Connect with us

Jamiyat

Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari bo‘yicha agentlik ochiladi

Published

on


Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi tashkil etiladi. 

Prezident farmoni bilan Sanoat kooperatsiyasi va davlat xaridlari agentligi va uning boshqaruv kengashi tashkil etiladi. Unga Iqtisodiyot va moliya vazirligining davlat xaridlari sohasidagi vazifalari, funksiyalari va vakolatlari o‘tkaziladi.

Shuningdek, Agentlik huzurida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish davlat maqsadli jamg‘armasi tashkil etiladi. 2026-yil 1-iyuldan boshlab Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan:

– Dasturlar doirasida tadbirkorlik sub’yektlarining loyihalarini moliyalashtirish uchun tijorat banklari orqali xorijiy valyutada yillik 6 foiz (jumladan, bank marjasi – 2 foiz), milliy valyutada yillik 12 foiz (jumladan, bank marjasi – 2 foiz) stavkada 10 yil muddatgacha, shu jumladan, 2 yillik imtiyozli davr bilan bitta loyiha uchun 10 mln dollargacha kredit mablag‘lari ajratiladi;

– tadbirkorlik sub’yektlarining xorijiy huquq egalaridan ishlab chiqarish texnologiyalari transferi, brend, tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilaridan foydalanish huquqini olish bilan bog‘liq xarajatlarining 30 foizigacha, biroq 1 mln dollardan ko‘p bo‘lmagan miqdorda subsidiyalar ajratiladi;

– sanoat startaplari – yangi turdagi yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab chiqib, amaliyotga joriy etish bilan bog‘liq xarajatlarning 50 foizigacha, biroq 10 mlrd so‘mdan ko‘p bo‘lmagan miqdorda har yili eng yaxshi 10 tagacha loyihalarga tanlov asosida subsidiyalar ajratiladi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyuldan boshlab dasturlarga kiritilgan loyihalar doirasida ishlab chiqarish texnologik jarayonida foydalaniladigan, respublikada o‘xshashi ishlab chiqarilmaydigan, tasdiqlangan ro‘yxat bo‘yicha import qilinadigan xomashyo va butlovchi buyumlar 3 yil muddatga bojxona bojidan ozod etiladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Alkogol ichimliklarni reklama qilgan bloger ma’muriy javobgarlikka tortildi

Published

on


Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilayotgan reklama materiallarining qonunchilik talablariga muvofiqligi yuzasidan o‘tkazilgan monitoring davomida bloger N.Sobirovning sahifasida alkogolli ichimliklar reklamasi joylashtirilgani aniqlandi.

Qo‘mita ma’lumotiga ko‘ra, mazkur reklama amaldagi qonunchilik talablariga zid hisoblanadi.

O‘rganish natijalari asosida blogerga nisbatan belgilangan tartibda ma’muriy chora ko‘rildi.

«Reklama to‘g‘risida»gi Qonunning 38-moddasiga muvofiq, har qanday quvvatdagi alkogolli ichimliklarni reklama qilish taqiqlangan.

Qonunchilikda faqat pivo, tabiiy va ko‘piklanadigan vinolar reklamasiga belgilangan vaqt, shakl va auditoriya bo‘yicha cheklovlarga rioya etilgan holdagina ruxsat beriladi.

Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda alkogolli ichimliklarni har qanday shaklda reklama qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Raqobat qo‘mitasi bloger N.Sobirov reklama qilinishi qonun bilan taqiqlangan mahsulotni targ‘ib qilgani uchun ma’muriy javobgarlikka tortilganini ma’lum qildi.

Holat yuzasidan rasmiylashtirilgan tegishli hujjatlar qonunchilikda belgilangan tartibda sudga yuborilgan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Jaziramada ochiq havodagi ishlar cheklanishi mumkin

Published

on


O‘zbekistonda anomal issiq va jazirama kuchayishi kutilmoqda. Shu munosabat bilan Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarni ochiq havoda mehnat qilayotgan xodimlarning xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan choralarni ko‘rishga chaqirdi.

Inspeksiya tavsiyasiga ko‘ra, kunning eng issiq vaqti — soat 11:00dan 16:00gacha tashqi ishlar qisqartirilishi yoki vaqtincha to‘xtatilishi lozim. Shuningdek, ushbu vaqtda og‘ir jismoniy mehnatni cheklash ham tavsiya etilmoqda.

