Jamiyat
O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi tashkil etiladi
Joriy yil 13-martdagi «Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzurida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PF–40-son farmon qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazi negizida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi fanlari akademiyasi (Akademiya) tashkil etiladi.
Akademiya qishloq xo‘jaligi sohasida fundamental va amaliy tadqiqotlar yo‘nalishlari, uzoq va yaqin muddatli dasturlarni belgilovchi hamda muvofiqlashtiruvchi, agrosanoat majmuini ilmiy jihatdan rivojlantirishni amalga oshiruvchi davlat ilmiy muassasasi hisoblanadi.
Qishloq xo‘jaligi, yer munosabatlari bilan bog‘liq islohotlarni amalga oshirish bo‘yicha ishlab chiqiladigan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari Qishloq xo‘jaligi vazirligi bilan kelishish jarayonida majburiy tartibda Akademiyada ilmiy ekspertizadan o‘tkaziladi.
Akademiyada quyidagi unvonlar berish tartibi joriy qilinadi:
yosh akademik;
Akademiya professori;
Akademiyaning muxbir a’zosi;
Akademiyaning haqiqiy a’zosi (akademik);
Akademiyaning xorijiy a’zolari.
Jamiyat
Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi
Qidiruvdagi mashina egasining hiylasi ma’lum bo‘ldi
Source link
Jamiyat
IQAir Toshkent havosi sifati haqida ma’lumot berdi
14-mart kuni Toshkentda havo sifati salomatlik uchun zararli darajaga yetdi.
IQAir platformasidagi real vaqt ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy vaqt bilan soat 10:00 da poytaxtdagi havo sifati indeksi 151 AQIni tashkil etgan va u «Unhealthy» – zararli toifasida baholangan. Asosiy ifloslantiruvchi modda PM2.5 bo‘lib, uning konsentratsiyasi 55,5 mkg/m³ qayd etilgan. Bu Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining yillik tavsiya etilgan ko‘rsatkichidan 11,1 barobar yuqori.
IQAir ma’lumotida Toshkent uchun havo ifloslanishi bo‘yicha ehtiyot choralari ham keltirilgan. Jumladan, ochiq havoda jismoniy faollikni cheklash, derazalarni yopib turish, tashqarida niqob taqish va xona ichida havo tozalash uskunalaridan foydalanish tavsiya etilgan.
O‘zgidrometning atmosfera havosi monitoringi platformasiga ko‘ra, O‘zbekistonda kuzatuvlar 26 shahardagi 66 ta statsionar post va 23 ta avtomatik stansiya orqali olib boriladi. Kuzatuvlar mahalliy vaqt bilan kuniga uch marta – 07:00, 13:00 va 19:00 da amalga oshiriladi.
Jamiyat
Qishloq xo‘jaligida zamonaviy texnologiyalar joriy etiladi
«Agrobank» aksiyadorlik tijorat banki 2026-yil yakunigacha tajriba-sinov tariqasida Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda 1 tadan bank filiallarida agroxizmat zonalarini tashkil etishi belgilanmoqda.
Agrobank zimmasiga qishloq xo‘jaligi korxonalarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatiladi:
qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishda yangi zamonaviy intensiv texnologiyalarni keng joriy qilish va startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash;
sun’iy intellekt, masofadan monitoring va «big-data» texnologiyalari asosida bank hamda qishloq xo‘jaligiga oid xizmatlarni ishlab chiqish.
Ekin maydonlari to‘g‘risida kosmik, ob-havo, o‘simliklar rivojlanishi holati bo‘yicha monitoring ma’lumotlarini markazlashgan holda tahlil qilish maqsadida Qishloq xo‘jaligi monitoring markazi tashkil qilinadi.
Agrobank orqali aholi xonadonlari, tomorqa yer egalari va dehqon xo‘jaliklariga anjir, xurmo, olma va nok yetishtirish uchun yillik 18 foiz stavkada 24 oylik imtiyozli davr bilan 84 oy muddatga kreditlar ajratiladi.
