Jamiyat
Bugun ba’zi hududlarda qor yog‘ishi mumkin
Bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Navoiy, Toshkent viloyatlarida ertalab, Farg‘ona vodiysi viloyatlarida kunning birinchi yarmida ba’zi joylarda biroz qor yog‘adi.
Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 2-7° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda ertalab biroz qor yog‘adi, tuman tushishi mumkin. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo‘ladi.
Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qor yog‘adi, tuman tushadi. Qor ko‘chishi xavfi bor. Yo‘llarda ba’zi joylarda yaxmalak kuzatiladi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 0-5° sovuq bo‘ladi.
Jamiyat
Özbekistonda 71 mingdan ortiq sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda
2026-yil 1-noyabr holatiga köra, Özbekistonda 71,1 mingta sanoat korxonasi faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qömitasi xabar qildi.
Korxonalarning 14,5 mingtasi yoki 20,4 foizi oziq-ovqat mahsulotlari işlab çiqariş sohasiga töğri keladi. Boşqa nometall mineral mahsulotlar işlab çiqarişda 9,9 mingta (13,9 foiz), kiyim işlab çiqarişda esa 7,6 mingta (10,7 foiz) korxona faoliyat körsatmoqda.
Tayyor metall buyumlar işlab çiqariş sohasida 5,9 mingta, mebel işlab çiqarişda 4,9 mingta, töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqarişda 4,3 mingta korxona bor. Rezina va plastmassa buyumlar işlab çiqariş sohasidagi korxonalar soni 3,2 mingtani taşkil etadi.
Taqdim etilgan statistik maʼlumotlarga köra, respublikada sanoat mahsulotlari işlab çiqariş hajmi 1 kvadrillion 221 trln 390,4 mlrd sömni taşkil etgan. Fizik hajm indeksi esa 108 foizga teng bölgan.
Hududlar orasida Navoiy viloyati 251 trln 985,9 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqariş hajmi bilan birinçi örinda. Toşkent şahrida bu körsatkiç 217 trln 39,2 mlrd sömni, Toşkent viloyatida esa 198 trln 828,5 mlrd sömni taşkil etgan.
Andijon viloyatida 97 trln 954,4 mlrd sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan. Samarqand viloyatida 67 trln 808,1 mlrd söm, Farğona viloyatida 61 trln 509 mlrd sömlik mahsulot tayyorlangan.
Qaşqadaryo va Buxoro viloyatlarida sanoat işlab çiqarişi hajmi mos ravişda 53 trln 827,8 mlrd va 52 trln 13,8 mlrd sömni taşkil etgan. Namangan viloyatida 45 trln 656,3 mlrd söm, Jizzax viloyatida 41 trln 971,3 mlrd sömlik mahsulot işlab çiqarilgan.
Xorazm viloyatida uşbu körsatkiç 36 trln 747,1 mlrd sömni, Qoraqalpoğiston Respublikasida 31 trln 168,9 mlrd sömni taşkil etgan. Sirdaryo viloyatida 27 trln 288,1 mlrd, Surxondaryo viloyatida esa 25 trln 11,5 mlrd sömlik sanoat mahsulotlari işlab çiqarilgan.
Jamiyat
29-noyabrga ötar keçasi Toşkent şahrida havo sifati özgarişi mumkin
Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda. Xususan, prognozlarga köra, soat 18:00–21:00 oraliğida havo sifati Xalqaro havo sifati indeksi (AQI) böyiça «örtaça» darajada böladi. Soat 21:00 dan keyin PM zarraçalari miqdori ortib, 22:00–10:00 oraliğida «sezgir guruhlar uçun nosoğlom» darajada bölişi kutilmoqda.
Milliy havo sifati indeksi böyiça körsatkiçlar asosan «yaşil», qisqa muddat «sariq» darajada bölişi mumkin. Keçki soatlarda havo haroratining pasayişi, kuçsiz şamol va tunda harorat inversiyasi şakllanişi mahalliy hamda qöşni hududlarda şakllangan taşlamalar va PM zarraçalarining tarqalişini çeklaydi.
Jamiyat
Toşkentning ikki köçasida transport harakati qariyb bir yarim oyga çeklanadi
Toşkentda Yangi yil bayrami tadbirlariga tayyorgarlik köriş doirasida 2026 yil 30 noyabrdan 2027 yil 10 yanvargaça ayrim köçalarda transport vositalari harakati vaqtinça çeklanadi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.
