Jamiyat
Xitoyning tarixiy va kelajak shaharlarida HONOR innovatsiyalarini kashf etdik
Xitoyga tashrif hamisha ikki olamni bir vaqtda namoyon etadi: bir tarafda ming yillik tarix, qadimiy shaharlar va madaniy yodgorliklar, boshqa tarafda esa yuksak texnologiyalar, robotlashtirilgan zavodlar va global innovatsiyalar. So‘nggi kunlarda Xitoyning aynan shu ikki qirrasi kesishgan hududlarda bo‘lish imkoniyati yaratildi. Sayohat davomida modern texnologiyalar qanday yaratilishi, smartfonning zavoddan chiqib, iste’molchigacha qanday jarayonlardan o‘tishi yaqqol ko‘zga tashlandi.
Marshrutning ilk nuqtasi Syan bo‘ldi — qadimiy Xitoy imperialari markazi, Buyuk ipak yo‘lining boshlanish nuqtasi. Ulug‘vor Terrakota askarlari, Tan davri qal’a devorlari va tarixiy maskanlar bu yerda o‘tmishning qanchalik chuqur ildiz otganini yana bir bor eslatadi.
Syan shahrida yana HONOR tadqiqot markazi joylashgan bo‘lib, majmua — 126 ta laboratoriyani birlashtirgan, 37 ming kv.m maydonga ega hisoblanadi. Bu yerda HONOR X seriyalari konsepsiyasi yaratiladi, kameralar, antennalar va ekranlar sinovdan o‘tkaziladi, sun’iy intellekt algoritmlari ishlab chiqiladi. HONOR X9d, yangicha standartlar asosida sinovdan o‘tkaziladi. Kompaniyaning ichki jarayonlari bilan tanishish HONOR smartfonlari ortida qanday ilmiy va texnik baza yotganini yaqqol ko‘rsatadi.
Sayohatning navbatdagi manzili Shenchjen bo‘ldi — ko‘pincha “Xitoyning Silikon vodiysi” deb ataladigan bu shahar zamonaviy arxitekturasi, IT markazlari, robototexnika laboratoriyalari va startap ekotizimi bilan texnologiya sur’ati bir zum ham to‘xtamaydigan makonday tuyuladi. Qadimiy Nantau hududidagi tarixiy inshootlar bilan tanishuvdan so‘ng Shenzhen Bay texnoparki bo‘ylab sayohat davom etdi; bu yerda yirik kompaniyalar rivojlanishining qanchalik tez sur’atlarda ketayotganini yaqqol ko‘rish mumkin bo‘ldi.
Shenchjendagi navbatdagi tashrif HONOR’ning bosh qarorgohiga uyushtirildi. Bu yerda kompaniyaning global rivojlanish strategiyasi, MagicOS operatsion tizimi imkoniyatlari, qurilmalar va iCloud xizmatlari o‘rtasidagi integratsiya kabi yo‘nalishlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Ichki ko‘rgazmalar orqali brend sun’iy intellekt, barqarorlik, xavfsizlik va foydalanuvchi tajribasini yaxshilashga qaratilgan loyihalar ustida qanday ishlayotgani ko‘rsatildi.
Sayohatning eng hayratli bosqichlaridan biri HONOR’ning Aqlli ishlab chiqarish zavodi bo‘ldi. HONOR Magic smartfonlari yig‘ish jarayoni bu yerda 85% dan ortiq avtomatlashtirilgan bo‘lib, bir qurilmaning atigi 28,5 soniya ichida shakllanishi kuzatildi.
Robotlashtirilgan qo‘llar, lazer o‘lchov tizimlari, avtonom sifat nazorati va sun’iy intellekt asosidagi tekshiruv modullari bu jarayonning aniqligi va izchil tartibini ta’minlaydi. Ushbu texnologiyalar HONOR Magic smartfonlari ishlab chiqarish qanday murakkab va mas’uliyatli bosqichlardan iborat ekanini ochiq ko‘rsatdi. Kim biladi, balki kelasi yil Magic seriyasining yangi modellari O‘zbekistonda ham sotuvga chiqarilar.
Navbatdagi manzil HONOR’ning yangi Alpha Flagship do‘koni bo‘ldi. Shenzhen Bay’ning o‘ziga xos landshaftidan ilhomlangan HONOR ALPHA Global Flagship do‘koni ochiq va tinch muhitni taqdim etadi, u ilg‘or texnologiyalarni inson markazidagi dizayn bilan uyg‘unlashtiradi. Har bir detal HONOR’ning innovatsiyani madaniyat bilan muvofiqlashtirish falsafasini aks ettiradi.
Do‘kon makoni sun’iy intellekt bilan quvvatlangan asosiy hayotiy ssenariylar atrofida intuitiv tarzda tashkil etilgan. All-scenario Experience Zone hududida eng zamonaviy qurilmalar — aqlli sayohatdan torib, ko‘ngilochar texnologiyalargacha — kundalik hayotni AI yordamida qanday yengillik bilan yaxshilashini namoyish qilish maqsadida o‘ylangan tarzda joylashtirilgan.
