Connect with us

Jamiyat

“Hech qachon taslim bo‘lmaslik kerak” – poliglot o‘zbek qizi bilan suhbat

Published

on


Muhabbat Fayzullayeva Toshkentda tug‘ilib o‘sgan. Yoshi 24 da. U hozirda AQShning Illinoys shtatidagi Lyuis universitetida yozuvchilik yo‘nalishida tahsil oladi. U o‘zbek tilidan tashqari rus, ingliz, italyan, ispan hamda turk tillarida gaplasha oladi. Muhabbat Kun.uz’ga bergan intervyusida chet tillarini qanday o‘rgangani, qolaversa, Amerikaga qanday kelib qolgani, nima sabab iqtisodiyot sohasidan ketib san’at yo‘nalishida o‘qiyotgani haqida gapirib berdi.

{Yii::t(}

O’tkazib yuborish 6s

O’tkazib yuborish

Muhabbat o‘zbek, rus, ingliz, italyan hamda turk tillarini juda yaxshi biladi. Ammo ispanchasi u darajada emas, qisman gaplasha oladi va tushunadi.

“Rus tilini juda yaxshi bilaman, chunki rus maktabi va rus litseyida o‘qiganman. Shuning uchun rus adabiyoti, madaniyati, musiqasi menga juda yaqin. Keyin ingliz tiliga keladigan bo‘lsak, uni o‘rganishni 15 yoshdan boshlaganman. IELTS’dan sakkiz ball olganman. Sharqshunoslik litseyida ispan tilini o‘rganganman.


Keyin Italiyaga o‘qishga ketdim. Italyan oilada yashadim. Shu oilada yosh boladek bir marta ham kitob ochmasdan italyan tilini og‘zaki o‘rganganman. Turk tilini esa seriallar ko‘rib o‘rganganman”, – deydi u.

Suhbatdoshimiz 18 yoshida Italiyaga o‘qishga ketgan. Rimdagi Tor Vergata universitetida grant asosida bepul tahsil olgan. Iqtisodiyot va siyosiy boshqaruv yo‘nalishida bakalavriatni yakunlagan. Keyin Dubayda ham ishlaydi.

“Keyin nima qilishni o‘yladim. Xolam bilan pochcham Dubayda yashardi. Ular Yevropa diplomi bo‘lsa, Dubayda judayam yaxshi ish topsa bo‘lishini aytishgandi. Shunga bordim. Keyin Future Insurance Broker Service degan kompaniyada 1 yil broker bo‘lib ishladim. Dubay zo‘r joy, judayam xavfsiz va zamonaviy. Lekin men baribir san’at odami bo‘lganim uchun tabiat, arxitektura, eskiroq joylarda yashash yoqardi. Dubayda faqat yoz bo‘lganiga ham charchadim va O‘zbekistonga qaytdim. O‘sha payt ta’tilim edi. Dubayga qaytib ketishim kerak edi, ketgim kelmadi. O‘zbekistonda juda oilamni ham sog‘ingandim.


Keyin O‘zbekistonda yarim yil o‘qituvchi bo‘lib ishladim. Shu orada Amerikaga hujjatlarimni yig‘ib yubordim. Keyin talaba vizasini oldim. Qishlarda Amerikaga keldim. Hozirda Lyuis universitetida o‘qiyapman”, – deydi Muhabbat.

U iqtisodiyot yo‘nalishida magistraturaga ham topshirganini, Texas universitetiga kirganini, baribir san’at sohasi ko‘proq jalb qilganini bildirdi.

“Iqtisodiyot magistraturasida o‘qigim kelmadi. O‘zim judayam san’atga qiziqqanim uchun san’atda o‘qishni boshladim. Mening asosiy yo‘nalishim o‘zi yozuvchilik, qo‘shimcha yo‘nalish esa teatr. O‘zimga judayam yoqyapti. Birinchi yilni olib tashlashdi. O‘zi to‘rt yil o‘qishim kerak edi. Uch yil deyishdi, chunki allaqachon diplomim bo‘lganiga umumiy fanlar: matematika kabilar senga kerak emas, deyishdi. Hozir shu ikki yili qoldi”, – dedi u.

Muhabbat til o‘rganish doim ish ekanini, oson emasligini tushuntirishga urindi.

