Iqtisodiyot
O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik indeksida yuqoriladi
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markaziga ko‘ra, «The Heritage Foundation» hamda «The Wall Street Journal» tomonidan tayyorlangan 2026-yilgi Iqtisodiy erkinlik indeksida O‘zbekiston 184 davlat orasida 86-o‘rinni egalladi. Mamlakat 60,3 ball to‘plab, o‘tgan yilga nisbatan 2,3 ballga o‘sish qayd etdi.
Bu natija O‘zbekistonni «asosan erkin iqtisodiyot» toifasiga kiritdi. Shuningdek, mamlakat jahon o‘rtacha ko‘rsatkichidan (59,9 ball) va Osiyo-Tinch okeani mintaqasi o‘rtachasidan (58,6 ball) yuqori natija ko‘rsatdi.
Reyting yetakchilari sifatida Singapur, Shveysariya, Irlandiya va Avstraliya qayd etildi. Ular 80 balldan yuqori natija bilan «erkin iqtisodiyotlar» qatoriga kiritilgan.
Tahlillarga ko‘ra, O‘zbekiston 12 ta yo‘nalishdan 8 tasida ko‘rsatkichlarini yaxshilagan. Ikki yo‘nalishda o‘zgarish bo‘lmagan, yana ikkisida esa ozgina pasayish kuzatilgan.
Davlatning iqtisodiyotdagi ishtiroki bo‘yicha ko‘rsatkichlar nisbatan yuqori. Xususan, soliq yuki 95 ball, davlat xarajatlari 73,7 ball, davlat moliyasi barqarorligi esa 79,9 ballni tashkil etdi.
Bozorlar ochiqligi yo‘nalishida ham ijobiy dinamika saqlandi. Savdo erkinligi 80,6 ball, investitsiya erkinligi 70 ball, moliyaviy erkinlik 60 ballni tashkil qildi. Tartibga solish samaradorligida esa biznes yuritish erkinligi 62,5 ball, mehnat bozori erkinligi 48,4 ball darajasida qolmoqda.
Shuningdek, qonun ustuvorligi yo‘nalishida jiddiy kamchiliklar saqlanib qolmoqda. Mulk huquqi himoyasi 43,1 ball, davlat boshqaruvi sifati 32 ball, sud tizimi samaradorligi esa atigi 13,7 ballni tashkil etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda qaysi sohada faoliyat yuritadigan korxonalar ko‘p?
2026-yil 1-mart holatiga O‘zbekistonda 576,8 mingta korxona va tashkilot faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, korxonalarning eng katta qismi savdo sohasiga to‘g‘ri keladi – 156 796 ta. Qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 127 071 ta, sanoatda 61 062 ta korxona qayd etilgan. Shuningdek, qurilishda 31 372 ta, yashash va ovqatlanish xizmatlarida 31 350 ta sub’yekt faoliyat yuritmoqda.
Hududlar kesimida esa Toshkent shahri yetakchi – 111 137 ta korxona. Keyingi o‘rinlarda Toshkent viloyati (54 273) va Samarqand viloyati (53 475) turibdi. Eng past ko‘rsatkich Sirdaryo viloyatida – 16 557 ta.
Shuningdek, Farg‘ona viloyatida 49 278 ta, Qashqadaryoda 44 055 ta, Andijonda 35 500 ta korxona faol. Buxoro (34 902), Namangan (33 776), Xorazm (32 069) va Surxondaryoda (32 023) ko‘rsatkichlar o‘rtacha darajada. Qoraqalpog‘istonda 29 220 ta, Jizzaxda 26 468 ta, Navoiyda 24 061 ta korxona mavjud.
Iqtisodiyot
«Chorvoq Darvozasi»da Navro‘z shukuhi
2026 yil 25 mart kuni Bo‘stonliq tumanining so‘lim go‘shasida joylashgan «Chorvoq Darvozasi» zamonaviy turizm majmuasida Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan keng qamrovli madaniy-ko‘ngilochar tadbir bo‘lib o‘tdi.
«O‘zmilliybank» AJ va Bo‘stonliq tumani hokimligi hamkorligida tashkil etilgan ushbu ayyom milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimizni o‘zida mujassam etdi.
Shuningdek, tadbir davomida majmua bo‘ylab maxsus ekskursiyalar tashkil etildi.
«Chorvoq Darvozasi» turar joy majmuasi — tabiat va shahar qulayligi uyg‘unlashgan maskan:
Tayyor ta’mirlangan xonadonlar;
Yer osti avtoturargohi;
Kurort infratuzilmasi;
24/7 qo‘riqlanadigan yopiq hudud;
Ko‘chmas mulk qiymati o‘sishi imkoniyati.
