Connect with us

Jamiyat

Surxondaryoda avtosalon mansabdori yuzlab odamni chuv tushirdi

Published

on


Termiz shahridagi “Surkhan autocenter” MChJ rahbari Akmal To‘rayev oson shartlarda mashina olib berishni va’da qilib, yuzlab xaridor bilan shartnoma tuzgan. Ammo mashinalar belgilangan vaqtda kelmagan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtosalon rahbari tomonidan 200 nafarga yaqin xaridorning qariyb 10 mlrd so‘m mablag‘i o‘zlashtirilgan. Akmal To‘rayev juda ko‘p miqdorda firibgarlik jinoyati bilan gumonlanib, qamoqqa olingan.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Surxondaryoda yuzlab fuqaro “Surkhan autocenter” MChJga aldanib qoldi. Kun.uz’ga murojaat qilgan jabrlanuvchilarga ko‘ra, avtosalon mansabdorlari oson shartlarda, ya’ni 5 yil muddatga foizsiz bo‘lib to‘lash sharti bilan mashina olib berishni va’da qilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, “Surkhan autocenter” MChJ 2024 yil 4 yanvar kuni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan. Uning yagona ta’sischisi va rahbari To‘rayev Akmal Axmed o‘g‘li hisoblanadi.

Avtosalon ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida oson shartlarda avtomashina olib berish va’dasi bilan reklama e’lonlarini joylashtirib kelgan. Jabrlanuvchilarning aytishicha, aynan foizsiz bo‘lib to‘lash taklifi ularga jozibali ko‘ringan va aldanishgan.

“2 ta mashinaga to‘lov qilganman: 2025 yil mart oyida Labo hamda aprel oyida Cobalt uchun to‘lov qildim. Jami 154 mln so‘m to‘lovni amalga oshirdim. Labo avgust oyida, Cobalt esa sentabr oyida kelishi kerak edi. Ammo bu vaqtda kelmadi. Borib so‘rasam, turli bahonalar qilishdi. Aslida, bu avtosalonga ko‘plar yugurib kelganining sababi foizsiz bo‘lab to‘lash va’da qilingani. Biroq, bu ham quruq va’da ekan xolos. Bir tanishim shunaqa qilib oldi. Keyin bilsa, bankdan yillik 26 foiz ustama bilan kredit chiqarishgan ekan nomiga. 5 yil muddatga foizsiz bo‘lib to‘lash taklifi shunchaki mijozlarni jalb qilish uchun ekan”, deydi Kun.uz jurnalisti bilan suhbatlashgan jabrlanuvchilardan biri.

Shuningdek, avtosalon mansabdorlari mashina olib berish va’dasi bilan bir qatorda ayrim fuqarolarni mashinasini sotib olishni aytib ham chuv tushirishgan. Ularni aldab, mashinasini uchinchi shaxsga sotib yuborishgan va pulini avtomobil egasiga qaytarmasdan, o‘zlashtirgan. Abdug‘affor Turdiyev shunday jabrlanuvchilardan biri.

“Nexia mashinam bor. Taksichilik bilan shug‘ullanaman. Bir kuni shu avtosalon yoniga mijoz olib keldim. Bu qanaqa tashkilot deb so‘rasam, avtosalon dedi. Oldida yangi mashinalar turgan ekan. Qiziqib, avtosalonga kirdim. Ne’mat ismli xodimi qarshi oldi. Mashinalar narxini, shartlarini so‘radim. Shunda u mashinangiz bor ekan, istasangiz yangisiga almashtirib beramiz, bir haftada olasiz, deyishdi. Bu qanday bo‘lishini so‘radim. U “Mashinangizni olib qolamiz va sizga Cobalt uchun shartnoma qilib beramiz. Yangi mashina kelgach, Nexia’ni rasmiylashtirib olamiz”, dedi.

