Connect with us

Jamiyat

Dunyoni tabassumi bilan lol qoldirgan hayvon

Published

on


Yer sayyorasi hayratomuz va xilma-xil tabiatga ega. Hayvonot olamining o‘zi mo‘jizalarga to‘lib toshgan. Har bir hayvonning xususiyati va «xarakteri» bor. Masalan sher kuchlilik ramzi. Uning har bir qadam tashlashida qudrat va salobat bordek. Tulki ayyor va chiroyli dumi bilan mashhur. U duch kelgan muammoni nayrang bilan yengadi. Jirafa uzun bo‘yni bilan ajralib turadi.
Buqalamun rangi bilan hayotga moslashuvchanlikni namoyon etadi…
Ammo yana bir hayvon borki, u na qudrati, na ayyorligi, na uzun bo‘yi bilan emas, balki… jilmayishi bilan dunyo e’tiborini tortgan.

  

(Suratlar ochiq internet manbalaridan olindi)

Kvokka yoki kalta dumli vallabi (Setonix brachyurus) kenguru oilasiga mansub. Ammo kenguradan farqli o‘laroq tanasining o‘lchamiga nisbatan qisqa dumi bor, u tayanch bo‘lib xizmat qila olmaydi. Kvokkaning  kattaligi katta uy mushuki yoki o‘rta bo‘yli itga teng. Tana uzunligi taxminan yarim metr, dumi taxminan 30 sm. Og‘irligi 2,5 dan 5 kg gacha. Kvokka o‘txo‘r hayvon, u  asosan tungi hayot tarzida faol.

U nega «jilmayadi»?

Kvokka yirtqichlarga qarshi himoyasizdir, shuning uchun u Bold, Pingvin kichik orollarida va Albani mintaqasidagi (G‘arbiy Avstraliya) tulkilar yoki mushuklar bo‘lmagan hududlarda saqlanib qolgan. Eng ko‘p qismi Rottnest orolida joylashgan. Kvokka butalar ko‘p o‘sgan quruq o‘tloqli joylarni afzal ko‘radi, ammo qurg‘oqchilikda u ko‘pincha botqoq joylarga ko‘chib o‘tadi.

Dunyodagi «eng baxtli hayvon» deb tan olingan, har doim  tabassum qilib turganga o‘xshaydigan bu jonivor shunchalik yoqimtoyki, uni ko‘rgan kishining beixtiyor yuzida kulgu paydo bo‘ladi. Xarakterli xususiyati uning doimo «jilmayib» turishi, ya’ni, jag‘ mushaklari bo‘shashganda va u chaynashni to‘xtatganda paydo bo‘ladigan «tabassum».  

Biz faqat kenguru o‘z bolasini xaltasida olib yuradi deb o‘ylaymiz. Ammo kvokka ham kengurular singari o‘z bolasini  maxsus «qopcha»da olib yuradi.  Yangi tug‘ilgan bolasi juda kichkina bo‘ladi va tug‘ilganidanoq qopiga kirib, u yerda bir necha oy davomida xavfsizlikda rivojlanadi.

 

Nega kvokka odamlardan qo‘rqmaydi?

Ko‘plab yovvoyi hayvonlar insonlarning yaqinlashishidan qo‘rqadi. Chunki tarixda odamzod hayvonlarga nisbatan mehribonlikdan ko‘ra, zo‘ravonlikni ko‘proq namoyon etgan. Ammo kvokka bunday emas. U insonlarni ko‘rib, qochmaydi. Aksincha, qiziqish bilan yaqinlashadi. Qo‘rqmasdan yuziga qaraydi, hatto ba’zida o‘zi yaqin kelib odamlar orasida o‘ynab yuradi.

