Connect with us

Jamiyat

Farg‘onadagi bog‘chada bolani yuqori kuchlanishli tok urdi

Published

on


Farg‘ona shahridagi 66-son davlat bog‘chasida 6 yoshli tarbiyalanuvchi yuqori kuchlanishli transformator punktiga yiqilib, tok urishi oqibatida tana a’zolari kuyib ketdi. Yangi qurilgan bog‘cha hududidagi TP yerto‘lada joylashgan bo‘lib, chuqurning usti tayinli yopilmagan, atrofi to‘siqlar bilan o‘ralmagan. Kun.uz muxbiri voqea tafsilotlarini o‘rgandi.

18 fevral kuni soat 10:00 lar atrofida Farg‘ona shahrida joylashgan 66-son davlat bog‘chasining 6 yoshli tarbiyalanuvchisi Abuzar Ravshanjonov bog‘cha hududida, yer ostiga o‘rnatilgan yuqori kuchlanishli tranformator punktiga tushib ketishi oqibatida jiddiy jarohat olib, tana a’zolari kuyib ketgan.


Abuzar Ravshanjonov

Taajjublanarli tomoni, bog‘cha qurib foydalanishga topshirilganiga 2 yil bo‘lishiga qaramay, inson hayoti uchun xavfli bo‘lgan yerto‘la atrofi maxsus to‘siqlar bilan o‘ralmagan. Yerto‘la eshigi esa oddiy sellofan paket bilan yopib qo‘yilgan.


Baxtsiz hodisa yuz berishidan avvalgi holat

Abuzar uynab borib ustiga sellofan tashlangan yerto‘la tuynugiga qadam qo‘yishi bilan, ichkariga tushib ketgan. Baxtsiz hodisadan keyingina xavfli hudud atrofi darhol maxsus panjaralar bilan to‘silgan.

Ayni paytda Abuzar shifoxonada qolmoqda.

“Nevaramning o‘sha kungi holatini umuman tasavvur ham qilolmaysiz. Qo‘llari kuyib ketgan, yelkalarini, orqalari kuygan, dumbalari, asosiy tana a’zolari ham kuygan. Qanday qilib mana shunday katta kuchlanish tokni oldida bolalarni be’etibor qoldirishlari mumkin? Nevaram bog‘chaga qanday sog‘lom borgan bo‘lsa, qo‘limizga ana shunday sog‘lom holda qaytarib berishsin.

Boshlari ham yorilgan. Qo‘llari tinmay qaltirayapti, ko‘zi bir tomonga tortayapti. Qanday quvnoq bola edi-ya… Har bir inson o‘z farzandini o‘rniga qo‘yib ko‘rsin. Bola chidolamayapti, iloji yo‘q.

Mana shu panjaralarni falokat yuz bergandan keyin bolam yiqilgandan keyin qo‘yishdi. Mutasaddilar, TPni qurgan tashkilot nega xavfli joyni avvalroq o‘rab qo‘ymagan? Kim javob beradi?” – deydi bolakayning buvisi Hayotxon Rahimova.


Hayotxon Rahimova

Bog‘chada TP borligini hech kim bilmagan…

“66-bog‘chaga ikkita nevaram boradi. Katta o‘g‘lim Abdurahmon telefon qilib, Abuzar bog‘chada “shit”ning ichiga tushib ketibdi dedi. O‘zi qalay ekan desam, bilmayman dedi. Kasalxonaga qarab ketdik.


Abuzar yiqilgan joy

Bog‘cha hududidan yuqori kuchlanishli transformator punkti (TP) o‘tgan bo‘lgan. TP Farg‘ona eko shaharni “svet” bilan ta’minlagan. Befarqlik ham shu darajada bo‘ladimi? Nevaram bilmasdan o‘ynab kelib, ichkariga tushib ketgan. Chuqur ochiq turgan bo‘lganida ham uni ko‘rgan bo‘lardi, lekin yerto‘la og‘zi plastik va sellofan bilan yopilgan bo‘lgan.

Tarbiyachilarning aytishicha, yerto‘la ichida nima borligini hatto ular ham bilishmagan. Bu yerda yuqori kuchlanishni bildiruvchi birorta belgi yo‘q. Nevaram yiqilgandan keyin bir qancha vaqt u yerda xushsiz holatda yotgan. Baxtsiz hodisadan keyin atrofni o‘rab qo‘yishdi. Avval qayerda edi quruvchi-yu boshqasi?” – deydi Abuzarning bobosi Ravshanjon Rahimov.


Ravshanjon Rahimov

Aybdorlarga qat’iy chora ko‘rilsin…

“Bog‘chadan telefon bo‘lib o‘g‘lingiz yiqilib boshi yorildi, deyishdi. Kasalxonaga borsam “shit”ga tushib ketdi deyishdi. Ko‘rdimki o‘g‘limning butun tanasi kuyib ketgan ekan. Sho‘rlik bolam yig‘lab, ko‘karib yotibdi. Keyin xushidan ketdi.

Bog‘cha hududiga TP qurishdi, xo‘p… Lekin uni qabul qilib olgan qurilish inspeksiyasi qayerga qaragan? Xavfli hudud atrofi o‘ralmagani, eshigi ochiq qolganiga kim javob beradi? Elektroset xodimlari qayerga qaragan?! Aybni hech kim bo‘yniga olmayapti. Kaltak aylanib kelib, bog‘cha direktorining boshida sinyapti.

Katta kuchlanishli tok urgan o‘g‘limni. O‘g‘limning kelajagi qanday bo‘ladi endi? Tok urgandan keyin bolaning miyasiga ham shikast yetgan bo‘lishi mumkin, biz shundan xavotirmiz. Aybdorlarga qat’iy chora ko‘rilsin. Nima uchun shu paytgacha TP atrofi o‘ralmagan? Bog‘cha ichiga TPni kim joylashtirgan? Javob berishsin”, deydi bolaning otasi Abdurahmon Qodirov.


Abdurahmon Qodirov

Holat bo‘yicha izoh olish uchun 66-davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti direktori Gulruxsor Abdusamatova bilan bog‘landik. U bog‘cha hududiga birozdan keyin borishini aytdi-yu, lekin ancha kuttirdi, oxir-oqibat kelmadi.

Smetada yo‘q edi…

Bog‘cha hududiga yuqori kuchlanishli transformator punktini qurgan korxona rahbari bilan telefon orqali muloqot qildik. Quruvchi TP atrofini o‘rash loyihaga kiritilmaganini ma’lum qildi.

“Korxonamiz elektromontaj ishlari bilan shug‘ullanadi, elektrosetning pudratchisimiz. TP atrofini o‘rash smetada yo‘q edi. Lekin ustini yopishimiz kerak edi… U yerda bittalik TP edi, yaqinda ikkitalik qilib o‘zgartirgan edik. Ishchilarim ozgina befarqlik qilishibdi-da”, deydi tranformator podstansiyasini qurgan “Faxr” XK rahbari Rizo Asadullayev.

Og‘ir jarohatlangan Abuzar Ravshanjonov ayni paytda tez tibbiy yordam bo‘limining kuyish bo‘limida qolmoqda.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.