fabrikasi” hisoblangan mamlakat endilikda nafaqat arzon iste’mol tovarlari, balki yuqori texnologik “yashil” mahsulotlar borasida ham dominantlik qilyapti. Xo‘sh, bu holat qanday yuzaga keldi? Nima uchun asrlar davomida texnologik innovatsiyalar o‘chog‘i bo‘lib kelgan G‘arb bu poygada ortda qolib ketdi?

Muvaffaqiyat siri nimada?

Xitoyning bugungi ustunligi to‘satdan yuz bergan mo‘jiza emas, balki so‘nggi yigirma yil davomida izchil amalga oshirilgan davlat siyosatining natijasidir. G‘arb davlatlari dasturiy ta’minot va xizmat ko‘rsatish sohalariga ko‘proq e’tibor qaratayotgan bir paytda, Pekin o‘zining “Made in China 2025” kabi strategik dasturlari orqali ishlab chiqarish va og‘ir sanoatni yangi bosqichga olib chiqishga juda katta miqdorda sarmoya kiritdi. Xususan, hukumat toza energiya sektorini rivojlantirish uchun yuzlab milliard dollar miqdorida to‘g‘ridan-to‘g‘ri va bilvosita subsidiyalar ajratdi. Soliq imtiyozlari, arzon kreditlar, yer maydonlarining bepul yoki arzon berilishi BYD, CATL kabi mahalliy kompaniyalarga jadal o‘sish imkonini berdi. Ichki bozor esa mazkur kompaniyalar uchun sinov maydoni bo‘lib xizmat qildi. Hukumat yillar davomida fuqarolarni elektromobil xarid qilishga undash uchun chegirmalar berdi, shaharlardagi jamoat transportini to‘liq elektr energiyasiga o‘tkazdi. Natijada, kompaniyalar o‘z mahsulotlarini takomillashtirib, qisqa muddatda dunyo bozoriga tayyor, arzon va sifatli raqobatbardosh mahsulot olib chiqishga erishdi.

Kritik minerallar monopoliyasi

Kritik minerallar yashil energetika tizimlari, yarimo‘tkazgichlar, batareyalar va mudofaa qurilmalari ishlab chiqarish uchun muhim xomashyodir. Litiy, kobalt, nikel, grafit, mis kabi minerallarsiz na elektromobil akkumulyatorini, na quyosh panelini ishlab chiqarib bo‘ladi. Xitoy mazkur tarmoqdagi ta’minot zanjirini egallash orqali mutlaq ustunlikka erishdi. Xalqaro energetika agentligining ma’lumotlariga ko‘ra, Pekin nodir yer metallarining 96 foiz, tabiiy grafitning 98 foiz, kobaltning 97 foiz, litiyning 73 foiz, misning 83 foiz qismiga egalik qiladi. Indoneziya nikelni qayta ishlash bo‘yicha mutlaq yetakchiga aylangan bo‘lsa-da, mamlakatdagi xomashyoni qayta ishlash zavodlarining taxminan to‘rtdan uch qismi Pekin nazorati ostida yoki ularning sarmoyasi asosida qurilgan.

Xitoy kompaniyalari so‘nggi yigirma yillikda Afrika, Janubiy Amerika va Avstraliyadagi eng yirik konlarni sotib olish yoki ularga sarmoya kiritish orqali xomashyo bazasini misli ko‘rilmagan tarzda kengaytirdi. Masalan, dunyodagi kobaltning katta qismi qazib olinadigan Kongo Demokratik Respublikasidagi yirik konlarning aksariyati Xitoy kompaniyalari nazorati ostida.

Qazib olish ustunlikning faqat bir tomonigina xalos. Asosiy qiyinchilik va qo‘shimcha qiymat minerallarni boyitish va qayta ishlash bilan bog‘liq. Bu jarayon juda katta energiya talab qiladi va atrof-muhitga sezilarli darajada zarar yetkazadi. G‘arb davlatlari ekologik sabablar va qimmat ishchi kuchi tufayli bu zavodlarni o‘z hududlarida yopib, Xitoyga ko‘chirgandi. Bugungi kunda mamlakatda dunyodagi noyob yer elementlarining 85-90 foizi, litiy va kobaltning esa 60-70 foizi qayta ishlanadi. Hatto Avstraliyada qazib olingan litiy ham qayta ishlash uchun Xitoyga olib kelinadi. Umuman olganda, dunyo iqtisodiyoti uchun o‘ta strategik hisoblangan 20 ta asosiy mineralning 19 tasida Xitoy hamon birinchi raqamli qayta ishlovchi davlat bo‘lib qolyapti.

Bu Xitoyga nima beryapti?

Birinchidan, Xitoy iqtisodiyotining an’anaviy tayanchlaridan biri bo‘lgan ko‘chmas mulk sektori inqirozni boshidan kechirayotgan bir paytda, elektromobillar, litiy-ion akkumulyatorlar va quyosh batareyalari mamlakat eksportining asosiy “qutqaruvchisi”ga aylandi. Arzon kiyim-kechak va o‘yinchoqlar eksportchisidan yuqori texnologik va qimmatbaho uskunalar yetkazib beruvchisiga aylanish rasmiy Pekin uchun daromadlarni keskin oshirdi.

