Connect with us

Iqtisodiyot

Yaqin Sharqdagi urush O‘zbekistondagi benzin narxlariga qanday ta’sir qilyapti?

Published

on


Harbiy harakatlar boshlanganidan keyingi birjaning 4 ta savdo sessiyasida benzin narxi arzonlashgan bo‘lsa, 6 martdan narxlar sezilarli osha boshladi. 27 fevraldan 13 martgacha bo‘lgan davrda AI-92 bahosi 5,1 foizga qimmatlashgan.

Yaqin Sharqdagi mojaroning kuchayishi fonida global miqyosida neft yetkazib berishda uzilishlar kuzatilyapti. Jahon neft eksportining qariyb beshdan bir qismi o‘tadigan Ho‘rmuz bo‘g‘ozida kema qatnovi deyarli to‘xtab qoldi, bu esa yonilg‘i narxlarining ko‘tarilishiga sabab bo‘lyapti.

Harbiy harakatlar boshlanishidan oldin O‘zbekistondagi birja savdolarida 1 tonna AI-92 markali benzin bahosi 12 mln 83 ming so‘mni tashkil etgan. Keyingi 4 ta savdo sessiyasida narxlar umumiy hisobda 2 foizga yoki 1 tonna uchun 11 mln 841 ming so‘mgacha pasaydi.

Keyinchalik global bozordagi narxlarning qimmatlashishi fonida O‘zbekiston bozorida ham benzin bahosi osha boshladi. 13 mart kungi savdolarda 1 tonna AI-92 12 mln 704 ming so‘mdan sotildi. Bu 27 fevral kungi narxlarga nisbatan 5,1 foizga qimmatroq.

Benzin importiga qaramlik

O‘zbekistonda neft qazib olish va qayta ishlash quvvatlari mavjud bo‘lsa-da, ichki ehtiyojni to‘liq qoplash uchun importga bog‘liqlik yildan yilga oshib boryapti. Bojxona qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026 yilning yanvar-fevral oylarida qariyb 166 mln dollarlik 279 mln litr benzin import qilingan. Bu 2025 yilning mos davriga nisbatan miqdor jihatdan 2 barobarga, qiymat jihatdan esa 2,1 barobarga ko‘p. Oxirgi oylarda ichki talabning qariyb teng yarmi tashqaridan olib kirilayotgan benzin hisobiga qondirilyapti.

O‘z navbatida ichki ishlab chiqarish hajmi ham oxirgi 2 yilda sezilarli darajada kamaydi. Masalan, 2023 yilda 1 mln 333 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich 2025 yilda 1 mln 200 ming tonnagacha yoki 10 foizga qisqargan.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Shavkat Mirziyoyevga minnatdorlik bildirdi

Published

on


O‘zbekiston prezidenti va bank rahbari OTB bilan sheriklik bo‘yicha 2030 yilga qadar bo‘lgan davrga mo‘ljallangan yangi dasturga kiritilgan umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrifi doirasida Osiyo taraqqiyot banki prezidenti Masato Kanda boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Uchrashuv avvalida OTB rahbari O‘zbekiston yetakchisiga bank Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi O‘zbekistonda o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlagani va ko‘rsatgan ko‘magi uchun samimiy minnatdorlik bildirdi.

O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasidagi keng ko‘lamli o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning amaliy jihatlari muhokama qilindi.

Hamkorlikni yuksak darajaga ko‘tarishga erishilgani chuqur mamnuniyat bilan qayd etildi. O‘tgan 30 yilda OTB O‘zbekistonning haqiqiy strategik sherigiga aylandi.

Loyihalar portfeli qariyb 16 milliard dollarni tashkil etmoqda, amaliyotlar hajmi bo‘yicha O‘zbekiston bankning mintaqadagi eng yirik hamkorlaridan biriga aylandi.

Temir va avtomobil yo‘llari, energetika va ijtimoiy infratuzilmani modernizatsiya qilish, suv ta’minoti va kanalizatsiya tarmoqlarini yangilash, qishloq xo‘jaligi va xususiy sektorni rivojlantirish hamda boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha muhim loyihalar amalga oshirildi va davom etmoqda.

O‘zbekiston prezidenti va bank rahbari sammit doirasida imzolangan OTB bilan sheriklik bo‘yicha 2030 yilga qadar bo‘lgan davrga mo‘ljallangan yangi dasturga kiritilgan umumiy qiymati 12,5 milliard dollarlik loyihalarni o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish muhimligini ta’kidladi.

Ipoteka bozori, xususiy sektor, yoshlar va ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish, inklyuziv ta’lim va inson kapitalini rivojlantirish borasidagi islohotlarni ilgari surish, raqamli innovatsiyalarni joriy etish va maxsus iqtisodiy zonalarda infratuzilmani modernizatsiya qilish kabi sohalarda hamkorlikda ishlashga kelishib olindi.

Markaziy Osiyo mintaqasida yirik infratuzilmaviy loyihalarni, shu jumladan, bankning mablag‘larni safarbar etishdagi yetakchiligini kuchaytirish orqali ilgari surishga alohida e’tibor qaratildi.

