Sport
Italiyada qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman ochildi
Rossiya va Belarus sportchilariga qishki Paralimpiadada o‘z milliy bayroqlari ostida qatnashishiga ruxsat berilgani sababli, Ukraina, Chexiya, Estoniya, Finlandiya, Latviya, Litva va Polsha o‘yinlarning ochilish marosimini boykot qildi. Germaniya terma jamoasi esa sportchilar paradida ishtirok etmadi.
Italiyada 6 mart, juma kuni XIV qishki Paralimpiya o‘yinlari rasman boshlandi. Qishki Olimpiada tugaganidan 12 kun o‘tib, Veronaning qadimiy amfiteatrida mamlakat prezidenti Serjo Mattarella mahalliy vaqt bilan soat 21:19 da o‘yinlarni ochiq deb e’lon qildi. Olimpiya mash’alasi yana bir vaqtning o‘zida ikki joyda — Milandagi Tinchlik arkasi yonida va Kortina-d’Ampetssodagi Dibona maydonida yoqildi.
Ukraina, Chexiya, Estoniya, Finlandiya, Latviya, Litva va Polsha qishki Paralimpiadaning ochilish marosimini boykot qildi, chunki Rossiya va Belarus sportchilari musobaqaga neytral maqomda emas, balki o‘z davlatlarining milliy bayroqlari ostida qo‘yildi. 2026 yilgi qishki Olimpiadada esa ular neytral sportchilar maqomida qatnashgan edi. Rossiyalik sportchilar o‘tib ketayotganda tomoshabinlar ularni norozilik bilan qarshi oldi. Marosimda 2014 yildan beri birinchi marta Rossiya bayrog‘i olib chiqildi, uni italiyalik volontyor ko‘tarib bordi.
Bir qator davlatlar, jumladan Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya va Kanada terma jamoalari sportchilar paradida qatnashmadi, buni sportga oid sabablar bilan izohladi. Masalan, Germaniyaning imkoniyati cheklangan sportchilar uyushmasi (DBS) oldindagi musobaqalarga diqqatni jamlash zarurligini aytdi, shu bilan birga ukrainaliklar bilan hamjihatlik bildirdi. Germaniyadan Paralimpiadaga 40 nafar sportchi va 8 nafar hamroh shaxs keldi — bu qishki Paralimpiya o‘yinlari tarixidagi Germaniyaning soni jihatidan ikkinchi eng katta delegatsiyasidir. Germaniya sportchilari faqat kyorlingda qatnashmaydi.
17 fevral kuni Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rossiya va Belarus sportchilari 2026 yil Milan va Kortina-d’Ampetssoda bo‘lib o‘tadigan Qishki paralimpiya o‘yinlarida o‘z mamlakatlari bayroqlari ostida qatnashishi mumkinligini ma’lum qildi. Paralimpiadaga ikki tomonlama taklifnomalar olti nafar rossiyalik va to‘rt nafar belaruslik sportchiga berildi.
2025 yil sentabrida Xalqaro paralimpiya qo‘mitasi Rossiya va Belarus milliy qo‘mitalari a’zoligini tikladi. Bu a’zolik Ukrainadagi keng ko‘lamli urush boshlanganidan so‘ng to‘xtatib qo‘yilgan edi. Rasman olganda, bu qaror ushbu mamlakatlar sportchilariga Italiyadagi o‘yinlarda o‘z milliy bayroqlari ostida ishtirok etish imkonini berar edi. Ammo yakuniy ruxsat tegishli sport turlari bo‘yicha xalqaro federatsiyalarga bog‘liq bo‘lib qolgan.
Dekabr oyida Sport arbitraj sudi (CAS) Rossiya va Belarus sportchilarining Xalqaro chang‘i sporti va snoubord federatsiyasi (FIS) ularni xalqaro musobaqalarga qo‘ymaslik haqidagi qaroriga qarshi bergan apellyatsiyalarini qisman qanoatlantirdi. Natijada, paralimpiyachi sportchilar FIS musobaqalarida neytral maqomsiz va milliy ramzlar bilan ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritdi. Shundan so‘ng Rossiya va Belarus paralimpiyachilari tanaffusdan keyin birinchi marta xalqaro musobaqalarda o‘z mamlakatlari bayroqlari ostida qatnashish imkoniga ega bo‘ldi. Bu imkoniyati cheklangan sportchilar o‘rtasidagi chang‘i poygalari bo‘yicha Jahon kubogining bosqichi bo‘lib, u yanvar oyida Germaniyaning Finsterau shahrida o‘tkazilgan edi.
Sport
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
Niderlandiyaning Amsterdam shahrida akademik eshkak eshish bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda. Unda O‘zbekiston terma jamoasi musobaqadagi tarixiy medalga sazovor bo‘ldi.
Yengil vaznli sportchilar o‘rtasidagi juftlik dasturida (LM2x) Shahzod Nurmatov va Sobir Safaraliyev dueti oltin medal sohibi bo‘ldi. Bu o‘zbekistonlik akademik eshkak eshuvchilarning kattalar o‘rtasidagi jahon chempionatida qo‘lga kiritgan birinchi oltin medalidir.
Musobaqada kumush medal Germaniya, bronza medali esa AQSh sportchilariga nasib etdi.
Sport
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
UEFA Chempionlar ligasi 2026/2027-yilgi mavsumi umumiy bosqichi to‘liq taqvimni e’lon qildi.
