Iqtisodiyot
Yaqinlaringiz kelajagi uchun foyda keltiradigan qimmatli sovg‘a taqdim eting
Yaqin insonlaringiz uchun tanlanadigan sovg‘a nafaqat yoqimli bo‘lishi, balki kelajakda ham amaliy natija berishi maqsadga muvofiqdir. Bunday sovg‘a ularning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashga xizmat qiladi.
Bayramlar arafasida ko‘pchilik yaqinlariga quvonch bag‘ishlaydigan, shu bilan birga kelajakda foyda keltiradigan sovg‘alarni izlaydi. Shu nuqtai nazardan, kapital shakllantirish imkoniyatini beradigan investitsiya sovg‘asi eng maqbul yechimlardan biri hisoblanadi.
Nega investitsiya eng maqbul sovg‘a hisoblanadi?
An’anaviy sovg‘alar ko‘pincha vaqt o‘tishi bilan o‘z qiymatini yo‘qotadi. Pul mablag‘lari inflyasiya ta’sirida qadrsizlanishi, texnologik qurilmalar esa tez eskirishi mumkin. Shu sababli yaqinlaringizning kelajakdagi muhim maqsadlarini qo‘llab-quvvatlaydigan sovg‘a tanlaganingiz ma’qul.
Investitsiya paketlari — barqarorlikni qadrlaydigan, oshkoralik va uzoq muddatli moliyaviy farovonlikni maqsad qilgan shaxslar uchun eng to‘g‘ri tanlov. Bunday sovg‘a e’tibor va g‘amxo‘rlikning mazmunli ifodasi bo‘lib, uzoq yillar davomida moliyaviy o‘sish uchun mustahkam asos yaratadi.
Investitsiya orqali farzandingizning ta’limi uchun boshlang‘ich kapital shakllantirishingiz yoki yaqinlaringizning uy-joy xaridi kabi yirik maqsadlariga hissa qo‘shishingiz mumkin. Eng muhimi — to‘g‘ri investitsiya vositasini tanlashdir.
Qaysi investitsiya amaliy foyda keltiradi?
Mazkur yo‘nalishda eng samarali imkoniyatlardan biri bu — Way II investitsion paketlaridir. Minimal kirish summasi — 13,2 million so‘m. Bu paketdan keng doiradagi mijozlar ham foydalana olishlari mumkin. Kutilayotgan daromadlilik yiliga — 10-15%ni tashkil etadi. Mazkur ko‘rsatkich mablag‘ni nafaqat saqlab qolish, balki uni barqaror oshirib borishni ta’minlaydi. Bu esa yaqinlaringiz uchun kelajakda moliyaviy tayanch yaratadi.
Shuningdek, Way II investitsiya mahsulotlari islomiy moliya tamoyillariga to‘liq mos keladi. Bu Islamic Finance Consulting Board (IFCB) tomonidan tasdiqlangan bo‘lib, mablag‘lar taqiqlangan yoki noqonuniy faoliyatlarga yo‘naltirilmasligini kafolatlaydi.
Yaqinlaringiz uchun to‘g‘ri tanlov qiling. Ular kelajakda real foyda keltiradigan sovg‘aga loyiq.
Aloqa uchun: Telefon: (+998) 78−555−55−55
Manzil: Toshkent sh., Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 2/1
Sayt: waygroup.uz
Facebook: Way II Group
Instagram: @way_ll_group
Telegram: t.me/wayllgroup
LinkedIn: linkedin.com/wayllgroup
YouTube: @Way_ll_Group
X (Twitter): x.com/way_ll_group
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Iqtisodiyot3 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Jamiyat3 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Iqtisodiyot1 day ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat3 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
