Jamiyat
“Bizni tinch qo‘yishsa, ko‘proq hosil olamiz” – Kogonlik fermer o‘zi va hamkasblari qanday sharoitda ishlayotgani haqida
Kogonlik fermer o‘z misolida sohadagi muammolarni ochiqladi: hokimlik va boshqa idoralarning ishiga aralashuvi, bosimlar, moliyaviy qiyinchiliklar, sohani bo‘g‘ayotgan boshqa illatlar haqida gapirdi. Norjon Hodiyeva dardini ayta olmayotgan ko‘plab hamkasblari nomidan so‘z yuritib, islohotlar mahalliy hokimiyat tuzilmalariga yetib bormayotgani, oqibatda fermerlar omon qolish uchun doimiy kurash holatida ekanini aytmoqda.
{Yii::t(}
O’tkazib yuborish 6s
O’tkazib yuborish
“Men gapiryapman, chunki ko‘pchilik erkak fermerlar bularni ayta olmaydi. Ular qarzga botib, botqoqqa botib ketyapti”, deb ta’kidladi qariyb 18 yildan beri ishlab kelayotgan “Behruz Feruz zamini” fermer xo‘jaligi rahbari Norjon Hodiyeva. “Bu bosimlar fermerlar oyoqqa turib olishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun ataylab qilinadi, mahalliy idoralarning o‘zaro til biriktirishi oqibatida fermerlar yakkalanib, himoyasiz qolmoqda. Ular uchun fermerning rejasi to‘lmasligi kerak, botqoqqa botishi kerak. Bu ishlar ko‘pincha fermerlarning bankrot bo‘lishiga olib keladi. Fermer dodini kimga aytsin? Xudoga aytadi-yu, o‘tiradi, boshqa iloji yo‘q. Yoki oxiri bankrot bo‘lib, sohadan chiqib ketishi kerak”, – deydi u.
Moliyaviy mustaqillik va banklar bilan bog‘liq muammolar
Fermer hikoyasining markaziy mavzularidan biri — moliyaviy muammolar, ayniqsa, faoliyat uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan qishloq xo‘jaligi kreditlari masalasi.
“Bank meni boshqarmasin, oladigan pulimni o‘zim tasarruf qilay”, — deydi Norjon Hodiyeva.
Fermer ayol, agar moliyaviy erkinlik berilsa, dehqonlar hosildorlikni keskin oshirishi mumkinligiga ishonch bildirar ekan, agrar sohadagi ishlatilmayotgan ulkan salohiyatga e’tibor qaratdi.
“Bizga ham boshqa davlatlardagidek pulimizni o‘z ixtiyorimizga bersin. 1 milliard so‘m kredit olsam, o‘sha 1 milliardni to‘liq qo‘limga topshirsin. Ana o‘shanda men paxta rejasini 200 foiz qilib bajarib beraman. Amalda kreditlar ataylab kechiktirilib, eng zarur agrotexnik tadbirlarni o‘tkazish imkonsiz bo‘lib qolganda ajratiladi. Bu esa, o‘z navbatida, hosilning nobud bo‘lishiga olib keladi”, — deydi fermer.
“Poyezd o‘tib ketgandan keyin pul beradi bank! Dorini o‘z vaqtida sepish, agrotexnik tadbirlarni o‘z vaqtida bajarish kerak, lekin ular pulni bermaydi. Mablag‘larni olish jarayoni fermerlar uchun haqoratli tus olgan, xalq rizqi bo‘lgan yerni haydash uchun kerakli sarmoyani so‘rab, yolvorishga majburmiz. Bankka kamera o‘rnatsangiz, fermerlarning yalinib o‘tirganini ko‘rasiz. Axir u o‘z tomorqasi yoki ro‘zg‘ori uchun ishlayotgani yo‘q, bu — xalqning rizqi! Ber pulni, nomard!”, — deydi u.
Prezident qarorlari va joylardagi ijro o‘rtasidagi tafovut
“Prezidentimiz tomonidan chiqarilayotgan qarorlar juda yaxshi, fermerlarga ajoyib imkoniyatlar yaratib berilyapti. Ammo bu imkoniyatlar tumandagi fermerlarga yetib kelmayapti. Amaldorlar qarorlarni og‘izda ma’qullaydi, “xo‘p-xo‘p” deydi, lekin amalda hech narsa yo‘q. Ular Prezidentimiz qarorlarini mensimaydi. Mahalliy hokimiyat vakillari “qonun mening qo‘limda” deb, zaxiradagi yerlarga noqonuniy ekin ekib, shaxsiy manfaat ko‘rish kabi korrupsion harakatlarga qo‘l uradi. “Qonun mening qo‘limda” deb, xohlagan ishini qiladi ular”, — dedi fermer ayol.