Bu bosqichda har bir jamoa 8 ta o‘yin o‘tkazadi: 4 tasi o‘z maydonida, 4 tasi safarda.
Joriy mavsumdan e’tiboran bir jamoa bir raqib bilan ketma-ket uch mavsum davomida o‘z maydonida o‘ynashiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Umumiy bosqichning 1-turi uch kun — seshanba, chorshanba va payshanba (8-9-10-sentyabr) kunlariga taqsimlanadi. Qolgan turlar ikki kun davomida o‘tkaziladi. So‘nggi turda esa barcha uchrashuvlar bir vaqtda boshlanadi.
1-turni Abduqodir Husanov va «Manchester Siti» safarda «Portu»ga qarshi o‘tkazadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 9 sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:01 da.
Umarali Rahmonaliyev va «Sabah» esa Chempionlar ligasi umumiy bosqichidagi debyutida «Manchester Yunayted» maydonida sinovdan o‘tadi. Boshlanishi: bizning vaqt bilan 11-sentyabrga o‘tar kechasi soat 00:00 da.
Manba: UEFA
Sport
Rossiyalik shaxmatchilar O‘zbekistonda o‘tkaziladigan Olimpiadada qatnashmaydi
Xalqaro shaxmat federatsiyasi (FIDE) Prezident kengashi rossiyalik shaxmatchilarni Butunjahon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etishiga ruxsat bermadi. Bu haqda Rossiya shaxmat federatsiyasi ijrochi direktori Aleksandr Tkachyov TASS agentligiga ma’lum qildi.
«Jahon shaxmat Olimpiadasida terma jamoalarimiz qatnashmaydi. Kengash ushbu qarorni FIDE prezidenti vazifasini bajaruvchi janob Vishvanatan Anandning tashabbusi bilan qabul qildi», — dedi Tkachyov.
Butunjahon shaxmat Olimpiadasi 16–27 sentyabr kunlari Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadi.
2025 yilning dekabrida Xalqaro shaxmat federatsiyasi Bosh assambleyasi rossiyalik sportchilarga nisbatan cheklovlarni to‘liq va qisman bekor qilish uchun ovoz bergan edi. Rossiyalik shaxmatchilarning qaytishiga 61 delegat ovoz bergan, 51 delegat qarshi chiqqan.
Biroq 2026 yil yanvarda Buyuk Britaniya, Germaniya, Norvegiya, Estoniya va Ukraina shaxmat federatsiyalari FIDEning rossiyalik shaxmatchilarga nisbatan sanksiyalarni to‘liq bekor qilish haqidagi qaroriga e’tiroz bildirish niyatida ekani xabar qilindi. Shundan so‘ng, 2026 yil iyun oyida sanksiyalar qayta joriy etildi.
Avvalroq mazkur Olimpiadani Magnus Karlsen va yana bir qator shaxmat yulduzlari ham o‘tkazib yuborishi ma’lum bo‘lgandi.
Sport
Krishtianu Ronaldu mavsum nihoyasida futbol bilan xayrlashishi mumkin
Krishtianu Ronaldu joriy mavsum nihoyasida professional futboldagi faoliyatiga yakun yasashi mumkin. Bu haqda u Vogue jurnaliga intervyusida ma’lum qildi.
«Ehtimol, bu futboldagi so‘nggi yilim bo‘lishi mumkin, o‘zimdan ulkan meros qoldirishni istayman», — dedi Ronaldu.
Besh karra «Oltin to‘p» egasi ta’kidlashicha, bo‘sh vaqtini hordiq va sayohatlarga ajratmoqchi.
Krishtianu Ronaldu professional futbolga kirib kelganiga 25 yil bo‘ldi. Birinchi katta o‘yinini 2002-yil 14-avgustda Lissabonning «Sporting» klubi safida Milanning «Inter»iga qarshi o‘tkazgan.
Sport
«Arsenal» «Manchester Siti»ni yirik hisobda yengib, Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi
Londonning «Arsenal» klubi o‘z tarixida 18-marta Angliya superkubogini qo‘lga kiritdi. Jamoa Kardiffda «Manchester Siti»ni 3:0 hisobida mag‘lub etdi.
O‘yinning 23-soniyasida Rikkardo Kalafiori hisobni ochdi. One Football nashrining ma’lumotlariga ko‘ra, bu 1968 yildan beri superkubok o‘yinining birinchi daqiqasida urilgan birinchi va kubok tarixidagi eng tezkor gol bo‘ldi.
London jamoasi safida yana Kay Xaverts (28) va Martin Edegor (48) gol urishdi.
O‘tgan mavsumda «Arsenal» Premer ligada g‘olib bo‘lgan bo‘lsa, manchesterliklar Angliya kubogini qo‘lga kiritdi.
«Shaharliklar» safida Abduqodir Husanov to‘liq harakat qildi.
-
Iqtisodiyot5 days ago
Oziq-ovqat ishlab chiqarishda qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat2 days ago
Prezidentning Mustaqillik bayrami tabrigidan o‘rin olgan asosiy fikrlari
-
Jamiyat14 hours ago
Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi
-
Sport1 day ago
EChL 2026/2027. Umumiy guruh bosqichi taqvimi e’lon qilindi
-
Sport15 hours ago
Akademik eshkak eshish bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi tarixda ilk bor jahon chempioni bo‘ldi
-
Siyosat2 hours ago
Saida Mirziyoyeva Pekinda Va I bilan muloqot o‘tkazdi