Majmua hududida allaqachon Feed Up, Papa John’s kabi mahalliy va xalqaro brendlar xizmat ko‘rsatayotgan bo‘lsa, zamonaviy kinoteatr ham tez orada o‘z mehmonlarini qabul qila boshlaydi.
48 m² dan 630 m² gacha bo‘lgan zamonaviy tijorat maydonlarini qulay imtiyozli davr va uzoq muddatli ijara shartlarida band qilib biznesingizni rivojlantiring.
Batafsil ma’lumot uchun:
+998712022222
Iqtisodiyot
2026 yilda dunyodagi 50 ta eng yirik iqtisodiyot
Jahon iqtisodiyoti tuzilishi asosan bir nechta davlatlar tomonidan shakllantiriladi. Infografikada 2026 yil uchun prognoz qilingan yalpi ichki mahsulot (YaIM) ko‘rsatkichlari asosida dunyodagi 50 ta eng yirik iqtisodiyot taqdim etilgan.
Prognozlarga ko‘ra, 2026 yilda jahon iqtisodiyoti hajmi 123,6 trillion dollarga yetadi. Eng yirik iqtisodiyot sifatida AQSh saqlanib qoladi — uning YaIM 31,8 trillion dollardan ortiq bo‘lishi kutilmoqda.
Shuningdek, birinchi beshlikka Xitoy, Germaniya, Hindiston va Yaponiya kiradi. Prognozga ko‘ra, ushbu beshta mamlakat jahon YaIMning 55 foizini tashkil qiladi.
Rossiya reytingda 9-o‘rinni egallab, uning YaIM taxminan 2,5 trillion dollar bo‘lishi kutilmoqda. Birinchi o‘nlikka shuningdek Buyuk Britaniya, Fransiya, Italiya va Kanada ham kirgan.
Yalpi ichki mahsulot (YaIM) — bu muayyan davrda mamlakat hududida ishlab chiqarilgan barcha yakuniy tovarlar va xizmatlarning umumiy bozor qiymati hisoblanadi. U davlat iqtisodiyoti hajmini aks ettiruvchi asosiy ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi.
Iqtisodiyot
27-martdan dollar qanchaga yetishi aniq bo‘ldi
Markaziy bank 2026-yil 27-martdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 8,26 so‘mga oshib, 12 179,87 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 37,92 so‘mga tushdi va 14 079,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 16 265,00 so‘m (-41,31).
Rossiya rubli 148,52 so‘m etib belgilandi (-1,28).
Iqtisodiyot
O‘zbekistonda bir oyda 376,8 mlrd so‘mlik farmatsevtika mahsulotlari ishlab chiqarildi
2026-yilning yanvar oyida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 376,8 mlrd so‘mlik asosiy farmatsevtika mahsulotlari va preparatlari ishlab chiqarilgan. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 10,5 foizga oshgan. Jumladan, yanvar oyida hududlarda ishlab chiqarish hajmi quyidagicha bo‘lgan:
Toshkent shahri — 265,6 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 34,2 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 28,4 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 19,3 mlrd so‘m;
Toshkent viloyati — 15,8 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 5,2 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 4,3 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 1,2 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1,1 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 0,9 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 0,8 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 0,1 mlrd so‘m.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq farmatsevtika vositalarini ishlab chiqarishni boshlagan tadbirkorlarga qator imtiyozlar berilishi haqida xabar bergandik.
-
Siyosat4 days agoIslom bank ishi anʼanaviy foizlarga asoslangan modellardan nimasi bilan farq qiladi?
-
Jamiyat3 days agoO‘zbekistonda taksichilarni aldashning yangi firibgarlik usuli fosh etildi
-
Dunyodan3 days ago
Prezident Tramp Eronga Hormuz boʻgʻozini ochish uchun 48 soat vaqt berdi
-
Turk dunyosi3 days agoBuyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligi Gretsiya, Turkiya, Kipr va Dubayga sayohatlar haqidagi soʻnggi maʼlumotlarni eʼlon qildi
-
Dunyodan2 days ago
Eron tarixidagi eng katta banknotalar muomalaga chiqariladi
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekistonliklar qaysi mamlakatlarga eng ko‘p safar qilmoqda (top-10)
-
Jamiyat4 days ago
Namanganda yirik turistik majmua qurilishi boshlandi
-
Dunyodan4 days ago
Hormuzdan tashqaridagi yirik neft yo‘llari ham xavf ostida.