Ikkinchidan, Xitoy endi xalqaro maydonda shunchaki o‘yinchi emas, balki qoidalarni belgilovchi kuchga aylandi. Agar ilgari energiya xavfsizligi deganda Yaqin Sharqdagi neft zaxiralari tushunilgan bo‘lsa, endilikda bu borada akkumulyator zavodlari va minerallarni qayta ishlash quvvatlari ham tilga olinyapti. Rasmiy Pekin o‘z ustunligidan geosiyosiy qurol sifatida ham foydalana boshladi. Masalan, sobiq AQSh prezidenti Bayden administratsiyasi 2024 yil 2 dekabrda Xitoyga yuqori darajadagi chiplar va chip tayyorlovchi texnologiyalar yetkazib berishga cheklov kiritdi. Bunga javob tariqasida 3 dekabr kuni Xitoy yarimo‘tkazgichlar ishlab chiqarishda muhim bo‘lgan galiy, germaniy va antimonit minerallarini AQShga eksport qilish bo‘yicha cheklovlarni kuchaytirdi. 22 dekabr kuni nodir metallar tayyorlovchi texnologiyalar yetkazib berishga ham taqiq kiritdi. 2025 yil fevral oyida esa Xitoy volfram, tellur, molibden, vismut va indiy yetkazib berish borasida ham nazorat o‘rnatdi.

Kritik minerallar urushi

Yuqoridagi omillar va Xitoyning AQSh cheklovlariga nisbatan qat’iy pozitsiyasi Vashingtonning strategik kamchiligini ochib berdi. Qo‘shma Shtatlar Pekinning kritik minerallar va nodir metallariga xuddi Xitoy AQShning yuqori texnologiyalariga qaram bo‘lgani kabi bog‘liq holatga kelib qoldi. Shu sababdan Tramp hokimiyatga kelishi bilanoq, tabiiy resurslarga boy Grenlandiyani “ixtiyoriy-majburiy” tarzda sotib olishga harakat qila boshladi. Ukrainadan esa Rossiyaga qarshi urushda ularni qo‘llab-quvvatlash uchun nodir metallar yetkazib berish bo‘yicha kelishuvni talab qildi. Bu metallar AQShga nega kerak va nima bera oladi?

Birinchidan, kritik minerallar va nodir metallarga bog‘liqlik rivojlangan harbiy texnologiyalarni ishlab chiqarish va yangilari ustida tadqiqot olib borishni AQShda Xitoydagiga qaraganda qimmatroq qiladi. Natijada zamonaviy qurollar poygasida Xitoyning imkoniyatlari yuqori o‘ringa chiqadi. Bugungi kunda harbiy harakatlarning eng muhim vositasiga aylangan dronlarni misol tariqasida oladigan bo‘lsak, mazkur uskunalarning parvoz qilish davomiyligini oshirish va batareyalarini takomillashtirishda kritik minerallar va nodir metallar muhim o‘rin tutadi. Batareyalar sohasida ortda qolish AQShga masofadan boshqariladigan texnologiyalar borasida ham Xitoy bilan raqobatlashishni murakkablashtiradi. Chunki strategik aloqani ta’minlash uchun ma’lum masofalarda joylashtirilgan radar qurilmalarining samaradorligi batareyalarga bog‘liq.

Ikkinchidan, iqtisodiy raqobat va biznes manfaatlar to‘qnashuvida ham Xitoy AQShga qaraganda yaxshiroq holatda bo‘ladi. Masalan, elektr mashinalar sanoatida BYD Trampning hamkori Ilon Maskka tegishli Tesla’ga jiddiy raqib sanaladi. 2025 yilda Xitoy giganti 2,25 millionta elektromobil sotishga erishgan bir paytda, Ilon Maskning kompaniyasi 1,64 millionta elektrokar sota oldi. Natijada BYD jahon elektromobil bozorida birinchi marta, bo‘lganda ham juda katta farq bilan Tesla’ni ortda qoldirdi. Ma’lumki, elektr mashinalar batareyalarini ishlab chiqarish kritik minerallar va nodir metallarga bog‘liq. Batareyalar bilan bir qatorda, Xitoy cheklovlar ro‘yxatida asosiy o‘rinlarni egallaydigan galiy va germaniy minerallari yarimo‘tkazgichlar sanoatida muhim tarkibiy qism hisoblanadi. Yarimo‘tkazgichlar esa o‘z navbatida sun’iy intellekt tizimlari samaradorligini ta’minlab beradi. Bu Xitoy mikroelektronika sohasida AQShga bog‘liq bo‘lganidek, AQSh ham Xitoyning xomashyolarisiz murakkab vaziyatda qolish ehtimoli borligini anglatadi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.

Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.

Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.

Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.

Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.

Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Andijonda Shavkat Mirziyoyev raisligida yig‘ilish boshlandi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida Andijon viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi daromadlarini oshirish masalalari bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazilmoqda.

Joriy yilning birinchi yarmida viloyat iqtisodiyoti 8,8 foiz, sanoat 9,2 foiz, xizmatlar 16,1 foiz, investitsiyalar 8,9 foizga o‘sgani qayd etildi.

– Bizga o‘sishdagi raqamlar emas, balki har bir ko‘rsatkich har bir oilaning kundalik hayotiga qanday o‘zgarish olib kirgani muhim,– dedi davlatimiz rahbari.

Andijonda yer va tabiiy boyliklar cheklangan bo‘lsa-da, harakatchan aholi, kuchli tadbirkorlik ruhi, ko‘p sonli yoshlar, sanoat maktabi va katta bozor kabi imkoniyatlar borligi ta’kidlandi.

So‘nggi o‘n yilda viloyatga respublika budjetidan 20 trillion so‘m, banklar tomonidan tadbirkorlik uchun 90 trillion so‘m yo‘naltirildi. Birgina joriy yilda aholi farovonligini oshirishga 6 trillion so‘m ajratildi.

Hokimlarga berilgan vakolatlar va yaratilgan moliyaviy imkoniyatlar shunga munosib natijaga aylanishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.