“Zaxiradagi yerlarni xohlagancha ekib, foydalanib yurishibdi. Agar sun’iy yo‘ldosh orqali tekshirilsa, kimga necha gektar paxta tegishli ekani, o‘sha yerga kim borib-kelayotgani, kimning odami ishlayotgani — hammasi ayon bo‘ladi”, — deya urg‘u berdi fermer.
Shaxsiy mashaqqatlar va yuqori idoralarga murojaat
Fermer ayol mahalliy hokimiyatning noqonuniy harakatlari oqibatida nohaq qamalganini va jismoniy zo‘ravonlikka uchraganini gapiradi.
“Men terroristmanmi yoki narkobaronmanmi? Oddiy fermer ayol bo‘lsam. Oilam bilan ipak qurti boqaman, mol boqaman, paxta yerida ishlayman. Shunday bo‘lsa ham, meni qamatishdi. Farzandimni ham, o‘zimni ham do‘pposlashdi. Agar so‘rab-surishtirsangiz, o‘g‘lim to‘ppa-tuzuk, sog‘lom yigit edi. Mana, hozirgi kunga kelib ham davolanib yuribdi”, — deydi u.
Mahalliy darajada adolatga erishib bo‘lmasligini his qilgan ayol, barcha zarur dalillarni taqdim etishga tayyorligini aytib, respublika idoralaridan tekshirish o‘tkazishni so‘raydi.
“Agar respublika miqyosida tekshiruv o‘tkazilsa, men hamma hujjatlarimni taqdim etishga tayyorman”, — dedi so‘ngda Norjon Hodiyeva.
Shokir Sharipov tayyorladi
Jamiyat
Navoiyda 7 yoshli bolaga yuk mashinasi boshqaruvini bergan shaxsga chora ko‘rildi
Bolaga Howo yuk mashinasi boshqaruvini ammasining o‘g‘li ishonib topshirgan. “Mashina boshqarishni o‘rgatmoqchi edim”, degan u. Mashina jarima maydoniga joylashtirilgan, huquqbuzarlarga esa ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Navoiyda Howo yuk mashinasi boshqaruvini 7 yoshli bolaga ishonib topshirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda viloyat YHXB axborot xizmati xabar berdi.
Ijtimoiy tarmoqlarda yosh bola yuk mashinasini boshqarib borayotgani aks etgan videolavha tarqaldi. Qoidabuzarlik yuzasidan tezkorlik bilan surishtiruv harakatlari olib borilgan. Jarayonda voqea 2025 yil sentabr oyida bo‘lgani aniqlangan.
Ma’lum bo‘lishicha, bolaga boshqaruvchi uning ammasini o‘g‘li ishonib topshirgan. “Akam menga katta mashinasini berdi. Men uni boshqardim. Endi qaytib qilmayman”, degan bola.
Huquqbuzar qilgan ishidan afsusda ekanini aytib, jiyaniga mashina boshqarishni o‘rgatmoqchi bo‘lganini bildirgan.
Karmanalik ushbu shaxsning xatti-harakati va ota-onaning farzandini nazoratsiz qoldirgani yuzasidan MJtKning tegishli bandlari bilan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilgan. Yuk mashinasi esa jarima maydoniga joylashtirilgan.
Avvalroq Farg‘onada voyaga yetmagan shaxs Malibu’da uchta bolani urib ketgan edi. Ulardan biri vafot etgandi.
Jamiyat
Deputatlarga «Tashabbusli budjet» loyihalari bo‘yicha yangi imkoniyatlar berildi
«Tashabbusli budjet jarayonlari doirasida mahallalardagi ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etishda xalq vakillari va jamoatchilik uchun qo‘shimcha imkoniyatlarni yaratish to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.
Sun’iy intellekt yaratgan surat
Qarorga ko‘ra, 2026 yil 1 avgustdan tashabbusli budjet jarayonida deputatlar tomonidan loyihalarni qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilish uchun imkoniyatlar yanada kengaytiriladi.