Biroz shubhalanib, firib yo‘qmi bu yerda desam, yo‘q, deya ishontirishdi. Shu tariqa Nexia mashinamni olib qolishdi. Bir haftadan so‘ng mashinamdan avtosalonning Denovdagi filialiga borib-kelib turishda foydalanishlarini aytib, ishonchnoma berishimni so‘rashdi. Rozi bo‘ldim. Keyin notariusga olib borishdi. Allaqanday hujjatlarga imzo qo‘ydirishdi. To‘g‘risi, ishonchnoma deganlari uchun o‘qib ko‘rmagandim. Keyin bilsam o‘sha vaqtda Nexia mashinamni Angor tumanida yashovchi fuqaroga sotib yuborishgan ekan. Endi yangi mashina olaman deb o‘zimning mashinamdan ham ayrilib o‘tiribman”, deydi Abdug‘affor Turdiyev.

“Surkhan autocenter” MChJ va Abdug‘affor Turdiyev o‘rtasida tuzilgan shartnomada u avtosalonga Cobalt mashinasi olish uchun 95 mln so‘m topshirgani ko‘rsatilgan. Biroq aslida Abdug‘affor Turdiyevning o‘zi minib yurgan Nexia mashinasi olib qolingan va boshqa shaxsga sotib yuborilgan.

Abdug‘affor Turdiyev Ne’mat ismli xodimni izlab avtosalonga qatnay boshlagan. Biroq uni topolmagan: bir safar kasal deyishsa, boshqa safar turli bahonalarni aytishgan.

Jabrlanuvchilarga ko‘ra, avtosalonda Akmal To‘rayevning turmush o‘rtog‘i va yaqin qarindoshlari ham ishlagan. Avtomobillar uchun dastlabki to‘lovlar naqd pul ko‘rinishida ofisning o‘zida sanab olingan.

Surxondaryo viloyati IIB Tergov boshqarmasining Kun.uz’ga taqdim qilgan ma’lumotiga ko‘ra, holat yuzasidan Akmal To‘rayevga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

“Jinoyat ishi davomida to‘plangan hujjatlarga ko‘ra, 1998 yilda tug‘ilgan Akmal To‘rayev “Surkhan autocenter” MChJ rahbari lavozimida ishlab kelib, fuqarolardan avtomashina to‘lovi sifatida turli miqdordagi pullarni naqd ko‘rinishda MChJ kassasida qabul qilib olgan va faoliyatiga qonuniy tus berish maqsadida mijozlarga avtomashina yetkazib berish borasida shartnomalar taqdim etgan holda pullarni o‘z shaxsiy manfaatlariga ishlatib yuborgan. Bugungi kunga kelib, 200 nafarga yaqin fuqaroni chuv tushirib, ularga avtomashina olib bermasdan mijozlarning qariyb 10 mlrd so‘m pul mablag‘larini o‘zlashtirib ketgan”, deyiladi boshqarma ma’lumotida.

2026 yil 10 yanvarda Akmal To‘rayevga nisbatan sirtdan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llangan. U 12 yanvar kuni qo‘lga olingan.

Qayd etilishicha, bugungi kunda “Surkhan autocenter” MChJdan jabrlangan fuqarolar ariza bilan murojaat qilishda davom etmoqda. Demak, ushbu avtosalondan jabrlanganlar soni va ularga yetkazilgan zarar yanada ko‘proq bo‘lishi mumkin. 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi

Published

on


Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi. 

Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

​Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.

​Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.

​Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi

Published

on


«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.

Mukofotlanganlar ro‘yxati:

“Do‘stlik” ordeni bilan

Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari

Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi

Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori

Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori

Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri

II darajali “Salomatlik” ordeni bilan

Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri 

Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari 

“Shuhrat” medali bilan

Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi

Published

on


Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.

Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.

Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.

Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.

Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi

Published

on


Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.

Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.

Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.

Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.

Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.

Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.

Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?

Published

on


Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.

Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.

Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.

Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.

Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.

Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.

Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.

Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.

Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.