Jamiyat
Telegram’dagi APK fayl tufayli fuqaro 55 mln so‘mdan ayrildi
Sirdaryo viloyatida fuqaro Telegram messenjeri orqali yuborilgan APK formatdagi faylni ochishi oqibatida bank kartasidagi 55,3 million so‘m mablag‘ni yo‘qotgani ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, holat yuzasidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu jinoyatga aloqador bo‘lgan 2005 yilda tug‘ilgan ikki nafar shaxs aniqlangan. Hozirda ular bilan bog‘liq holatlar yuzasidan tegishli protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Shuningdek, huquqni muhofaza qiluvchi organlar mazkur sxema orqali boshqa fuqarolar ham jabr ko‘rgan bo‘lishi mumkinligini inobatga olib, qo‘shimcha jabrlanuvchilarni aniqlash bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.
Mutaxassislar fuqarolarni ehtiyot bo‘lishga chaqirib, noma’lum manbalardan yuborilgan APK fayllarini ochmaslik, telefonga tashqi ilovalarni o‘rnatmaslik va shaxsiy bank ma’lumotlarini himoya qilish muhimligini ta’kidlamoqda.
Jamiyat
Qozog‘istonda qiyin ahvolga tushgan fuqarolar O‘zbekistonga qaytarildi
Qozog‘istonning Oqtov shahrida og‘ir hayotiy vaziyatga tushib qolgan bir qator O‘zbekiston fuqarolari diplomatik va konsullik ko‘magi hamda Migratsiya agentligi mablag‘lari hisobidan vatanga qaytarildi. Ular orasida og‘ir kasallikka chalinganlar, avtohalokat oqibatida hujjatlarini yo‘qotganlar hamda moliyaviy qiyinchilikka duch kelganlar bor.
O‘zbekistonning Oqtov shahridagi Bosh konsulxonasi tomonidan xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga huquqiy hamda amaliy yordam ko‘rsatish ishlari izchil davom ettirilmoqda.
Ma’lum qilinishicha, joriy yilning iyun oyida hayotiy murakkab vaziyatga tushib qolgan bir qator yurtdoshlarning murojaatlari tezkor tarzda ko‘rib chiqilib, ularga zarur ko‘mak ko‘rsatildi.
Xususan, og‘ir kasallik tufayli mehnat qilish imkoniyatini yo‘qotib, moliyaviy qiyin ahvolga tushgan O‘zbekiston fuqarosi vatanga qaytarildi.
Shuningdek, avtofalokat oqibatida shaxsiy hujjatlari va mablag‘laridan mahrum bo‘lgan fuqaroga vatanga qaytish guvohnomasi rasmiylashtirilib, aviachipta olib berildi.
Bundan tashqari, insultni boshdan kechirib, jarrohlik amaliyotidan keyin og‘ir ahvolda bo‘lgan fuqaroning O‘zbekistonga qaytishi ta’minlandi. Moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan yolg‘iz ona va uning voyaga yetmagan farzandi ham yurtga qaytarildi.
Fuqarolarni vatanga qaytarish ishlari O‘zbekiston Migratsiya agentligi mablag‘lari hisobidan tashkil etildi. Jarayonda Oqtovdagi Bosh konsulxona xodimlari tomonidan zarur konsullik-huquqiy rasmiylashtirish ishlari amalga oshirilib, tashkiliy va amaliy yordam ko‘rsatildi.
Qayd etilishicha, O‘zbekistonning xorijdagi diplomatik vakolatxonalari va konsullik muassasalari xorijda bo‘lib turgan vatandoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, shuningdek, zarur holatlarda ularga huquqiy va amaliy ko‘mak ko‘rsatish bo‘yicha faoliyatini izchil davom ettirmoqda.
Jamiyat
Pxuketda ikki o‘zbekistonlik ushlandi
Tailandning Pxuket xalqaro aeroportida ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi yuklaridan 26 kilogrammdan ortiq kannabis mahsulotlari topilgani ortidan qo‘lga olindi. Huquqni muhofaza qiluvchi idoralar ularni mazkur moddalarni mamlakatdan bojxona rasmiylashtiruvisiz olib chiqishga uringanlikda gumon qilmoqda.
Tailand bojxona xizmati ma’lumotiga ko‘ra, voqea 1 iyul kuni Pxuket xalqaro aeroportida yuklarni tekshirish chog‘ida aniqlangan.
Tekshiruv davomida ikki nafar 26 yoshli O‘zbekiston fuqarosining chemodanlaridan vakuumli qadoqlangan quritilgan kannabis gullari, kannabis smolasi va qayta ishlangan kannabis mahsulotlari topilgan.
Birinchi gumonlanuvchining to‘rtta yukidan ikkitasi shubha uyg‘otgan. Tekshiruv natijasida umumiy og‘irligi 9,8 kilogramm bo‘lgan 30 ta qadoqlangan quritilgan kannabis, shuningdek, 1,03 kilogramm og‘irlikdagi 14 dona qayta ishlangan kannabis mahsuloti aniqlangan.
Ikkinchi fuqaroning yuklaridan esa 9,8 kilogramm quritilgan kannabis, 4,1 kilogramm kannabis smolasi hamda umumiy og‘irligi 2 kilogramm bo‘lgan turli qayta ishlangan kannabis mahsulotlari topilgan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar ikki shaxsga nisbatan Tailandning 2017 yilgi Bojxona to‘g‘risidagi qonuniga muvofiq tovarlarni bojxona tartib-qoidalariga rioya qilmasdan mamlakatdan olib chiqishga urinish bo‘yicha ayblov qo‘yilganini ma’lum qildi. Shuningdek, ularga giyohvandlik vositalari va nazorat qilinadigan o‘simliklar muomalasiga oid qonunchilikni buzish yuzasidan ham ayblovlar bildirilgan.