Shenchjyen bo‘ylab sayohat Ping An Financial Center kuzatuv maydonchasida yakunlandi; balandlikdan qaralganda neon chiroqlar, texnoparklar va harakatdan bir lahza ham to‘xtamaydigan ulkan megapolis manzarasi Xitoyning texnologik ambitsiyasi qanchalik kuchli ekanini tasdiqlaydi.
HONOR haqida
HONOR — sun’iy intellekt qurilmalari ekotizimidagi global yetakchi kompaniyalardan biri. U inson va qurilma o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni inqilobiy tarzda o‘zgartirishga, sun’iy intellekt davrida va undan keyin ham AI ekotizimi hamda barcha foydalanuvchilar o‘rtasida mustahkam ko‘prik yaratishga intilmoqda.
HONOR O‘zbekistonning ijtimoiy tarmoqlaridagi rasmiy sahifalariga obuna bo‘ling:
Facebook: https://www.facebook.com/honoruzbekistan
Instagram: https://www.instagram.com/honoruzbekistan
Telegram: https://t.me/HonorUzbekistan
YouTube: https://www.youtube.com/@Honor-Uzbekistan
Jamiyat
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi
Buxoro viloyati hokimiga birinchi o‘rinbosar tayinlandi.
Jamshid Sharopov Buxoro viloyati hokimining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari – viloyat iqtisodiyot va moliya boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Jamshid Sharopov 1984-yil 27-yanvarda G‘ijduvon tumanida tug‘ilgan. 2005-yilda Buxoro davlat universiteti, 2009 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi-iqtisodchi.
Mehnat faoliyatini 2002-yilda AT “Paxta Bank”ning Buxoro viloyati boshqarmasi bank jarayonlari bo‘limi iqtisodiy bo‘linmasi mutaxassisi sifatida boshlab, ATB “Agrobank” Buxoro viloyati boshqarmasi boshlig‘i (2014-2020), O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Buxoro viloyati bosh boshqarmasi boshlig‘i (2020-2021), Shofirkon tumani hokimi (2021-2023), ATB “Agrobank” agrosanoat majmuasi korxonalarini moliyalashtirish departamenti direktori o‘rinbosari (2023-2026) lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Ayni paytga qadar u ATB “Agrobank” muammoli kreditlar bilan ishlash departamenti direktori vazifasida ishlab kelayotgan edi.
Jamiyat
Chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz mukofotlandi
«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz besh yilligi munosabati bilan chet el fuqarolari va xorijda istiqomat qilayotgan vatandoshlarimizni mukofotlash to‘g‘risida»gi Prezident farmoni e’lon qilindi.
Mukofotlanganlar ro‘yxati:
“Do‘stlik” ordeni bilan
Ivan Sao – “BYD Auto” kompaniyasining Yevropa sotuv bo‘limi bosh direktori o‘rinbosari
Klod Imoven – Fransiyaning “MEDEF International” harakatining O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi
Masayoshi Fujimoto – “Sojitz” kompaniyasi direktori
Sabine Maxl – BMTning O‘zbekistondagi doimiy koordinatori
Turaman Sinan – Shayxontohur tumanidagi “Outdoor Factory Toshkent” mas’uliyati cheklangan jamiyati kuzatuv kengashi raisi, Toshkent shahri
II darajali “Salomatlik” ordeni bilan
Qahorova Nilufar Hamroyevna – AQShning Garvard universiteti huzuridagi Boston bolalar shifoxonasi loyiha menejeri
Yuldasheva Nodira Muxamedovna – Kanadaning Toronto shahridagi Kanadadagi o‘zbekistonliklar uyushmasi asoschisi, “Sog‘lom yo‘l” tibbiy va diagnostik markazi rahbari
“Shuhrat” medali bilan
Abdullayeva Shahlo Abdirashidovna – Koreya Respublikasining Kvangju shahridagi Migrant ayollar huquqlarini himoya qilish va ta’lim berish markazi rahbari.
Jamiyat
Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlandi
Podpolkovnik Baxtiyor Inoqov Surxondaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. U bunga qadar Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistratura bosqichida tahsil olgan.
Tayinlov Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining jamoat xavfsizligi va kriminogen vaziyatga bag‘ishlangan navbatdan tashqari sessiyasida ma’lum qilindi.
Sessiyada viloyatdagi jinoyatchilik holati ham tahlil qilindi. Joriy yilning hisobot davrida hududdagi 723 ta mahallaning 528 tasida (73 foiz) bironta ham jinoyat sodir etilmagan. Ichki ishlar xodimlarining tashabbusi bilan aniqlanadigan jinoyatlar soni 40 foizga yaxshilangan.
Shu bilan birga, 28 ta mahalla «qizil» toifada qolayotgani qayd etildi.
Yangi IIB boshlig‘iga jinoyatchilikka qarshi kurashish samaradorligini oshirish, har bir mahallada xavfsizlikni ta’minlash, aholi bilan yaqin muloqotni yo‘lga qo‘yish va fuqarolarning ichki ishlar organlariga ishonchini mustahkamlash vazifalari yuklatildi.
