Iqtisodiyot
MANAR Development qoshida ESG bo‘yicha Ekspert kengashi tuzildi
MANAR Development mahalliy rivojlanish tarixida birinchi bor O‘zbekistonda qurilishga bo‘lgan yondashuvni o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan qadam tashladi: kompaniya o‘zining ESG bo‘yicha Ekspert kengashini – asosiy loyihalar professional ekologik va ijtimoiy baholanadigan mustaqil maydonchani yaratdi.
Kengashga barqaror rivojlanish, shahar qurilishi, ekologiya va me’morchilik bo‘yicha taniqli mutaxassislar, shuningdek, ommaviy axborot vositalari va fuqarolik jamiyati vakillari kirdi. Ularning vazifasi – MANAR Development loyihalari shahar muhiti sifatining yuqori andozalariga va xalqaro ESG tamoyillariga mos kelishini kuzatib borishdir.
“Qurilish sohasida faoliyatining dastlabki oylaridanoq bunday qadamga jur’at etgan kompaniya paydo bo‘lgani, shubhasiz, bizni quvontiradi. Boshidanoq hamma narsani to‘g‘ri qilish – biznesga ajoyib yondashuv, va MANAR rahbariyati o‘zining birinchi ob’yekti qurilishi boshlanishidan oldin ushbu tashabbus bilan chiqqani ularga sharaf keltiradi. Men va hamkasblarim bu yo‘lda kompaniyaga mamnuniyat bilan yordam beramiz, umid qilamanki, vaqt o‘tishi bilan bozorning boshqa ishtirokchilari ham qo‘shiladi,” – dedi Kengash koordinatori Nikita Makarenko.
Kengash istiqbolli va amaldagi loyihalarni MANAR rahbariyati bilan birgalikda muhokama qilish, ekspert xulosalarini chiqarish va rahbariyatga tavsiyalar yo‘llash uchun muntazam ravishda yig‘ilishi ko‘zda tutilgan. Yangi tuzilmaning mas’uliyat doirasiga loyihalarning ekologik xavfsizligi va ularning atrof-muhitga ta’siri, me’moriy yechimlarning barqarorligi, ijtimoiy jihatlar, CSR tashabbuslari va xayriya so‘rovlari, shuningdek, ko‘kalamzorlashtirish masalalari kiradi.
Voqeani sharhlar ekan, MANAR Development bosh direktori Davron Fayzimatov shunday dedi: “Biz yosh kompaniyadirmiz, ammo jamoamizning boy tajribasi shuni ko‘rsatadiki, ESG kun tartibi rivojlantiruvchilar uchun, ayniqsa, o‘ziga xos iqlim sharoitlariga ega O‘zbekistonda yangi me’yorga aylanmoqda. Ishonchim komilki, Kengash a’zolari ega bo‘lgan tajriba bizga nafaqat mijozlarimiz, balki butun jamiyat farovonligi yo‘lida ishlash imkonini beradi.”
Ekologiya va barqaror rivojlanish – so‘nggi yillarda jamoatchilik e’tiborini tortgan mavzulardir. MANAR Development tashabbusi aynan shu talabga javob beradi: kompaniya nafaqat ESG yondashuvini e’lon qiladi, balki har bir loyihaga hamroh bo‘ladigan institutsional mexanizmni yaratadi.
Iqtisodiyot
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
Prezident Shavkat Mirziyoyev G‘uzor tumanida «Qashqadaryo Jingu» korxonasi tomonidan Shinjon usulida paxta yetishtirilayotgan dalada bo‘ldi.
Davlatimiz rahbariga chigit ekish, g‘o‘zani sug‘orish va parvarishlashda qo‘llanayotgan texnologiyalar haqida ma’lumot berildi. Bu yerda 2,2 ming gektar maydonga chigit plyonka ostiga qo‘sh qatorlab ekilgan, tomchilatib sug‘orish to‘liq joriy qilingan.
Plyonka tuproqdagi namlik va haroratni saqlab, chigitning erta hamda bir tekis unib chiqishiga yordam beradi. Suv va o‘g‘it esa tomchilatib sug‘orish tizimi orqali bevosita g‘o‘za ildiziga yetkaziladi. Natijada suv sarfi 30-40 foizga, o‘g‘it sarfi qariyb 30 foizga kamayadi. Hosil an’anaviy maydonlarga nisbatan 10-15 kun oldin pishib yetiladi.
Prezidentimiz paxtazorda yetishtirilgan hosil va agrotexnik tadbirlarni tashkil etish jarayoni bilan tanishdi. An’anaviy usulda gektaridan 30-35 sentner paxta olinsa, Shinjon texnologiyasida bu ko‘rsatkich 60-70 sentnergacha yetishi mumkin. Korxona dalalarida hosildorlik gektariga 55 sentnerni, yalpi hosil esa 12,3 ming tonnani tashkil etmoqda.