“Ba’zilarga qiyin, ba’zilarga osonroq. Lekin til o‘rganish har doim bu ish, buni ustida ishlaysiz. Masalan, menda rus tili avtomatik tarzda yoshligimdan allaqachon kelgan, shunga qiyin bo‘lmagan. Biroq ingliz tiliga judayam ko‘p tayyorlanganman. Esimda bor, soat to‘rtlargacha dars qilib o‘tirardim. Butun o‘smirlik davrimda har doim juda ko‘p dars qilganman, juda ko‘p o‘qiganman, tayyorlanganman, so‘zlar yodlaganman. Hozirgi darajamga yetish uchun ingliz tilida juda katta ish qilganman. Ammo italyan tilini, masalan, yosh boladek o‘rganganman. Gaplashib, italyan oilada yashaganman. Ular ingliz tilida gapirishmasdi. Shunga ularni tushunishdan boshqa ilojim qolmagan. To‘g‘risini aytsam, til o‘rganish hech qachon u darajda qiyin bo‘lmagan. Albatta, har doim harakat qilishimiz kerak. Til o‘rganish uchun har doim ustingizda ishlashingiz kerak bo‘ladi.


Men qanaqa tavsiya bergan bo‘lardim? Oddiy, jo‘n eshitilishi mumkin hozir, lekin ko‘proq o‘qish kerak. Ko‘proq o‘qing, kinolar ko‘ring. Masalan, odam ko‘proq o‘qisa, tushunmagan so‘zlarini ham ko‘p marta uchrataversa, qanaqa ma’noga egaligini tushuna boshlaydi.


Toshkentda Amerika elchixonasi bor. Ingliz tili o‘rganmoqchi bo‘lgan odamlarga men elchixonaga borishni maslahat berardim. O‘zim shunday qilardim. Har xil klublari bo‘lardi. O‘sha yerga kelardim, gaplashardim. Ko‘p gaplashib, o‘zingizni shunaqa muhitga solishingiz kerak. Eshitish, ashulalar tinglash, kinolar ko‘rish, kitoblar o‘qish kerak. Asosiysi, taslim bo‘lmaslik lozim. Ko‘pincha, masalan, “Voy, qachon o‘rganib bo‘laman?” deyishingiz mumkin, “Xali shuncha o‘rganyapman, progress bo‘lmayapti”. Yo‘q, progress bo‘ladi. Siz sekin ketaverish kerak, o‘sish bo‘ladi. Boshida qiyin. IELTS’dan 8 ball olganman, lekin boshida 6,5 ball chiqqandi. Shu vaqtda o‘ylagandim: “Qanaqasiga odamlar 8 ball oladi?” deb. Lekin ishladim, ishladim. Keyin fursati yetib, o‘rganganlaringiz ortidan o‘sish o‘zi keladi”, – deydi Muhabbat.

Intervyuning to‘liq shaklini yuqoridagi havola orqali tomosha qilishingiz mumkin.

Dilshoda Shomirzayeva tayyorladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Jamiyat

Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksida yong‘in sodir bo‘ldi

Published

on


Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Bugun, 28 iyun kuni Toshkent davlat agrar universitetida yong‘in sodir bo‘ldi.

Xabar qilinishicha, soat 15:17 da «112» tizimidan Toshkent viloyati FVBBga Toshkent davlat agrar universiteti sport kompleksi binosining tom qismi yonayotganligi to‘g‘risida xabar kelib tushgan.

Xabarga asosan, qutqaruv bo‘linmalari voqea joyiga yetib borgan. Yong‘in soat 15:59 da qurshab olingan hamda soat 16:15 da to‘liq bartaraf etilgan.

Qayd etilishicha, hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yo‘q.

Yong‘in sababi va zarari aniqlanmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Boysundagi dor yo‘li attraksionida nosozlik ro‘y berdi

Published

on


Dor yo‘lining po‘lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rtasida to‘xtab qolgan.

27 iyun kuni Surxondaryo viloyati Boysun tumani Omonxona mahallasi hududida joylashgan qarashli dor yo‘li (ziplayn) attraksionida noxush hodisa qayd etildi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur dor yo‘li attraksioni texnik jihatdan to‘liq ishga tushirilmagan, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilmagan hamda undan foydalanish uchun tegishli ruxsatnoma olinmagan bo‘lishiga qaramasdan, fuqaro undan foydalanishga harakat qilgan.

Dor yo‘lining po‘lat arqonlari belgilangan texnik me’yorlar asosida yetarli darajada tarang tortilmagani hamda qiyalik burchagi talab darajasida ta’minlanmagani oqibatida fuqaro harakat yo‘nalishining o‘rta qismida to‘xtab qolgan.

Tashkilot xodimlari tomonidan fuqaro xavfsiz tarzda attraksiondan tushirib olingan.