Bunda:
har bir deputat tomonidan «Ochiq budjet» axborot portalida (portal) bir mavsum uchun ajratilgan mablag‘lar doirasida bir yoki bir nechta loyihalar tanlanib, qo‘shimcha ravishda g‘olib deb e’lon qilinadi;
deputat vakolati muddatidan ilgari tugatilgan hollarda «Tashabbusli budjet» jarayonlarida parlament nazoratini amalga oshirish bo‘yicha komissiya qaroriga ko‘ra boshqa deputatlar tomonidan tashabbusli budjet jarayonlarining tegishli saylov okrugidagi qo‘shimcha g‘oliblari aniqlanadi.
2027 yil 1 yanvardan sheriklik loyihalarini qo‘shimcha ravishda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali, to‘lov tashkilotlari va tijorat banklarining mobil ilovalari orqali moliyalashtirish imkoniyatlari yaratiladi.
Mobil ilovalarda portal bilan integratsiya ta’minlangan holda barcha sheriklik loyihalarining ro‘yxati va tashabbusli budjet jarayonining onlayn statistikasi aks ettiriladi.
Qiymati BHM 2000 baravarigacha (taxminan 824 mln so‘m) bo‘lgan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha sheriklik loyihalarini tuman (shahar) obodonlashtirish boshqarmalari tomonidan amalga oshirish tartibi joriy etiladi.
Jamiyat
Toshkentda YTH oqibatida Lacetti ikkiga bo‘linib ketdi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Kia rusumli avtomobil chorrahada katta tezlikda harakatlangani va qayrilib olayotgan Lacetti’ni urib o‘tganini ko‘rish mumkin. Jabrlanuvchilar haqida hozircha ma’lumot berilmadi.
Toshkent shahri Yunusobod tumanida Lacetti va Kia K5 rusumli avtomobillar ishtirokida ayanchli avariya ro‘y berdi.
Poytaxt YHXB matbuot xizmati ma’lum qilishicha, hodisa 30 iyun kuni soat 05:10 larda Amir Temur–Bog‘ishamol ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan. Lacetti Amir Temur ko‘chasi bo‘ylab harakatlanib ketayotgan vaqtida, o‘zidan o‘ng tomondan harakatlanib kelgan Kia K5 rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videoda Kia katta tezlikda harakatlanib, Lacetti’ning orqa qismini urib o‘tganini ko‘rish mumkin.
Xabarda avtomobilda bo‘lganlarning ahvoli haqida ma’lumot berilmagan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
avtomobilni olib qochish moddasi ayblovdan chiqarilgan
Voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish jinoyatida ayblanmoqda. Jinoyat ishi Mirobod tuman sudida yopiq tarzda ko‘rib chiqilmoqda. 26 iyun kuni dastlabki sud majlisi o‘tkazilgan.
Joriy yil 25 fevral kuni Toshkent shahrida BMW mashinasida YPX inspektorini urib ketgan voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unovga nisbatan olib borilgan dastlabki tergov harakatlari yakunlanib, ish sudga oshirilgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda Kun.uz manbalari ma’lum qildi.
Manbaga ko‘ra, jinoyat ishi Mirobod tuman sudida yopiq tarzda ko‘rib chiqilmoqda (JPK talabiga ko‘ra, voyaga yetmaganlar ishtirokidagi ishlar yopiq ko‘riladi). 26 iyun kuni dastlabki sud majlisi o‘tkazilgan.
Jinoyat ishi yopiq tarzda o‘tkazilayotgani uchun sud majlislari jadvalida keltirilmagan.
Toshkent shahar sudlari matbuot xizmati Kun.uz so‘roviga javoban ish jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tuman sudida ko‘rilayotgani, ish sudga Jinoyat kodeksining 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan taqdim etilgani, sudlanuvchiga nisbatan qamoq ehtiyot chorasi saqlanib qolgani haqida ma’lum qildi.
Eslatib o‘tamiz, 2026 yil 25 fevral kuni Toshkent shahrining Mirobod tumanida voyaga yetmagan Doniyor Turg‘unov BMW mashinasida yo‘l-patrul xizmati inspektori Hosilbek Eshnazarovni urib yuborgandi.
Inspektor og‘ir jarohatlar oqibatida vafot etgan.