Qo‘lga olinganlar va musodara qilingan ashyoviy dalillar keyingi tergov harakatlarini o‘tkazish uchun Sakxu politsiya bo‘limi tergovchilariga topshirilgan.
Tailand bojxona xizmati kannabisni mamlakatdan noqonuniy olib chiqish jinoyat hisoblanishini ta’kidladi. Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, bunday huquqbuzarlik uchun har bir kilogramm kannabis uchun 30 ming batgacha jarima yoki sud qaroriga qarab ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanishi mumkin.
Mahalliy nashrlar ma’lum qilishicha, so‘nggi vaqtlarda xorijlik sayyohlar ishtirokida kannabis bilan bog‘liq hodisalar ko‘paygani sababli Pxuket ma’muriyati ushbu mahsulotlar aylanmasi ustidan nazoratni yanada kuchaytirish tarafdori ekanini bildirgan.
Jamiyat
Odil sudlov akademiyasi huzurida bepul yuridik klinika ochildi
Odil sudlov akademiyasi huzurida fuqarolarga bepul huquqiy maslahat ko‘rsatadigan zamonaviy Pro Bono yuridik klinikasi ish boshladi. Endi huquqiy ko‘makka muhtoj aholi sudyalar, professor-o‘qituvchilar va yuridik soha ekspertlaridan bepul va sifatli maslahat olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Foto: Odil sudlov akademiyasi
Ma’lum qilinishicha, yangi tashkil etilgan Pro Bono yuridik klinikasi huquqiy va sud ishlariga oid masalalar yuzasidan fuqarolarga malakali maslahat xizmatlarini ko‘rsatadi.
Klinikada Odil sudlov akademiyasining ko‘p yillik tajribaga ega sudyalari, professor-o‘qituvchilari hamda yuridik soha mutaxassislari faoliyat yuritadi.
Ta’kidlanishicha, yuridik klinika tomonidan ko‘rsatiladigan barcha huquqiy xizmatlar mutlaqo bepul va beg‘araz asosda taqdim etiladi.
Shuningdek, murojaat qiluvchilarning shaxsiy ma’lumotlari qonunchilik talablariga muvofiq himoya qilinishi va ularning maxfiyligi to‘liq ta’minlanishi kafolatlangan.
Fuqarolar huquqiy maslahat olish uchun +998 55 501 12 54 telefon raqami orqali murojaat qilishi mumkin.
Jamiyat
Namanganda yer uchun 381 ming dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
Namanganda yer uchun 381 ming dollar talab qilganlar qo‘lga olindi
Source link
Jamiyat
«Oltin qalam» XX Milliy mukofoti g‘oliblarini taqdirlash marosimi boshlandi
Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi Xalqaro anjumanlar saroyida «Oltin qalam» XX Milliy mukofoti uchun xalqaro tanlov g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda.
Taqdirlash marosimida dastlab rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra:
«Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish islohotlari yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun» — «Mahalla» gazetasi jamoasi. Mukofotni bosh muharrir Baxtiyor Abdusattorov qabul qilib oldi.
«Atrof-muhitni asrash va “yashil” iqtisodiyotni targ‘ib qiluvchi eng yaxshi materiallar uchun» — «Yangi O‘zbekiston» gazetasi vakili Boboravshan G‘oziddinov.
«Davlat tilini rivojlantirish va nufuzini yanada oshirishga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun» — faxriy jurnalist Zuhriddin Isomiddinov.
«Ayollarning jamiyatdagi o‘rni va islohotlardagi ishtiroki yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun» — «Saodat» jurnali muharriri Feruza Oripova.
«Jamiyatdagi dolzarb mavzularga bag‘ishlangan eng yaxshi tanqidiy-tahliliy materiallar uchun» — «21 asr» gazetasining Qoraqalpog‘iston va Xorazm bo‘yicha muxbiri Ro‘zimboy Xasanov.
«Sport sohasidagi islohotlarning natijalari yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun» — «Sport» telekanali katta muharriri Shafoat Tolibjonova.
«Ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan eng yaxshi milliy kontent uchun» — «Qisqasi» loyihasi muallifi Jaloliddin Mirzayev.
«Yoshlarga oid davlat siyosati yoritilgan eng yaxshi materiallar uchun» — «Milliy tiklanish» gazetasi jurnalisti Zulfiya Yunusova.
«Publitsistik janrdagi eng yaxshi kitob uchun» — Eshqobil Shukur.
«Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatiga bag‘ishlangan eng yaxshi materiallar uchun» — «Navbahor» gazetasi bosh muharriri Jamoliddin Mirzayev.
«Eng yaxshi fotoreportaj uchun» — O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA) fotomuxbiri Almurat Mamadaminov.
Ma’lumot uchun, rag‘batlantiruvchi nominatsiyalar g‘oliblariga 41 million 200 ming so‘m miqdorida mukofot tayinlanadi.
-
Dunyodan4 days agoEron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtayotgan kemalarni ogohlantirdi
-
Sport5 days agoShomurodov jahon chempionatidagi deyarli imkonsiz gol muallifi bo‘ldi
-
Jamiyat5 days agoToshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi
-
Dunyodan2 days ago
Tojikistonning Togri-Badaxshon muxtor viloyati raisining jasadi topildi.
-
Iqtisodiyot5 days ago“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
-
Turk dunyosi4 days agoTurkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Yevropa mudofaa tizimiga to‘liq integratsiyalashishga chaqirdi
-
Iqtisodiyot4 days ago
24-iyunda dollar yana ko‘tariladi
-
Sport4 days ago«To‘pni yaxshi ushlab turolmadik» – futbolchilar turnirni tark etgandan keyin nimalar deyishdi?
