Jamiyat
Elektron sigaretalarni o‘tkazganlik uchun jinoiy javobgarlik belgilandi
Joriy yil 27-noyabrdagi O‘RQ–1098-son qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritildi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlari, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlari, shu jumladan elektron sigaretalarni tayyorlash, olish, saqlash, tashish o‘tkazish, ishlab chiqarish O‘zbekistonga olib kirish yoki undan olib chiqish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Jumladan, shunday holatlar ancha miqdorda yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, BHMning 300 baravaridan 500 baravarigacha miqdorda jarima yoki 2 yildan 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Bunda ushbu harakatlarni sodir etgan shaxs aybini bo‘yniga olish to‘g‘risida hokimiyat organlariga arz qilgan va muomalasi taqiqlangan mahsulotlarni topshirgan taqdirda, javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bundan tashqari «Alkogol va tamaki mahsulotlarining tarqatilishini hamda iste’mol qilinishini cheklash to‘g‘risida»gi Qonunda elektron sigaretalar va ular uchun suyuqliklarning aylanishiga doir taqiq belgilandi.
Jamiyat
Farzandli bo‘lganda erkaklarga ham qo‘shimcha ta’til taklif qilinyapti
Endi ishlayotgan erkaklar farzandli bo‘lganda turmush o‘rtog‘iga yordam berish va boshqa farzandlariga qarab turishi uchun qisqa muddatli ta’til berish belgilanmoqda.
«Milliy tiklanish» partiyasi axborot xzimati xabariga ko‘ra, ushbu masala bo‘yicha birinchi o‘qishda muhokama qilingan loyiha bilan amaldagi qonunchilikka o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilyapti.
Shuningdek, mehnat bozorida norasmiy bandlikni kamaytirish maqsadida fuqarolarni mehnat shartnomasisiz ishga qabul qilish, bo‘sh ish o‘rinlari bo‘yicha ma’lumotlar taqdim etmaganlik, ish haqini vaqtida to‘lamaganlik uchun ham javobgarlik kuchaytirilmoqda.
Jamiyat
Qashqadaryoda baliqchi tabiatga yetkazgan zarar million dollarga baholandi
Shahrisabz tumanida baliqchi Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i va 6 dona oddiy qorabaliqni noqonuniy ovlagan. Tabiatga yetkazilgan zarar 12,7 mlrd so‘m hisoblangan.
Foto: Ekologiya vazirligi
Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida noqonuniy baliq ovlagan shaxs tabiatga katta miqdorda zarar yetkazgani aniqlandi. Bu haqda Ekologiya vazirligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Shahrisabz tumanida reyd o‘tkazilgan. Unda Hisor mahallasida yashovchi Y.Q. noqonuniy ravishda Tanxoz daryosidan O‘zbekiston Qizil kitobiga kiritilgan 412 dona Amudaryo gul balig‘i (forel) hamda 6 dona oddiy qorabaliq ovlagani aniqlangan.
Huquqbuzarlik oqibatida tabiatga yetkazilgan zarar miqdori 12 mlrd 749 mln so‘mdan ortiqni tashkil etgan.
Holat yuzasidan to‘plangan hujjatlar tegishli chora ko‘rilishini ta’minlash maqsadida viloyat prokuraturasiga yuborilgan.
Avvalroq Zangiota tumanida baliqlarni nobud qilgan korxonaga 92 mln so‘m kompensatsiya hisoblangandi.
Jamiyat
Milliy bog‘ ko‘chasida «Makro Yangi Zamon» ochilmoqda
7 may kuni soat 15:00 da «Makro Yangi Zamon» filialining tantanali ochilishi bo‘lib o‘tadi.
Dasturda DJ, boshlovchi va blogerlar ishtirokida ko‘ngilochar tadbirlar, sovg‘ali o‘yinlar, qimmatbaho sovg‘alar hamda bepul tatib ko‘rish imkoniyati mavjud. 150 000 so‘mdan ortiq xarid qilganlar sovg‘ali o‘yin ishtirokchisiga aylanadi.
Manzil: Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Milliy bog‘ ko‘chasi 9-uy (Uchxoz).
Reklama huquqi asosida
Jamiyat
Ekologiya qonunbuzarliklari uchun jarimalar keskin oshirildi
Ekologiya sohasidagi ayrim huquqbuzarliklar uchun moliyaviy sanksiyalar joriy etildi. Yangi qonunga ko‘ra, jarimalar endi tabiatga yetkazilgan zarar hajmiga bog‘liq tarzda hisoblanadi.
Jumladan:
daryo o‘zanlarini tozalash va qirg‘oqlarni mustahkamlash tartibini buzgan yuridik shaxslarga – zararning 3 baravari miqdorida;
daraxtlarni muhofaza qilish choralarini ko‘rmaganlik uchun – 5 baravari miqdorida;
suvlarni ifloslantirish yoki oqova suvlarni noqonuniy oqizish uchun – 10 baravari miqdorida jarima qo‘llaniladi.
Qonun rasman e’lon qilinganidan 3 oy o‘tgach kuchga kiradi.
Ta’kidlanishicha, avvalgi tartibda jarimalar yetkazilgan zararga mutanosib emasligi sabab ayrim korxonalar uchun jarima to‘lab, faoliyatni davom ettirish osonroq bo‘lib qolgani tanqid qilingan edi.
Jamiyat
Jizzaxda poyezd ustida selfi tushmoqchi bo‘lgan bolani tok urdi
Hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Jizzax viloyati, G‘allaorol tumanida 24 aprel kuni vagon ustiga chiqib, suratga tushmoqchi bo‘lgan maktab o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urdi. Bu haqda “Millar” ko‘rsatuvida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, hodisa Marjonbuloq temir yo‘l bekatida sodir bo‘lgan. Bekatda turgan vagon ustiga chiqqan 7-sinf o‘quvchisini yuqori kuchlanishli elektr toki urgan.
Jabrlanuvchi 2012 yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan bola, hodisadan so‘ng tez tibbiy yordam orqali G‘allaorol tumani tibbiyot muassasasiga olib borilib, jonlantirish bo‘limiga yotqizilgan.
Tibbiy xulosaga ko‘ra, bolaga tana yuzasining 35–40 foizini qamrab olgan ikkinchi va uchinchi darajali kuyish tashxisi qo‘yilgan.
Holat yuzasidan Jizzax viloyati transportda xavfsizlikni ta’minlash boshqarmasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
-
Dunyodan3 days ago
Sudya Terranovaning o’ldirilishi
-
Sport5 days ago
FIDE reytingi yangilandi: ikki o‘zbekistonlik «top-5»talikda!
-
Jamiyat4 days ago
O‘zbekistonning ikki qo‘shnisi bilan tutashgan chegarasida «Tinchlik parki» tashkil etilishi mumkin
-
Jamiyat4 days agoJinoiy guruh yetakchisidan 2,7 ming dollar olgan profilaktika inspektori ushlandi
-
Jamiyat4 days agoDiyetolog qarishning asosiy «dushmani»ni ma’lum qildi
-
Dunyodan5 days ago
Smartfonlar nutqni o’ldiradiganmi?
-
Dunyodan3 days ago
Prezident Tramp Eronga qarshi harbiy harakatlar toʻxtatilishini eʼlon qildi…
-
Iqtisodiyot3 days ago
qaysi modellar ko‘p ishlab chiqarilmoqda?