Hodisa oqibatida fuqaro tan jarohati olmagan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tomonidan o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

 



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Audiosi tarqalgan Muzrabot tumani hokimi jazoga tortildi

Published

on


Muzrabot tumani hokimiga jazo berildi. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovning fermerlarni haqorat qilgani aks etgan audiosi tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgan edi.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi ushbu holat yuzasidan Surxondaryo viloyati hokimligiga xizmat tekshiruvi o‘tkazish bo‘yicha taqdimnoma kiritdi.

O‘rganishlar davomida mazkur holatda davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalari talablariga zid xatti-harakatlarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. 

Qonunchilikka muvofiq, davlat fuqarolik xizmatchilari xizmat vazifalarini vijdonan bajarishi, davlat organlari va tashkilotlarining obro‘-e’tiboriga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan xatti-harakatlardan tiyilishi, shuningdek, fuqarolar bilan munosabatlarda xushmuomalalik, hurmat va professionallik tamoyillariga qat’iy rioya qilishi shart, deyiladi agentlik xabarida.

Davlat xizmatchisining odob-axloq qoidalarini buzgani uchun Muzrabot tumani hokimi Abdulla Mamatqulovga nisbatan «hayfsan» intizomiy jazosi qo‘llanildi.

Agentlik davlat xizmatida axloqiy standartlar buzilishiga qarshi choralarni davom ettirishini ma’lum qildi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

Insoniyatni vabo emas, befarqlik mag‘lub qiladi

Published

on


Agar sizdan insoniyatning eng katta dushmani nima, deb so‘rashsa, ehtimol urush, ochlik yoki kasallik deb javob berarsiz. Alber Kamyu esa bu savolga boshqacharoq javob beradi. U – insonning yovuzlikka ko‘nikib qolishini eng og‘ir kulfat deya baholaydi. Chunki urush ham, diktatura ham, epidemiya ham bir kuni tugaydi. Ammo odamlar yomonlikni oddiy hol deb qabul qila boshlasa, haqiqiy falokat ana shunda boshlanadi.

Asar voqealari Aljirning Oran shahrida sodir bo‘ladi. U yerda hayot odatdagidek davom etardi. Biroq bir kuni ko‘chalarda o‘lik kalamushlar paydo bo‘ladi.

Avvaliga hech kim bu holatga ahamiyat bermaydi. Keyin esa odamlar kasallana boshlaydi. Isitma, og‘riq… Birin-ketin o‘limlar.

Shunda ham shahar rahbarlari xavfni tan olishga shoshilmaydi. Chunki «vabo» degan so‘zni aytishning o‘zi katta iqtisodiy va siyosiy oqibatlarga olib kelardi. Turizm to‘xtaydi, savdo buziladi, odamlar vahimaga tushadi.

Baribir Oran shahri butunlay yopiladi. Bir kunda minglab odamlar o‘z yaqinlaridan ajralib qoladi. Kimdir onasini ko‘rolmaydi. Kimdir farzandiga yetib borolmaydi. Kimdir sevgan insoni bilan xayrlashishga ham ulgurmagan.

Shu yerda romanning asosiy qahramoni – doktor Bernard Riyo paydo bo‘ladi. U har kuni kasalxonaga boradi. Bemorlarni qabul qiladi. O‘lganlarni ko‘radi. Yana yangi bemorlarni qabul qiladi. Uning butun qahramonligi shunda.

Riyo yaxshi bilardi: bu kasallikni to‘xtatish qiyin. Balki ilojsiz hamdir. Ammo u kurashdan to‘xtamaydi. 

Roman davomida boshqa qahramonlar ham paydo bo‘ladi. Jurnalist Raymond Ramber dastlab shahardan qochishga harakat qiladi. Uningcha, bu ofat unga tegishli emas. U faqat Parijga, sevgan ayolining oldiga qaytishni istaydi.

Ammo vaqt o‘tgani sayin Ramber boshqa haqiqatni anglaydi. Agar atrofingdagilar halokat bilan yuzma-yuz qolganda sen faqat o‘zingni o‘ylasang, keyin o‘sha baxt ham senga tatimaydi. U shahardan qochish imkoniyati paydo bo‘lganida ham qolishga qaror qiladi.

Jan Tarru esa butun roman davomida daftariga kuzatishlarini yozib boradi. Ammo Tarruning maqsadi voqealarni qayd etish emas. U inson qanday qilib yovuzlikning bir qismiga aylanib qolishini tushunishga harakat qiladi.

