Connect with us

Iqtisodiyot

Markaziy Yevropa agrar habida o‘zbek meva-sabzavotlari premium segmentga chiqmoqda

Published

on


Mamlakatning Polshadagi elchixonasi diplomatlari Mazoviya voyevodaligida joylashgan Bronisze qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ulgurji bozoriga tashrif buyurib, O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida agrar va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini kengaytirish masalalarini muhokama qildi. Markaziy Yevropaning ushbu yirik agrar habida o‘zbek tarvuzi, qovuni va quruq meva mahsulotlari premium segmentda o‘z o‘rnini topayotgani qayd etildi.

“Dunyo” muxbiri xabariga ko‘ra, 1995 yilda tashkil etilgan Bronisze bozori Polshadagi eng yirik agrar savdo maydonlaridan biri hisoblanadi. Bozor Markaziy Yevropada meva-sabzavot, gullar va oziq-ovqat mahsulotlari savdosi bo‘yicha asosiy logistika nuqtasi sanaladi. 62 gektar maydonda joylashgan ushbu hududda 10 dan ortiq yirik savdo obektlari, zamonaviy logistika infratuzilmasi, saqlash va taqsimlash markazlari faoliyat yuritadi.

Elchixona vakillarining bozor direktori Kshishtof Karpa bilan uchrashuvi davomida O‘zbekiston va Polsha o‘rtasida agrosanoat va oziq-ovqat mahsulotlari savdosini kengaytirish imkoniyatlari muhokama etildi. Suhbatda jahon bozorida oziq-ovqat zanjiri, logistika yo‘nalishlari, shu jumladan, Markaziy Yevropaga yetkazib berilayotgan o‘zbek mahsulotlari ulushini oshirish masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bozor direktori Bronisze maydonida O‘zbekistondan import qilingan tarvuz, qovun va quruq mevalar muvaffaqiyatli sotilayotganini ta’kidladi.

— Bozorimizda Misr, Marokash, Italiya va Ispaniyadan keltirilgan tarvuz va qovunlar ham bor, — deydi Kshishtof Karpa. — Biroq O‘zbekistonda yetishtirilgan poliz va meva-sabzavot mahsulotlarining ta’mi va sifati yuqori bo‘lib, Polsha bozorida o‘z o‘rniga ega.

Muloqot chog‘ida tomonlar mahsulotlarni eksport-import qilishda Yevropa Ittifoqi sifat va xavfsizlik standartlariga to‘liq javob berish, yetkazib berish muddatiga rioya etish, logistika intizomiga amal qilish, bozor ehtiyojiga mos ravishda kerakli hajmda va belgilangan vaqtda taklif qilish bo‘yicha fikr almashdi.

Kshishtof Karpa bozor hududida bio mahsulotlar paviloni qurilishi boshlanganini ma’lum qilib, unda O‘zbekiston o‘z mahsulotlari bilan alohida ishtirok etishi mumkinligini qayd etdi. Bu esa o‘zbek meva-sabzavotlarini Markaziy Yevropa bio va premium segmentida ham faol targ‘ib etish uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.

Ma’lum qilinganidek, 2026 yilning birinchi yarimida O‘zbekiston O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi direktori hamda Toshkent viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiyaning Polshaga tashrifi doirasida Bronisze bozori hududida O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari degustatsiyasi, shuningdek, biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Uchrashuv yakunida Toshkent viloyatidagi ulgurji bozor hamda Bronisze o‘rtasida o‘zaro manfaatli hamkorlik o‘rnatish, 2026 yilda Kshishtof Karpa boshchiligida Polsha biznes-missiyasining O‘zbekistonga tashrifini tashkil etish, Bronisze bozori hududida o‘zbek meva-sabzavotlarini saqlash, saralash va qadoqlash imkoniyatlariga ega bo‘lgan maxsus logistika va savdo majmuasini barpo etish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

Tomonlar bu kabi tashabbuslar o‘zbek meva-sabzavotlarini Markaziy Yevropa agrar bozorida yanada mustahkam pozitsiyaga olib chiqishi, mahsulotlarning premium segmentdagi mavqeini kuchaytirishga xizmat qilishini ta’kidladi.



Source link

Continue Reading
Click to comment

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

Iqtisodiyot

Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi

Published

on


Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.

Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.

Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.

Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.

Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.

Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.

Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi

Published

on


O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.

Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.

«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi

Published

on


Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.

«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.

Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).

Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).



Source link

Continue Reading

Iqtisodiyot

Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi

Published

on


Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi. 

AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.

Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).

Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).



Source link

Continue Reading

Trending

Copyright © 2025 Xabarlar. powered by Xabarlar.