Jamiyat
Samarqandda SSSR pasporti bilan yurgan ayolga ID karta berildi
Ayol uzoq vaqt davomida e’tiborsizlik hamda oilaviy shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli sobiq ittifoq – SSSR pasporti bilan yashab kelgan.
Adliya vazirligi ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “SSSRning so‘nggi fuqarosi Samarqandda yashamoqda” sarlavhali material yuzasidan rasmiy munosabat berdi.
Unga ko‘ra, 1972 yilda Nurota tumanida tug‘ilgan Onarxol Kubayeva Qo‘shrabot tumani «Quvkalla» mahallasida istiqomat qilib, 1992 yilda Payariq tumani «Nakurt» mahallasiga kelin bo‘lib tushgan.
Ayol uzoq vaqt davomida e’tiborsizlik hamda oilaviy shart-sharoitlarning yetarli darajada bo‘lmaganligi sababli sobiq ittifoq — SSSR pasporti bilan yashab kelgan.
Aniqlanishicha, O. Kubayeva mazkur masala bo‘yicha tegishli idoralarga murojaat qilmaganligi sababli uning pasporti O‘zbekiston Respublikasi fuqarolik pasportiga almashtirilmagan.
“Mazkur holat yuzasidan Qo‘shrabot va Payariq tuman adliya bo‘limlari va Payariq tuman IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi tomonidan zarur choralar ko‘rilib, 14 mart kuni O. Kubayevaga O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining ID-kartasi rasmiylashtirib berildi”, deyiladi vazirlik munosabatida.
Jamiyat
Sirdaryoda baliq ovlaganlar tabiatga qariyb 520 million so‘mlik zarar yetkazdi
11 martdan 31 maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26 apreldan 10 iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlashga taqiq qo‘yilgan. Boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlangan.
Foto: Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Davlat ekologik nazorat inspeksiyasi, Sirdaryo suv havzasini nazorat qilish bo‘limi, Sirdaryo viloyati Ekologiya boshqarmasi, viloyat DXX va IIB xodimlari bilan hamkorlikda reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida huquqbuzarlar Sh. J. va S. X. tomonidan Sayxunobod tumani «Farovon» MFY hududida «Sho‘razak» zovuridan noqonuniy ov quroli, ya’ni elektr qarmoq yordamida 46 dona baliq ovlanganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan tegishli dalolatnoma rasmiylashtirilib, noqonuniy ovlangan baliqlar hamda ov qurollari olib qo‘yildi.
Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining ta’kidlashicha, huquqbuzarlik natijasida tabiatga 519 million 120 ming so‘m zarar yetkazilgan. To‘plangan hujjatlar viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Ma’lumot uchun, 11 martdan 31 maygacha Amudaryo va Sirdaryoda, 26 apreldan 10 iyungacha Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatidagi tabiiy suv havzalarida baliq ovlashga taqiq qo‘yildi. Shuningdek, boshqa barcha tabiiy suv havzalarida 16 apreldan 31 maygacha baliq ovlash taqiqlangan.
-
Jamiyat3 days agoNogironlar uchun onlayn platforma tenderida shubhali holatlar aniqlandi
-
Jamiyat4 days agoRulda kamar taqmagan Sardor Mamadaliyev jarimaga tortildi
-
Dunyodan4 days ago
Ali Xomanaiyning o‘g‘li Eronning yangi oliy rahbari etib saylandi
-
Dunyodan5 days ago
2015 yilgi Suriya stsenariysi Eronda takrorlanishini istamaymiz.
-
Siyosat3 days agoIkki nafar O‘zbekiston fuqarosi firibgarlik va o‘g‘irlik hodisasidan so‘ng Bahrayn va AQShdan qaytib keldi
-
Turk dunyosi4 days agoEron urushi kuchayib borayotgan bir paytda Turkiya o’rtada qoldi
-
Sport4 days agoAvstraliyadan boshpana so‘ragan eronlik futbolchilardan biri fikrini o‘zgartirdi
-
Iqtisodiyot2 days ago
13-mart kuni ham dollar kursi pastlaydi
