Connect with us

Jamiyat

Avtobusda gashish sotmoqchi bo‘lgan haydovchi qo‘lga olindi

Published

on


Uning yonida hamda boshqaruvidagi avtobusda 11 o‘ramda 5 gr gashish giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelinganligi aniqlandi.

Foto: Toshkent viloyati IIBB

“Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng ko‘lamli tezkor-profilaktika oyligi doirasida Nurafshon shahar ichki ishlar bo‘limi tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat aniqlandi.

Nurafshon shahrida jamoat transporti haydovchisi bo‘lib ishlovchi shaxs Bobur ko‘chasida boshqaruvidagi xizmat avtobusi ichida shartli xaridorga 2 dona polietilen o‘ramdagi gashish giyohvandlik vositasini 400 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlandi.

Tadbir davomida uning yonida hamda boshqaruvidagi avtobusda yana 9 ta o‘ramda, jami 11 o‘ramda 5 gr gashish giyohvandlik vositasi sotish maqsadida saqlab kelinganligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Turkiyada o‘zbekistonlik ayol to‘rtinchi qavatdan tushib ketdi

Published

on


Hodisa tafsilotlari ma’lum emas.

Foto: Istanbul shahridagi Bosh konsulxona

Turkiyaning Izmir shahrida O‘zbekiston fuqarosi, 22 yoshli Sevdora Hakimjonova o‘zi yashaydigan ko‘p qavatli uyning to‘rtinchi qavatidan tushib ketdi, deb xabar bermoqda O‘zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxona.

Hozirda u davlat shifoxonasida davolanmoqda. Shifokorlarning ma’lumotiga ko‘ra, uning ahvoli og‘ir.

«Hakimjonova Turkiya fuqarosi bo‘lgan shaxs bilan imom nikohi asosida turmush qurgan, biroq ushbu nikoh rasmiy tartibda qayd etilmagan. Ma’lumotlarga ko‘ra, nikoh marosimi Namangan viloyati Chust tumanida o‘tkazilgan», – deyiladi xabarda.

Keyinchalik ular Izmirga kelib, kuyovning yaqin qarindoshlari bilan bir xonadonda yashab kelgan. Qayd etilishicha, turmush o‘rtog‘i ham Hakimjonova kabi eshitish va nutqida nuqsoni bo‘lgan shaxs hisoblanadi.

Holat yuzasidan Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan. Voqeaning barcha tafsilotlarini aniqlash maqsadida tergov harakatlari olib borilmoqda.

To‘plangan materiallar tegishli tartibda prokuratura organlari tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Vaziyat Bosh konsulxona nazoratiga olingan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Hindistonda qiyin ahvolga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayol vatanga qaytarildi

Published

on


Hindiston hududida hayotiy murakkab vaziyatga tushib qolgan O‘zbekiston fuqarosi elchixona ko‘magida yurtga qaytarildi. 

Ma’lum qilinishicha, ayol hujjatlarini yo‘qotishi va ish beruvchilarning vijdonsiz xatti-harakatlari oqibatida noqonuniy ekspluatatsiya xavfiga duch kelib, diplomatik vakolatxonaga murojaat qilgan.

Konsullik bo‘limi tomonidan zudlik bilan mahalliy huquq-tartibot idoralari va migratsiya xizmatlari bilan aloqa o‘rnatilib, fuqaroning huquqiy maqomini tiklash choralari ko‘rildi. Shuningdek, chiqish hujjatlari rasmiylashtirilib, uning xavfsiz qaytishi uchun zarur tashkiliy ishlar amalga oshirildi.

Ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida vatandosh joriy yil 14 mart kuni Uzbekistan Airways aviakompaniyasining HY424 reysi orqali O‘zbekistonga sog‘-omon qaytdi.

O‘zbekistonning Hindistondagi elchixonasi fuqarolarni chet elga chiqishda ehtiyotkor bo‘lishga, shubhali ish takliflariga ishonmaslikka va xorijiy davlatlarda bo‘lish qoidalariga qat’iy rioya qilishga chaqirdi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘tgan bir yilda 70 mingta aliment bilan bog‘liq murojaat kelib tushgan

Published

on


Yig‘ilishda ma’lum qilinishicha, o‘tgan yili aliment bilan bog‘liq 70 ming murojaat kelib tushgan.