Çeklovlar quyidagi köça qismlariga taalluqli:
Istiqlol köçasi — Buyuk Turon va Zarafşon köçalari oraliği;
Buyuk Turon köçasi — Istiqlol köçasi bilan kesişmadan Yoşlar ijod saroyigaça.
Qayd etilişiça, çeklovlar aholi xavfsizligini taʼminlaş va jamoat tartibini saqlaş maqsadida joriy etilmoqda.
Harakat çeklovlarining ikkinçi bosqiçi haqida qöşimça maʼlumot beriladi. Haydovçilarga yönalişlarini uşbu özgarişlarni hisobga olgan holda rejalaştiriş tavsiya etilgan.
Jamiyat
Özbekistonda voyaga yetmaganlarga maşina boşqarişni topşirganlar 5 yilgaça qamalişi mumkin
Özbekistonda yöl harakati qoidalarini buzgan haydovçilarga nisbatan jazo çoralari kuçaytirilmoqda. Senatning 21-yalpi majlisida yöl harakati xavfsizligini taʼminlaşga qaratilgan qonun maʼqullandi. Unga köra, mast holda takroran maşina boşqariş, voyaga yetmaganlarga transport vositasini topşiriş va tezlikni keskin oşiriş uçun jazo oğirlaşadi.
Jumladan, mast holda transport vositasini boşqarganlik uçun javobgarlik kuçaytirilmoqda. 2024 yilda bunday 11 994 ta, 2025 yilda esa 13 521 ta huquqbuzarlik qayd etilgan. Jinoyat kodeksiga kiritilayotgan özgartirişlarga muvofiq, mast holda transport vositasini takroran boşqarganlik uçun bir yildan ikki yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda.
Şuningdek, voyaga yetmaganlarga transport vositasini boşqarişni topşirganlik uçun ham javobgarlik kuçaytiriladi. 2025 yilda 14 yoş va undan kiçik bolalar iştirokida 168 ta yöl-transport hodisasi sodir bölgan.
Bu borada Jinoyat kodeksiga yangi 261³-modda kiritilmoqda. Unga köra, voyaga yetmagan şaxsga transport vositasini boşqariş topşirilişi oqibatida örtaça oğir yoki oğir tan jarohati yetkazilsa, uç yilgaça ozodlikdan mahrum qilişgaça bölgan jazo qöllanişi mumkin. Agar buning oqibatida odam ölsa yoki boşqa oğir oqibatlar yuzaga kelsa, uç yildan beş yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi belgilanmoqda. Maʼmuriy tartibda esa 50 BHM jarima yoki 15 sutkagaça maʼmuriy qamoq nazarda tutilgan.
Tezlikni oşirganlik uçun jarimalar miqdori ham kötarilmoqda. 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida tezlikni soatiga 40-60 kilometrga oşiriş bilan boğliq 19 719 ta holat qayd etilgan.
Yangi qonunga muvofiq, tezlikni soatiga 40 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun 25 BHMgaça, 60 kilometrdan ortiq oşirganlik uçun 45 BHMgaça jarima belgilanadi. Tezlikni 80 kilometrdan ortiq oşirgan haydovçilar esa 65 BHM jarima tölaş bilan birga, olti oyga transport vositasini boşqariş huquqidan mahrum qilinişi mumkin.
Bundan taşqari, yöl bezoriligi va noqonuniy avtomobil poygalariga qarşi çoralar ham kuçaytirilmoqda. 2025 yilda 604 ta, 2026 yilning dastlabki töqqiz oyida esa 572 ta yöl bezoriligi bilan boğliq huquqbuzarlik qayd etilgan. Xavfli manyovrlar, drift va boşqa harakat iştirokçilariga qasddan tösqinlik qiliş uçun ham javobgarlik çoralari oğirlaştirilmoqda.
Senatorlarning taʼkidlaşiça, qonundan közlangan maqsad faqat jazolarni kuçaytiriş emas, balki xavfli huquqbuzarliklarning oldini oliş, haydovçilar masʼuliyatini oşiriş va yöllarda insonlar hayotini asraşdan iborat.