Bunga bir necha sabab bor: Kvokkaning yashash joyi – Rottnest oroli (Avstraliya)da odamlar tomonidan unga ziyon yetkazish taqiqlangan. Har qanday zo‘ravonlik qonunan jazolanadi. Bu esa kvokkaning odamlar bilan tinch munosabatda yashashiga sharoit yaratgan. Aholi zich emas va xotirjam muhit yaratilgan. Kvokkalar odamlar bilan ko‘p yuzma-yuz keladi, ya’ni ularning insonlar bilan uchrashuvi asosan ijobiy bo‘lgan. Shuning uchun ular insonni xavf deb qabul qilmaydi. Qolaversa, kvokkalar tabiatan qiziquvchan, Ular  yangi narsalarga qiziqadi.

 

«Selfi hayvoni»

Internetda kvokka bilan tushilgan hazilomuz va zavqli selfilar to‘lib-toshib ketgan. Ayrimlar uni hatto «selfi hayvoni» deb atashadi. U suratga har doim bir xil  tabassumli, baxtli qiyofada tushadi. Sayyohlar uni ko‘rish uchun vaqt va mablag‘ini ayamaydilar. Odamlar kvokkalarni tomosha qilishlari va hatto ular bilan suratga tushishlari mumkin bo‘lgan bir nechta qo‘riqxonalar yaratilgan. Bu yoqimtoy jonivorning odamlar bilan suratga tushishiga yana bir sabab yuqorida aytganimizdek ularning qiziquvchanligi va yangi tanishlardan hayiqmasligi. Internetda kvokka haqida qiziqib ko‘rsangiz, odamlar tomonidan ushbu jonivorni boqib olish mumkinmi, degan savol juda ko‘p marta berilgan. Bu bejiz emas, axir kim ham o‘zining shunday kayfiyat ko‘tarib turadigan «hamisha bahor», tabassumli hayvoni bo‘lishini istamaydi, deysiz.

To‘g‘ri ba’zilar bu yoqimli hayvonlarni uyda saqlashadi. Ammo bunga faqat Avstraliya fuqarolari uchungina ruxsat berilgan, kvokkalarni chet elga eksport qilish taqiqlanadi.

Ekologik tahdidlar va muhofaza

Afsuski, tabassum ortidagi hayot unchalik ham baxtli emas. Kvokkalarning soni cheklangan va ular «muhofazaga muhtoj tur» sifatida ro‘yxatga olingan. Ularga yirtqichlar, it-mushuklar, insonlardan tarqalgan kasalliklar va iqlim o‘zgarishi tahdid soladi. Qishloq xo‘jaligi yerlarining kengayishi tabiiy yashash joylarining kamayishiga va natijada bu tur sonining ozayishiga olib keldi.  

Shu bois maxsus qo‘riqxonalar, himoya loyihalari ishlab chiqilgan. Odamlar ular bilan suratga tushishlari mumkin, ammo ovqatlantirish, teginish, quchoqlash man qilingan.

Qarang, ular hatto uxlayotganda ham tabassum ulashadi…

 



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi!

Published

on


Bu yilgi Mustaqillik bayrami ijtimoiy tarmoqlarda chin ma’noda portladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning nutqi, bayram ssenariysi va sahnadagi chiqishlarga foydalanuvchilardan juda katta, samimiy va kuchli reaksiya bo‘ldi.

Izohlarni o‘qib, bir narsa yaqqol ko‘rinadi: odamlar bayramni shunchaki tomosha qilmagan — his qilgan.

“Juda zo‘r!”, “Boshqacha bo‘ldi!”, “Ta’sirli!”, “Gap yo‘q!”, “Sahnadagi energiya va jonli ijro odamni lol qoldirdi, haqiqiy bayram kayfiyati!”, “Harbiylarning safdagi kelishgan va qat’iy qadamlari qalbimizni g‘ururga to‘ldiradi”, “Juda go‘zal bayram, betakror bayram”… — ijtimoiy tarmoqlardagi minglab fikrlarda bir xil kayfiyat.

Ayniqsa, Prezident nutqidagi fikrlar alohida muhokama qilindi. Vatan tarixi, bugungi islohotlar va kelajakka ishonch uyg‘unlashgan nutq ko‘pchilikda kuchli taassurot qoldirdi.

