Iqtisodiyot
O‘zbekiston – Pokiston Ishbilarmonlar kengashi tashkil etiladi
5 fevral kuni Islomobod shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Pokiston Islom Respublikasi Bosh vaziri Shahboz Sharif tor doirada muzokara hamda oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishini o‘tkazdilar.
Davlatimiz rahbari uchrashuv avvalida Bosh vazirni yaqinlashib kelayotgan muqaddas Ramazon oyi va Pokiston kuni bayrami bilan tabrikladi.
Oliy darajada erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish doirasida O‘zbekiston – Pokiston strategik sheriklik va ko‘p qirrali hamkorlik munosabatlarini yanada kengaytirish va mustahkamlashning amaliy jihatlari atroflicha muhokama qilindi.
So‘nggi yillarda o‘zaro aloqalar faol tus olgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Siyosiy muloqot mustahkamlanib, parlamentlararo va idoralararo almashinuvlar jadal rivojlanmoqda.
O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra o‘zaro savdo hajmi salkam 500 million dollarga yetdi. O‘zbekistonda Pokiston kapitali ishtirokidagi 230 ga yaqin korxona faoliyat yuritmoqda. Ikki mamlakat o‘rtasidagi aviaqatnovlar ko‘paydi. Banklararo korrespondentlik munosabatlari mustahkamlanmoqda.
To‘qimachilik, farmatsevtika, kimyo, qishloq xo‘jaligi va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Tomonlar ushbu tashrif arafasida o‘tkazilgan siyosiy maslahatlashuvlar va Hukumatlararo komissiya yig‘ilishining natijalarini olqishladilar.
Tashrif doirasida O‘zbekiston sanoat mahsulotlarining ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda.
Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari Muvofiqlashtiruvchi qo‘mitasining birinchi yig‘ilishini yaqin kunlarda Toshkentda o‘tkazish zarurligi ta’kidlandi.
Ishbilarmon doiralar o‘rtasida uzoq muddatli hamkorlik o‘rnatish maqsadida O‘zbekiston – Pokiston Ishbilarmonlar kengashini tashkil etish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Yaqin kelajakda o‘zaro tovar ayirboshlashni 2 milliard dollarga yetkazish vazifasi qo‘yildi. Amaldagi Imtiyozli savdo bitimi doirasidagi mahsulotlar turini, shuningdek, O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari uchun fitosanitariya ruxsatnomalari ro‘yxatini yanada kengaytirish hamda O‘zbekistonning Lahor va Karachidagi savdo uylaridan faol foydalanish to‘g‘risida qarorlar qabul qilindi.
Tashrifga tayyorgarlik doirasida qishloq xo‘jaligi, elektrotexnika, geologiya, farmatsevtika, yengil sanoat, oziq-ovqat mahsulotlarini qayta ishlash va boshqa sohalarda qariyb 3,5 milliard dollarlik loyihalar portfeli shakllantirildi.
Transport va logistika aloqalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi. Transafg‘on temir yo‘li loyihasini amalga oshirishni jadallashtirish va “Pokiston – Xitoy – Qirg‘iziston – O‘zbekiston” transport yo‘lagini rivojlantirish muhimligi ta’kidlandi.
Ikki mamlakat hududlarining o‘zaro aloqalari iqtisodiy hamkorlik rivojining asosiy drayverlaridan biri sifatida belgilandi.
O‘zbekiston – Pokiston hududlararo forumini tashkil etishga kelishilib, uning birinchi uchrashuvini shu yil Xorazm viloyatida o‘tkazish taklifi bildirildi.
Ziyorat turizmi sohasida tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari alohida muhokama qilindi. Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlash maqsadida joriy yilda Pokistonda O‘zbekiston madaniyati haftaliklari va O‘zbekiston kinosi kunlarini o‘tkazishga kelishib olindi.
Shuningdek, davlatimiz rahbari Boburiylar merosini targ‘ib qilish uchun Lahorda qo‘shma madaniyat markazini tashkil etishni taklif qildi.
Muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan fikr almashilib, ko‘p tomonlama tuzilmalar doirasida yaqin hamkorlikni davom ettirishga qat’iy intilish bildirildi.
Yakunda Shavkat Mirziyoyev Shahboz Sharifni javob tashrifi bilan O‘zbekistonga kelishga taklif etdi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
Iqtisodiyot
O‘zbekiston shokolad importining qariyb 70 foizi Rossiyaga to‘g‘ri kelmoqda
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonga 46 davlatdan qariyb 28,5 ming tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan.
Import qilingan mahsulotlarning umumiy qiymati 123,7 mln AQSh dollarini tashkil etgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 1,6 ming tonnaga yoki 6 foizga ko‘p.
Import hajmi bo‘yicha Rossiya keskin ustunlik qilgan. Yilning dastlabki yetti oyida Rossiyadan O‘zbekistonga 19,5 ming tonna shokolad mahsulotlari yetkazib berilgan.
Rossiyadan kelgan shokolad mahsulotlari umumiy importning qariyb 70 foizini tashkil etgan. Keyingi o‘rinda Ukraina bo‘lib, undan 2,2 ming tonna mahsulot import qilingan.
Qozog‘istondan 914 tonna, Belarusdan 805,2 tonna shokolad mahsulotlari olib kirilgan. Litvadan import 746,2 tonnani tashkil etgan.
Turkmaniston 715,2 tonna, Turkiya esa 569,5 tonna ko‘rsatkich bilan keyingi o‘rinlarda qayd etilgan. Qolgan davlatlar hisobiga 3 ming tonna mahsulot to‘g‘ri kelgan.
-
Iqtisodiyot4 days ago
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot1 day ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat1 day ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat1 day ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