Jamiyat
«Bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yöl kerak emas» – Prezident
– Bizga bugun arzon qurilib, ertaga yana budjetdan pul talab qiladigan yöl emas, uzoq yil xizmat qiladigan sifatli yöl kerak, – dedi davlatimiz rahbari.
Polimer bitumdan töğri texnologiya asosida foydalaniş yölning xizmat muddatini 3-4 yilga uzaytiriş, yuqori haroratga çidamliligini oşiriş va takroriy taʼmirlaş xarajatlarini kamaytiriş imkonini beradi.
Kelgusi yilning mart oyidan Farğona neftni qayta işlaş zavodida 50 ming tonna polimer bitum işlab çiqariş yölga qöyiladi. Yil yakuniga qadar işlab çiqariş quvvatini kamida 100 ming tonnaga yetkaziş topşirildi.
Urganç – Xiva pulli yölining asfalt-beton qoplamasida ilk bor geotekstil materiali qöllanildi. Uşbu texnologiya yuklamani teng taqsimlaş, qoplamani deformatsiyadan saqlaş va yölning xizmat muddatini 4-5 yilga uzaytirişga xizmat qiladi.
Mutasaddilarga polimer bitum va geotekstil texnologiyalaridan foydalanişni yöl qurilişi standartlariga kiritiş vazifasi qöyildi.
Kelgusi yildan xalqaro ahamiyatdagi yöllarni quriş va rekonstruksiya qilişda mazkur talab majburiy böladi, keyinçalik davlat va mahalliy ahamiyatdagi yöllarga ham tatbiq etiladi.
«Xitoy – Qirğiziston – Özbekiston» temir yöli işga tuşişi bilan yuk taşiş hajmi 10 karra oşib, yiliga 15-16 million tonnaga yetişi kutilmoqda. Davlatimiz rahbari milliy temir yöl infratuzilmasini şunga mos ravişda rivojlantiriş zarurligini taʼkidladi.
Bugungi kunda temir yöllarning 25 foizi töliq quvvatda, 15 foizi esa ortiqça yuklama bilan işlamoqda.
2030-yilgaça 545 kilometr yangi temir yöl liniyalarini quriş, elektrlaştirilgan yöllar uluşini 65 foizga, elektropoyezdlar parkini 31 taga yetkaziş rejalaştirilgan.
Kelgusi yilda Angren – Pop temir yöl liniyasi modernizatsiya qilinadi, uşbu yönalişda ikkinçi liniya quriş masalasi ham körib çiqiladi. Aprel oyidan Töqimaçi – Angren yönalişida ikkinçi temir yöl qurilişi boşlanadi.
Şuningdek, Toşğuzor – Qumqörğon uçastkalarining modernizatsiyasi yakunlanadi, Andijon – Xonobod va Qumqörğon – Quduqli yönalişlari töliq elektrlaştiriladi, Toşkent – Samarqand yönalişida alohida yuqori tezlikdagi liniya qurişga kirişiladi.
Prezidentimiz xalqaro moliya taşkilotlari va investorlarni umumiy qiymati 8 milliard dollarlik mazkur loyihalarda hamkorlik qilişga çaqirdi.
-
Jamiyat3 days ago
Prezident maktubi — yoş avlodga mehr va maʼrifat saboği
-
Jamiyat5 days ago
Senatda yoşlarning ekologik jarayonlardagi iştirokini kengaytiriş masalalari muhokama qilindi
-
Jamiyat3 days ago
Jahon banki Özbekistonga 800 mln dollar ajratişni maʼqulladi
-
Iqtisodiyot4 days ago
Gulnora Karimovaning musodara qilingan 252,5 mln dollari Özbekistonga qaytariladi
-
Jamiyat4 days agoMuddatli tölovga savdo qiluvçi ayrim taşkilotlar uçun yangi tartib taklif qilindi
-
Sport3 days ago
Özbekiston ösmirlari Italiyaga qarşi öyinda mağlubiyatga uçradi
-
Siyosat4 days ago
Donald Tramp Şavkat Mirziyoyevga özbekona ayvonlar uçun minnatdorlik bildirdi
-
Sport1 day ago
Özbekiston U-17 jahon çempionati pley-offida Ispaniyaga qarşi maydonga tuşadi