Qayd etilishicha, yuqori harorat sharoitida ishlayotgan xodimlar issiq urishi, suvsizlanish, hushdan ketish hamda yurak-qon tomir kasalliklari xavfiga ko‘proq duch keladi.

Davlat mehnat inspeksiyasi ish beruvchilarga xodimlarni doimiy ravishda toza va salqin ichimlik suvi bilan ta’minlash, soya yoki sovutiladigan dam olish joylarini tashkil etish, yengil va issiqdan himoya qiluvchi maxsus kiyimlar berish, issiq urishi va suvsizlanish alomatlari bo‘yicha yo‘riqnoma o‘tkazish hamda sog‘lig‘i yomonlashgan xodimlarga zudlik bilan birinchi tibbiy yordam ko‘rsatishni tavsiya qildi.

Bundan tashqari, issiq sharoitida ishlaydigan xodimlar belgilangan tartibda tibbiy ko‘rikdan o‘tgan bo‘lishi shartligi eslatildi.

Inspeksiya mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etish faqat tavsiya emas, balki ish beruvchining qonunchilikda belgilangan majburiyati ekanini ta’kidladi. Ogohlantirilishicha, jazirama sharoitida zarur choralarni ko‘rmaslik xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga jiddiy xavf tug‘dirishi, ish joyida baxtsiz hodisalarga sabab bo‘lishi mumkin.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Mehnat inspeksiyasi barcha hokimliklarga ko‘rsatma yubordi

Published

on


Ko‘rsatmada anomal issiqda ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish bo‘yicha talablar belgilangan.

Anomal issiq ob-havo sharoitida ochiq havoda mehnat qilayotgan obodonlashtirish xodimlarining hayoti va sog‘lig‘ini muhofaza qilish maqsadida barcha hokimliklarga tegishli ko‘rsatma yuborildi, deb xabar berdi Davlat mehnat inspeksiyasi.

Xabarda aytilishicha, ko‘rsatmada soat 10:00–17:00 oralig‘ida yuqori harorat ta’sirida xodimlar hayoti va sog‘lig‘iga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan ishlarni vaqtincha to‘xtatish hamda moslashuvchan ish rejimini belgilash, xodimlarni yetarli miqdorda sifatli ichimlik suvi bilan ta’minlash kabi talablar belgilangan.

Bundan tashqari, quyosh nurlari va yuqori harorat ta’siridan himoyalangan dam olish joylarini tashkil etish, majburiy tibbiy ko‘rikdan o‘tmagan yoki tibbiy xulosaga ko‘ra ishga yaroqsiz deb topilgan shaxslarni ishga qo‘ymaslik, shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash va mehnat hamda dam olish rejimini qayta ko‘rib chiqish lozimligi aytilgan.

“Ko‘rsatma talablarining bajarilishi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan nazorat qilinadi”, deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, mehnatni muhofaza qilish talablarini buzgan shaxslar qonunchilikda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati fosh etildi

Published

on


Kogon shahrida fuqaroning ishonchiga kirib, uni 8 000 dollar evaziga Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan shaxs ushlandi.

Foto: EPA / YONHAP / TASS

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Kogon shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq firibgarlik holati aniqlandi.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Z.I. fuqaro Sh.I.ning ishonchiga kirib, uni 8 000 AQSh dollari evaziga go‘yoki yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari orqali Koreya davlatiga ishga yuborishini aytib, kelishilgan puldan 1 000 AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgan.

Tergovga qadar tekshiruv jarayonida ushbu pullar hisobidan 200 AQSh dollarining qaytarilishi protsessual tartibda rasmiylashtirildi.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Avvalroq Toshkent viloyatida Koreyaga ishga jo‘natishni va’da qilib, ikki nafar fuqarodan 15 ming AQSh dollarini firibgarlik yo‘li bilan olgan shaxsning noqonuniy harakatlari fosh etilgani xabar qilingandi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt yo‘nalishlari uchun davlat grantlari ko‘paytirildi

Published

on


Ma’lum qilinishicha, mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirilib, jami 2 930 ta davlat granti ajratilgan.

2026/2027-o‘quv yili uchun axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt sohasiga oid ta’lim yo‘nalishlari hamda mutaxassisliklari bo‘yicha davlat granti asosidagi qabul ko‘rsatkichlari 35 foizga oshirildi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining ma’lum qilishicha, mazkur yo‘nalishlar uchun jami 2 930 ta davlat granti ajratildi.

Qayd etilishicha, bunda bakalavriat uchun 2 309 ta, magistratura uchun 621 ta davlat granti ajratilgan.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.