Dala ishlarida agrodronlardan ham foydalanilmoqda. Bu ayrim agrotexnik tadbirlarni tezroq bajarish, yonilg‘i sarfini kamaytirish imkonini bermoqda.
Xitoy sarmoyasi ishtirokida tashkil etilgan «Qashqadaryo Jingu» agroklasteri Koson, Nishon, G‘uzor, Ko‘kdala va Mirishkor tumanlarida jami 18,3 ming gektar maydonda faoliyat yuritadi. Ushbu yerlarning katta qismi ilgari foydalanilmagan cho‘l va qarovsiz maydonlar bo‘lgan. Loyihaga 128 million dollar investitsiya kiritilib, 50 ta ish o‘rni yaratilgan. Eksport hajmi esa 8,5 million dollarni tashkil etadi.
Shu yerda davlatimiz rahbariga viloyat qishloq xo‘jaligida amalga oshirilayotgan ishlar haqida ham axborot berildi.
Iqtisodiyot
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev «Wabtec» kompaniyasi direktorlar kengashi raisi va bosh ijrochi direktori Rafael Santanani qabul qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Uchrashuvda mamlakatda temir yo‘l infratuzilmasi va tranzit salohiyati rivojlanayotganini hisobga olib, lokomotivlar parkini yangilash va kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.
AQSh moliya institutlari ishtirokida lokomotivlarni uzoq muddatli servis xizmati bilan birga yetkazib berish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Shuningdek, O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, butlovchi qismlar ishlab chiqarish va mutaxassislar tayyorlash masalalari ko‘rib chiqildi.
Tog‘-kon korxonalari karer texnikasiga xizmat ko‘rsatuvchi servis markazini tashkil etish hamda dizel-generator qurilmalari bo‘yicha hamkorlik qilishga ham e’tibor qaratildi.
«Wabtec» lokomotivlar, temir yo‘l texnikasi, raqamli va servis yechimlarini ishlab chiqarish bo‘yicha jahondagi yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya Markaziy Osiyo mamlakatlarida ham loyihalarni amalga oshirmoqda.
Iqtisodiyot
Saida Mirziyoyeva Gonkongning Henderson Land Group xoldingi boshqaruvi raisi bilan uchrashdi
Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva XXRning Gonkong maxsus ma’muriy hududidagi eng yirik xoldinglardan biri — Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Tomonlar qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi istiqbolli qo‘shma loyihalarni muhokama qildi.
«Mamlakatimiz investitsiyalar uchun ochiq va biz Gonkongning yetakchi biznes doiralari bilan hamkorlikdan manfaatdormiz. Sheriklikdagi tashabbuslarni, jumladan, yangi tashkil etilayotgan Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz», — deb yozdi Saida Mirziyoyeva.
Administratsiya rahbari O‘zbekiston va Gonkong o‘rtasida uzoq muddatli iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlar borligiga ishonch bildirdi.
Iqtisodiyot
Dollar kursi tinimsiz ko‘tarilib boryapti
Markaziy bank 2026-yil 9-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 37,38 so‘mga oshib, 11 846,57 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 34,69 so‘mga oshdi va 13 240,91 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 631,55 so‘mni tashkil qildi (29,25).
Rossiya rubli 138,95 so‘m etib belgilandi (+0,8).
Iqtisodiyot
Dollar, yevro va rublning yangi qiymatlari belgilandi
Markaziy bank 2026-yil 6-oktyabrdan valyutalarning yangi kursini belgiladi.
AQSh dollari 5,5 so‘mga oshib, 11 778,45 so‘m etib belgilandi.
Yevro kursi 25,62 so‘mga tushdi va 13 198,93 so‘m bo‘ldi. Funt-sterling 15 580,53 so‘mni tashkil qildi (+31,99).
Rossiya rubli 138,35 so‘m etib belgilandi (-2,79).
-
Jamiyat4 days ago
Toshkentda xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladi
-
Iqtisodiyot2 days ago
O‘zbekiston «Wabtec» kompaniyasi bilan lokomotivlar parkini yangilashni muhokama qildi
-
Iqtisodiyot10 hours ago
Shavkat Mirziyoyev Shinjon usulida yetishtirilgan paxta dalasini ko‘zdan kechirdi
-
Jamiyat2 days ago
Tadbirkorlar jarimaning 50 foizini to‘lab, qolgan qismidan ozod etilishi mumkin
-
Jamiyat2 days ago
O‘zbekiston do‘konlarida 73 turdagi mahsulot sifatsiz deb topildi