Asarni o‘qirkansiz, ruhoniy Panlyuni ham yaxshi eslab qolasiz. U dastlab minbardan turib vaboni Xudoning odamlarga yuborgan jazosi sifatida talqin qiladi. Uningcha, bu falokat gunohlar uchun berilgan jazodir va insonlar tavba qilishi kerak.

Ammo bir kuni u doktor Riyo bilan birga og‘ir azob ichida vafot etayotgan bolaning so‘nggi lahzalarini ko‘radi. Bolaning o‘limi hech qanday falsafa bilan izohlanmaydi. Bu yerda diniy bahs ham, ilmiy bahs ham bir lahzaga ma’nosini yo‘qotadi. Faqat bir savol qoladi: aybsiz inson nega azob chekishi kerak?

Doktor Riyo esa Xudo bilan bahs qilmaydi. Taqdirdan nolimaydi. U bir fikrni takrorlaydi: agar bolalar azob cheksa, begunohlar jabrlansa, men bu azobga qarshi kurashishim lozim. Kamyu uchun insonparvarlik aynan shu nuqtadan boshlanadi.

Asarda yana shunday qahramonlar borki, ular xalqqa kelgan bu kulfatdan quvonishadi, daromad qilishadi. Ular haqida gapirib o‘tirmayman, olti yil avval, pandemiya davrida shu toifa odamlarni ham ko‘rdik.

Shaharda hayot asta-sekin faqat raqamlarda qoladi. Bugun nechta odam o‘ldi? Ertaga-chi? Odamlar aza tutishga ham ulgurmay qoladi. O‘lim oddiy yangilikka aylanadi.

Shu o‘rinda juda og‘ir ichki iqrorga kelasiz. Ya’ni inson hamma narsaga ko‘nikadi. Hatto fojiaga ham. 

Oylar davom etgan kurashdan keyin vabo chekina boshlaydi. Darvozalar ochiladi. Poyezdlar yana qatnaydi. Odamlar bir-biri bilan yana avvalgidek quchoqlashib ko‘rishadi.

Kamyuning romanida shunday ogohlantirish bor: vabo hech qachon butunlay yo‘qolmaydi. U yillar davomida jim yotishi mumkin. Keyin esa odamlar o‘zini xavfsiz deb o‘ylagan kuni yana qaytib keladi…

Bir so‘z bilan aytganda, «Vabo» romani kasallikdan qanday qutulib qolish haqida bahs yuritmaydi. Bu asar bizga eng og‘ir vaziyatlarda ham inson bo‘lib qolishni o‘rgatadi.

Darvoqe, Doktor Riyoni butun roman davomida balandparvoz nutq so‘zlaganiga guvoh bo‘lmaysiz. U shunchaki o‘z ishini bajaradi. Balki Kamyuning eng katta g‘oyasi ham shu yerdadir. Dunyoni har doim ham mashhur qahramonlar emas, o‘z vazifasini halol bajaradigan oddiy insonlar saqlab qoladi.



Source link

Continue Reading

Jamiyat

O‘zbekistonda pensiya, nafaqa, ish haqi va stipendiyalar oshiriladi

Published

on


Prezidentning «Ish haqi, pensiyalar, stipendiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish to‘g‘risida»gi farmoni qabul qilindi.

Hujjatga muvofiq, 2026-yil 1-iyuldan pensiyalar, nafaqalar hamda Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarga to‘lanadigan bolalar nafaqasi va moddiy yordam miqdori 7 foizga oshiriladi.

Shunga ko‘ra, yoshga doir eng kam pensiya oyiga 983 ming so‘m, nogironlik pensiyasining eng kam miqdori esa 1 million 83 ming so‘m etib belgilandi.

Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar uchun 3 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzandga har oylik nafaqa 386 ming so‘m, 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan bir nafar farzand uchun 295 ming so‘mni tashkil etadi. Ikkinchi farzand uchun qo‘shimcha 177 ming so‘m, uchinchi va undan keyingi har bir farzand uchun esa qo‘shimcha 118 ming so‘m to‘lanadi.

Shuningdek, mazkur toifadagi oilalar uchun moddiy yordam miqdori oyiga 450 ming so‘m etib belgilandi.

Farmonga muvofiq, 2026-yil 1-sentyabrdan budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi hamda talabalar stipendiyalari ham 7 foizga oshiriladi.

Shu sanadan boshlab mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori oyiga 1 million 360 ming so‘m, bazaviy hisoblash miqdori esa 440 ming so‘m etib belgilanadi.

Bundan tashqari, 2026-yil 1-iyuldan pensiyani hisoblashning bazaviy miqdori oyiga 504 ming so‘mni tashkil etadi.



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.