Jamiyat
Raqobat qo‘mitasi «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirmaslikka chaqirdi
Yangi o‘quv yili arafasida O‘zbekiston hududidagi umumta’lim maktablari, dehqon bozorlari va savdo majmualarida mavsumiy «Maktab bozorlari» tashkil etilmoqda.
Raqobat qo‘mitasi mavsumiy savdo jarayonlarida iste’molchilarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, raqobat muhitini ta’minlash hamda aholini sifatli va hamyonbop mahsulotlar bilan ta’minlash muhimligini ta’kidladi.
Qo‘mita ota-onalar va o‘quvchilarga xarid vaqtida mahsulotning sifati, ishlab chiqaruvchisi, narxi va boshqa muhim ma’lumotlarga e’tibor qaratishni tavsiya qildi.
Tadbirkorlarga esa «Maktab bozorlari»da sotilayotgan mahsulotlar sifati va narxlarining asosliligini ta’minlash, iste’molchilarga zarur axborotlarni taqdim etish hamda ularning huquqlariga rioya qilish majburiyati eslatildi.
Raqobat qo‘mitasi maktab bozorlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlarni darsliklar, maktab formalari, o‘quv-yozuv qurollari va boshqa anjomlar narxlarini asossiz oshirmaslikka hamda qonunchilik talablariga qat’iy amal qilishga chaqirdi.
Fuqarolar «Maktab bozorlari»da narxlarni asossiz oshirish holatlariga duch kelsa, Raqobat qo‘mitasining 1159 ishonch telefoni orqali murojaat qilishi mumkin.
Qo‘mita tomonidan maktab bozorlarida narxlar barqarorligini ta’minlash maqsadida monitoring ishlari olib borilishi ma’lum qilindi.
Jamiyat
O‘zbekistonda endi uylarni «rassrochka»ga olib bo‘lmaydimi?
Prezidentning 2026-yil 14-avgustdagi PQ–294-son qarori bilan 2027-yil 1-yanvardan muddatli to‘lov xizmati operatorlari faoliyati tartibga solinadi.
Ma’lum qilinishicha, muddatli to‘lov xizmatini ko‘rsatuvchi yuridik shaxslar operator hisoblanadi. Ular iste’molchiga tovar yoki xizmatni muddatli to‘lov asosida olish imkoniyatini vositachi sifatida taqdim etadi.
Qarorning 3-bandi «d» kichik bandiga ko‘ra, ko‘chmas mulk operator ko‘rsatadigan muddatli to‘lov xizmatining obyekti bo‘la olmaydi. Shu sababli vositachi operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish imkoniyati nazarda tutilmagan.
Biroq bu qoida uy-joyni bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida sotishni umumiy tarzda taqiqlamaydi.
Qarorning 3-bandi «a» kichik bandida sotuvchi tomonidan iste’molchiga tovarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri sotish holatlari muddatli to‘lov xizmati tushunchasidan mustasno qilingan.
Shunga ko‘ra, quruvchi o‘zining qurgan uy-joyini xaridorga bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi mumkin. Ya’ni yangi tartib quruvchi va xaridor o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdoni taqiqlamayapti.
Demak, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalayotgan «endi uyni rassrochkaga olib bo‘lmaydi» degan talqin to‘liq to‘g‘ri emas. Cheklov aynan muddatli to‘lov operatorlari orqali ko‘chmas mulkni moliyalashtirishga taalluqli.
Yangi tartibga ko‘ra, muddatli to‘lov operatorlari maxsus reyestrga kiritiladi va ularning faoliyati Markaziy bank nazorati ostida bo‘ladi. Shuningdek, operatorlar bilan tuziladigan shartnomalar, ustama va komissiyalarga nisbatan aniq talablar belgilanadi.
Shunday qilib, 2027-yildan operator orqali uy-joyni «rassrochka»ga olish cheklanadi, ammo quruvchining xaridorga uyni bevosita bo‘lib-bo‘lib to‘lash sharti bilan sotishi saqlanib qoladi.
-
Siyosat4 days ago
Илҳом Алиев Тошкентда тантанали кутиб олинди
-
Siyosat5 days ago
To‘qayev prezidentlikka qayta nomzod qo‘yishi haqidagi savolga javob berdi
-
Siyosat3 days ago
Ўзбекистон ва Озарбайжон раҳбарлари Бухоронинг машҳур обидаларини зиёрат қилдилар (фото)
-
Iqtisodiyot5 days ago
O‘zbekistonda kiyim ishlab chiqarish bo‘yicha qaysi hududlar yetakchi?
-
Siyosat4 days ago
O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida Abadiy do‘stlik shartnomasi imzolandi
-
Siyosat4 days ago
Shavkat Mirziyoyev «Haydar Aliyev» ordeni bilan taqdirlandi
-
Siyosat2 days ago
«Milliy manfaatlarni himoya qilish dunyodan yopilish degani emas» — Sherzod Asadov
-
Siyosat3 days ago
Shavkat Mirziyoyev AQSh kongressmenlari delegatsiyasini qabul qildi