Bu yilgi Mustaqillik bayrami sahnada o‘zgacha bo‘ldi — ijtimoiy tarmoqlardagi reaksiya esa bundan ham kuchli!

Bu shunchaki izohlar emas. Bu — xalqning bayramga bo‘lgan kayfiyati.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

BYD CHAZOR UzPride – O‘zbekiston mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan maxsus taklif

Published

on


BYD Central Asia mahalliy ishlab chiqarilayotgan BYD CHAZOR UzPride modelining rasmiy sotuvi boshlanganini e’lon qiladi. Mahalliylashtirish darajasi yuqori bo‘lgani tufayli 55 KM Luxe jamlanmasi 255 900 000 so‘m narxda taklif etilmoqda.

Modelning nomi uning mazmun-mohiyatini aks ettiradi: brend mahalliy bozorda izchil rivojlanib, texnik mutaxassislarni tayyorlash va mamlakat avtomobilsozlik sanoatini zamonaviylashtirishga ko‘maklashmoqda. Shu bilan birga, zamonaviy texnologiyalarni aholining tobora keng qatlamlari uchun qulay va hamyonbop qilmoqda. Shu sababli yangi talqin O‘zbekiston va uning xalqiga chuqur hurmat ramzi sifatida UzPride nomini oldi.

O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan xaridorlar uchun maxsus moliyalashtirish dasturi tayyorlandi:

– boshlang‘ich to‘lov – 35%;

– bo‘lib to‘lash muddati – 35 oy;

– foiz stavkasi – 0%;

– moliyalashtirishni rasmiylashtirish – faqat OFB hamkor banki orqali.

Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi shartlari 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha amal qiladi.

Dastur shartlari qutlug‘ sana bilan ramziy tarzda uyg‘unlashtirilgan bo‘lib, yangi supergibrid sedanni O‘zbekiston bo‘ylab xaridorlar uchun yanada qulayroq shartlarda sotib olish imkonini beradi.

BYD CHAZOR UzPride haqida

BYD CHAZOR UzPride DM-i supergibrid tizimi bilan jihozlangan. Unda elektr yuritmaning afzalliklari 1,5 litr hajmli yuqori samarali benzin dvigatelining imkoniyatlari bilan uyg‘unlashtirilgan.

132 kVt quvvatga ega elektr dvigatelining eng yuqori burovchi kuchi 316 N·m ni tashkil etadi. Avtomobil 0 dan 100 km/soat tezlikka 7,9 soniyada chiqadi. NEDC o‘lchov tartibi bo‘yicha faqat elektr quvvatida yurish masofasi 55 kilometrgacha yetadi. Akkumulyator quvvati past bo‘lganda yoqilg‘i sarfining eng kam ko‘rsatkichi 100 kilometrga 3,8 litrni tashkil etadi.

55 KM Luxe jamlanmasiga aylantiriladigan 12,8 dyuymli multimedia ekrani, 8,8 dyuymli displeyga ega raqamli ko‘rsatkichlar paneli, o‘zbek tilidagi aqlli ovozli boshqaruv tizimi, 4G va Bluetooth ulanishi, shuningdek, OTA orqali masofadan yangilash imkoniyati kiradi.

Haydovchiga yanada ko‘proq qulaylik yaratish maqsadida avtomobil kalitsiz kirish tizimi, NFC-karta, masofadan ishga tushirish, o‘rindiqni elektr yordamida sozlash, elektr yuritmali tom tuynugi hamda orqa o‘rindiq yo‘lovchilari uchun havo yo‘naltirgichlarga ega iqlim tizimi bilan jihozlangan.

360° atrofni ko‘rsatuvchi panoramali HD-kamera hamda old va orqa to‘xtash datchiklari avtomobilni boshqarish va tor joylarda harakatlanishni osonlashtiradi.

Xavfsizlik tizimlari qatoriga tezlikni bir maromda saqlash tizimi, yo‘nalish barqarorligini nazorat qilish, g‘ildiraklarning sirpanishiga qarshi tizim, shinalardagi bosimni kuzatish, qiyalikda harakatni boshlashga ko‘maklashish, avtomobilni avtomatik ushlab turish, old va yon xavfsizlik yostiqchalari, shuningdek, parda turidagi xavfsizlik yostiqchalari kiradi.