Majburiy ijro byurosi aliment bo‘yicha ariza tushsa, undirib berayotgani, lekin aliment to‘lovchining rasmiy daromadi bo‘lmagani uchun murojaatlarning 30 foizi hal qilinmasdan qolayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

Bu borada hokimlar aliment to‘lovchilarning qanchasining kasbi bor, lekin ishsiz, qanchasini o‘qitish kerakligini tahlil qilmayotgani, shundan kelib chiqib, bandlik bo‘limi va «mahalla yettiligi» oldiga aniq masala qo‘ymayotgani tanqid qilindi.

Hududlarda ishlarni shu tartibda tashkil qilsa, aliment bo‘yicha murojaatlar 2 karra kamayishi mumkinligi qayd etildi.

Tashkiliy migratsiya asosida odamlarni o‘qitib, chet eldagi yuqori daromadli ishlarga yuborish bo‘yicha tizim yaratildi. Lekin aliment majburiyati bo‘lgan odamlar bu imkoniyatdan foydalana olmayapti, chunki fuqaro chetga chiqishi uchun 5 yillik aliment pulini oldindan to‘lashi yoki aliment oluvchidan yozma rozilik olishi kerak.

Mutasaddilarga bu masalani chuqur o‘rganib, tegishli taklif kiritish topshirildi.

Eslatib o‘tamiz, 2025 yilning noyabrida aliment to‘lashi shart bo‘lgan shaxslarga chet davlatga chiqishi bo‘yicha vaqtinchalik cheklovni to‘xtatib turishni nazarda tutuvchi yangi tartib kuchga kirgan edi. 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘paygan – Prezident

Published

on


Yig‘ilishda, shuningdek, turli sabablar bilan tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomani olmagan bolalarga bunday hujjatni rasmiylashtirishdagi byurokratiya haqida 448 nafar odam murojaat qilgani qayd etildi.

«Bu bolasini bog‘cha va maktabga joylashtirishda guvohnoma so‘ralgani uchun majbur bo‘lib murojaat qilganlar, hali ariza bermaganlari qancha?» – deya savol qo‘ydi davlatimiz rahbari.

Adliya vazirligiga ushbu masalaga sodda yechim ishlab chiqish topshirildi.

O‘tgan yili ichki ishlar vakolatidagi masalalar bo‘yicha 148 mingdan ortiq murojaat kelib tushgan. Ayniqsa, ichki ishlar xodimlarining qo‘pol muomalasi va tergov sifatidan norozilik ko‘pligi qayd etildi.

Tizim mas’ullari har 1 ming kishiga nisbatan eng ko‘p ariza tushayotgan Denov, Urgut tumanlari, Samarqand, Qarshi, Namangan, Jizzax, Farg‘ona, Chirchiq shaharlariga borib, aholining muammolarini eshitishi, profilaktika inspektori va tergovchilarning kasbiy va muomala madaniyatini oshirish bo‘yicha o‘qitishi shartligi ko‘rsatib o‘tildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Andijonda ayolni «samosud» qilganlarga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Published

on


Ular yosh ayolni ovloq joyga majburan olib borib, sochini olib tashlagan.

Andijonda ayolning sochini majburan olib tashlagan besh nafar shaxs ushlandi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan tezkor surishtiruv ishlari olib borilib, jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Aniqlanishicha, 1991 yilda tug‘ilgan ayol 1998 yilda tug‘ilgan boshqa bir ayolni turmush o‘rtog‘i bilan ishqiy munosabatda bo‘lganlikda ayblab, undan qasos olishni rejalashtirgan. Keyin ikki nafar erkakni chaqirib, ayolni ovloq joyda sochini olib tashlashni buyurgan.

Oqibatda ayol besh nafar shaxs tomonidan avtomobilga majburan o‘tqazilib, Andijon tumani Jyevachi mahallasi hududidagi xilvat joyda sochi mashinka bilan olib tashlangan. Jarayon videoga olinib, ijtimoiy tarmoqlarga joylangan.

Holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha Ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 137-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Gumonlanuvchi sifatida besh nafar shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozir jinoyat ishi yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.