Shundan so‘ng Doniyor Turg‘unov qamoqqa olingan va unga Jinoyat kodeksining 267-moddasi (avtotransport vositasini olib qochish) va 104-moddasi uchinchi qismi «d» bandi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan ayb e’lon qilingandi.
Marhum kichik serjant Hosilbek Eshnazarov prezident farmoniga ko‘ra, «Jasorat» medali bilan mukofotlandi va uning oilasiga Toshkent shahridan 3 xonali kvartira berildi.
Jamiyat
TIV Malayziyada o‘limga hukm qilingan uch o‘zbekistonlik haqida
Malayziyaga sayohatga borgan 3 nafar o‘zbekistonlik o‘lim jazosiga hukm qilingani haqida material e’lon qilingandi. O‘zbekiston tashqi ishlar vazirining matbuot kotibi Omonulla Fayziyev ushbu fuqarolarning keyingi taqdiri haqida Kun.uz’ga ma’lumot berdi.
Omonulla Fayziyevning aytishicha, 2010 yil sentabr oyida O‘zbekiston fuqarolari N.S., N.D. va J.J. Kuala-Lumpur xalqaro aeroportida 12 kilogrammdan ortiq giyohvandlik vositalarini olib o‘tishga urinishda gumonlanib, Malayziya huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan qo‘lga olingan.
Keyinchalik Malayziya sudi ularga nisbatan o‘lim jazosi tayinlagan.
Fuqarolarimizning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan 2013, 2014, 2016 va 2020 yillarda Malayziya Tashqi ishlar vazirligi, Bosh prokuraturasi, Oliy sudi hamda mamlakat Qiroli nomiga ularni afv etish to‘g‘risida bir necha bor rasmiy murojaatlar kiritilgan.
2018 yilda Malayziyada o‘lim jazosini ijro etishga moratoriy joriy etildi. Keyinchalik, 2024 yil 18 mart kuni kuchga kirgan “O‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolarini olgan shaxslarning ishlarini qayta ko‘rib chiqish to‘g‘risida”gi qonun asosida Malayziya Oliy sudi mazkur uch nafar O‘zbekiston fuqarosiga nisbatan chiqarilgan avvalgi o‘lim jazosini 30 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi bilan almashtirdi.
Malayziya qonunchiligiga muvofiq, jazoni ijro etish tartibi va yaxshi xulq-atvor uchun nazarda tutilgan imtiyozlar inobatga olinganda, ushbu fuqarolarning jazo muddati 2030 yilda yakunlanishi kutilmoqda.
Hozirgi vaqtda ular Malayziyaning Selangor shtatidagi Kajang qamoqxonasida jazo muddatini o‘tamoqda. O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi tomonidan ular bilan muntazam konsullik uchrashuvlari o‘tkazilib, zarur konsullik-huquqiy ko‘mak ko‘rsatib kelinmoqda.
Tashqi ishlar vazirligi xorijda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarining huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha tegishli choralarni bundan buyon ham davom ettiradi, dedi Omonulla Fayziyev.
Eslatib o‘tamiz, uch o‘zbekistonlikning Malayziyaga sayohatga borishi va giyohvand moddalar aniqlanib o‘limga hukm qilinishi haqidagi hikoyani iste’fodagi DXX xodimi O‘ktam Suvonov Xavfsizlik YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib bergandi.
-
Dunyodan4 days agoQirgʻiziston va Oʻzbekiston chegarani delimitatsiya qilish doirasida hudud almashadilar
-
Sport5 days agoYaponiya futbolining buyuk sabog‘i: mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa chiqarish
-
Siyosat5 days agoPrezident Shavkat Mirziyoyev AQSh Savdo vakili Jeymison Grini qabul qildi
-
Dunyodan2 days agoEron Hormuz boʻgʻozi orqali oʻtayotgan kemalarni ogohlantirdi
-
Sport4 days agoDo‘stlar sharafiga Lamin Yamal deb nomlangan bola – jahon futbol yulduzi haqida
-
Iqtisodiyot4 days ago
Ertaga dollar tushib, yevro biroz ko‘tariladi
-
Jamiyat4 days agoVatanparvar jurnalistlarni o‘zimga do‘st va maslakdosh deb bilaman
-
Iqtisodiyot2 days ago“Xohlagan ekinni ekish mumkin” – Yangi tartib fermerga nima beradi?