BYD CHAZOR UzPride modelining mahalliy ishlab chiqarilishi yangi energiya manbalarida harakatlanuvchi zamonaviy avtomobillar tanlovini kengaytiradi hamda mamlakat avtomobilsozlik sanoatining rivojlanishiga hissa qo‘shadi.

BYD Central Asia kompaniyasining mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan dasturi – O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligini mamlakatimizda ishlab chiqarilgan yangi avtomobil boshqaruvida kutib olish uchun ajoyib imkoniyatdir.

*Mustaqillikning 35 yilligiga bag‘ishlangan moliyalashtirish dasturi 2026 yil 29 avgustdan 1 sentyabrgacha, 1 sentyabr kuni ham, amal qiladi. Dastur doirasidagi moliyalashtirish faqat OFB hamkor banki orqali rasmiylashtiriladi. Dastur bo‘yicha taklif etiladigan avtomobillar soni cheklangan. Texnik ko‘rsatkichlar ma’lumot berish maqsadida keltirilgan bo‘lib, yo‘l va ob-havo sharoiti, avtomobilning yuklanish darajasi hamda haydash uslubiga qarab farq qilishi mumkin. Avtomobilni sotib olish shartlari va jamlanmasi haqidagi batafsil ma’lumotni BYD kompaniyasining rasmiy dilerlaridan olishingiz mumkin.

BYD kompaniyasining O‘zbekistondagi aloqa ma’lumotlari

Rasmiy ishonch telefoni: 1811

Rasmiy veb-sayt: bydauto.uz

Instagram: @bydauto.uz

Telegram: t.me/bydautouz





Source link

Continue Reading

Jamiyat

Yangi o‘quv yilida 806 mingdan ziyod 6 yoshli bola maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olinadi

Published

on


E-qaror tizimida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining maktabgacha ta’lim tashkilotlarini 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorlash va bolalarni qabul qilish jarayonini samarali tashkil etishga oid buyrug‘i e’lon qilindi. Hujjatning ilovalari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2026-yil 18-avgustdagi 299-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan.  

Hujjatga ko‘ra, 2026/2027 o‘quv yilida respublika bo‘yicha 811 ming 586 nafar 6 yoshli bola hisobga olingan. Ularning 806 ming 290 nafarini maktabga tayyorlov guruhlariga qamrab olish rejalashtirilgan. Natijada qamrov darajasi 99,3 foizga yetkazilishi ko‘zda tutilmoqda.

Maktabga tayyorlov guruhlari bilan qamrab olinmagan 6 yoshli bolalar uchun 485 ta bir yillik bepul majburiy tayyorlov guruhi tashkil etiladi. Ularda jami 13 ming 104 nafar bolani qamrab olish rejalashtirilgan.

Shundan:

— umumiy o‘rta ta’lim maktablarida 413 ta guruh tashkil etilib, 11 ming 163 nafar bola;

— davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 65 ta guruh ochilib, 1 ming 766 nafar bola;

— boshqa mos binolarda 7 ta guruh tashkil qilinib, 175 nafar bola qamrab olinadi.

Chora-tadbirlar rejasiga muvofiq, avval hududlardagi 6 yoshli bolalar xatlovdan o‘tkaziladi. Xatlov natijasida tayyorlov bilan qamrab olinmagan bolalar mavjud bo‘sh guruh va o‘rinlarga joylashtiriladi.

Shundan keyin ham qamrovdan tashqarida qolgan bolalar uchun umumta’lim maktablari, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari, «Kelajak markazlari» va boshqa obyektlarning bo‘sh xonalarida yangi tayyorlov guruhlari tashkil etiladi. Ularni sentyabr–oktyabr oylarida ishga tushirish belgilangan.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Qonunchilikdagi noaniqliklar tadbirkor foydasiga talqin qilinadi

Published

on


Prezident farmonida tadbirkorlik subyektlarining huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan «tadbirkorlik subyektining haqlilik prezumpsiyasi» belgilandi.

