Connect with us

Jamiyat

Qamrov hududi past hududlarda bog‘cha uchun 5 mlrd so‘mgacha kredit beriladi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-fevral kuni maktabgacha ta’lim va tarbiya tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Maktabgacha ta’lim bolaning intellektual, ijtimoiy va ma’naviy rivojlanishida hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Shu bois, so‘nggi yillarda ushbu sohada qamrovni kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish va xususiy sektor ishtirokini rag‘batlantirish bo‘yicha izchil islohotlar amalga oshirildi. Natijada mamlakatimizda maktabgacha ta’lim bilan qamrov 78 foizga yetdi.

Shu bilan birga, qamrovni 80 foizga yetkazish uchun yangi bog‘cha o‘rinlarini yaratish talab etiladi, 39 ta tuman va shaharda esa bog‘cha qamrovi 70 foizdan past darajada qolmoqda. Shuningdek, davlat bog‘chalarida pedagoglarning 61 foizi, nodavlat bog‘chalarda esa 76 foizi o‘rta maxsus ma’lumotga egaligi kadrlar salohiyatini yanada oshirish dolzarb masala ekanini ko‘rsatmoqda.

Shu munosabat bilan bugungi taqdimotda maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Jumladan, bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarining ta’lim dasturi majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida joriy etiladi. Bunda bolalarni maktab ta’limiga puxta tayyorlash, ta’limda uzluksizlikni ta’minlash asosiy maqsad qilib qo‘yilgan.

Maktabgacha ta’lim tizimida o‘yinga asoslangan ta’lim modeli joriy etilib, bolaning tabiiy qobiliyati va qiziqishlarini hisobga olgan holda ta’lim-tarbiya jarayoni tashkil qilinadi. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida o‘quv muhiti yangilanadi.

Shuningdek, “Yangi avlod” maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarmog‘ini shakllantirish rejalashtirilgan. 2026-2028 yillarda har bir hududda 120 o‘rinli “Yangi avlod” davlat bog‘chalari hamda ularning tarkibida Bolalarni rivojlantirish innovatsion markazlari tashkil etiladi. Mazkur bog‘chalarda qo‘shimcha rahbar hamda tarbiyachi-yo‘riqchi shtatlari joriy qilinib, rahbar va pedagog xodimlarga tarif stavkasiga nisbatan 20 foiz miqdorida har oylik ustama to‘lanadi.

Maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlariga ham bir yillik maktabga tayyorlov guruhlarini tashkil etishga ruxsat beriladi. Bu orqali ta’lim xizmatlari bozorida sog‘lom raqobatni kengaytirish va qamrovni oshirish maqsad qilingan.

Kadrlar tayyorlash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. 2026-2027 o‘quv yilidan boshlab pedagogika oliy ta’lim tashkilotlarida maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim dasturlari xalqaro ilg‘or tajribalarga mos ravishda takomillashtiriladi. Shu bilan birga, amalda ishlab kelayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagog kadrlar uchun dual ta’lim (“5+1”) asosida bakalavrlar tayyorlash tizimi joriy etiladi.

2027-2028 o‘quv yilidan boshlab maktabga tayyorlov guruhlarida ta’lim-tarbiya olgan bolalarga davlat namunasidagi elektron sertifikat berilishi, mazkur ma’lumotlar umumiy o‘rta ta’lim to‘g‘risidagi shahodatnomada qayd etilishi ko‘zda tutilmoqda.

Taqdimotda maktabgacha ta’lim sohasida xususiy sektorni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan yangi imtiyozlar ham muhokama qilindi.

Maktabgacha ta’lim sohasida xususiy sektor ishtirokini kengaytirish maqsadida qamrov darajasi 80 foizdan past bo‘lgan tuman va shaharlarda (Toshkent shahri bundan mustasno) tadbirkorlar uchun qator qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi.

Jumladan, maktab va bog‘chalar hududidagi bo‘sh yer maydonlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘chalar tashkil etilganda, ijara to‘lovlari 30 yilgacha undirilmaydi. Shuningdek, har bir tarbiyalanuvchi uchun davlat bog‘chalarida bir bolaga to‘g‘ri keladigan xarajatning 50 foizi miqdorida subsidiya ajratiladi. Ushbu tartib 2024 yildan tashkil etilgan nodavlat bog‘chalarga ham tatbiq etiladi.

Qamrov darajasi past hududlarda bog‘cha va maktabdan tashqari joylarda quvvati kamida 150 o‘rinli nodavlat bog‘chalar tashkil etilsa, 7 yilgacha muddatga 5 milliard so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi. Shu bilan birga, tarbiyachilarga oylik ish haqi to‘lash xarajatlari davlat bog‘chalarida belgilangan me’yorlar asosida uch yil davomida qoplab beriladi. Har 30 nafar bolaga bir nafar tarbiyachi shtati hisoblanadi.

Mazkur imtiyozlar yangi ko‘p kvartirali uylarning birinchi qavatida tashkil etiladigan xususiy bog‘chalarga ham tatbiq etiladi.

Bundan tashqari, 2030 yil 1 yanvarga qadar quvvati 150 o‘rindan kam bo‘lmagan nodavlat bog‘chalar tashkil etgan tadbirkorlar uchun ijtimoiy soliq stavkasi bo‘yicha yengilliklar beriladi.

Davlatimiz rahbari taqdim etilgan takliflarni har tomonlama puxta ishlab chiqish, ularni bosqichma-bosqich joriy etish hamda maktabgacha ta’lim sifatini oshirish orqali bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun mustahkam asos yaratish muhimligini ta’kidladi. Mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berildi. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.