O‘zbekiston prezidenti OTB rahbariyati va jamoasiga Boshqaruvchilar kengashi yig‘ilishi muvaffaqiyatli va samarali o‘tishini tiladi.

Uchrashuv yakunida O‘zbekiston va Osiyo taraqqiyot banki o‘rtasida 2030 yilgacha mo‘ljallangan sheriklik dasturini almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining 59-yillik yig‘ilishi 3-6 may kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Prezident Janubiy Koreya bilan investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirishni muhokama qildi

Published

on


Osiyo taraqqiyot banki Boshqaruvchilar kengashining yig‘ilishi doirasida O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Koreya Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari, iqtisodiyot va moliya vaziri Ku Yun Chxol boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Uchrashuvda O‘zbekiston – Janubiy Koreya Alohida strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash va ko‘p qirrali hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston prezidenti Janubiy Koreya bilan savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratdi.

O‘zaro savdo va investitsiyalar ko‘rsatkichlari barqaror o‘sib bormoqda. Joriy yil boshidan tovar ayirboshlash hajmi 12 foizga oshdi. Mamlakatimizda qariyb 1 mingta qo‘shma korxona faoliyat yuritmoqda, Koreya investitsiyalarining umumiy hajmi 8 milliard dollardan oshdi. Ushbu mamlakat kompaniyalari uchun maxsus sanoat zonasini tashkil etish masalalari ishlab chiqilmoqda.

Koreya Eksimbanki va uning jamg‘armalari bilan ko‘p yillik samarali hamkorlik yuqori baholandi. Ular ishtirokidagi loyihalarning umumiy portfeli 2 milliard dollardan oshdi.

Ko‘p tarmoqli klinika, kimyo markazi va farmatsevtika parki qurilishi davom etmoqda. Bugun Toshkent – Xiva yo‘nalishida birinchi “Hyundai Rotem” poyezdi qatnay boshladi.

Shavkat Mirziyoyev ustuvor yo‘nalishlarda yangi investitsiya loyihalari portfelini shakllantirish va hududlararo almashinuvlarni jadallashtirish muhimligini qayd etdi. Davlat moliyasini boshqarish tizimini raqamlashtirishda Koreya tomoni ko‘maklashishiga umid bildirildi.

Joriy yil kuz oyida Seul shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan “Markaziy Osiyo – Koreya” sammiti va boshqa oliy darajadagi tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish muhimligi ta’kidlandi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekistonda chakana savdo aylanmasi 124 trln so‘mga yetdi

Published

on


2026-yilning yanvar–mart oylarida O‘zbekistonda chakana savdo tovar aylanmasi qariyb 124 trln so‘mni tashkil etdi. Milliy statistika qo‘mitasiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan 25,4 foizga oshgan.

Qayd etilishicha, 1-aprel holatiga ko‘ra, respublikada chakana savdo sohasida 86 527 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Shuningdek, ulgurji savdo tovar aylanmasi 109,9 trln so‘mni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,9 foizga o‘sgan. Chakana segmentga nisbatan pastroq bo‘lsa-da, barqaror o‘sish saqlanib qolmoqda.

1-aprel holatiga ko‘ra, ulgurji savdo sohasida 52 860 ta tijorat korxonasi faoliyat yuritmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish 8 foizga oshdi

Published

on


Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 289,3 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 8 foizga oshgan.

Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 7,6 mln so‘mni tashkil etdi.

2026-yil 1-aprel holatiga respublikamizda 61 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Toshkentning turistik jozibadorligi oshmoqda – poytaxtda yangi restoran ochildi

Published

on


Turizm qo‘mitasi sayyohlar uchun qulay va jozibador muhit yaratish ustida ishlamoqda, turistik yo‘nalishlarni kengaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shahar infratuzilmasining rivojlanishi bugungi kunda HoReCa sohasining o‘sishi va restoran biznesi sifatining oshishi bilan ham bog‘liq. Restoran industriyasi tobora shahar hayotining muhim qismiga va turistik tajribaga aylanib, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun yangi jalb etuvchi nuqtalarni shakllantirmoqda.

Ijobiy dinamikani xalqaro ekspertlar ham qayd etmoqda. Tigrus Restaurant Holding prezidenti Xenrik Vinter, uning xoldingi Toshkentda Osteria Mario va Shvili restoranlari bilan faoliyat yuritadi, o‘z bahosida ta’kidlaganidek, O‘zbekiston bugungi kunda mintaqadagi eng tez rivojlanayotgan restoran bozorlari qatoriga kiradi. Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi yillarda bu yerda gastronomik konsepsiyalar darajasi sezilarli oshdi, xizmat sifati yaxshilandi va restoran madaniyati o‘sdi. Bu esa sohaning keyingi rivoji va xalqaro o‘yinchilarni jalb etish uchun mustahkam asos yaratmoqda.

O‘zbekiston hukumati 2026 yilda mamlakatga tashrif buyuradigan xorijiy sayyohlar sonini 12 milliondan 2030 yilga borib 20 millionga yetkazishni strategik maqsad qilib qo‘ydi. Bu ko‘rsatkichlarga erishishda gastronomiya sohasi muhim o‘rin egallaydi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.