Unga ko‘ra, davlat organi tomonidan aksi isbotlanmaguncha tadbirkorlik subyekti va uning mansabdor shaxsi qonunchilikka muvofiq harakat qilgan hamda o‘z majburiyatlarini lozim darajada bajargan deb hisoblanadi.

Sudda tadbirkorga nisbatan huquqiy ta’sir chorasi qo‘llash uchun uning asosli, qonuniy va mutanosib ekanini, shuningdek, huquqbuzarlik faktini isbotlash majburiyati davlat organiga yuklanadi.

Qonunchilikdagi bartaraf etib bo‘lmaydigan ziddiyatlar, noaniqlik va tushunmovchiliklar, shuningdek, dalillar yetarli emasligi tufayli yuzaga keladigan shubhalar tadbirkorlik subyekti foydasiga talqin qilinadi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Ko‘ksaroyda O‘zbekiston va Hindiston yetakchilariningg tarixiy muzokaralari bo‘lib o‘tdi

Published

on


Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Hindiston Bosh vaziri Narendra Modi o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv avvalida mehmon davlatimiz rahbarini Mustaqillik kuni bilan samimiy tabrikladi. Ushbu tarixiy tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi munosabatlarni keng qamrovli strategik sheriklik darajasiga olib chiqib, o‘zaro hamkorlikda yangi bosqichni boshlab berishi ta’kidlandi.

Tomonlar savdo-iqtisodiy aloqalar izchil rivojlanayotganini mamnuniyat bilan qayd etdilar. O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmi ilk bor 1 milliard dollardan oshdi, qo‘shma korxonalar soni esa 7 barobarga ko‘paydi, haftasiga 14 ta to‘g‘ridan-to‘g‘ri aviaparvoz amalga oshirilmoqda.  Ikki davlat rahbarlari 2030-yilga qadar o‘zaro savdo hajmini 5 milliard dollarga yetkazish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rishga kelishib oldilar. Shuningdek, energetika, farmatsevtika, metallurgiya, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligi kabi ustuvor sohalarda yangi sanoat kooperatsiyasi loyihalarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratildi.

Hamkorlikni samarali muvofiqlashtirish maqsadida tashqi siyosat idoralari rahbarlari darajasida yangi muvofiqlashtiruvchi mexanizm ta’sis etiladigan bo‘ldi. Tomonlar parlamentlararo, Hukumatlararo komissiya va Ishbilarmonlar kengashi doirasidagi muloqotlarni faollashtirishga kelishib oldilar. Andijon va Gujarat, Farg‘ona va Haryana, Samarqand va Agra o‘rtasidagi hududlararo yaqin sheriklik aloqalari ham yuqori baholandi.

Gumanitar sohada ta’lim va madaniyat yo‘nalishidagi aloqalar kengaymoqda. Hozirda O‘zbekistonda Hindistonning 4 ta universiteti faoliyat yuritmoqda. Madaniy-gumanitar aloqalarni rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bunda Lal Bahodur Shastri nomidagi Hind madaniyati markazi va Mahatma Gandi nomidagi Hindshunoslik markazi muhim o‘rin tutmoqda.

Shuningdek, O‘zbekistonda yoga tobora ommalashib borayotgani va ushbu sohadagi hamkorlik faol rivojlanayotgani qayd etildi.

Tashrif doirasida Madaniy almashinuv bo‘yicha besh yillik dastur imzolanishi, madaniyat kunlari va kinofestivallar muntazam o‘tkazilishi belgilandi. Rahbarlar BMT, ShHT va BRIKS kabi xalqaro tashkilotlar doirasida bir-birini izchil qo‘llab-quvvatlashni davom ettirishlarini bildirdilar. Muzokaralar yakunida belgilangan barcha vazifalar bo‘yicha aniq «yo‘l xaritalari» ishlab chiqilishiga kelishib olindi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.